filologiyamatbuot | Неотсортированное

Telegram-канал filologiyamatbuot - O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

1017

O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali

Подписаться на канал

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Bugun Turk tilini 0dan boshlovchilar uchun guruhda ilk dars yozilishni istaganlar @Sadoqat3523

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Hurmatli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining aziz ayol professor-o‘qituvchilari, xodimalari hamda aziz talabalar! Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutlab, sizga mustahkam sog'lik, oilaviy baxt, universitetimizning iqtisodiy - ijtimoiy rivoji hamda farovonligi yo'lida olib borayotgan ko'p yillik fidokorona va samarali mehnatingizda ulkan zafarlar tilab qolaman.

Dunyodagi eng ezgu va samimiy tilaklar bilan O'zbek filologiyasi fakultet matbuoti.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓Joriy yilning 5-mart kuni O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari A.Ikromov, Oʻ.Qahhorov va I.Bobomurodov o'ziga biriktirilgan talabalar bilan " Ma'naviyatli ayol - jamiyat tarbiyachisi" mavzusida "Ma'rifat darsi"ni tashkil qildi.

✅Bunda oila va jamiyatda ayollaring oʻrni haqida suhbat qilindi . Shu bilan birgalikda talabalarning muammolari ko'rib chiqildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️Bugun Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori Boymirzayev Muslimbek oʻziga biriktirilgan 2-kurs talabalariga universitet psixologi Nozima Giyasova boshchiligida psixologik trening tashkillashtirib, Psixologik soʻrovnoma oʻtkazildi.
✅Shu bilan bir qatorda, 8- mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan 5 tashabbus doirasida "Yoshlar oʻrtasida Kitobxonlikni keng targʻib etish" maqsadida "Men oʻqigan eng yaxshi kitob" nominatsiyasi boʻyicha bir qancha kitobxon talabalar ragʻbatlantirildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️Germaniyaning Gumboldt universiteti professori Ayfer Durdu xonim va o'zbek tilini o'rganayotgan olmon talabalari joriy yilning 28- fevralida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi, yosh ijodkor Ma'mura To'rayevaning ijodi va o'zbek adabiyoti haqida zoom orqali suhbat qildi.Ushbu qiziqarli suhbat 2 soat davom etdi.

Eslatib oʻtamiz: Gumboldt universiteti talabalari hozirda Ma'mura To'rayevaning "Bitiruv kechasi" nomli hikoyalar to'plamini nemis tiliga tarjima qilishga kirishmoqda.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#tabriklaymiz 
3-mart universitetimizning fidoyi ustozlaridan biri, O’zbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasining professori ,fidoyi olimi Islomjon Yaqubov Axmedjanovichning tavallud ayyomi🎉🎉
Sizni fakultet rahbariyati va professor - o'qituvchilari, aziz talabalaringiz nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, fakultetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!

Hurmat bilan O'zbek filologiyasi fakulteti ma'muriyati.
/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#Tabriklaymiz💐


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek Filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Ra'no Abduxamidova “Yosh kitobxon'' ko'rib tanlovining Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.Ushbu talabamizga Respublika bosqichida ham omad tilaymiz!

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#yigirma_to‘qqizinchi_hikmat📚

Navoiy hikmatlari
(Arbaʼin turkumidan
)

Boylig‘ istar esang el ilgidin
Har na ko‘rsang boridin o‘l navmid,
Bul g‘ino, baski, xalqdin kechibon
Tutsang ummid haqdin-o‘q jovid.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

📢 Turk Tili To‘garagi – Sodiqov Mirjalol bilan! 🇹🇷

📌 Turk tilini o‘rganishni xohlaysizmi?
🔹 Boshlang‘ich va o‘rta darajadagi darslar
🔹 Grammatikani mukammal o‘rganish
🔹 Turkcha gapirish va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish
🔹 Audio va video materiallar orqali interaktiv ta’lim
🔹 Real suhbat va muloqot amaliyoti

🗓 Mashg‘ulot kunlari:
📅 Dushanba – Chorshanba – Juma
⏰ Soat: 18:00 – 20:00

📍 Mashg‘ulot formati:
✅ Qiziqarli va samarali dars uslublari
✅ Amaliy mashqlar va suhbat klublari
✅ Har bir ishtirokchiga individual yondashuv

📌 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 [Telefon yoki aloqa manzili]+998976354745
📲 Telegram: Sodiqov Mirjalol

🌍 Turk tilini bilish sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!
🚀 O‘rganishni hoziroq boshlang va muvaffaqiyat sari qadam tashlang! 🎓📖

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2025-yil 26-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Lingvist” to‘garagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi.

✅Seminarda 2-bosqich tayanch-doktoranti Majidova Maftuna “Imo-ishoralarning umumiy tahlil tamoyillarini yaratish masalasi” mavzusida, Erkin tadqiqotchi Raxmonova Marjona Jinaydullo qizi "Badiiy matnda ichki nutqning psixolingvistik xususiyatlari" mavzusida hamda 1-bosqich mustaqil tadqiqotchisi Rasulova Gulbahor "Boburnoma" matnida qo'llangan fitonimlarning statistik tahlili"  mavzusida ma'ruza o'qishdi. Seminarni O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, professor Z. Xomanova olib borib, tadqiqotchilarga mavzulari yuzasidan kerakli fikr-mulohazalarini bildirdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#yigirma_oltinchi_hikmat📚

Navoiy hikmatlari
(Arbaʼin turkumidan
)

Eyki, bir ishda hojating bo‘lsa,
Yaxshi yuzluqdin ista baxshoyish.
Toki baxshoyishidin avvalroq
Ko‘rmagidin yetushgay osoyish.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#yigirma_beshinchi_hikmat📚

Navoiy hikmatlari
(Arbaʼin turkumidan
)

Do‘stlashinglar hadiyalar berishib,
Bahra topqon xirad atiyasidin.
Xud jahonda atiyae bormu,
Yaxshiroq do‘stliq hadiyasidin.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#toʻqqizinchi_hikmat📚

Navoiy hikmatlari
(Arbaʼin turkumidan
)

Rahmat ozodag'aki ul olmos,
Dahr dinoru dirhamin g'amg'a.
Lek la’nat angaki qul bo'lg'ay:
Xoh dinoru xoh dirhamg'a.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTuberespublikamanaviyatvamarif2968">| Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️Universitetimizda adabiyot sohasida ,umuman olganda, ijodga qiziqish , ijodiy jarayonlar mujassamlashgan jumladan 19-fevral kuni ustoz Olim Usmonov boshchiligida ,,Hilol" ijodiy toʻgaragi oʼz faoliyatini yuritmoqda. Bu toʻgarak,albatta, ijodga qiziquvchi yoshlarga ilk tajribalar ,ilk bilimlarni berishga , fikr almashishga va oʼz fikrini bemalol bildirishga , tanqidiy mulohazalarga oʼrgatadi.Notiqlik , shoirlik ilmlaridan ham bahramand boʻlasiz .
Umuman, ijodga yondashuvlarni jamoa bilan birga baham koʼrasiz.
Ilk qadamni mana shu yerdan boshlash xato boʻlmaydi,albatta.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Turk tilidan B1 darajadan boshlashni istagan talaba-qizlar!!!

Istanbul B1 kitobidan o'rganishni istasangiz murojaat qiling!
/channel/KamolovaSadoqat_turktili

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Erta bahor gullagan binafsha misol, Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin. Yangi ochilgan gul «Lola» misol, Lablarizda doim tabassum bo’lsin. Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo. 8-MART Ayyomingiz muborak bo’lsin!!!

Assalomu alaykum hurmatli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining aziz ayol, talaba-qizlari! Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Siz borsiz har kunimiz bahor, har kunimiz bayram. Sizlarga sog'lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
O'qish va ishlaringizga muvaffaqqiyat tilab qolamiz.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️Bugun 8-mart " Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan O'zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talaba qizlariga universitet tyutori S.Bekchanov hamda universitet yoshlar ittifoqi raisi M.Sodiqovlar talaba qizlarimizga davra suhbati tashkil qildi va rahbariyatning tabrik so'zlari o'qib eshittirildi.Tadbir yakunida estalik sovg'alar topshirildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

2025-yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Nasr kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2024-yilda nashr etilgan nasriy asarlar haqida ma’ruza va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
  Jumladan, Romanlar bo‘yicha Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori – Mavlon Boboxonov;
   Qissalar bo‘yicha Guliston davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori – Sevara Babayeva;
   Hikoyalar bo‘yicha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi, Uyushma a’zosi Raxshona Ahmedova hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Otabek Bakirovlar ma’ruza qilishdi.
Tadbirda Oʻzbek filologiyasi fakultetining 120 nafar talabalari, tyutorlari, magistrlar, doktorantlar va professor -o'qituvchilari ishtirok etishdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori Boymirzayev Muslimbek o'ziga biriktirilgan guruhlarga "MA'RIFATLI AYOL-JAMIYAT TARBIYACHISI" mavzusida axborot va murabbiylik soatini o'tdi. Bunda talabalarga "Ayol matonati" nomli ibratli videorolik namoyish etildi.
✅Ayolning avvalo oiladagi, jamiyatdagi roli, qolaversa, ilm-maʼrifat yoʻlidagi fidoiyligi, farzand tarbiyasida ilmli ayolning masʼuliyati ochib berildi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️3-mart kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining katta zalida Adabiy tanqid kengashining 2024-yil uchun hisobot yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
✅Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari ishtirok etishdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Aziz ayol-qizlar!!!

Konuşma ve yazma qismidan yuqori puan olish taktikalarini o'rganishni istaysangiz va shu bo'limdan chuqurroq bilim olishni istasangiz yangi guruh ochilyapti. Yozilishi uchun: @Sadoqat3523 ga yozilishingiz mumkin.

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️2025-yilning 1-mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida «Salomatlik uchun 5000 qadam» shiori ostida yurish marafoni bo'lib o'tdi.Ushbu marafonda turli tashkilotlar hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining iqtidorli talabalari ham faol ishtirok qilishdi.Ayniqsa,milliy libosdagi talabalarimiz shahrimiz aholisida o'zgacha taassurot uyg'otdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#yigirma_sakkizinchi_hikmat📚

Navoiy hikmatlari
(Arbaʼin turkumidan
)

Ey xusho ulki, ayb ko‘rmamak ila
Yuz hunarvar marotibin topqay.
Ya’ni o‘z aybi pardasi ko‘ziga
O‘zga el aybi chehrasin yopqay.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓️24- fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalariga fakultet tyutori S.Bekchanov boshchiligida «Turkiy davlat tashkiloti (TDT) – turkiy dunyo birligi ahamiyati va istiqbollari» mavzusida «Ma'rifat soati» darslari tashkil qilindi.

✅Dars yakunida 2024-2025-o'quv yili 3-semestrini a'lo baholarga topshirgan talabalar rahbariyat tomonidan taqdirlandi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#yigirma_yettinchi_hikmat📚

Navoiy hikmatlari
(Arbaʼin turkumidan
)

Bir-birin do‘stlar agar gah-gah,
Ko‘rsalar, do‘stluq o‘lur g‘olib.
Shavqdin ixtilot o‘lur matlub,
Vasl uchun orzu o‘lur tolib.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

🗓2025-yilning 26-fevralida Universitet tyutorlari A.Ikromov va I.Bobomurodov o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan "Turkiy davlat tashkiloti (TDT) - turkiy dunyo birligi ahamiyati va istiqbollari" mavzusida "Ma'rifat darsi"ni tashkil etdi.

✅Shu bilan birga universitet profilaktika inspektori Jannatbibi Xaydarova talabalarga faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#yigirma_to'rtinchi_hikmat📚

Navoiy hikmatlari
(Arbaʼin turkumidan
)

Haq seni sevgay el bila bo‘lsang,
Tilu ko‘nglungni qilib yakro‘y,
Nukta sursang shukuftau xandon,
Zist qilsang kushodau xushro‘y.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

#yigirma_uchinchi_hikmat📚

Navoiy hikmatlari
(Arbaʼin turkumidan
)

Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur?
Eshitib, ayla shubha raf’ andin,
Yaxshiroq bil ani ulus arokim,
Yetsa ko‘prak ulusqa naf’ andin.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

📢 TSUULL Pazandalari Klubi ! 🍽

Sizlarga xushxabar – TSUULL universitet oshxonasi rasman ishga tushdi! Agar pazandalikka qiziqsangiz, o‘z retseptlaringizni boshqalar bilan bo‘lishishni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!

🔹 Qanday ishtirok etish mumkin?
👉 Oson, kamxarj va noodatiy taom yoki shirinlik tayyorlash bo‘yicha qisqa lifehack videoni yozib oling.
👉 Videongizni bizga yuboring.
👉 Eng yaxshi videolarni universitet rasmiy kanalida e’lon qilamiz! 📲

Bu loyiha oshpazlik san’atiga qiziquvchilar uchun katta ilhom manbai bo‘ladi! O‘z mahoratingizni sinab ko‘rish va universitet oshxonasining bir qismiga aylanish uchun bizga qo‘shiling.

📌 Rasmiy kanalimiz: TSUULL Pazandalari

Oshpazlik – bu san’at! 🎨🍜 Birga rivojlantiramiz! 🚀

Читать полностью…

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

Ta'ziya

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi O’zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti (v.b.) Shamsiyeva Manzuraga onasining vafoti sabab ta'ziya izhor etadi.
Marhumning oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X

Читать полностью…
Подписаться на канал