2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Chet tili
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Tarix
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Agrotexnologiya
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Qirg'iz tili
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Matematika
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Ona tili va Adabiyot
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Turkman tili
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Biologiya
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
❗️ Ko'pchilik xato qiladigan mavzu!!!
⚡️💢X va H undosh harflarini farqlash usullari✅
💥Ko'pchilik o'quvchilar x va h undoshlarini qo'llash jarayonida xatoga yo'l qo'yishadi. Ba'zan bu xatolar o'qituvchilarning o'zlarida ham uchrab turadi. Quyida “h” va “x” undoshini farqlashga yordam beradigan ba’zi usullarni tavsiya qilmoqchiman.
Avvalo, o‘quvchilarga “h” va “x” undoshining talaffuzi yaxshilab tushuntiriladi. Talaffuz qilayotganda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida — un paychalari o‘rtasidagi tor oraliqda hosil bo‘ladigan, jarangsiz sirg‘aluvchi bog‘iz tovushi “h” hamda chuqur til orqasidan chiqadigan, jarangsiz sirg‘aluvchi “x” tovushlarining talaffuzdagi farqli tomonlari amalda ko‘rsatiladi.
Quyida harflarni ajratish metodikasi va uni xotirada saqlab qolish usullari haqida ma’lumot beramiz.
Birinchidan, rus tilidan kirgan so‘zlarda hech qachon “h” tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya…
Ikkinchidan, so‘z o‘rtasida kelgan “h” undoshi qatnashgan so‘zni talaffuz qilishda “h” undoshi “y”lashadi. Masalan, Rahim — Rayim, Shohista — Shoyista, Shohimardon — Shoyimardon, Zohid — Zoyid, Sohib — Soyib, Shohida — Shoyida...
Bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan holat: “h” dan keyin “i” unlisi kelgan bo‘lishi kerak. Chunki i unlisidan boshqa tovush kelganda “h” “y”lashmaydi. Masalan: Burhon, Qahhor, zahar, baham, Is’hoq va boshqalar.
Uchinchidan, “i” unli tovushidan keyin doim “x” harfi keladi: ixtilof, ixtiyor, ixlos, ixtiro, ixtisos, ixcham, omixta, pix, mix, six...
Bunda sharti: x undoshi yopiq bo‘g‘inning oxirida kelishi kerak. Bo‘g‘inning boshlanishida kelsa, “h”lashadi. Masalan, ji-hat, imti-hon, ni-hoyat, ji-hoz, isti-hola, ni-hol va hokazo.
🗝️To‘rtinchidan, “e” unli tovushidan keyin hamisha “h” harfi keladi: meh-mon, deh-qon, be-hi, eh-tirom, isteh-zo, isteh-kom, mehr, meh-rob, meh-ribon, sehr, cheh-ra, eh-son, eh-tiyoj, eh-timol, eh-tiros, eh-tiyot, eh-rom, Beh-zod...
🗝️Beshinchidan, “x” tovushi bilan boshlangan aksar so‘zlardan x tovushi olib tashlansa, so‘z ma’nosi tubdan o‘zgaradi. H bilan boshlangan so‘zlarda esa ma’no o‘zgarmaydi.
Xayol — ayol, xona — ona, xazon — azon, xamir — amir, xanda — anda, xasta — asta, xato — ato, xil — il, xol — ol, xola — ola, xon — on, xor — or, xos — os, xotin — otin, xoch — och...
🔐Oltinchidan, yana shunday shakldosh so‘zlarni ko‘rish mumkinki, har ikkalasi ham, deyarli, bir xil yozilgani bilan ma’nolari turlicha bo‘ladi. Bunda shu so‘z qatnashgan gap ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan, hil (hil-hil pishmoq) — xil (biron narsaning turi), hol (holat, vaziyat) — xol (yuzdagi xol ma’nosida), shoh (podshoh) — shox (daraxtning shoxi) so‘zlarini misol qilish mumkin. Bu so‘zlarni bilimni mustahkamlash darslari yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘yin tarzida o‘rgatib, yozdirib qo‘yish orqali o‘quvchida ma’nolariga qarab turib tovushlarni ajrata olish ko‘nikmasi rivojlantiriladi.
🔐Shunday so‘zlarni oson yodlashlari uchun o‘quvchilarga bu harflar qatnashgan maqol, topishmoq va tez aytishlarni berish foydadan holi bo‘lmaydi.
Yuqoridagi ma'lumotlarni yon daftaringizga yozib oling!
#bilasizmi
"Toʻmaris", "Shiroq", "Iskandar va Spitamen", "Temur Malik", "Mahmud Torobiy", "Oʻtror" kabi qissalarida ajdodl arimizning xorijiy istilochilarga qarshi mustaqillik uchun olib borgan kurashi tasvirlangan. M.O. oʻz asarlarida Amir Temur, Ulugʻbek, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mashrab singari oʻzbek xalqi ulugʻ farzandlarining yorqin obrazlarini yaratib bergan. Uning "Zulmat ichra nur", "Ajdodlar qissasi", "Jayxun ustida bulutlar", "Aljabrning tugilishi", "Ibn Sino qissasi", "Singan setor" singari asarlari oʻzbek tarixiy qissachiligining yuksak namunalaridandir.
✍A.Sh.N
📚"Ajdodlarimiz fojiasi"
✍️ Mirkarim Osim
📜 Kitobxonlar e'tiboriga taqdim etilayotgan ushbu kitobda Boborahim Mashrab, Mohlaroyim Nodira, Spitamen, Temur Malik, Jahon Otin Uvaysiy kabi ajdodlarimiz hayot yo'li, ularning fojiali taqdiri haqida hikoya qiladi. Qissalarni o'qir ekansiz yaqinlari hayoti uchun jon fido qilishga tayyor yurak, uyg'oq ruh bilan yashagan, atrofidagi insonlarning hatti-harakatlaridan og'ringan, insonlar taqdiriga yaxshilik olib kirishga intilgani holda kamsitilgan, tahqirlangan ajdodlari bilan yuzlashasiz!
#bugun
Ernest Thompson Seton (talaffuzi: Ernest Tompson Siton) (14-avgust, 1860 — 23-oktabr, 1946) – kanadalik yozuvchi va rassom. Ernest Thompson Seton tabiat va hayvonlar haqida yozgan taʼsirchan hikoyalari bilan shuhrat qozondi. Uning hayvonlar haqidagi hikoyalar toʻplami rus tiliga N. Chukovskiy tomonidan tarjima qilingan. Oʻzbek kitobxoni orasida Thompson Setonning keng tarqalgan hikoyalar toʻplami „Yovvoyi yoʻrgʻa“dir. Bu asarni oʻzbek tiliga Togʻay Murod tarjima qilgan.Ernest Thompson Seton 1860-yil 14-avgustda Angliyaning South Shields portida tugʻilgan. 1866-yil oilasi bilan Kanadaga koʻchib borgan. Thompson Seton hikoya yozish bilan birga shu hikoyalariga oʻzi rasm chizgan.Masalan, „Wild Animals I Have Known“ („Men bilgan yovvoyi hayvonlar“) (1898) va „Biography of an Arctic Fox“ („Arktik tulkining biografiyasi“) (1937) kitoblariga rasmlarni Thompson Setonning oʻzi chizgan. U 1930-yil Kanadadan New Mexicoga koʻchib borgan va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan.
✍A.Sh.N
Usmon A'zim "Grafika" she'ri
🕌Buxoro viloyati Buxoro tuman
🏢3-IDUM 10-A sinf o'quvchisi
Õqidi:🎤Abdukarimova Sharofat
🕌Buxoro viloyati Buxoro tuman
🏢3-IDUM 10-A sinf o'quvchisi
🎓Abdukarimova Sharofatning
Usmon Azim tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Baxshiyona she‘rlar ijodkori " mavzusida tayyorlagan vidioroligi
©A.Sh.N
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Tojik tili
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Sport yo'nalishi
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Qozoq tili
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Fizika
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Fransuz tili
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Geografiya
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2021-2022- yil Variativ o'quv rejalar
📘Kimyo
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
⚡️ Mandat kunin kutayotganlar.
Balki bilmas umr oʻtganin
Mol-dunyoni quvayotganlar.
Sanayapti har bir lahzani
Mandat kunin kutayotganlar.
Oza-oza boʻlib ketdi choʻp
Gʻamdan “roʻza tutayotganlar”.
Har qadamda asabiy bir toʻp -
Mandat kunin kutayotganlar.
Kitobini oʻqimay qoʻydi
Test-masala yechayotganlar.
Endi faqat taqvim “oʻqiydi”
Mandat kunin kutayotganlar.
Ne qilarin oʻylaydi. Bilmas.
Yotdir yoʻlda ketayotganlar,
Koʻchaga ham chiqqisi kelmas
Mandat kunin kutayotganlar.
Yuz-u sakson toʻqqiz ball toʻplab
Oʻzlaridan ketayotganlar -
Yuridikka topshirgan koʻplab
Mandat kunin kutayotganlar.
Bari birdek - qirqqa, oʻttizga,
Oʻn sakkizga oʻtayotganlar.
Xudo sabr bersin-da sizga,
Mandat kunin kutayotganlar.
©Kamoliddin Azzamov
📨 Barcha abituriyentlarga ulashing!
👉 @DTM_Axborotnomasi ✔️
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/VOYnzMfl5Ojf_u9Z
#bugun
Mirkarim osim (1907 - Toshkent — 1984) — yozuvchi va tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1944), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977). Dastlab eski maktabda, soʻngra "Shams ul-urfon" boshlangʻich maktabi (1917—20), Narimonov nomidagi taʼlim va tarbiya texnikumi (1921—24)datahsil olgan. Moskvadagi Bubnov nomidagi pedagogika intini tugatgan (1926—30). Samarqandda oʻqituvchilar tayyorlash kursida dars bergan (1930). Davlat nashriyotida muharrir (1931), Toshkent Ped. fanlari i. t. intida ilmiy xodim (1932— 49), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1959-72).
"Yangi ariq" ilk qissasi (1925) Qoʻqon xonligini ideallashtirgan asar sifatida bosilmay qolgan. M.O. 1935—36 yillarga kelib sheʼr yoza boshlagan. Dastlabki yirik asari — "Astrobod" tarixiy qissasi Alisher Navoiy hayotiga bagʻishlangan
✍A.Sh.N
She’riyat shu qadar nozik va o‘zgacha tuyg‘ular mantig‘iga asoslanadiki, uning mohiyatini tushuntirmoq haligacha udda etilmagan. Ne-ne nuktadon olimlar she’rni san’atning tushuntirib bo‘lmaydigan sohasi ekanligini aytib o‘tishadi. She’riyatning, siz aytaningiz, qalb tarbiyasidagi o‘rni esa beqiyosdir. U ruhi yuksak va qalbi ozoda zotlarni tarbiyalaydi. Bu zotlar inson va insonlar yaratgan dunyoning nomukammalligini va torligini hamisha anglab turadi. Ilohiy ilhomga yo‘g‘rilgan she’riyat ruhu fikrat, dardu tuyg‘uning haqiqiy qiyofasini yaratadi; Parvardigor yaratgan olamning mukammalligi va go‘zalligidan hayratga tushadi. Bu yuksaklik va ozodalikning jonsarak harakatidan yaralgan bir tola yog‘du esa falakka – Parvardigor sari intiladi Usmon Azim bilan suhbatdan.
👩🎓A.Sh.N
🕌Buxoro viloyati Buxoro tuman
🏢3-IDUM 10-A sinf o'quvchisi
🎓Abdukarimova Sharofatning
Usmon Azim tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Baxshiyona she‘rlar ijodkori " mavzusida tayyorlagan taqdimoti
©A.Sh.N