filologiyamatbuot | Неотсортированное

Telegram-канал filologiyamatbuot - O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

1017

O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali

Подписаться на канал

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Bahmal yopib yillarga
Adir, dala, qirlarga
Gullar olib qo'llarga
Navro'z keldi azizlar!

Hurmatli O'zbek filologiyasi fakultetining professor -o'qituvchilari, xodimlari, aziz talaba-yoshlar🎉🎉 Sizlarni 21-mart Navro'z ayyomi munosabati bilan fakultet ma'muriyati chin qalbdan tabriklaydi. Navro'z -yosharish va yangilanish bayrami. Ushbu kunda barchangizga sog'lik, omad, muvaffaqiyat tilab qolamiz. Har kunimiz Navro'z bo'lsin. Dasturxonlar to'kin, hosillar mo'l bo'lsin.

Samimiy tilaklar bilan O'zbek filologiyasi fakulteti rahbariyati🌺🌸🌷💐🌹
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Kunning dolzarb mavzusi. Albatta kirib ko'ring. Har birimiz ogoh bo'lishimiz kerak.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#sport

⚽️ 18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Yakkasaroy yoshlari oʻrtasida mini futbol boʻyicha “Yoshlar kubogi” musobaqasi oʻtkazildi. Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan musobaqalarda universitetimiz vakillari ham faol ishtirok etdi.

🔗 Batafsil...


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 18-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan shanbalik tashkil etildi. Shanbalikda fakultet dekan o'rinbosari, O'zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Tosh ko'tarish tanlovi (qiz bolalar)

I o'rin - Umarova Umida Zokirovna
II o'rin - Ergashalieva Manzura Elyorbek qizi
III o'rin - Mirzayorova Zaxro Ozodbek qizi

Arqon tortish o‘g‘il bolalar

I o'rin - Ona tili va adabiyot ta’limi (kechki)
II o'rin - Ona tili va adabiyot ta’limi (3-kurs)
III o'rin - Ona tili va adabiyot ta’limi (2-kurs)

Arqon tortish qiz bolalar

I o'rin - Ona tili va adabiyot ta’limi
II o'rin - O‘zbek filologiyasi fakulteti (2- kurs)
III o'rin - O‘zbek filologiyasi fakulteti (3- kurs)

P.S. Mukofot pullari Navro'z ayyomidan keyin tarqatiladi va bu haqida alohida ma'lum qilinadi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Qadrli ustozlar va hurmatli talabalar! Bugun soat 14:00 dan 17:00 gacha Navro'z bog'ida (Anhor lokomotiv) "Navro'z sayli" o'tkaziladi. Barchangizni ushbu saylga taklif qilamiz.

Saylda o'zbek estradasi yulduzlari ishtirok etadi.

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

💥💥💥Diqqat diqqat!!!
Wikipedia jamosi yana siz bilan birga...
Hozirgi kungacha 200 ga yaqin wiki maqolalar audosi tayyorlangan ularning sonini yanada ko'paytirishni oldimizga maqsad qilganmiz. Buning uchun siz kabi harakatchan , izlanuvchan va iqtidorli yoshlarni safimizga qo'shmoqchimiz. Faol va aktiv bo'lgan yoshlarga wiki oromgohga yo'llanma ham beriladi.🥰🥰
Sizlardan talab qilinadigan vazifalar👇
1. Notiqlik san'atidan xabardor bo'lishlari(maqolalarni tutilmasdan, shoshmagan holda audio shaklida o'qib berish kerak)
2. Yozilgan yoki audio shakldagi maqolalarni wikipediaga joylab borish
3.Sifatli hamda barcha uchun kerakli, qiziq bo'lgan maqolalarni o'z tinglovchilariga yetkaza bera olishi..
Aziz yoshlar, sizlar ham ko'ngilli yoshlar qatorida bo'lishini istaysizmi?
Ha deysizmi ?
Unday bo'lsa hoziroq Wikipedia ko'ngilli Valentior Yoshlar jamosiga qo'shiling...
Qiziqarli hamda kerakli bo'lgan audio shakldagi maqollaringizni hoziroq Wikipediaga joylang

Yosh Valentiyorlar jamosiga qo'shilish uchun

@Viki_audio ga murojaat qiling

/channel/Universitetimizfaollari

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Har kuningiz Navro'z bo'lsin
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#navro'z2023

Universitetimizda Navro‘z sayli!
Bugungi unutilmas kundan yorqin lavhalar 🌷
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

"Народноe слово" gazetasining 2023-yil 10-fevral sonida O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan "Пут к совершенстве безграничен" sarlavhali maqolasi chop etildi. Maqolani albatta, o'qishga tavsiya etamiz.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevralda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida TTJda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “MILLATIMIZNING BUYUK SIYMOLARI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda kafedra katta o‘qituvchisi D.Jumashevning “Navoiyning so‘z qo‘llash mahorati”, katta o‘qituvchi S. Bozorovaning “Bir voqelikning uch talqini”, f.f.f.doktori M. Shamsiyevaning “So‘z va ma’no birligi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. F.f.f doktori M. Madaminova, o‘qituvchilar: Sh. Quraqova, A. Yusupova, M. Begmatova Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, shaxsiyati, ijodiy merosi haqidagi fikrlarini bildirdi.
Tadbirda ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari o‘z mulohazalarini bayon qilishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevral kuni Buyuk mutafakkir, soʼz mulkining sultoni dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas shoir va davlat arbobi hazrat Аlisher Navoiyning tavalludning 582 yilligi munosabati bilan Bojxona institutida «Buyuk bobokalonimiz Аlisher Navoiy mangu barhayot» mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi. Ushbu tadbirda soʼz olgan navoiyshunos, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, Dehqonov Аkromjon Qodirovich tomonidan Аlisher Navoiy isteʼdodining ulugʼvorligi, xalqparvar davlat arbobi sifatida yaratib qoldirgan asarlaridagi insonparvarlik gʼoyalarining ustuvorligi, xalqchil gʼoyalari bilan jamiyat axloqiy qiyofasini aks ettirishi hamda bugun Аlisher Navoiy asarlarini yosh avlodga yetkazish, shu gʼoyalar asosida maʼnaviy yetuk avlodni tarbiyalash uchun keng koʼlamli ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidlab oʼtdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti A. Tilovov O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo'lib o'tgan " Alisher Navoiy-buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti dekani B. Abdushukurov, dekan muovini A. Qurbonov, tyutorlar: O'. Aralov, B.Xaytboyevlar 1-TTJga tashrif buyurishdi. Talabalarning yashash holati, xonalarning issiqligi kabi masalalar o'rganildi. Shu bilan bir qatorda 1-qavatda yashab istiqomat qilayotgan tayanch harakatida nuqsoni bor talabalarning holidan xabar olinib, sharoitlarini o'rganishdi hamda yakuniy nazoratlarda ishtirok etishayotganliklari va undagi muammolar haqida so'z yuritildi. Ushbu talabalarning mavjud muammolarini bartaraf etish belgilab olindi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#navoiy_faxrimiz #navoiy582

Buyuk 9-fevral kuni Adiblar xiyobonida shoir tavalludining 582 yilligiga bagʻishlab tantanali tadbir o'tkazildi. Unda davlat va jamoat arboblari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchi yoshlar, ijodiy tashkilotlar vakillari qatnashdi. Universitetimiz jamoasi tomonidan ulug' mutafakkir bobomiz haykali poyiga gullar qo'yildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#biz_OAVda

Universitetimizda joriy yilning 15-mart kuni boʻlib oʻtgan "Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostidagi Navroʻz sayli va "Talabalik bahori" festivali haqida Oʻzbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan koʻrsatuvni tomosha qiling .
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🎭 «27-mart Xalqaro TEATR kuni» munosabati bilan barcha davlat teatrlarida ochiq eshiklar haftaligi oʻtkaziladi.

💎 20–27-mart kunlarida barcha davlat teatrlariga kirish mutlaqo BEPUL.

🍀 Dam olish kunlaringizda teatrda xordiq chiqaring!

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🔴 Yakkasaroyda Navro‘z bayrami

✅ Hurmatli Yakkasaroy aholisi va poytaxtimiz mehmonlari!

🔴 19-mart kuni, soat 15:00da Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘ida Sizlar uchun Navro‘z sayli hamda soat 18:00da taniqli san’atkorlar ishtirokida gala konsert bo‘lib o‘tishini bilasizlarmi?

👉 Barchangizni oila a’zolaringiz bilan birga “Do‘stlik” bog‘iga kutib qolamiz.

☺️ Nima dedingiz. Bayram bayramdek bo‘lsinda. Albatta bu yilga Navro‘z o‘zgacha bo‘ladi.

☝️ Biz sizni “Do‘stlik” bog‘ida kutib qolamiz.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 17-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti hamda Yangiyo‘l shahridagi 1-sonli kasb-hunar kolleji tomonidan  "Navro‘z ‒ qadriyatlar bayrami" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.  Tadbirda universitetning O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi professor -o'qituvchilari  Navro'z bayramining milliy qadriyat sifatida millatimiz tarixi va  madaniyatida tutgan o'rni, asriy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning xalq og'zaki ijodi hamda adabiyotimizdagi betakror badiiy talqini, jamiyat ma'naviy hayotidagi ahamiyati  haqida  to'xtaldilar. Tadbirda  kasb-hunar kolleji  o'quvchilari  varrak uchirish, milliy kiyimlar taqdimoti, lapar aytish, milliy raqslar, milliy taomlar  tayyorlash bo'yicha   bellashishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Universitetimizda bo'lib o'tgan "Talabalik bahori" festivali g'oliblari bilan tanishing!

Milliy taomlar tanlovi

I o'rin - O'zbek filologiyasi fakulteti
II o'rin - Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti
III o'rin - Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti (kechki)

Milliy liboslar tanlovi

I o'rin - Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti
II o'rin - O'zbek tili ta'limi fakulteti
III o'rin -Ijtimoiy gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti

Alla aytish tanlovi

I o'rin - Sharofova Mehrjon Shukur qizi
II o'rin - Ochilova Umida Sherali qizi
III o'rin - Tangirbergenova Dametken Muxit qizi

Soch o'rish tanlovi

I o'rin - Sharipova Feruza Qaxramonjon qizi
II o'rin - Xusanova Diyora Tulqin qizi
III o'rin - Xujanova Durdona Burxonovna

Tosh ko'tarish tanlovi (o'g'il bolalar)

I o'rin - Ro‘ziboev Nurali Qurbonmurod o‘g‘li
II o'rin - A'zamov Bohodir Odilmurod o‘g‘li
III o'rin - Ziyodullaev Abbos Ziyodulla o‘g‘li
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#oavda_biz

📌"Yangi O'zbekiston"  gazetasining 2023-yil 17-mart sonida O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri,  filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning buyuk shoir Abdulla Oripov she'riyatiga bag‘ishlangan "Vatan! Mening bor qismatim shu bir so'zda hal" sarlavhali maqolasi chop etildi.

🗞 Maqolani, albatta, o'qishingizni tavsiya etamiz!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#Yangiliklar

📌 “Sharq mumtoz poetikasi va Alisher Navoiy ijodi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi…

Samarqand davlat universitetida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Dilnavoz Yusupova ishtirokida “Sharq mumtoz poetikasi va Alisher Navoiy ijodi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/41490

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Navro'z saylidan lavhalar
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

📌 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar Xalqaro kuni"ga bag'ishlab "Olima ayol - ilmli millat asoschisi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida universitetimizning O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti (PhD) Dilafro'z Muhammadiyeva "Boburiy malikalarning ilmiy salohiyati" mavzusida chiqish qildi.

🔗 Batafsil...


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#xalqaro_hamkorlik #tilimiz_uchun #uzbekschool

📌 Universitetimizga Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligining O'zbekistondagi elchixonasi Siyosiy masalalar va jamoatchilik diplomatiyasi sektori rahbari Keti Kottrel xonim tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti , xususan, "O'zbek maktabi" faoliyati bilan yaqindan tanishish, diplomatik sohaga yo'naltirilgan tarzda o'zbek tilini o'rgatishga mo'ljallangan dasturlar haqida ma'lumot olishdan iboratdir.

🔗 Batafsil...

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti Akram Dehqonov Toshkent islom instituti Tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan " Buyuk mutafakkirlarimiz" mavzusidagi ilmiy tadbirda ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, professor Bahodir Karimov Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida efirga olingan ko'rsatuvda ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

O'zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

BADOYIʼ UL-BIDOYA»DAN

Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga, 
Yoʻqluqqa hidoyatingni bor ayla manga, 
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga, 
Har durri inoyating nisor ayla manga.

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…
Подписаться на канал