fan_olimpiadalari_m | Неотсортированное

Telegram-канал fan_olimpiadalari_m - Fan olimpiadalari markazi (FOM)

54344

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi Facebook: http://surl.li/uuaepu Instagram: https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi Youtube: http://bit.ly/olimpdep

Подписаться на канал

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#IChO_2025
#Problems

Hurmatli kimyo ixlosmandlari va xalqaro olimpiada ishtirokchilari!​


⚡️ Fan olimpiadalari markazi 2025-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) amaliy va nazariy topshiriqlarini e'tiboringizga havola etadi!

57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi doirasida ishtirokchilar quyidagi topshiriqlarni bajardilar:
➖Amaliy topshiriqda: 3 ta murakkab masala,
➖Nazariy topshirida: 9 ta murakkab masala.

2025-yilgi Xalqaro Kimyo olimpiadasi amaliy va nazariy topshiriqlari bilan tanishish:

Amaliy topshiriqlar - IChO 2025
Nazariy topshiriqlar - IChO 2025

Ma'lumot uchun Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO) birinchi marta 1968-yilda Chexoslovakiyada tashkil etilgan.

Dastlab olimpiadada faqat Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari ishtirok etgan bo‘lsa, keyinchalik u global darajada kengayib, bugungi kunda 90 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashadigan nufuzli musobaqaga aylandi.


📢Eslatib o‘tamiz 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO-2026) O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#IPhO_2025

TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO FIZIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI

📍Parij, Fransiya

Xalqaro olimpiada fizika fani bo’yicha tashkil qilinib, unda 80 dan ortiq mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

🔔Bugun tongga yaqin mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan Terma jamoa a'zolari Fransiyaga jo‘nab ketdi.

Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaydi!

📌Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar, ularning ustozlari hamda Terma jamoa rahbarlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Olimpiadachilar_oromgohi
#Fotoreportaj

🔰Summer Science Camp doirasida akademik mashgʻulotlarga start berildi.

💻Bugun oromgohda ishtirokchilar matematikaning eng muhim va murakkab yo‘nalishlari – sonlar nazariyasi, algebraik tenglamalar hamda arifmetika mavzularini chuqurlashtirib o‘rgandilar.

Darslar davomida bu kabi mavzular xalqaro va milliy olimpiadalarda qanday shakllarda uchrashi, ularni samarali yechish usullari tahlil qilindi.

🧠Murabbiylar tomonidan berilgan real olimpiada masalalarini muhokama qilish esa ularning fikrlash doirasini kengaytirdi.

❗️Akademik mashgʻulotlar har kuni boʻlib oʻtadi.

🔗 Bizni kuzating:
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook 🌐Linkedin

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#OAV_biz_haqimizda

57-Xalqaro kimyo olimpiadasida g’olib bo’lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkentda tantanali kutib olindi.

Olimpiada jarayoni yutuqlar va rekord natija haqida “Sevimli ” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida koʻrishingiz mumkin.

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#EGOI_2025

TERMA JAMOA A’ZOLARI YEVROPA QIZLAR OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI

📍Germaniya

Xalqaro olimpiada informatika fani bo’yicha Germaniyada tashkil qilinib, unda 50 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchi-qizlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Fan olimpiadalari markazi mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Terma jamoa a'zolariga omad va zafarlar tilaydi!

📌Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Bizning_qahramonlar

⚡️XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro kimyo olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

📍Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, ustoz va o’quvchilar, keng jamoatchilik va OAV vakillari, mas’ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, o‘quvchilarni qizg’in tabriklashdi.

Eslatib o‘tamiz:
Mazkur nufuzli olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, ushbu olimpiadadagi ishtiroklarimiz tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi.


✈️Ma’lumot uchun:
2026-yilda boʻlib oʻtadigan 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#IChO_2025
#rekord

IChO 2025: Terma jamoamiz a’zolari Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

📍2025-yil, Dubay

📢Terma jamoamiz a’zolari Dubayda boʻlib oʻtayotgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) jamoa hisobida ko‘rsatkichi bilan O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdilar.

Umumiy hisobda:

🥇2 ta oltin,🥈2 ta kumush jami — 4 ta medal!

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥇Daler Rahimov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - oltin medal,
🥈Ibroxim Temurov - Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi - kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - kumush medal.

📌Eslatib oʻtamiz:
O‘zbekiston terma jamoasining avvalgi eng yuqori natijasi 2023-yilda qayd etilgan bo‘lib, unda:
🥇2 ta oltin, 🥈1 ta kumush, 🥉1 ta bronza medal qo‘lga kiritilgan edi.

❗️Eslatma:
2024-yilgi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi
🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumush, 🥉1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.


🎉 Fan olimpiadalari markazi Terma jamoamizni chin yurakdan tabriklaydi!

📌Ma'lumot uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#IChO_2025

IChO 2026 TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

📍Dubay

Fan olimpiadalari markazi tomonidan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) doirasida navbatdagi — 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2026)ga Oʻzbekiston mezbonlik qilishi bo‘yicha rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

🫂Taqdimotda 90 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mehmonlarga:
➖ IChO 2026 haqida tayyorlangan maxsus rasmiy nashr (kitob) namoyish etildi va tarqatildi;
➖Olimpiadaning asosiy g‘oyasi, Toshkent shahri infratuzilmasi va O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi;
➖ Shuningdek, ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

❗️Mazkur taqdimot orqali O‘zbekiston jahon ilm-fani va yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida faol ishtirokchi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

📍58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi 2026-yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Jarayonlar bilan Markazning rasmiy sahifalarida tanishishingiz mumkin:


🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#intensiv_oʻquv

Xalqaro Geografiya va Xalqaro Iqtisod Olimpiadalari uchun tayyorgarlik boshlandi!


🔰Mamlakatimiz sharafini himoya qiluvchi Terma jamoa a’zolari uchun geografiya va iqtisod fanlari boʻyicha intensiv oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

🔍Mazkur mashgʻulotlarda ishtirokchilar nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtiradilar.

🗓Shuningdek, xalqaro olimpiadalar formati va baholash mezonlari asosida maxsus treninglar ham oʻtkazilmoqda.

#IGeO #IEO #Oʻquv_mashgʻulotlar

Bizni kuzating:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#IChO
#qiziqarli

⚡️Xalqaro Kimyo Olimpiadasi haqida siz bilgan va bilmagan TOP 5 qiziqarli fakt!

Batafsil videolavhada.
___________

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Amaliy_mashgʻulot
#Kimyo

⚡️OLIMPIADA LABORATORIYASI

❗️Ushbu videoda Kimyo fanidan mahalliy, mintaqaviy va xalqaro olimpiadalarda tez-tez uchraydigan navbatdagi amaliy topshiriqlardan biri tahlil qilinadi.

Mashg‘ulotni ARBICHO 2025da O‘zbekiston terma jamoasi treneri hamda IJSO mentori — F.Sobirov olib bordi.


BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#IChO_2025
#Opening_ceremony

Xalqaro Kimyo Olimpiadasi – ochilish marosimi boshlandi!

📍Dubay, BAA

🔬Joriy yilda bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) ochilish marosimi yuksak darajada start oldi.

⚡️Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar, shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoa vakillari ham qatnashmoqda.

🧪Olimpiada imtihonlari sanasi:
🗓8- va 10-iyul kunlari

📌Eslatib o‘tamiz:
Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Shermatov IChO Boshqaruv qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.

👥Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida olimpiada jarayonlarini o‘rganish maqsadida maxsus kuzatuvchi delegatsiya ham Dubayda bo‘lib turibdi.

Eslatma:
58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2026) Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi.


🇺🇿O‘zbekistonlik yosh kimyogarlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#ICHO_2025

TERMA JAMOA A’ZOLARI 57-XALQARO KIMYO OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI

📍Dubay

Xalqaro olimpiada kimyo fani bo’yicha tashkil qilinib, unda 90 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

🔔Bugun mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan Terma jamoa a'zolari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahriga jo‘nab ketdi.

Fan olimpiadalari markazi mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Terma jamoa a'zolariga omad va zafarlar tilaydi!

📌Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#ISPhO_2025

⁉️Xalqaro Ilmiy Fizika olimpiadasi haqida bilasizmi?

⁉️O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiadada necha yildan buyon qatnashadi?

⁉️Olimpiada formati haqida ma'lumotga egamisiz?

⁉️Olimpiadalarni o‘tkazishdan asosiy maqsad?

Mazkur savollarning barchasiga batafsil ushbu videoda javob olishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Amaliy_mashgʻulot
#Kimyo

⚡️OLIMPIADA LABORATORIYASI

📢Fan olimpiadalari markazi tomonidan yo‘lga qoʻyilgan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha masala va formulalar asosida tayyorlangan qisqa videolarni e’tiboringizga havola qilishda davom etamiz!

❗️Ushbu videoda Kimyo fanidan mahalliy, mintaqaviy va xalqaro olimpiadalarda tez-tez uchraydigan navbatdagi amaliy topshiriqlardan biri tahlil qilinadi.

Mashg‘ulotni ARBICHO 2025da O‘zbekiston terma jamoasi treneri hamda IJSO mentori — F.Sobirov olib bordi.


📝Olimpiadaga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqchi bo‘lsangiz — kuzatib boring, o‘rganing va amalda qo‘llang!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

⚡️ Batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Brifing

Fan olimpiadalari markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing

🔰 Mazkur Markaz Prezidentimizning 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli Qarori asosida tashkil etilgan.

📊 Alohida ta'kidlash lozim: 2025-yilning 1- yarmida O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi.

✈️Xususan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va ingliz tili fanlari bo‘yicha xorijiy davlatlarda tashkil etilgan nufuzli musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari turli darajadagi jami 72 ta medalni qo'lga kiritdi.

Markaz tomonidan buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini keng targ‘ib etish maqsadida:


joriy yilning 7-13 may kunlari Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi tashkil etildi. Unda 9 ta davlat vakillaridan iborat 200 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi.

Shuningdek, may-iyun oylarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi tashkil etildi. Ushbu olimpiadada 14 ta davlatdan 115 nafar o‘quvchilar kuch sinashdi.

🌐 BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#No_comment

🚩Summer science camp - Olimpiadachilar oromgohi ishtirokchilari poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i”da sayohat qilishdi.

📹Batafsil videolavhada.


🔗 Bizni kuzating:
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook 🌐Linkedin

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

📣📣📣📣📣

OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA OLIMPIADASI OʻTKAZILMOQDA!

⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
Tuman/shahar bosqichi,
Hududiy bosqich,
Respublika bosqichi.

Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlganlar dastlab joriy yilning 1-avgust kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha video-yoʻriqnoma 👈

🔰Respublika bosqichida fanlar kesimida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 nafar ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazining "Fan kengashi" a'zoligiga qabul qilinadi.

Aziz ustozlar!
Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Ishtirokchilar_fikri

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Turkiyada xalqaro qoʻshma oʻquv yigʻin mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

⁉️Jarayonlar qanday oʻtmoqda?!

Batafsil videolavhada

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

➖ yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#IChO_2025

Xalqaro Kimyo Olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi – navbat O‘zbekistonda!

⚡️Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yuqori saviyada tashkil etilgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) ishtirokchi davlatlar va iqtidorli yosh kimyogarlar uchun ilm-fan, do‘stlik va ilhom bayramiga aylandi.

📢O‘zbekiston terma jamoasi mazkur nufuzli olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, ushbu olimpiadadagi ishtiroklarimiz tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi.

🚩Yopilish marosimi doirasida IChO bayrog‘i ramziy tarzda O‘zbekistonga topshirildi.

⭕️⭕️⭕️

📍2026-yilda 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi!

🔬 Bu nafaqat fan sohasidagi xalqaro ishonch belgisi, balki yosh avlodning ilmiy salohiyatini rag‘batlantirishda yurtimiz uchun muhim qadamdir.


Jarayonlar bilan Markazning rasmiy sahifalarida tanishishingiz mumkin:

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#live
#closing_ceremony

IChO 2025: Taqdirlash marosimi boshlanish arafasida!

📍Dubay, BAA

🔴57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi boshlanish arafasida.

🏆Bu nufuzli fan olimpiadasida jonbozlik bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga chin dildan omad tilaymiz!

🇺🇿Yurtimiz bayrog‘ini xalqaro sahnada yana bir bor baland ko‘tarishlariga ishonamiz!

Jarayonlar bilan Markazning rasmiy sahifalarida tanishishingiz mumkin:

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Xalqaro_oʻquv

📍Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada informatika fanidan xalqaro qo‘shma o‘quv-yig‘inida ishtirok etmoqda.

❗️Yig‘inda ishtirokchilar, IOI -2024 olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan sovrindorlar Cengiz Eray Aslan va Berke Inan Tol tomonidan olib borilayotgan darslarda qatnashmoqda.

🟢Mashgʻulotlar davomida:
Kod yozishda tezlik va aniqlikni oshirish;
– Informatikaning asosiy yo‘nalishlari: algoritmlar, ma’lumot tuzilmalari, graflar ustida chuqurlashishmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari har kuni 5 soatlik IOI formatidagi contest bilan boshlanadi.
Shundan so‘ng:
– Ishtirokchilar masalalarning yechim uslublarini tahlil qiladi;
– Darslar “upsolve” (ishlanmagan masalalarni qayta ko‘rib chiqish) jarayoni bilan yakunlanadi.


🗓Mashg‘ulotlar 25-iyulgacha davom etadi.

📢Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi ushbu yig‘inda Turkiya terma jamoasi vakillari bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

#Informatika #IOI #Termajamoa

🔔Yangiliklar va tafsilotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO QOʻSHMA OʻQUV-YIGʻINIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI

📍Turkiya
🗓 9-iyul — 25-iyul

📚 Ushbu o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari informatika fanidan xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, ishtirokchilar uchun nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.

🔎Mashg‘ulotlar davomida terma jamoa a’zolari:
Tajribali xalqaro murabbiylar tomonidan tayyorlangan maxsus treninglarda ishtirok etadi;
Vaqtni toʻgʻri taqsimlash va samarali kod yozish strategiyalarini shakllantirish;
Murakkab masalalarni tahlil qilish va yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

🔰O‘quv yig‘ini yakunlangandan so‘ng, terma jamoamiz IOI’da ishtirok etish uchun Boliviyaga yo‘l oladi.

Bizni kuzating:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#ISPhO_2025
#Gʻoliblar

ISPhO 2025: GʻOLIBLAR ANIQLANDI!


🔬 Xalqaro Ilmiy Fizika Olimpiadasining rasman yakuniy natijalari e’lon qilindi.

➡️Natijalarga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar
3 ta II darajali, 2 ta III darajali diplomlarni qoʻlga kiritishdi.

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:


➡️Javohir Sadullayev - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahridagi PM - II darajali diplom;
➡️Muhammad Abdumalikov - Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek nomidagi IM - II darajali diplom;
➡️Nozimjon Shavkatov - Fargʻona viloyati, Dangʻara tuman IM - II darajali diplom;
➡️Elbek Uroqov - TIQXMMU huzuridagi aniq fanlar IM - III darajali diplom;
➡️Abdulloh Mamaniyozov - Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek nomidagi IM - III darajali diplom;

⚡️Shu bilan birga Terma jamoamiz a’zosi Javohir Sadullayev olimpiadaning Milliy olmos nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.

⭐️Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yosh fiziklarni tabriklaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Opening_ceremony
#No_comment

🔬 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasining (IChO 2025) ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

📍Dubay, BAA

🎥Batafsil videolavhada.

🇺🇿O‘zbekistonlik yosh kimyogarlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#ICHO_2025

O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga yetib keldi.

🎥Batafsil videolavhada.

Fan olimpiadalari markazi mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Terma jamoa a'zolariga omad va zafarlar tilaydi!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#Video_dars
#Kimyo

VIDEO-DARS: 56-Mendeleyev Kimyo Olimpiadasi topshiriqlari tahlili

⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan video darslar loyihasiga start berilgani haqida avval xabar bergan edik.

Endilikda o‘quvchilar va ustozlar xalqaro olimpiada savollari bilan tanishib, ularni yechish bo‘yicha maxsus video-darslar orqali tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

📌 Loyihaning navbatdagi darsini e’tiboringizga havola etmoqdamiz!

Video-dars ⬅️

✔️Ushbu darsda Xalqaro Kimyo Olimpiadasida uchragan murakkab masalalarni tahlil qilib, ularni yechishning samarali usullari bilan tanishasiz!

🔗 Batafsil darsni Fan olimpiadalari markazining YouTube’dagi rasmiy sahifasida tomosha qiling!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

👍👍👍

ISPhO 2025: Online tarzda Xalqaro Ilmiy Fizika olimpiadasi oʻtkazilmoqda!

⚡️ Fan olimpiadalari markazida joriy yilgi Xalqaro Ilmiy Fizika olimpiadasi (ISPhO) boʻlib oʻtmoqda.

👤Olimpiadada 20 dan ortiq mamlakatlardan eng yaxshi yosh fiziklar ishtirok etadi va 5 soat davom etadi.

🔰Olimpiada ishtirokchilariga quyidagi 2 yo‘nalish bo‘yicha murakkab masalalarni jamlagan topshiriqlar taqdim etildi:
Nazariy bosqich,
Modellash bosqichi
.

Olimpiadaning maqsadi:
Yosh fiziklar bilimini chuqurlashtirish va rag‘batlantirish,
Ilmiy-ijodiy fikrlashni rivojlantirish va texnik tafakkurni mustahkamlash.

Olimpiada jarayonlari bilan Markazning rasmiy sahifalarida tanishishingiz mumkin:

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Fan olimpiadalari markazi (FOM)

#JBMO_2025
#Problems

JBMO: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yozma ish topshiriqlari

⚡️ Joriy yilning 24-29-iyun kunlari boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasining yozma ish topshiriqlarini e’tiboringizga havola etamiz!

JBMO 2025👈

📌Topshiriqlar bilan tanishish va tahlil qilish orqali siz o‘zingizni sinab ko‘rishingiz, shuningdek, keyingi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…
Подписаться на канал