🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi Facebook: http://surl.li/uuaepu Instagram: https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi Youtube: http://bit.ly/olimpdep
IEO 2025: Navbatdagi xalqaro olimpiadadagi gʻalaba!
📍Boku, Ozarbayjon
➡️Xalqaro Iqtisod Olimpiadasida (IEO 2025) dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 250 dan ortiq eng iqtidorli yosh iqtisodchilar qatnashib, Terma jamoamiz a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi.
Umumiy hisobda:
🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza - jami 2 ta medal
Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥈Asliddin Boynazarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Kumush medal
🥉Xumoyunbek Ibrohimov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Bronza medal
🔰 Sardor Anvarov - Farg'ona shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention
🔰 Behruz Olimov - Toshkent shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi - Honourable mention
❗️Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
✅ O‘zbekiston terma jamoalarining nufuzli fan olimpiadalardagi ishtiroki OAVda keng yoritildi:
#OAV_BIZ_haqimizda
MY5 | Xalqaro olimpiada g'oliblari kutib olindi
✅ Batafsil My5 telekanalining “Hudud” informatsion dasturida koʻrishingiz mumkin.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
✅✅✅✅
GʻOLIBLAR TANTANALI KUTIB OLINDI
📍55-Xalqaro Fizika olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bugun tongga yaqin Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
📌Tadbirda Fan olimpiadalari markazi mas’ullari, ustozlar, oila a’zolari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etib, gʻoliblarni samimiy tabrikladilar.
🇺🇿Terma jamoamiz a’zolari olimpiadada 2 ta medalni qoʻlga kiritib, O‘zbekiston yoshlarining fizika bo‘yicha global maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdilar.
🏹Ma’lumot uchun:
Ushbu olimpiadada 94 ta davlat ishtirok etdi.
‼️‼️‼️
O‘zbekiston IBO 2026’da ishtirok etadi!
✅Fan olimpiadalari markazi tomonidan O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO 2026)da ishtirok etishi rasman tasdiqlandi.
➡️Bu qaror bir yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonning biologiya faniga bo‘lgan e’tiborini amalda namoyon etuvchi muhim qadam bo‘ldi.
📝IBO (International Biology Olympiad) — bu har yili dunyo bo‘ylab yuzlab iqtidorli o‘quvchilarni birlashtiruvchi eng nufuzli fan olimpiadalaridan biri bo‘lib, unda qatnashish nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro miqyosda sinovdan o‘tkazadi, balki mamlakat ta’lim tizimi va ilmiy salohiyatini ham yuksaltirishga xizmat qiladi.
❗️Mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston terma jamoasini ushbu olimpiadadagi ishtirokini ta’minlash maqsadida, hozirda bo‘lib o‘tayotgan IBO olimpiadasida Fan olimpiadalari markazi vakillari rasmiy tashrif bilan ishtirok etdi.
➖ Tashrif doirasida mamlakatimizda biologiya fani rivojiga doir amalga oshirilayotgan islohotlar, tayyorgarlik jarayonlari hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan mexanizmlar yuzasidan xalqaro olimpiada vakillariga taqdimot orqali batafsil ma’lumotlar berildi.
📢Taqdimot davomida O‘zbekistonning biologiya faniga oid salohiyati, innovatsion yondashuvlari va yosh olimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar xalqaro olimpiada vakillari tomonidan yuqori baholandi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#fotoreportaj
#Closing_ceremony
✅✅✅✅
📷Xalqaro Fizika Olimpiadasining tantanali yopilish marosimidan fotoreportaj.
📍Parij, Fransiya
✅Terma jamoamiz a’zolarini yana bir bor gʻalaba bilan tabriklaymiz!
📌Eslatib oʻtamiz:
IPhO - 2025 natijalariga koʻra, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Ma’lumot uchun:
Terma jamoamiz tarkibidagi boshqa ishtirokchilar yuqori natija koʻrsatganligi uchun tadbir davomida “Honorable mention” bilan e’tirof etildi.
TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK, MUHTARAM PREZIDENT! 🇺🇿
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ulkan islohotlaringiz, ayniqsa, yoshlar, ilm-fan va ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tiboringiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Bugun yurtimiz yoshlari zamonaviy bilimlar, ilg‘or texnologiyalar va global ilmiy maydon sari dadil odimlamoqda. Bunda, Sizning rahbarligingizda yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, tizimli yondashuv va farovon kelajakka ishonch muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan, 2024-yilda qabul qilingan “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror asosida Fan olimpiadalari markazi tashkil etildi.
Mazkur markazning asosiy maqsadi – iqtidorli hamda fanlarni chuqur o‘rganishga qiziqadigan o‘quvchilarni erta aniqlash, seleksiya qilish va ularning iste’dodini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
Shuningdek, 2025-yil 1-iyundan boshlab nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari amaldagi miqdoriga nisbatan 5 baravarga oshirildi. Bu esa yurtimiz iqtidor egalari uchun katta rag‘bat bo‘ldi.
Islohotlarning amaliy natijasi sifatida, 2024–2025-o‘quv yillarida o‘zbekistonlik o‘quvchilar nufuzli, xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida 37 ta oltin, 67 ta kumush va 75 ta bronza – jami 179 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Bu yutuqlar Sizning yoshlarga bo‘lgan ishonchingiz va yaratib bergan imkoniyatlaringiz samarasi, muhtaram Prezidentimiz!
Sizga bardavom salomatlik, kuch-g‘ayrat va ulug‘ maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda zafarlar tilaymiz!
TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
#happybirthday68 #janobPrezident
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#IMO_2025
📢Avstraliyada boʻlib oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
❗️Xo‘sh olimpiada haqida ishtirokchilar qanday fikrda?!
✅ Batafsil intervyuda.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
✅✅✅✅
GʻOLIBLAR TANTANALI KUTIB OLINDI
📍66-Xalqaro matematika olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bugun tongga yaqin Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
📌Tadbirda Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, ustozlar, oila a’zolari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etib, gʻoliblarni samimiy tabrikladilar.
🇺🇿Terma jamoamiz a’zolari olimpiadada 5 ta medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlarining matematika bo‘yicha global maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdilar.
🏹Ma’lumot uchun:
Ushbu olimpiadada 115 ta davlat ishtirok etdi.
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
✅ “Yangi O’zbekiston” gazetasining 147-sonida:
"Yangi marralar zabt etildi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo olimpiadasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi" nomli maqola e'lon qilindi.
#OAV_biz_haqimizda
Oʻzbekiston 24 | Xalqaro Kimyo Olimpiadasida Terma jamoamiz vakillari oʻz tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi
✅Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Oʻzbekiston vaqti bilan” koʻrsatuvida tomosha qiling.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
🏆 #EGOI_2025
EGOI 2025: Terma jamoa qizlari 2 ta medalni qoʻlga kiritdi
📍Germaniya
⚡️Germaniyada EGOI - 2025 - Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
➡️Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.
📢O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu xalqaro bellashuvda munosib ishtirok etdi va natijada yosh informatik qizlarimiz
2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥉Oysha Mirzatillayeva — Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf — Bronza medal,
🥉Malika Xojamuratova — Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 9-sinf — Bronza medal.
❗️ Eslatma: O‘zbekiston Terma jamoasi 2024-yilda ushbu Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasida 1 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan edi.
🇺🇿Ilk marotaba erishilgan yutuqlar esa hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#fotoreportaj
#Closing_ceremony
✅✅✅✅
📷Xalqaro Matematika Olimpiadasining tantanali yopilish marosimidan fotoreportaj.
📍Sunshine Coast, Avstraliya
✅Terma jamoamiz a’zolarini yana bir bor gʻalaba bilan tabriklaymiz!
📌Eslatib oʻtamiz:
IMO - 2025 natijalariga koʻra, O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medalni qoʻlga kiritdi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#xushxabar
IMO 2025: Terma jamoamiz a’zolari o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari hozirda Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 66-Xalqaro Matematika Olimpiadasida
ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qo'lga kiritdi.
Umumiy hisobda:
4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi (bronza medal),
Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi (Honourable mention).
Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi:
2-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar);
3-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar).
#Infografika
✅Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan oʻqituvchilarning hududlar kesimidagi
STATISTIKASI.
💠Ro‘yxatdan o‘tish 1-avgustga qadar davom etadi.
Summer Science Camp: “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi
🔍Bilim, mantiq va jamoaviy fikrlash musobaqasi!
👀Bunday tadbirlar oromgoh ishtirokchilarining nafaqat ilmiy salohiyatini, balki ijodiy va tahliliy tafakkurini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega!
#OAV_biz_haqimizda
✅55-Xalqaro fizika olimpiadasida g’olib bo’lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkentda tantanali kutib olindi.
➖Olimpiada jarayoni yutuqlar va natijalar haqida “Sevimli ” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida koʻrishingiz mumkin.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
GʻOLIBLAR TANTANALI KUTIB OLINDI
📍55-Xalqaro Fizika olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bugun tongga yaqin Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
⚡️Batafsil videolavhada.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Standart_olimpiadasi
#Terma_jamoa
TERMA JAMOA NOMZODLARI BILAN TANISHING!
⚡️ O‘zbekiston Terma jamoasi tarkibiga kiritilgan Xalqaro Standartlar olimpiadasi (ISO)da qatnashuvchi ishtirokchilar aniqlandi.
✅Jarayonda Terma jamoaga 12 nafar ishtirokchi saralab olindi.
❗️Ishtirokchilar avgust oyida 🇰🇷Koreyada bo'lib o'tadigan Xalqaro Standartlar Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#IGeO_2025
TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO GEOGRAFIYA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📍Bangkok, Tailand
✅Xalqaro olimpiada geografiya fani bo’yicha tashkil qilinib, unda 50 dan ortiq mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
✨Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaydi!
📌Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar, ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Closing_ceremony
#IPhO_2025
👍👍👍
IPhO: Gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda
⚡️Ayni paytda Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro Fizika Olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi boshlanish arafasida!
➡️ Jarayonni real vaqt rejimida kuzatish
🕠 Tadbir boshlanish vaqti — 17:30 (Toshkent vaqti bilan).
✅Terma jamoamiz a’zolarini yana bir bor gʻalaba bilan tabriklaymiz!
📌Eslatib oʻtamiz:
IPhO - 2025 natijalariga koʻra, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
IPhO 2025: Navbatdagi xalqaro g‘alaba!
📍Parij, Fransiya
➡️55-marotaba o‘tkazilayotgan Nufuzli ilmiy bellashuvda dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan eng iqtidorli yosh fiziklar qatnashib, Terma jamoamiz a’zolari 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥉Nozimjon Shavkatjonov - Fargʻona viloyati, Dangʻara tumanidagi 1-IDUMning oʻquvchisi - Bronza medal
🥉 Elbek Uroqov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi - Bronza medal
Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi:
3-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar).
❗️
Eslatma
: O‘zbekiston terma jamoasi
2024-yilgi
Xalqaro Fizika olimpiadasida
1 ta bronza medalini
qo‘lga
kiritgan edi.
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
✅ “Yangi O’zbekiston” gazetasining 148-sonida:
"Yuksak marralar sari olg‘a: O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro matematika olimpiadasida o‘z tarixidagi eng yaxshi natija bilan qaytdi" nomli maqola e'lon qilindi.
#Solution
#ICHO_2025
ICHO 2025: Xalqaro Kimyo Olimpiadasi amaliy va nazariy topshirig‘i yechimlari
🧠Avvalroq 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasining amaliy va nazariy topshiriqlari Fan olimpiadalari markazining telegramdagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan edi.
✅Mazkur olimpiada topshiriqlarining yechimlarini taqdim qilmoqdamiz!
➖IChO 2025 solution: Amaliy topshiriqlar
➖IChO 2025 solution: Nazariy topshiriqlar
❓Siz yana qaysi fan olimpiadalarining topshiriqlari yoki yechimlariga ega bo‘lmoqchisiz?
✅Markazning Facebook va Instagram sahifalarining izohlarida yozib qoldiring!
Bizni kuzatishda davom eting!
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Infografika
✅Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan oʻqituvchilarning hududlar kesimidagi
STATISTIKASI.
💠Ro‘yxatdan o‘tish 1-avgustga qadar davom etadi.
#IEO_2025
TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO IQTISOD OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📍Boku, Ozarbayjon
✅Xalqaro olimpiada iqtisod fani bo’yicha tashkil qilinib, unda 50 dan ortiq mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
✨Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaydi!
📌Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar, ularning ustozlari hamda Terma jamoa rahbarlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#live
#closing_ceremony
EGOI 2025: Taqdirlash marosimi boshlanish arafasida!
📍Germaniya
🔴Yevropa Qizlar Informatika olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi boshlanish arafasida.
🏆Bu nufuzli fan olimpiadasida jonbozlik bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining qizlariga chin dildan omad tilaymiz!
🇺🇿Yurtimiz bayrog‘ini xalqaro sahnada yana bir bor baland ko‘tarishlariga ishonamiz!
Jarayonlar bilan Markazning rasmiy sahifalarida tanishishingiz mumkin:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#IMO_2025
#Closing_ceremony
👍👍👍
IMO: Gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda
⚡️Ayni paytda Avstraliyaning Sunshine Coast shtatida Xalqaro Matematika Olimpiadasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
➡️ Jarayonni real vaqt rejimida kuzatish
✅Terma jamoamiz a’zolarini yana bir bor gʻalaba bilan tabriklaymiz!
📌Eslatib oʻtamiz:
IMO - 2025 natijalariga koʻra, O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medalni qoʻlga kiritdi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#No_comment
#Olimpiadachilar_oromgohi
🚀Fan olimpiadalari markazi tomonidan Summer science camp - Olimpiadachilar oromgohida ishtirokchilar uchun navbatdagi qiziqarli va amaliy interaktiv mashg‘ulotdan videolavha.
_____________________
🔗 Bizni kuzating:
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook 🌐Linkedin
#IPhO_2025
#Opening_ceremony
Xalqaro Fizika Olimpiadasi – ochilish marosimi boshlandi!
📍Parij, Fransiya
🔬Joriy yilda bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO 2025) ochilish marosimi yuksak darajada start oldi.
⚡️Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar, shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoa vakillari ham qatnashmoqda.
🧪Olimpiada imtihonlari sanasi:
🗓19- va 21-iyul kunlari
🇺🇿O‘zbekistonlik yosh fiziklarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE