🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi Facebook: http://surl.li/uuaepu Instagram: https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi Youtube: http://bit.ly/olimpdep
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
✅ “Yangi O’zbekiston” gazetasining 147-sonida:
"Yangi marralar zabt etildi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo olimpiadasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi" nomli maqola e'lon qilindi.
#OAV_biz_haqimizda
Oʻzbekiston 24 | Xalqaro Kimyo Olimpiadasida Terma jamoamiz vakillari oʻz tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi
✅Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Oʻzbekiston vaqti bilan” koʻrsatuvida tomosha qiling.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
🏆 #EGOI_2025
EGOI 2025: Terma jamoa qizlari 2 ta medalni qoʻlga kiritdi
📍Germaniya
⚡️Germaniyada EGOI - 2025 - Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
➡️Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.
📢O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu xalqaro bellashuvda munosib ishtirok etdi va natijada yosh informatik qizlarimiz
2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥉Oysha Mirzatillayeva — Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf — Bronza medal,
🥉Malika Xojamuratova — Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 9-sinf — Bronza medal.
❗️ Eslatma: O‘zbekiston Terma jamoasi 2024-yilda ushbu Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasida 1 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan edi.
🇺🇿Ilk marotaba erishilgan yutuqlar esa hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#fotoreportaj
#Closing_ceremony
✅✅✅✅
📷Xalqaro Matematika Olimpiadasining tantanali yopilish marosimidan fotoreportaj.
📍Sunshine Coast, Avstraliya
✅Terma jamoamiz a’zolarini yana bir bor gʻalaba bilan tabriklaymiz!
📌Eslatib oʻtamiz:
IMO - 2025 natijalariga koʻra, O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medalni qoʻlga kiritdi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#xushxabar
IMO 2025: Terma jamoamiz a’zolari o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari hozirda Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 66-Xalqaro Matematika Olimpiadasida
ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qo'lga kiritdi.
Umumiy hisobda:
4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi (bronza medal),
Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi (Honourable mention).
Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi:
2-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar);
3-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar).
#Infografika
✅Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan oʻqituvchilarning hududlar kesimidagi
STATISTIKASI.
💠Ro‘yxatdan o‘tish 1-avgustga qadar davom etadi.
#IChO_2025
#Problems
Hurmatli kimyo ixlosmandlari va xalqaro olimpiada ishtirokchilari!
⚡️ Fan olimpiadalari markazi 2025-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) amaliy va nazariy topshiriqlarini e'tiboringizga havola etadi!
✅57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi doirasida ishtirokchilar quyidagi topshiriqlarni bajardilar:
➖Amaliy topshiriqda: 3 ta murakkab masala,
➖Nazariy topshirida: 9 ta murakkab masala.
2025-yilgi Xalqaro Kimyo olimpiadasi amaliy va nazariy topshiriqlari bilan tanishish:
Amaliy topshiriqlar - IChO 2025
Nazariy topshiriqlar - IChO 2025
Ma'lumot uchun Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO) birinchi marta 1968-yilda Chexoslovakiyada tashkil etilgan.
Dastlab olimpiadada faqat Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari ishtirok etgan bo‘lsa, keyinchalik u global darajada kengayib, bugungi kunda 90 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashadigan nufuzli musobaqaga aylandi.
#IPhO_2025
TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO FIZIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📍Parij, Fransiya
✅Xalqaro olimpiada fizika fani bo’yicha tashkil qilinib, unda 80 dan ortiq mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
🔔Bugun tongga yaqin mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan Terma jamoa a'zolari Fransiyaga jo‘nab ketdi.
✨Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaydi!
📌Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar, ularning ustozlari hamda Terma jamoa rahbarlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Olimpiadachilar_oromgohi
#Fotoreportaj
🔰Summer Science Camp doirasida akademik mashgʻulotlarga start berildi.
💻Bugun oromgohda ishtirokchilar matematikaning eng muhim va murakkab yo‘nalishlari – sonlar nazariyasi, algebraik tenglamalar hamda arifmetika mavzularini chuqurlashtirib o‘rgandilar.
✅ Darslar davomida bu kabi mavzular xalqaro va milliy olimpiadalarda qanday shakllarda uchrashi, ularni samarali yechish usullari tahlil qilindi.
🧠Murabbiylar tomonidan berilgan real olimpiada masalalarini muhokama qilish esa ularning fikrlash doirasini kengaytirdi.
❗️Akademik mashgʻulotlar har kuni boʻlib oʻtadi.
🔗 Bizni kuzating:
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook 🌐Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
✅57-Xalqaro kimyo olimpiadasida g’olib bo’lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkentda tantanali kutib olindi.
➖Olimpiada jarayoni yutuqlar va rekord natija haqida “Sevimli ” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida koʻrishingiz mumkin.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#EGOI_2025
TERMA JAMOA A’ZOLARI YEVROPA QIZLAR OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📍Germaniya
✅Xalqaro olimpiada informatika fani bo’yicha Germaniyada tashkil qilinib, unda 50 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchi-qizlari ishtirok etishi kutilmoqda.
✨Fan olimpiadalari markazi mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Terma jamoa a'zolariga omad va zafarlar tilaydi!
📌Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Bizning_qahramonlar
⚡️XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI
✅Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro kimyo olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
📍Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, ustoz va o’quvchilar, keng jamoatchilik va OAV vakillari, mas’ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, o‘quvchilarni qizg’in tabriklashdi.
Eslatib o‘tamiz:
Mazkur nufuzli olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, ushbu olimpiadadagi ishtiroklarimiz tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi.
#IChO_2025
#rekord
IChO 2025: Terma jamoamiz a’zolari Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
📍2025-yil, Dubay
📢Terma jamoamiz a’zolari Dubayda boʻlib oʻtayotgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) jamoa hisobida ko‘rsatkichi bilan O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdilar.
Umumiy hisobda:
🥇2 ta oltin,🥈2 ta kumush jami — 4 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥇Daler Rahimov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - oltin medal,
🥈Ibroxim Temurov - Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi - kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - kumush medal.
📌Eslatib oʻtamiz:
O‘zbekiston terma jamoasining avvalgi eng yuqori natijasi 2023-yilda qayd etilgan bo‘lib, unda:
🥇2 ta oltin, 🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza medal qo‘lga kiritilgan edi.
❗️Eslatma:
2024-yilgi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi
🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumush, 🥉1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
#IChO_2025
IChO 2026 TAQDIMOTI OʻTKAZILDI
📍Dubay
✅Fan olimpiadalari markazi tomonidan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) doirasida navbatdagi — 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2026)ga Oʻzbekiston mezbonlik qilishi bo‘yicha rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
🫂Taqdimotda 90 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mehmonlarga:
➖ IChO 2026 haqida tayyorlangan maxsus rasmiy nashr (kitob) namoyish etildi va tarqatildi;
➖Olimpiadaning asosiy g‘oyasi, Toshkent shahri infratuzilmasi va O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi;
➖ Shuningdek, ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
❗️Mazkur taqdimot orqali O‘zbekiston jahon ilm-fani va yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida faol ishtirokchi ekanini yana bir bor namoyon etdi.
📍58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi 2026-yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
#intensiv_oʻquv
Xalqaro Geografiya va Xalqaro Iqtisod Olimpiadalari uchun tayyorgarlik boshlandi!
🔰Mamlakatimiz sharafini himoya qiluvchi Terma jamoa a’zolari uchun geografiya va iqtisod fanlari boʻyicha intensiv oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
🔍Mazkur mashgʻulotlarda ishtirokchilar nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtiradilar.
🗓Shuningdek, xalqaro olimpiadalar formati va baholash mezonlari asosida maxsus treninglar ham oʻtkazilmoqda.
#IGeO #IEO #Oʻquv_mashgʻulotlar
Bizni kuzating:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Infografika
✅Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan oʻqituvchilarning hududlar kesimidagi
STATISTIKASI.
💠Ro‘yxatdan o‘tish 1-avgustga qadar davom etadi.
#IEO_2025
TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO IQTISOD OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📍Boku, Ozarbayjon
✅Xalqaro olimpiada iqtisod fani bo’yicha tashkil qilinib, unda 50 dan ortiq mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
✨Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaydi!
📌Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar, ularning ustozlari hamda Terma jamoa rahbarlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#live
#closing_ceremony
EGOI 2025: Taqdirlash marosimi boshlanish arafasida!
📍Germaniya
🔴Yevropa Qizlar Informatika olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi boshlanish arafasida.
🏆Bu nufuzli fan olimpiadasida jonbozlik bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining qizlariga chin dildan omad tilaymiz!
🇺🇿Yurtimiz bayrog‘ini xalqaro sahnada yana bir bor baland ko‘tarishlariga ishonamiz!
Jarayonlar bilan Markazning rasmiy sahifalarida tanishishingiz mumkin:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#IMO_2025
#Closing_ceremony
👍👍👍
IMO: Gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda
⚡️Ayni paytda Avstraliyaning Sunshine Coast shtatida Xalqaro Matematika Olimpiadasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
➡️ Jarayonni real vaqt rejimida kuzatish
✅Terma jamoamiz a’zolarini yana bir bor gʻalaba bilan tabriklaymiz!
📌Eslatib oʻtamiz:
IMO - 2025 natijalariga koʻra, O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medalni qoʻlga kiritdi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#No_comment
#Olimpiadachilar_oromgohi
🚀Fan olimpiadalari markazi tomonidan Summer science camp - Olimpiadachilar oromgohida ishtirokchilar uchun navbatdagi qiziqarli va amaliy interaktiv mashg‘ulotdan videolavha.
_____________________
🔗 Bizni kuzating:
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook 🌐Linkedin
#IPhO_2025
#Opening_ceremony
Xalqaro Fizika Olimpiadasi – ochilish marosimi boshlandi!
📍Parij, Fransiya
🔬Joriy yilda bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO 2025) ochilish marosimi yuksak darajada start oldi.
⚡️Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar, shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoa vakillari ham qatnashmoqda.
🧪Olimpiada imtihonlari sanasi:
🗓19- va 21-iyul kunlari
🇺🇿O‘zbekistonlik yosh fiziklarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Brifing
Fan olimpiadalari markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing
🔰 Mazkur Markaz Prezidentimizning 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli Qarori asosida tashkil etilgan.
📊 Alohida ta'kidlash lozim: 2025-yilning 1- yarmida O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi.
✈️Xususan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va ingliz tili fanlari bo‘yicha xorijiy davlatlarda tashkil etilgan nufuzli musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari turli darajadagi jami 72 ta medalni qo'lga kiritdi.
Markaz tomonidan buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini keng targ‘ib etish maqsadida:
Bizni kuzating
#No_comment
🚩Summer science camp - Olimpiadachilar oromgohi ishtirokchilari poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i”da sayohat qilishdi.
📹Batafsil videolavhada.
📣📣📣📣📣
OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA OLIMPIADASI OʻTKAZILMOQDA!
⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!
Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
➖Tuman/shahar bosqichi,
➖Hududiy bosqich,
➖Respublika bosqichi.
➖Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlganlar dastlab joriy yilning 1-avgust kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari lozim.
Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha video-yoʻriqnoma 👈
🔰Respublika bosqichida fanlar kesimida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 nafar ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazining "Fan kengashi" a'zoligiga qabul qilinadi.
Aziz ustozlar!
Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Ishtirokchilar_fikri
🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Turkiyada xalqaro qoʻshma oʻquv yigʻin mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
⁉️Jarayonlar qanday oʻtmoqda?!
✅Batafsil videolavhada
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!
Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.
Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.
Shuningdek:
➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;
➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
➖ yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;
➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;
➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;
➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;
➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;
➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.
Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!
Bizni kuzating
#IChO_2025
Xalqaro Kimyo Olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi – navbat O‘zbekistonda!
⚡️Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yuqori saviyada tashkil etilgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) ishtirokchi davlatlar va iqtidorli yosh kimyogarlar uchun ilm-fan, do‘stlik va ilhom bayramiga aylandi.
📢O‘zbekiston terma jamoasi mazkur nufuzli olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, ushbu olimpiadadagi ishtiroklarimiz tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi.
🚩Yopilish marosimi doirasida IChO bayrog‘i ramziy tarzda O‘zbekistonga topshirildi.
⭕️⭕️⭕️
📍2026-yilda 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi!
🔬 Bu nafaqat fan sohasidagi xalqaro ishonch belgisi, balki yosh avlodning ilmiy salohiyatini rag‘batlantirishda yurtimiz uchun muhim qadamdir.
#live
#closing_ceremony
IChO 2025: Taqdirlash marosimi boshlanish arafasida!
📍Dubay, BAA
🔴57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi boshlanish arafasida.
🏆Bu nufuzli fan olimpiadasida jonbozlik bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga chin dildan omad tilaymiz!
🇺🇿Yurtimiz bayrog‘ini xalqaro sahnada yana bir bor baland ko‘tarishlariga ishonamiz!
Jarayonlar bilan Markazning rasmiy sahifalarida tanishishingiz mumkin:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Xalqaro_oʻquv
📍Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada informatika fanidan xalqaro qo‘shma o‘quv-yig‘inida ishtirok etmoqda.
❗️Yig‘inda ishtirokchilar, IOI -2024 olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan sovrindorlar Cengiz Eray Aslan va Berke Inan Tol tomonidan olib borilayotgan darslarda qatnashmoqda.
🟢Mashgʻulotlar davomida:
– Kod yozishda tezlik va aniqlikni oshirish;
– Informatikaning asosiy yo‘nalishlari: algoritmlar, ma’lumot tuzilmalari, graflar ustida chuqurlashishmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari har kuni 5 soatlik IOI formatidagi contest bilan boshlanadi.
Shundan so‘ng:
– Ishtirokchilar masalalarning yechim uslublarini tahlil qiladi;
– Darslar “upsolve” (ishlanmagan masalalarni qayta ko‘rib chiqish) jarayoni bilan yakunlanadi.
TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO QOʻSHMA OʻQUV-YIGʻINIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📍Turkiya
🗓 9-iyul — 25-iyul
📚 Ushbu o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari informatika fanidan xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, ishtirokchilar uchun nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.
🔎Mashg‘ulotlar davomida terma jamoa a’zolari:
✅Tajribali xalqaro murabbiylar tomonidan tayyorlangan maxsus treninglarda ishtirok etadi;
✅Vaqtni toʻgʻri taqsimlash va samarali kod yozish strategiyalarini shakllantirish;
✅Murakkab masalalarni tahlil qilish va yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
🔰O‘quv yig‘ini yakunlangandan so‘ng, terma jamoamiz IOI’da ishtirok etish uchun Boliviyaga yo‘l oladi.
Bizni kuzating:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE