O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali
Joriy yilning 28-oktabr kuni ijara asosida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash shart-sharoitlarini yaqindan o‘rganish maqsadida, Oʻzbek filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Qurbonov boshchiligida fakultet tyutorlari Oʻ.Qahhorov,M.Muhammadiyeva,A.Jovliyev,A.Ikromovlar bilan birgalikda ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Mazkur o‘rganish davomida ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyogarligi, xonadondagi yong‘in xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan mas’ul xodimlar bilan bir qator tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarning dars tayyorlashi uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib,dars mashg'ulotlariga o'z vaqtida va kechikmay kelish , shuningdek, oraliq nazoratlarga o'z vaqtida qatnashishi ta’kidlab oʻtildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
TAYINLOV
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi Olimjanov Orifjon Odiljon oʻgʻli boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan universitet yoshlar yetakchisi lavozimiga Murodullayev Ubaydullo Abdullajon o'g'li tayinlandi.
Yoshlar yetakchisining faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi Ma'mura To'rayevaning "Nuqta" nomli hikoyalar to'plami Moldava Davlatida o'zbek tilida nashr etildi va JustFiction!edition saytida sotuvga qo'yildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 25-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talaba yoshlar oʻrtasida universitet birinchiligi sportning voleybol,basketbol,shaxmat-shashka,stol tennisi turlari boʻyicha“Rektor kubogi”musobaqalari boʻlib oʻtdi.Musobaqani universitet rektori Sh.Sirojiddinov ochib berdi.Bugungi musobaqada fakuktetimiz talabalari faol ishtirok etishib,sportning voleybol turidan Oʻzbek filologiyasi fakukteti jamoasi 2-oʻrinni,stol tennisi boʻyicha oʻgil bolalalar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada 1-oʻrinni Ne’matov Ubaydullo,2-oʻrinni Oʻrazaliyev Shohjahon,3-oʻrinni Azimjonov Samandar,qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan oʻyinda 1-oʻrinni Kubayeva Husniya,2-oʻrinni Ibragimova Sevinchlar qoʻlga kiritishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 25-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 1-kurs talabalari “Sharq javohirlari”mavzusida axborot murabbiylik darslari tashkil etildi.Darslarni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutorlari M.Baxtiyorov,A.Jovliyev,S.Bekchanovlar olib borishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#21_oktyabr #O‘zbek_tili_bayrami #O‘zbek_tili_davlat_tili
▪️ O‘zbek tili bayrami nishonlanmoqda
▫️ “21 Oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Toshkent islom institutida “Til – millatning madaniy va ma’naviy boyligi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Tilavov taklif etildi… – Tillar kafedrasi kabinet mudiri O.Yunusov
Davomi... 🔻 https://oliymahad.uz/40858
🔗 t.me/oliymahad – diniy-ma’rifiy kanal!
🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
Студия 24 | Нурбой Жабборов – Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети кафедра мудири, филология фанлари доктори, профессор билан суҳбат
#22oct #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
2023-yil 20-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti,Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchilari Sabohat Bozorova, Sayyora Abdurahmonova hamda universitetimiz talabalari "O‘zbekiston" telekanalining "Munosabat" ko'rsatuvida ishtirok etdi. Ko‘rsatuvda davlat tilining nufuzi va mavqeyini yanada oshirish yo'lidagi dolzarb vazifalar, muammo va yechimlar xususida to'xtaldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 21-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor v.v.b. G.Joʻrayeva,dekan oʻrinbosarlari,tyutorlar hamda talabalar bilan birgalikda 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgani munosabati bilan Adiblar xiyobonida,Alisher Navoiy poyiga gul qoʻyishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!
Barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Tilimizning sofligi, boyligi va borligi millatimizning bebaho milliy iftixoridir. Tarixga nazar tashlasak, tilimizda xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlari, urf-odatlari va ruhiyati oʻz ifodasini topganini koʻramiz. Yangi Oʻzbekiston qurilishida amalga oshirayotgan islohotlarimizning asosiy yoʻnalishlaridan biri ona tilimizni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi globallashuv davrida har bir millat oʻzligini saqlab qolishga, ajdodlari tomonidan qoldirilgan milliy qadriyatlarni, jumladan, ona tilini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylashga va ularni keyingi avlodlarga munosib meros sifatida qoldirishga astoydil urinmoqda. Oʻzbekiston davlati ham oʻz taraqqiyotining yangi bosqichida “milliy tiklanishdan milliy yuksalish” shiori ostida ona tilimizning nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda nufuzini tiklashga eʼtibor qaratib kelmoqda. Dunyoda oʻz maqsad va vazifasiga koʻra noyob boʻlgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi ham davlatimizning shu yoʻnalishdagi ezgu amaliy ishlaridan biridir.
Universitetimiz oʻz strategik maqsadlari va missiyasiga sodiq qolgan holda mamlakatimiz va xorijda oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish va oʻrgatish, til va adabiyotimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, uni targʻib va tashviq qilish borasida muntazam rejali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu ishlarni davom ettirishda jamoamizga kuch-quvvat tilayman!
Bugungi bayram barchamizga muborak boʻlsin!
Shuhrat Sirojiddinov
Filologiya fanlari doktori, professor
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori
ИИВ академиясида тил байрами муносабати билан конференция ўтказилди.
@yangidavr_rasmiy
2023-yil 20-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti,Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti A.Tilavov Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 21-oktabr -Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgani munosobati bilan tashkil etilgan tadbirda faol ishtirok etib,tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiligining 34 yilligi hamda 21-oktabr -Oʻzbek tili bayrami kunini keng nishonlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 179-son bayonining 20-bandida “Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida ommaviy diktant hamda Til bilimdonlari”intellektual oʻyinlarini tashkil etish choralarini koʻrish”vazifasiga binoan 2023-yil 19-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov , fakultet tyutorlari-Oʻ.Qahhorov,A.Jovliyev,S.Bekchanov,M.Baxtiyorovlar hamda Oʻzbek tilshunosligi kafedrasioʻqituvchilari bilan birgalikda 1-2-kurs talabalari oʻrtasida ommaviy diktant,3-4-kurs talabalari oʻrtasida “Til bilimdonlari”intellektual oʻyinlari tashkil etildi.Tanlovda fakultetning 150ga yaqin talabalari faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kunini mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 179-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbek tili milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli! shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qomondonligi harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda professor Zulxumor Xolmanova rahbarligidagi professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etib, Alisher Navoiyning o‘zbek tili taraqqiyotidagi o‘rni borasida nutq so‘zladilar, shoir g‘azallaridan, tilni e’zozlash haqidagi hikmatlaridan taqdim etdilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
✅21-mart, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun.
Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, bahor keldi,
Kelmoqda Navro'z!
Qishning axvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, bahor keldi,
Kelmoqda Navro'z!
Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig' g'am,
Demak, bahor keldi,
Kelmoqda Navro'z!
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shulalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, bahor keldi,
Kelmoqda Navro'z!
© Abdulla Oripov
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Mavzuga qiziqqan barchani xalqaro nazariy-metodologik seminarga taklif etamiz!
Читать полностью…2023-yil 27-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida "Mini futbol" bo'yicha universitet talaba yigitlari oʼrtasida "Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi. Musobaqada O'zbek filologiyasi fakulteti 2- o'rinni egalladi va "REKTOR KUBOGI" sovrinining egasi bo'ldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yilning 25-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti, Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi qoshidagi 👩💻''Tilshunos ekspertlar''🕵️♀️ to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. Mashg'ulot kafedra dotsenti Manzura Abjalova tomonidan olib borildi. ''Tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlari'' bo'yicha talabalarga asosiy tushunchalar va tilga oid masalalarni yechishning zamonaviy yondashuvlari borasida atroflicha tushuntirildi. Ma'lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.
✔️Qiziquvchilar uchun ma'lumot:
''Tilshunos ekspertlar'' to'garagi o'z faoliyatini har chorshanba soat 14.00da olib boriladi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 25-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan tantanali adabiy-badiiy xotira kechasi tashkil etildi.Tadbirda talabalar Bobur ijodiga yuzlanib gʻazal,ruboiylaridan yod olishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 24-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov,fakultet tyutorlari Oʻ.Qahhorov,M.Muhammadiyevalar boshchiligida O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Wi-Fi xonasida "Zakovat" intellektual o‘yini hamda “Kitob va kitobxonlik -inson ma’naviyati ko‘zgusi” nomli davra suhbati bo'lib o'tdi. Bugungi "Zakovat" intellektual o‘yinida fakultetning talabalaridan tashkil topgan "Renessans", "Yuksalish", “Edify group”,”Stars” jamoalari o'zaro bellashdilar. Juda ham qiziqarli bo'lib o'tgan o'yinda fakultetning bilimdon talabalaridan tashkil topgan “Yuksalish” jamoasi g'olib bo'ldi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov,fakultet tyutorlari -Oʻ.Qahhorov,M.Muhammadiyeva,U.Toʻqsonova,A.Jovliyev,N.Xasanboyevlar hamda 1-2-kurs talabalari bilan birgalikda Adiblar xiyobonida “Vatan kabi mangu Navoiy”nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda talabalar Navoiyning gʻazal,ruboiylaridan yod olishdi.Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#ona_tilim_faxrim
Президент Шавкат Мирзиеёвнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги
———
Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor v.v.b. G.Joʻrayeva,Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov hamda fakultet tyutorlari-M.Baxtiyorov,A.Jovliyev,N.Baxtiyorovlar va fakultetning 80ga yaqin talabalari bilan birgalikda 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Adiblar xiyobonida “Til-millat koʻzgusi”mavzusida tadbir tashkil etildi.Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor v.v.b. G.Joʻrayeva ochib berdi.Tadbir kuy,qoʻshiqlarga boy tarzda oʻtkazildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Turkiyaning Egey universitetida almashinuv dasturi asosida tahsil olayotgan Õzbek filologiyasi fakulteti talabasi Rafiqjonova Munisadan Oʻzbek tili kuni munosabati bilan bayram tabrigi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 20-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov,fakultet tyutorlari Oʻ.Qahhorov,M.Baxtiyorov hamda 1-2-kurs talabalari ishtirokida “Talant shou” va Teatr studiyasi tashkilashtirish borasidagi vazifa va masalalar belgilab olindi. Talant shou hamda fakultet teatr studiyasi uchun talantli talabalar tanlab olinib ularga kelgusida bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar tushuntirildi hamda talabalar tomondan turli taklif,murojaatlar tinglandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 19-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti,Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Jumanazar O'rozov Norqizilovich Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasida 21-oktabr -Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgani munosobati bilan tashkil etilgan tadbirda faol ishtirok etib,tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2023-yil 19-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti,Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti A.Tilavov Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida 21-oktabr -Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgani munosobati bilan “Til-millatning madaniy va ma’naviy boyligi”mavzusida oʻtkazilgan tadbirda faol ishtirok etib,tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
📢DIQQAT KASTING !!! O'zingizda teatr san'atiga qiziqish va aktyorlik mahorati bor deb o'ylaysizmi ?, Tengdoshlarizning ma'naviy kamolotga erishishiga o'z hissangizni qo'shmoqchimiz?-unda marhamat ! 20-oktyabr kuni O'zbek filologiyasi fakultetining TALABALAR-TEATR STUDIYASI uchun kasting bo'lib o'tadi. Unda ishtirokchilar o'z aktyorlik va ijro mahoratidan qisqa epizod namoyish qilib, baholanadilar. Bu jarayonda ishtirokchi alohida kiyim, musiqiy ifoda yoki sahna reKvizitlaridan foydalanishi mumkin.
VAQTI: 1-2 KURSLAR SOAT 11-00 DA, 3-4 KURSLAR SOAT 14-00 DA
JOYI:1-QAVAT, WI-FI XONASIDA
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
O'zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Aziza Shokirova bilan birgalikda turk tilini o'rganing.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Muhtaram hamkasblar, aziz talabalar!
Ayni shu kunlarda qutlug‘ qadamlari bilan diyorimizga kirib kelgan bahor, yosharish va yangilanish ramzi, sharqona yangi yil debochasi bo‘lmish Navro‘zi olamni kutib olish va o‘tkazish marosimlari va xursandchiligini hech qaysi bayram bilan solishtirib, qiyoslab bo‘lmaydi. Biz Navro‘zni eng ezgu tilaklar, ezgu amallar bilan qarshilaymiz.
Navro‘z ayyomini xalqimiz naqadar orziqib va intizor bo‘lib kutib olayotgani, bu bayramni eng qadimiy va asl milliy bayram sifatida ana shunday ardoqlab o‘tkazishimiz bejiz emas va bunda chuqur ma’no-mazmun bor. Bunday munosabat – avvalo ko‘hna va buyuk tariximizga, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan merosga, boy madaniyatimizga hurmat-ehtirom bilan qarash deganidir.
Ajdodlarimiz navro‘zda yillik rejalarini tuzishgan, navro‘zga eson-omon yetganlarni qutlab, o‘tganlarni yod etishgan.
Universitetimiz jamoasi ham navro‘zdan navro‘zgacha ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi, jamoamizning quvonchli kunlari ko‘p bo‘ldi. Mamlakatimiz va jahon miqyosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti nufuzi tobora ortib bormoqda. Tilagim, kelgusi navro‘zga barchamiz qatorimizdan xato bo‘lmay yetaylik, yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etaylik. Talabalarimizning muvaffaqiyatlari mo‘l bo‘lsin, ustozlarimizning ilmiy va kasbiy faoliyatlarida zafarlar tilayman.
Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Xonadonlarimizdan mehr-oqibat, fayz-u baraka arimasin!
Tabarruk otalarimiz, munis onalarimizning umrlari uzoq bo‘lsin, aka-ukalarimiz, opa-singillarimizning ko‘nglidagi pok niyatlari ijobat bo‘lsin!
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!
Shuhrat Sirojiddin
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori,
filologiya fanlari doktori, professor