Тожикистоннинг Хўжанд шаҳрида «Алишер Навоий мероси – беқиёс маънавий хазина» деб аталган адабий-маданий кеча бўлиб ўтди
Тожикистоннинг Суғд вилояти маркази Хўжанд шаҳрида «Алишер Навоий мероси – беқиёс маънавий хазина» деб аталган адабий-маданий кеча бўлиб ўтди. Мир Алишер Навоий таваллудининг 583 йиллигига бағишланган мазкур кеча Ўзбекистоннинг «Ватандошлар» жамоат фонди ташаббуси билан Ўзбекистон Республикасининг Тожикистондаги элчихонаси ҳамкорлигида ўтказилди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/566602
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
🗓️2024-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti,O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti Akrom Dehqonov,fakultet tyutori: Sirojiddin Bekchanov hamda 20dan ortiq talabalar Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Munosabat" ko'rsatuvining navbatdagi sonida ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Tarixiy savol
#8feb #uzbtarixi
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🗓️2024-yil 8-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent TATU akademik litseyida oʻzbek xalqining buyuk siymosi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
✅Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Abdumurod Tilavov ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 8-fevral kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Alisher Navoiy shaxsidagi zamonaviy siyosatshunoslik” mavzusida ilmiy uchrashuv tashkil etildi.
✅Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori A.Jovliyev 20 nafar talabalari bilan birgalikda boʻlib oʻtgan ushbu ilmiy anjumanda ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz🎉
8-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti Pardayev Qo'ldosh Uzoqovichning tavallud ayyomi🎉
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
2024- yil 7-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bagʻishlangan “Navoiy yodila yashaymiz mudom” nomli adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi,Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan madaniyat hodimi ,shoir-Abdumajid Azim Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b. G.Joʻrayeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Razzakova, Universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi U.Murodullayev, fakultet dekan, dekan o‘rinbosari A.Qurbonov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va 150 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda A.Navoiy hayoti va ijrodi bo‘yicha talabalar tomonidan ijro etilgan obrazlar ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz🎉
7-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, navoiyshunos olima Mullaxo‘jayeva Karomat Toshxo‘jayevnaning tavallud ayyomi🌸
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yilning 7-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Folklorshunoslik va dialektologiya" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. Mashg'ulotni kafedra o'qituvchisi Elyor Alimardanov olib bordi.
✅"O'zbek shevalarining o'rganilishi" mavzusida o'tkazilgan mashg'ulotda talabalar foydali ma'lumotlarga ega bo'lishdi hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 7-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida "Alisher Navoiy hayoti va ijodi " mavzusida axborot-murabbiylik soati o'tkazildi.
✅Axborot-murabbiylik soatida Yoshlar masalalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A. Qurbonov, tyutorlar .M.Baxtiyorov, A.Jovliyev, S.Bekchanov, M.Muhammadiyeva,U.Toʻqsonovalar ma'ruza qilishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
✅ 2024-yil 6-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Qurbonov hamda fakultet tyutori A.Ikromovlar ijarada yashayotgan talabalarning uylariga tashrif buyurdi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik,xonadonning yongʻin xavfsizligi, sanitariya talablariga javob berishi, yashash, dars tayyorlash, ovqatlanish uchun zarur maishiy jihozlarning mavjudligi va sozligi, ijara narxi va shu kabi shart-sharoitlari oʻrganilib, mavjud muammolar hal qilindi.
📌Bundan tashqari talabalarga is gazidan zaharlanish holatlariga qarshi ehtiyotkorlik choralari haqida alohida toʻxtalishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 5-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari M.Baxtiyorov, A.Jovliyevlar 2-TTJga tashrif buyurishdi.
📌Tashrif jarayonida talabalarning ichki tartib-qoidaga amal qilayotganligi, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanilayotganligi, TTJ to'lovlarini o'z vaqtida to'lash masalasi, darslarga vaqtida qatnashish, TTJga kechikmay kelish masalalari yuzasidan ochiq suhbat tashkil etildi.
✅Talabalar ham o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollariga javob olishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 4-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari fakultet tyutori S.Bekchanov boshchiligida “Mustaqillik maydoni"ga tashrif buyurishdi.
✅Bugungi sayohat talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Абдурауф Фитрат — биринчи ўзбек профессорларидан бири (+видео)
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонасининг махсус фонд ва мажбурий нусхаларни сақлаш хизматида кўплаб муаллифларнинг, шу жумладан Абдурауф Фитратнинг ноёб асарлари ва илмий асарлари сақланади. Баъзилари ўзбек тилини ривожлантириш ва янада оммалаштиришга бағишланган.
Батафсил: https://uza.uz/posts/564318
🎥https://youtu.be/ahube2s7obk
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Navoiy583 #NavoiyDay
🇺🇿Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan joylarda turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlarga universitetimiz olimlari ham mehmon ma'ruzachi sifatida taklif etildi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Навоийнинг мансабдор шахсга айланиш тарихи (+видео)
Алишер Навоийнинг мансабдор шахс сифатидаги фаолияти тўғрисида Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети Ўзбек адабиёти тарихи кафедраси доценти, филология фанлари номзоди Акрамжон Деҳқонов билан суҳбатлашдик.
📽 https://youtu.be/ohOEC1SX7RE
Батафсил: https://uza.uz/posts/566446
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
⚡️Oʻzbekiston milliy axborot aganetligi OʻzAda Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurovning Navoiy ijodiga bagʻishlangan “Bosh urar ming oh ila yuz ming darigʻ” maqolasi e’lon qilindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓 2024-yil 8-fevral kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida tashkil etilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur izidan” tanlovining vazirlik bosqichi o‘tkazildi.
✅ Tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti Akram Dehqonov hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Кеча келгумдур дебон ул сарви гулру келмади… (+видео)
Кеча келгумдур дебон ул сарви гулру келмади,
Кўзларимга кеча тонг отқунча уйқу келмади.
Лаҳза-лаҳза чиқтиму чектим йўлида интизор,
Келди жон оғзимғаю ул шўхи бадхў келмади.
Оразидек ондин эрканда гар этти эҳтиёт,
Рўзгоримдек ҳам ўлғанда қоранғу келмади.
Ул париваш ҳажридинким йиғладим девонавор,
Кимса бормуким, анга кўрганда кулгу келмади.
Кўзларингдин неча су келгай, деб ўлтурманг мени
Ким, бори қон эрди келган, бу кеча су келмади.
Толиби содиқ топилмас, йўқсаким қўйди қадам
Йўлғаким аввал қадам, маъшуқи ўтру келмади.
Эй Навоий, бода бирла хуррам эт кўнглунг уйин,
Не учунким бода келган уйга қайғу келмади.
Алишер Навоий
🎥 https://youtu.be/xMTqjJTmjJc?si=eJpca4DV_Xagatwy
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
🗓️Joriy yilning 8-fevral kuni Oʻzbekiston davlat drama teatrida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligini nishonlash maqsadida “Alisher Navoiy- ma’naviy qadriyatlar himoyachisi” mavzusida madaniy tadbir hamda “Sab’ai sayyor” dostoni spektakli oʻtkazildi.
✅Ushbu spektaklda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori U.Toʻqsonova hamda fakultetning 20 nafardan ortiq talabalari ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 7- fevral kuni Alishe Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs 107-guruh talabalari va fakultet tyutori S.Bekchanov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi kutubxonaga tashrif buyurishdi.
✅Tashrifdan koʻzlangan maqsad ushbu kutubxona bilan kelgusida talabalar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
#tabriklaymiz🎉
7-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, professor Karimov Bahodir Nurmetovichning tavallud ayyomi🎉
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️2024-yil 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi Bojxona institutida davrning atoqli va dunyo tamadduniga katta hissa qoʻshgan allomasi, buyuk mutafakkir, davlat arbobi, she'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi.
✅Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri,Navoiyshunos olim, professor Nurboy Jabborov ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 6-fevral kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda buyuk shoir va mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy ijodi – beqiyos ma’naviy xazina” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
✅Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Abdumurod Tilavov ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
🗓️Joriy yilning 6-fevral kuni Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda "Navoiyga yoʻldoshmiz" shiori ostida Insholar tanlovi bo'lib o'tdi.
🎉Ushbu tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlar o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs 105-guruh talabasi Sevinch Muzaffarova faxrli 3- o’rinni egalladi.
✅Tanlovdagi g'oliblar MTDP Toshkent shahar Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
Obuna bo‘ling ➡️ @Jadid_media
💠 “NAVOIYNING OTINI OLTIN BILАN YOZАYLIK...”
✍️ Bahodir KARIM:
Navoiygacha bo‘lgan davrlarda arab va fors madaniyati gullab-yashnadi. Ko‘pgina turk olimlari o‘z asarlarini o‘sha tillarda yozdi. She’riyat olamida fors tilining bag‘oyat go‘zalligi va nozikligi tan olinar edi. Turkigo‘y shoirlar ham forsiyda biror asar bitish ishtiyoqida bo‘lar edi.
🗓️2024-yil 4-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 106-guruh talabalari “O'zbekiston milliy akademik drama teatriga'' tashrif buyurishdi.
⚡️Sahnada qo'yilgan spektakl talabalarda juda katta taassurot qoldirdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT
0️⃣0️⃣0️⃣
Hurmatli talabalar!
Bugun soat 18:00 da Oʻzbek milliy akdemik- drama teatrida "Afandining besh xotini" nomli komediya spektakli boʻlib oʻtadi. Barchangizni taklif qilamiz!
Kirish mutlaqo bepul.
🗓️2024-yil 3-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi mudiri, f.f.d., professor Uzoq Jo'raqulov hamda kafedra katta o'qituvchisi, PhD Mahmadiyor Asadov Toshkent tumanidagi 18-umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining kengaytirilgan yig'ilishida mamlakatimiz ziyolilariga yo'llagan murojaati hamda 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-sonli Qaroridagi vazifalar yuzasidan suhbat olib borildi. Maktab o'qituvchilari va o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashdilar. Shuningdek, eng faol o'quvchilarga kafedra professor-o'qituvchilari o'zlarining shaxsiy kutubxonalaridan olib borgan kitoblarni taqdim qildilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT