🗓️2024-yil 5-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari Jovliyev Azamat va Ikromjon Bobomurodovlar 1-2-bosqich talabalari bilan birgalikda Toshkent shahridagi Islom Karimov muzeyiga tashrif buyurishdi.
✅Ular tashrif davomida Islom Karimov hayoti va murakkab siyosat yo'li haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi ,o'sha davr muhitiga sayohat qilgandek bo'lishdi.
Muzeyda talabalarga muzey xodimlari tomonidan esdalik sovg'alari berildi hamda tashrif talabalar uchun nihoyatda yuqori kayfiyat bag'ishladi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
E’lon
#tabriklaymiz
📌 “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🗓️Joriy yilning 3-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetining navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kengashda Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi tayanch doktoranti Ergasheva Sadoqat Eshmamat qizi “Zulfiya”nomidagi Davlat mukofoti sohibasi boʻlganligi munosabati bilan fakultet dekani tomondan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#toʻgarak_mashgʻulotlari
Aziz talabalar!
Barchangizni Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi “Lingvist” toʻgaragi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ilmiy-nazariy seminarga taklif etamiz!
Qiziqarli ma’lumotlar, yangi bilimlar, munozarali savollarga javoblarni aynan shu seminardan topasiz!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#OAVda_biz
📌 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan "Humo-arena" saroyida mamlakatimizning bosh bayram tantanasi o‘tkazildi. Ushbu bayramda qatnashgan universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov Navro‘z bayrami, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi tassurotlari haqida "O'zbekiston-24" telekanaliga intervyu berdi.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Aziz hamkasblar, qadrli talabalar! Xalqimizda Navro‘z yangi yilning boshi, ezgu ishlarning avvali sifatida e'tirof etiladi. Ayniqsa, bu yil navro'zni har yilgidan ko'proq kutdik. Sababi barokatli Navro'z muborak ramazon oyiga to'g'ri keldi. Bu ham ezgu niyatlarning uyg'unligi, yilning xayrli boshlanayotganidan darakdir. Navro'z Yangi O'zbekistonda yangicha ruh, yangicha ko'tarinkilik bilan nishonlanmoqda. Davlatimiz rahbari boshchiligida Uchinchi Renessans poydevori mustahkam qurilmoqda va bu jarayonga barchamiz o'z hissasimizni qo'shmog'imiz shart.
Sharqiy yangi yilning boshlanishi - Navro‘z barchamizga qutlug‘ bo‘lsin. Zimmamizdagi mas'uliyatli vazifalarni bajarishda hamjihatlik va kuch-g‘ayrat bizlarni aslo tark etmasin.
Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik.
🇺🇿 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida sharqona yangi yil — Navroʻz keng nishonlandi. An’anaga muvofiq bu yilgi Navroʻz tantanalari ham xalq sayillari koʻrinishida oʻtkazildi. 12 nomdagi milliylikni targʻib qiluvchi tanlovlar tashkil etilib, gʻoliblar munosib taqdirlandi.
🇬🇧 Navruz, the traditional New Year in many countries across Central Asia, the Middle East, and other regions influenced by Persian culture, was joyously celebrated at the Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature. Following age-old customs, this year's Navruz festivities included vibrant folk dances that filled the air with energy and joy. Additionally, 12 contests aimed at promoting national identity and cultural pride were organized, with deserving winners being honored and awarded for their participation and achievements. The celebration was a colorful showcase of tradition and unity, bringing together students and faculty in a spirit of joy and camaraderie.
#navruz #happyholiday #spring
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🗓️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-son farmoyishiga muvofiq joriy yilning 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla-yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hayriya hasharini oʻtkazish buyrugʻini amalga oshirish maqsadida 18-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida hashar tashkil etildi.Hasharda fakultetimiz dekan oʻrinbosari A.Qurbonov ,tyutorlar hamda talabalar faol ishtirok etishdi.
✅Bugungi mehnatlari uchun fidoyi ustozlarimizga hamda mehnatkash talabalarimizga fakultetimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
E’lon
🗓️2024-yil 14-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi katta o‘qituvchisi Rasulova Sarvinoz boshchiligida 101-guruh talabalari Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif buyurishdi .
✅Tashrif davomida
talabalar sevimli adibimizning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi eksponatlar, adibning fayzli xonadoni talabalarda katta taassurot qoldirdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#yangi_nashr #taqdimot
🗣 Joriy yilning 13-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi hamda Muhammad Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Muhammad Said Urdubodiyning “Qilich va qalam” romani taqdimoti bo'lib o'tdi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🗓️2024-yil 13-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida “Yurt tinchligi -xalq farovonligi”mavzusida axborot murabbiylik darslari tashkil etildi.Darslarni Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari A.Qurbonov va fakultet tyutorlari: A.Ikromov, Oʻ.Qahhorov, M.Baxtiyorov, A.Jovliyev, S.Bekchanov, I.Bobomurodovlar olib borishdi.
✅Bugungi axbarot murabbiylik darslarida 300 nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Renessans yoshlari
#10mar #yoshlar
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🗓2024- yil 27 -fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti A bino, WiFi xonasida 5-muhim tashabbusning 4-tashabbusi doirasida “Mening sevimli kitobim” shiori ostida qizlar uchun koʻrik tanlovi tashkil etildi.
Tanlovni Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tanlovda Adabiyot nazariyasi va hozirgi adabiy jarayon kafedrasi professori U.Rasulova, a’zolari Yosh kitobxon respublika bosqichi gʻoliblari Shohsanam Hazratqulova, Dilnavoz Xaytaxmatovalar hakamlik qilishdi. Tanlov jarayonida talaba-qizlar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari mazmun mohiyatini gapirib berdilar.
🎉Natijaga koʻra:
1-o‘rin O‘zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs magistr talabasi Noila Rohataliyeva ;
2-o‘rin O‘zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi Ma'mura To'rayeva;
3-o‘rin Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi Zebo Zarifboyevalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz🎉
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi dotsenti Abjalova Manzura Abdurashetovna Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida o‘tkazilgan amaliy loyihalar tanlovida “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” mavzusidagi loyihasi bilan g‘olib boʻlganligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 3-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorIari: A.Ikromov,M.Baxtiyorovlar 1-2-kurs talabalari bilan birgalikda “Biz yoshlar sog'lom turmush tarafdorimiz”mavzusida axborot-murabbiylik darslarini olib borishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 3-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorI S.Bekchanov 1-kurs talabalariga “Biz yoshlar sog'lom turmush tarafdorimiz”mavzusida axborot-murabbiylik darslarini olib bordi.Darsning ikkinchi qismi “Do'stlik” bog'ining anfiteatrida davom etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 1-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori I.Bobomurodov va fakultetning iqtidorli talabalari bilan birgalikda Abdulla Qodiriy uy muzeyi va Turon axborot markaziga tashrif buyurishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
📌Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti "Oʻzbek tilshunosligi" kafedrasi oʻqituvchisi, filologiya fanlari doktori(Dsc), dotsent Munavvara Qurbonova universitetimiz Axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, Brayl yozuvidagi kitoblar bilan batafsil tanishdilar. Ustoz Axborot-resurs markazi rahbari Zamira Jumayevadan kutubxonaga kelgan Brayl yozuvidagi kitoblar haqida kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar. Telegram|Web-sayt |Elektron-kutubxona |ARM Bot
Читать полностью…🗓️2024-yil 21-mart kuni poytaxtimizda joylashgan “Humo Arena” majmuasida “Olam nurga toʻlsin sen bilan Navroʻz” nomli Respublika bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅Ushbu tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutorlari hamda 10 nafardan ortiq talabalar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Bahmal yopib yillarga
Adir, dala, qirlarga
Gullar olib qo'llarga
Navro'z keldi azizlar!
🎉Hurmatli O'zbek filologiyasi fakultetining professor -o'qituvchilari, xodimlari, aziz talaba-yoshlar sizlarni 21-mart Navro'z ayyomi munosabati bilan fakultet ma'muriyati chin qalbdan tabriklaydi. Navro'z -yosharish va yangilanish bayrami. Ushbu kunda barchangizga sog'lik, omad, muvaffaqiyat tilab qolamiz. Har kunimiz Navro'z bo'lsin. Dasturxonlar to'kin, hosillar mo'l bo'lsin.
Samimiy tilaklar bilan O'zbek filologiyasi fakulteti rahbariyati.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 18-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti univeristeti Oʻzbek filologiyasi fakultetida “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati” taqdimotiga taklif etamiz.
✅Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odina Jamoldinova ochib berdi. Universitet oʻquv ishlari boʻyicha prorektor f.f.d professor Sulton Normamatov, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani,professor Baxtiyor Abdushukorov, fakultetning professor-oʻqituvchilari Hamidulla Dadaboyev, Zulxumor Xolmanova, SamDU professori Suyun Karimov,Nukus davlat pedagogika universiteti professori Gulmirza Qurbonniyozov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimovlar soʻzga chiqishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-son farmoyishiga muvofiq joriy yilning 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla-yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hayriya hasharini oʻtkazish buyrugʻini amalga oshirish maqsadida 16-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida hashar tashkil etildi.Hasharda Oʻzbek tilshunosligi,Oʻzbek adabiyoti tarixi,Folklorshunoslik va dialektologiya, Nazariy va Amaliy tilshunoslik kafedralarining professor-oʻqitivchilari hamda xodimlari faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 15-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram sayli tashkil etildi. Bayram tantanalarida universitet rektori boshchiligida pedagogik jamoa, xorijlik til o'rganuvchilar, shuningdek xorijdagi vatandoshlarning katta guruhi ishtirok etdi. Sayil xalqimizning ming yillik an'analariga hamohang tarzda tashkil etildi. Milliy taomlar, soch o'rish, lapar aytish, alla aytish, arqon tortish, tosh ko'tarish singari 11 nomdagi tanlovlar tashkil etildi.
✅Boʻlib oʻtgan ushbu sayilda Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov ,tyutorlar hamda fakultetimiz talabalari faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
⚡️2024-yil 15-mart kuni oyina.uz saytida Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurovning “Dunyo sahnasida “iyaruv-taqlid”ning ro‘lini hech bir millat biz turklar kabi ado eta olmag‘andirlar!” – Til islohotida bir asrda nimalar o‘zgarmadi? sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
📌Ushbu maqolani albatta o‘qing.
🗞Maqolani oʻqish.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 13-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Lingvist” to‘garagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi. Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, doktorantlari hamda to'garak a'zolari ishtirok etishdi. Seminar davomida doktorant Go'zal Mirzayeva "O'zbek va turk tillarida singarmonizm hodisasi va uning ikki tildagi qiyosi" mavzusida, doktorant Shaxzoda Muhammadaliyeva "O'zbek tilida ramziy ma'no tadqiqi" mavzusida ma'ruza o'qishdi.
✅Seminarda eshitilgan ma’ruzalar yuzasidan kafedra professor-o'qituvchilari ko‘rsatma va maslahatlar berishdi, tadqiqotchilar o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildilar, bu tadqiqotchiga ilmiy ishini yozishida muhim ahamiyat kasb etadi.Taqdqiqotchilar hamda talabalar hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminar talabalarni kelgusida ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi “Zulfiya”nomidagi davlat mukofoti sovrindori Ma’mura Toʻrayeva “Yoshlar” telekanalida “Renessans yoshlari” koʻrsatuvida ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024- yil 27 -fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti A bino, WiFi xonasida talaba- qizlari davrasida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbek filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib, talaba qizlarga mavzu yuzasidan batafsil keng qamrovli tushunchalar berib o‘tdi.
✅Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Razzakova, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari A.Qurbonov, Adabiyot nazariyasi va hozirgi adabiy jarayon kafedrasi professori U.Rasulova,Universitet yoshlar ittifoqi BT yetakchisi U.Murodullayev, tyutorlari: O‘.Qahhorov, M.Muhammadieva, A.Jovliyev hamda a’zolari Yosh kitobxon respublika bosqichi gʻoliblari Shohsanam Hazratqulova, Dilnavoz Xaytaxmatovalar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
E’lon