filologiyamatbuot | Неотсортированное

Telegram-канал filologiyamatbuot - O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

1017

O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali

Подписаться на канал

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Islomjon Yoqubov Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalluding 540 yilligi munosabati bilan “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” professor-o‘qituvchilari hamda malaka oshirish tinglovchilari bilan bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda qatnashdi va nutq so‘zladi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Navoiyni yod etib...

Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi” 30 jildlik majmuasi taqdimoti hamda nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi.
Teatr zaliga kirishda 30 jildlik majmua hamda so‘nggi yillarda Alisher Navoiyning yurtimizda va xorijiy yurtlarda chop etilgan asarlari ko‘rgazmasi, shuningdek, o‘zbek musavvirlarining shoir ijodi asosida yaratgan sanʼat asarlari namoyishi tashkil qilindi.
Tadbirni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov ochib berdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Turkiyadagi xalqaro Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Abdurahmon Go‘zal va boshqalar so‘zga chiqib, mazkur to‘plamning ilmiy ahamiyati, navoiyshunoslik ilmining istiqboli haqida mulohazalarini bildirdi.
Maʼrifiy kechaning badiiy qismida Alisher Navoiy g‘azallariga bastalangan maqom qo‘shiqlari taqdim etildi.

Zulayho Ahmadjonova tayyorladi.

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz🎉
8-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti Pardayev Qo'ldosh Uzoqovichning tavallud ayyomi🎉
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz🎉
7-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, navoiyshunos olima Mullaxo‘jayeva Karomat Toshxo‘jayevnaning tavallud ayyomi🌸
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, professor Bahodir Karimovning "Adabiyot ziyosi" gazetasining 3-sonida " Ichdagi shodlik qayg'usi yoki Omon Matjonning hayot falsafasi" nomli maqolasi chop etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Янгиликлар 24 | Алишер Навоий таваллудининг 582 йиллиги
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 3-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirni universitet rektori, professor Sh. Sirojiddinov ochib berdi. Ushbu tadbirda O'zbek filologiyasi fakultetining bir qator professor-o'qituvchilari universitetimiz tomonidan ta'sis etilgan "Alisher Navoiy" medali bilan universitet rektori tomonidan taqdirlanishdi. Bundan tashqari fakultetimizning davlat stipendiyasi sohibalari ham taqdirlanishdi.
Barcha taqdirlangan professor-o'qituvchilar va talabalarni tabriklaymiz🎉
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz
24-noyabr universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, O'zbek filologiyasi fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Sherqo'zi Qulbulovning tavallud ayyomi. Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamasligingizni, ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lishini tilab qolamiz!

Hurmat bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#diqqat


Yosh ijodkorlar bilan uchrashuvni davom ettiramiz. Bu galgi mehmonimiz - zamonaviy o‘zbek she'riyatining navqiron vakillaridan yana biri Suhrob ZIYO bo‘ladi. Shoir "Ay suygulim", "Ko‘ngil yelkani" nomli she'riy kitoblar hamda qator dolzarb publitsistik maqolalar muallifidir. 


✅Shoir she'rlari bilan
@suhrob_ziyo1 o‘zani orqali tanishib borishingiz mumkin!


Vaqtingizni "Hilol" ijodiy to‘garagi bilan yanada samarali o‘tkazing!  Adabiyot ixlosmandlarini davramizga chorlab qolamiz🤗


Manzil va vaqtimiz:
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU binosi 337-xona, 26-noyabr (shanba kuni)  soat 13.00


Izlanishdamiz: @Yangi_hilol

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2022-yil 23-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida hamda universitetda talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari rejasida belgilangan vazifalarni amalda bajarish maqsadida 1-kurs talabalari o'rtasida Shashka va shaxmat musobaqalari bo'lib o'tdi. Musobaqada 50dan ortiq talaba ishtirok etdi.
Shaxmat bo'yicha :
1-o‘rinJumayeva Iroda Berdiyor qizi 102-guruh
2-o‘rin Ashirova Farida Arslon qizi 107-guruh
3-o‘rin Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi 101-guruh
Shashka bo'yicha :
1-o‘rin Sindirova Dilbar Sobirjon qizi 102-guruh
2-o‘rin Nizomiddinova Xadichaxon Mansurbek qizi FSH101-guruh
3-o‘rin Oxunova Gulchehra Sobirjon qizi 101-guruh
G'oliblar fakultet dekan o'rinbosari Anvar Qurbonov tomonidan kitob sovg'alari bilan taqdirlandilar.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

⭕️⭕️⭕️INSHOLAR TANLOVI GRANTI

Mamlakatimiz yoshlariga ilm olish uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish, shu bilan birga ularning nazdida bugungi kun jamiyatida haqiqiy yetakchi kim ekanligini o'rganish maqsadida:

🔄 EVEREST o'quv markazi butun O'zbekiston yoshlari uchun "Haqiqiy lider kim?" mavzusida navbatdagi insholar tanlovi va grantini e'lon qiladi, azizlar!🔥

Tanlov doirasida 10 nafar g'olibni aniqlab, ularga to'liq 2023-yil ya'ni 12 oy mobaynida EVEREST istalgan manzilida MUTLOQ BEPUL tahsil olish imkoni beriladi!

Insholar tanlovi ikki bosqichdan iborat bo'ladi:

1️⃣ Birinchi bosqich - 20.12.2022 sanasiga qadar davogarlar insholari qabul qilinadi va 40ta eng saviyali insho saralab olinadi!

2️⃣ Ikkinchi bosqich - 05.01.2023ga qadar saralangan 40 nafar davogar bilan suhbatlar tashkil qilinadi!

🏆 6-10 yanvar oralig'ida esa 10 nafar g'olib va grant sohibi e'lon qilinadi!

👉 Insho shakli bu yerda

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2022-yil 22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori Umida To'xsanova talabalari bilan birgalikda "Amir Temur" hamda "Qatag'on qurbonlari xotirasi" davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🔉🔉🔉🔊🔊🔊🔉🔊🔊
“𝐁𝐎𝐋𝐀𝐋𝐀𝐑 𝐀𝐒𝐒𝐎𝐓𝐒𝐈𝐀𝐓𝐈𝐕 𝐋𝐔𝐆ʻ𝐀𝐓𝐈”𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐨𝐛𝐢𝐥 𝐢𝐥𝐨𝐯𝐚𝐬𝐢 𝐲𝐚𝐫𝐚𝐭𝐢𝐥𝐝𝐢 !!!

𝘔𝘰𝘣𝘪𝘭 𝘪𝘭𝘰𝘷𝘢 O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi 𝘋𝘪𝘭𝘣𝘢𝘳 𝘔𝘪𝘳𝘯𝘰𝘴𝘪𝘳𝘰𝘷𝘢 𝘮𝘶𝘢𝘭𝘭𝘪𝘧𝘭𝘪𝘨𝘪𝘥𝘢𝘨𝘪 “𝘉𝘰𝘭𝘢𝘭𝘢𝘳 𝘢𝘴𝘴𝘰𝘵𝘴𝘪𝘢𝘵𝘪𝘷 𝘭𝘶𝘨ʻ𝘢𝘵𝘪” 𝘮𝘢𝘵𝘦𝘳𝘪a𝘭𝘭𝘢𝘳𝘪 𝘯𝘦𝘨𝘪𝘻𝘪𝘥𝘢 𝘪𝘴𝘩𝘭𝘢𝘣 𝘤𝘩𝘪𝘲𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘣, 𝘮𝘢𝘻𝘬𝘶𝘳 𝘥𝘢𝘴𝘵𝘶𝘳𝘪𝘺 𝘵𝘢ʼ𝘮𝘪𝘯𝘰𝘵 𝘰ʻ𝘻𝘣𝘦𝘬 𝘬𝘰𝘮𝘱𝘺𝘶𝘵𝘦𝘳 𝘭𝘪𝘯𝘨𝘷𝘪𝘴𝘵𝘪𝘬𝘢𝘴𝘪𝘥𝘢 𝘣𝘰𝘭𝘢𝘭𝘢𝘳 𝘯𝘶𝘵𝘲𝘪 𝘵𝘢𝘥𝘲𝘪𝘲𝘪𝘨𝘢 𝘢𝘴𝘴𝘰𝘵𝘴𝘪𝘢𝘵𝘪𝘷 𝘺𝘰𝘯𝘥𝘢𝘴𝘩𝘶𝘷 𝘢𝘴𝘰𝘴𝘪𝘥𝘢 𝘺𝘢𝘳𝘢𝘵𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘪𝘭𝘬 𝘥𝘢𝘴𝘵𝘶𝘳𝘪𝘺 𝘮𝘢𝘩𝘴𝘶𝘭𝘰𝘵 𝘩𝘪𝘴𝘰𝘣𝘭𝘢𝘯𝘢𝘥𝘪. 📚📲

🔴 𝘜𝘴𝘩𝘣𝘶 𝘥𝘢𝘴𝘵𝘶𝘳𝘪𝘺 𝘮𝘢𝘩𝘴𝘶𝘭𝘰𝘵 𝘣𝘰𝘭𝘢𝘭𝘢𝘳 𝘯𝘶𝘵𝘲𝘪𝘯𝘪 𝘱𝘴𝘪𝘹𝘰𝘭𝘪𝘯𝘨𝘷𝘪𝘴𝘵𝘪𝘬, 𝘴𝘰𝘵𝘴𝘪𝘰𝘭𝘪𝘯𝘨𝘷𝘪𝘴𝘵𝘪𝘬, 𝘭𝘪𝘯𝘨𝘷𝘰𝘱𝘳𝘢𝘨𝘮𝘢𝘵𝘪𝘬, 𝘨𝘦𝘯𝘥𝘦𝘳𝘰𝘭𝘰𝘨𝘪𝘬, 𝘭𝘪𝘯𝘨𝘷𝘰𝘬𝘶𝘭𝘵𝘶𝘳𝘰𝘭𝘰𝘨𝘪𝘬, 𝘢𝘴𝘴𝘰𝘵𝘴𝘪𝘢𝘵𝘪𝘷 𝘵𝘪𝘭𝘴𝘩𝘶𝘯𝘰𝘴𝘭𝘪𝘬 𝘯𝘶𝘲𝘵𝘢𝘺𝘪 𝘯𝘢𝘻𝘢𝘳𝘪𝘥𝘢𝘯 𝘰ʻ𝘳𝘨𝘢𝘯𝘪𝘴𝘩𝘥𝘢 𝘵𝘢𝘺𝘢𝘯𝘤𝘩 𝘮𝘢𝘯𝘣𝘢 𝘷𝘢𝘻𝘪𝘧𝘢𝘴𝘪𝘯𝘪 𝘰ʻ𝘵𝘢𝘴𝘩𝘪 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘮𝘶𝘩𝘪𝘮 𝘢𝘩𝘢𝘮𝘪𝘺𝘢𝘵 𝘬𝘢𝘴𝘣 𝘦𝘵𝘢𝘥𝘪.

𝐃𝐀𝐒𝐓𝐔𝐑𝐍𝐈𝐍𝐆 𝐅𝐔𝐍𝐊𝐒𝐈𝐎𝐍𝐀𝐋 𝐈𝐌𝐊𝐎𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑𝐈🖌🖌🖌

➡️ “𝗕𝗼𝗹𝗮𝗹𝗮𝗿 𝗮𝘀𝘀𝗼𝘁𝘀𝗶𝗮𝘁𝗶𝘃 𝗹𝘂𝗴ʻ𝗮𝘁𝗶” 𝗺𝗼𝗯𝗶𝗹 𝗶𝗹𝗼𝘃𝗮𝘀𝗶 𝗯𝗼𝗹𝗮𝗹𝗮𝗿 𝗻𝘂𝘁𝗾𝗶𝗻𝗶  𝘁𝗶𝗹𝘀𝗵𝘂𝗻𝗼𝘀𝗹𝗶𝗸𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘁𝘂𝗿𝗹𝗶 𝘆𝗼ʻ𝗻𝗮𝗹𝗶𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶 𝗱𝗼𝗶𝗿𝗮𝘀𝗶𝗱𝗮 𝗼ʻ𝗿𝗴𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵 𝗶𝗺𝗸𝗼𝗻𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗲𝗿𝗮𝗱𝗶. 💻📊📈📔📖📚

➡️𝗨𝗻𝗱𝗮 𝗯𝗼𝗹𝗮𝗹𝗮𝗿 𝗻𝘂𝘁𝗾𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗼ʻ𝘇𝗶𝗴𝗮 𝘅𝗼𝘀 𝗷𝗶𝗵𝗮𝘁𝗹𝗮𝗿𝗶 𝘁𝗮𝗯𝗶𝗶𝘆 𝘃𝗮 𝘀𝗼𝗳 𝗵𝗼𝗹𝗮𝘁𝗱𝗮, 𝗼𝗿𝘁𝗶𝗾𝗰𝗵𝗮 𝘁𝘂𝘇𝗮𝘁𝗶𝘀𝗵 𝘃𝗮 𝘁𝗮𝗵𝗿𝗶𝗿𝗹𝗮𝗿𝘀𝗶𝘇 𝗮𝗸𝘀 𝗲𝘁𝘁𝗶𝗿𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻.👬👬👬

➡️ 𝗗𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗴𝗮 𝗺𝗮ʼ𝗹𝘂𝗺𝗼𝘁𝗹𝗮𝗿 𝘀𝘁𝗶𝗺𝘂𝗹 𝘀𝗼ʻ𝘇 – 𝗷𝗮𝘃𝗼𝗯 𝗿𝗲𝗮𝗸𝘀𝗶𝘆𝗮𝘀𝗶 𝘁𝗮𝗿𝘁𝗶𝗯𝗶𝗱𝗮 𝗸𝗶𝗿𝗶𝘁𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻 𝗯𝗼ʻ𝗹𝗶𝗯, 𝘀𝘁𝗶𝗺𝘂𝗹 𝘀𝗼ʻ𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘂𝘀𝘁𝗶𝗴𝗮 𝗯𝗼𝘀𝗶𝘀𝗵 𝗼𝗿𝗾𝗮𝗹𝗶 𝘂𝘀𝗵𝗯𝘂 𝘀𝘁𝗶𝗺𝘂𝗹 𝘀𝗼ʻ𝘇𝗴𝗮 𝗯𝗲𝗿𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻 𝗷𝗮𝘃𝗼𝗯 𝗿𝗲𝗮𝗸𝘀𝗶𝘆𝗮𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗶 𝗼ʻ𝗾𝗶𝘀𝗵 𝗶𝗺𝗸𝗼𝗻𝗶𝘆𝗮𝘁𝗶 𝗽𝗮𝘆𝗱𝗼 𝗯𝗼ʻ𝗹𝗮𝗱𝗶. 📖📖📖📕📗📙

➡️  𝗦𝗵𝘂𝗻𝗶𝗻𝗴𝗱𝗲𝗸, 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗴𝗮 𝗵𝗮𝗿 𝗯𝗶𝗿 𝘀𝘁𝗶𝗺𝘂𝗹 𝘀𝗼ʻ𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗮𝗱𝗮𝗯𝗶𝘆 𝘁𝗮𝗹𝗮𝗳𝗳𝘂𝘇𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗶𝗳𝗼𝗱𝗮𝘀𝗶 𝗮𝘂𝗱𝗶𝗼 𝗳𝗼𝗿𝗺𝗮𝘁𝗶𝗱𝗮 𝗷𝗼𝘆𝗹𝗮𝘀𝗵𝘁𝗶𝗿𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻. 𝗛𝗮𝗿 𝗯𝗶𝗿 𝘀𝘁𝗶𝗺𝘂𝗹 𝘀𝗼ʻ𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘂𝘀𝘁𝗶𝗴𝗮 𝗯𝗼𝘀𝗶𝘀𝗵 𝗼𝗿𝗾𝗮𝗹𝗶 𝘀𝗵𝘂 𝘀𝗼ʻ𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗮𝗱𝗮𝗯𝗶𝘆 𝘁𝗶𝗹𝗱𝗮𝗴𝗶 𝘁𝗮𝗹𝗮𝗳𝗳𝘂𝘇𝗶𝗻𝗶 𝘁𝗶𝗻𝗴𝗹𝗮𝘀𝗵 𝗶𝗺𝗸𝗼𝗻𝗶𝘆𝗮𝘁𝗶 𝗺𝗮𝘃𝗷𝘂𝗱 𝗯𝗼ʻ𝗹𝗮𝗱𝗶. 🗣🗣🗣🔊🔊🔊

➡️ 𝗗𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗾𝗼ʻ𝘀𝗵𝗶𝗺𝗰𝗵𝗮 𝘀𝗮𝗵𝗶𝗳𝗮𝗹𝗮𝗿𝗴𝗮 𝗹𝘂𝗴ʻ𝗮𝘁𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗻𝗮𝘇𝗮𝗿𝗶𝘆 𝗾𝗶𝘀𝗺𝗹𝗮𝗿𝗶 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗯𝗼𝗴ʻ𝗹𝗶𝗾 𝗺𝗮ʼ𝗹𝘂𝗺𝗼𝘁𝗹𝗮𝗿 𝗣𝗗𝗙 𝗳𝗼𝗿𝗺𝗮𝘁𝗱𝗮 𝗸𝗶𝗿𝗶𝘁𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻 𝗯𝗼ʻ𝗹𝗶𝗯, 𝗯𝘂 𝗳𝗼𝘆𝗱𝗮𝗹𝗮𝗻𝘂𝘃𝗰𝗵𝗶𝗴𝗮 𝗺𝗮ʼ𝗹𝘂𝗺𝗼𝘁𝗹𝗮𝗿𝗻𝗶 𝘀𝗮𝗾𝗹𝗮𝗯, 𝗶𝘀𝘁𝗮𝗹𝗴𝗮𝗻 𝘃𝗮𝗾𝘁𝗱𝗮 𝗾𝗮𝘆𝘁𝗮 𝗼ʻ𝗾𝗶𝘀𝗵 𝗶𝗺𝗸𝗼𝗻𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗲𝗿𝗮𝗱𝗶.🔑📲

➡️ 𝗙𝗼𝘆𝗱𝗮𝗹𝗮𝗻𝘂𝘃𝗰𝗵𝗶𝗴𝗮 𝗾𝘂𝗹𝗮𝘆𝗹𝗶𝗸 𝘆𝗮𝗿𝗮𝘁𝗶𝘀𝗵 𝗺𝗮𝗾𝘀𝗮𝗱𝗶𝗱𝗮 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗴𝗮 𝗸𝗲𝗿𝗮𝗸𝗹𝗶 𝘀𝗼ʻ𝘇𝗻𝗶 𝘁𝗲𝘇 𝗳𝘂𝗿𝘀𝗮𝘁 𝗶𝗰𝗵𝗶𝗱𝗮 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗯 𝘁𝗼𝗽𝗶𝘀𝗵  𝗶𝗺𝗸𝗼𝗻𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗲𝗿𝘂𝘃𝗰𝗵𝗶 𝗾𝗶𝗱𝗶𝗿𝘂𝘃 𝗳𝘂𝗻𝗸𝘀𝗶𝘆𝗮𝘀𝗶 𝗵𝗮𝗺 𝗸𝗶𝗿𝗶𝘁𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻.🔎🔦

𝐃𝐀𝐒𝐓𝐔𝐑 𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅𝐋𝐀𝐑𝐈:
1⃣ 𝐀𝐥𝐢𝐬𝐡𝐞𝐫 𝐍𝐚𝐯𝐨𝐢𝐲 𝐧𝐨𝐦𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐤𝐞𝐧𝐭 𝐝𝐚𝐯𝐥𝐚𝐭 𝐨ʻ𝐳𝐛𝐞𝐤 𝐭𝐢𝐥𝐢 𝐯𝐚 𝐚𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲𝐨𝐭𝐢 𝐮𝐧𝐢𝐯𝐞𝐫𝐬𝐢𝐭𝐞𝐭𝐢 𝐎ʻ𝐳𝐛𝐞𝐤 𝐭𝐢𝐥𝐬𝐡𝐮𝐧𝐨𝐬𝐥𝐢𝐠𝐢 𝐤𝐚𝐟𝐞𝐝𝐫𝐚𝐬𝐢 𝐩𝐫𝐨𝐟𝐞𝐬𝐬𝐨𝐫𝐢, 𝐟𝐢𝐥𝐨𝐥𝐨𝐠𝐢𝐲𝐚 𝐟𝐚𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐝𝐨𝐤𝐭𝐨𝐫𝐢 𝐌𝐮𝐧𝐚𝐯𝐯𝐚𝐫𝐚 𝐐𝐮𝐫𝐛𝐨𝐧𝐨𝐯𝐚
2⃣ 𝐎ʻ𝐳𝐛𝐞𝐤 𝐟𝐢𝐥𝐨𝐥𝐨𝐠𝐢𝐲𝐚𝐬𝐢 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛𝐚𝐬𝐢 𝐃𝐢𝐥𝐛𝐚𝐫 𝐌𝐢𝐫𝐧𝐨𝐬𝐢𝐫𝐨𝐯𝐚

𝐐𝐮𝐲𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐡𝐚𝐯𝐨𝐥𝐚 𝐨𝐫𝐪𝐚𝐥𝐢 𝐢𝐥𝐨𝐯𝐚𝐧𝐢 𝐲𝐮𝐤𝐥𝐚𝐛 𝐨𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐦𝐮𝐦𝐤𝐢𝐧:⤵️⤵️⤵️
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hamroev.bolalarassotsiativlugati

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz
20-noyabr universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi dotsenti Dilmurod Xoldorovning tavallud ayyomi. Ustozni bugungi ayuom munosabati bilan fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalari nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamasliklarini tilab qolamiz. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!

Hurmat bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

"ENG YAXSHI TALABA" tanlovining natijalari bilan tanishing:

I o'rin - Tosheva Latofat, O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi;

II o'rin - Saydazamov Asroriddin, Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti talabasi

III o'rin - Eshmatova Sojida, O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi.

G'oliblarni tabriklaymiz!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 8-fevral kuni Muqimiy teatrida "Istiqlol davri oʻzbek navoiyshunosligi" 30 jildlik taqdimoti hamda "Nazm va navo" kechasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu kechada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tyutori Madina Muhammadiyeva 25 nafar talabasi bilan ishtirok etdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, professor Bahodir Karimovning tavallud ayyomi munosabati bilan "Adabiyot ziyosi" gazetasining 3-sonida " Ziyoga tashna inson qalbi" nomli maqola chop etildi. Ushbu maqolada talabalarning ustoz haqidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz🎉
7-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, professor Karimov Bahodir Nurmetovichning tavallud ayyomi🎉
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

https://oyina.uz/kiril/article/1393

https://oyina.uz/uz/article/1394

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2023-yil 8-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan "Vatan kabi mangu Navoiy" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani, professor Baxtiyor Abdushukurov ochib berdi. Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, professor Uzoq Jo'raqulov so'zga chiqib, Navoiy ijodi haqida ma'ruza qildi. Tadbir kuy va qo'shiqlarga boy tarzda o'tdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#navoiy_faxrimiz #Alisher_Navoiy_582


📌 Joriy yilda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topganiga 582 yil to‘ladi.
ToshDO‘TAUda shu qutlug‘ sana munosabati bilan tantanalar bo‘lib o‘tmoqda.

🔗 Batafsil...

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2022-yil 24-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida O'zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan TTJda yashovchi talabalar uchun "Sohibi so'z" (notiqlik) tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Zulxumor Xolmonova, fakultet dekan o'rinbosari Anvar Qurbonov, jurnalist Nozima Vohidova, kafedra professor - o'qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

📌 Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Respublika bosh prokraturasi, Olmazor tuman hokimligi, ushbu tuman prokraturasi, “Oila va xotin-qizlar”, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limlari vakillari, olima ayollar ishtirok etgan tadbirda O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonova ma’ruza qildi.

🔗Batafsil...

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2022-yil 23-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida faoliyat yuritayotgan "Gulshan", "Hilol", "Lingvist" hamda "Yosh munaqqid" klubi navbatdagi mashg'ulotini olib bordi. Barcha qiziquvchi yoshlarni to'garakda kutib qolamiz.
Eslatib o'tamiz: to'garaklar har haftaning chorshanba kuni o'tkazilmoqda.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2022-yil 23-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari Anvar Qurbonov hamda tyutorlari: B. Xaytboyev, R. Ortiqovlar 1-kurs talabalariga "Hushyorlik va ogohlik" mavzusida axborot-murabbiylik soati o'tishdi. Asosiy mavzudan so'ng talabalarga hozirda yashash joyidagi is-gazdan ehtiyot bo'lishlari, gazdan to'g'ri foydalanish, har xil noxush holatlardan o'zlarini asrashlari kerakligi ogohlantirib o'tildi. Mavjud holat yuzasidan misollar keltirilib, tushunchalar berildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2022-yil 22-noyabr kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri tomonidan o'tkazilgan video-selektrda hamda universitet rektori tomonidan ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va talabalarni is-gazdan foydalanishda ogohlikka chaqirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti dekan muovini A.Qurbonov hamda fakultet tyutorlari: O'. Aralov, B. Xaytboyev, U. Tuxsanovalar ijaradagi talabalar uyiga tashrif buyurishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#madaniy_xordiq

Hurmatli ustozlar va talabalar! Bugun soat 17:30 da O'zbek milliy akademik drama teatrida sahnaga qo'yiladigan Usmon Nosir spektakliga barchangizni taklif etamiz! Kirish bepul.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri Bahodir Karimovning "Ma'rifat" gazetasining 2022-yil 16-noyabr 46-sonida dotsent Dilmurod Xoldorov haqidagi “Uslubshunos muallim" nomli maqolasi chop etildi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz
18-noyabr universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, Filologiya fanlari bo'yicha dotsent, O'zbek filologiyasi fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Sayitqulov Ilhom Abdusalomovichning tavallud ayyomi. Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!

Hurmat bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2022-yil 18-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari A. Qurbonov boshchiligida seminar tashkil etildi. Seminarda fakultet tyutori Madina Muhammadiyeva "Talabalar bilan ishlashning samarali usullari" mavzusida ma'ruza qildi. Seminarda Bobur Xaytboyev, Ramazon Ortiqov, Umida Tuxsanova va universitet tyutorlari ishtirok etishdi.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…
Подписаться на канал