#rahbar_va_yoshlar
#uchrashuv
📌 "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
#rahbar_va_yoshlar
#uchrashuv
🎗 "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
📝Muloqotda yoshlar bilan sohada mavjud muammolar, tizimli kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish va yanada rivojlantirishga oid takliflarni muhokama qilish yuzasidan taklif va mulohazalar ko‘rib chiqiladi.
📆 Ertaga 19-dekabr
⌛️ Soat: 14:30
📍 Manzil: M.Shayxzoda o‘quv zalida
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
#ETKM
#new_year
❄️ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetida yangi yil shukuhi!
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
⚡️Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni baholash mezonlari
Joriy nazorat
Baho min max
5 baho - 22,5 25 ball
4 baho - 17,5 22,475 ball
3 baho - 15 17,475 ball
2 baho - 0 14,95 ball
Oraliq nazorat
Baho min max
5 baho - 22,5 25 ball
4 baho - 17,5 22,475 ball
3 baho - 15 17,475 ball
2 baho - 0 14,95 ball
Yakuniy nazorat
Baho min max
5 baho - 45 50 ball
4 baho - 35 44,95 ball
3 baho - 30 34,95 ball
2 baho - 0 29,95 ball
Jami ball
Baho min max
5 baho - 90 100 ball
4 baho - 70 89.9 ball
3 baho - 60 69.9 ball
2 baho - 0 59.9 ball
Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
🔥🔥🔥Assalomu alaykum, Hurmatli fakultetimiz talabalari!!!
Siz tomondan, dekanatga taqdim etilgan barcha tibbiy ma'lumotnomalar va arizalaringiz HEMIS platformasiga kiritilganini ma'lum qilamiz!
HEMIS platformasidagi shaxsiy profilingiz orqali sababli bo'lgan dars soatlarini tekshirib chiqishingizni so'raymiz!
Agar Siz, kamchiliklarni aniqlagan bo'lsangiz yoki ushbu masala bo'yicha savolingiz, e'tirozingiz bo'lsa, dekanatimizning 268-xonasiga murojaat qilishingiz mumkin (Muddat 16.12.2023 y. soat 18:00 ga qadar).
⚡️DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)
➖ 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
➖ 1 kredit 30 soatga teng.
➖ 1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
➖ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
❗️Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi.
Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ /channel/tstu_online
1-kurs talabalar uchun yakuniy nazorat jadvali shakllandi. Tanishib chiqinglar!!!!
Читать полностью…#taqdirlash_marosimi
🎗 Universitetda tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etib, faxriy o'rinlarni qo'lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.
📝 Tadbirda ishtirok etadigan talabalar ro'yhati bilan tanishing.
📆 Juma 15-dekabr kuni;
⌛️ Soat 11:00 da;
📍 Faollar zalida bo'lib o'tadi.
❗️ Taqdirlanadigan talabalar tadbirda ishtirok etishlari shart!
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
Assalomu alaykum hurmatli talabalar!
TALABALAR UCHUN Germaniyaga amaliyot o'tab, ishlash va shu bilan birgalikda sayohat qilish uchun qabullar davom etmoqda!
(Barcha universitet talabalari qatnashishi mumkin agar quyidagi mavsumlarda ta'tilda bo'lsa)
Dasturda qatnashish uchun uning shartlariga to'gri kelishingiz kerak!
Dastur haqida ma'lumotlar, kimlar qatnasha olishi, qaysi mavsumda va qaysi oylarda bora olishingiz hamda dasturdan daromad, qatnashish xarajatlari, ish beruvchi va ish haqida ma'lumot hamda qanday hujjatlar tayyorlash kerakligini bilish uchun:
👉BATAFSIL👈 so'zini ustiga bosish orqali TO'LIQ MA'LUMOT olishingiz mumkin. O'QIB CHIQING, agar shundan so'ng savoliz bo'lsa, bizga murojaat qiling!
👉Ro'yhatdan o'tish👈
Murojaat uchun
+998930732673 Jamshid
+998990259595 Sirojiddin
va iltimos kechqurun telefon qilmanglar.
Hurmat bilan, Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasi!
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Web-sayt | Instagram
📌📌📌Иситиш тизимларидан хавфсиз фойдаланиш бўйича
ЙЎРИҚНОМА
Маълумки куз-қиш мавсумида ҳаво ҳароратини кескин пасайиб кетиши билан хонадонларни иситиш мақсадида турли хилдаги ёқилғи махсулотлари, ҳар хил турдаги иситиш ва газ ускуналаридан фойдаланишга бўлган эҳтиёж ортади.
Бу эса ўз навбатида ёнғин ва техника хавфсизлиги қоидалари талабларини бузилиши натижасида хонадонларда табиий газ ва ҳаво аралашмасининг чақнашига, фуқароларнинг ис газларидан захарланиб қолиш эҳтимолини ошишига олиб келмоқда.
Афсуски жойларда олиб борилаётган тушунтириш ва тарғибот тадбирларига қарамасдан аҳоли орасида табиий ва ис газларидан заҳарланиш, турли хил тан жароҳатлари олиш билан боғлиқ нохуш ҳолатлар учрамоқда.
Бундай ҳолатларни олдини олиш учун эса қуйидаги оддий қоидаларга қатъий амал қилиш зарур:
✅иситиш мавсуми бошланиши олдидан печлар, қозонхоналар, сув иситиш колонкаларининг созлиги, мўриконларининг тозалигини текшириб чиқинг;
✅носоз, ностандарт, қўлбола ясалган иситиш ва газ мосламаларидан фойдаланишига асло йўл қўйманг;
✅болалар ва имконияти чекланган кишиларни назоратсиз қолдирманг;
✅табиий газдан фойдаланишда турли хилдаги резина шланглар, турли хил газ сўргичлардан фойдаланманг;
✅чет давлатларда ишлаб чиқарилган иситиш мосламаларидан фақат йўриқнома билан яхшилаб танишиб чиққандан кейингина фойдаланинг.
Агар хонага табиий газнинг тўлиб қолганлигини сезиб қолсангиз:
❗️газ плиталари ва иситиш печларини газ тармоғидан ўчиринг;
❗️дарров эшик ва деразаларни очиб, хонани шамоллатинг;
❗️хонада электр жихозларини ёқманг, ёниқ бўлса ўчирманг, чунки бу ёнғин ёки газ ва ҳаво аралашмасининг чақнашига сабаб бўлиши мумкин;
📣агар газ чиқаётган жойни ўзингиз аниқлай олмасангиз, 1004 телефони орқали шаҳар ва туман газлаштириш идоралари, авария таъмирлаш гуруҳларига қўнғироқ қилинг.
Юқоридаги қоидаларига риоя қилиш орқали ўзингиз ва яқинларингиз ҳаётини, мол-мулкингизни нохуш ҳолатлардан асраб қоласиз.
Маълумки ис гази (СО) рангсиз, ҳидсиз, корхона шароитида энг кўп учрайдиган заҳарли бирикма бўлиб, табиий газ, ёқилғи, кўмир, ўтин чўғлари тўлиқ ёнмаслиги оқибатида вужудга келади. Тутун таркибида 3 %, ишланган газда 13 %, портловчи газлар таркибида эса 50-60% гача ис гази бўлади.
Ис газидан шамоллатиш тизими яхши ишламайдиган органик моддаларни ишлаб чиқарадиган корхоналарда, автоуловлар турар паркларда, янги бўялган ва шамоллатилмаган хоналарда, шунингдек уй шароитларида табиий газ чиқиб турганда ва печка билан истиладиган уйлар, ҳаммомларда, дам олиш палаткаларида ёнувчи модданинг тўлиқ ёнмаслиги натижасида заҳарланиб қолиш мумкин.
Ис гази организмга нафас аъзолари орқали таъсир этади. Ушбу газ гемоглабин билан кислородга нисбатан 300 маротаба кучли бирикма - карбоксигемоглобин ҳосил қилади. Оқибатда гемоглобиннинг тўқималарга кислород ташиш хусусияти кескин пасайиб, гипоксияга, оғир ҳолатларда эса – аноксия ва ўлим ҳолатига олиб келиши мумкин.
Хона ҳавосидаги ис газининг атиги 0,1% концентрацияси инсон организми учун ўлим даражасида хавфли ҳисобланади.
Табиий газнинг хонада тўпланиши оқибатида портловчи газ-ҳаво аралашмаси ҳосил бўлиб, очиқ олов ёки учқундан чақнаши ва портлаши натижасида инсон турли тан жароҳатлари олиши ёки ҳалок бўлиши мумкин.
Аҳоли орасида ис газидан заҳарланиш ҳолатлари, газ тармоқларидаги авариялар ҳамда уларнинг оқибатида юзага келиши мумкин бўлган фавқулодда вазиятлар сони сўнгги вақтда тез-тез кузатилмоқда.
Аксарият ҳолларда ис газидан заҳарланиш ва газдан чақнашлар табиий газ ва муқобил ёқилғи турларида ишловчи иситиш печлари ва бошқа жиҳозлардан хавфсиз фойдаланиш қоидаларига риоя қилмаслик, ностандарт (қўлбола ясалган) ва чет элда ишлаб чиқарилган сертификатга эга бўлмаган иситиш ускуналари, газ сўриш насосларидан фойдаланиш оқибатида юзага келаётгани аниқланди.
FVV OGOHLANTIRADI‼️
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI⚠️
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ‼️
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ⚠️
Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
#savob
❗️SIZNING QONINGIZ BIROVLARNI HAYOTINI SAQLAB QOLADI!!!
📌 Hurmatli Toshkent davlat transport universiteti jamoasi! BUGUN "Qon topshir, hayot in'om et!" shiori ostida donorlik tadbiri o'tkaziladi.
🎗Qon faqat bir marta ishlatiladigan sistemalar bilan olinadi. Siz oʻz sogʻligingiz boʻyicha yanada koʻproq maʼlumotga ega boʻlasiz.
📍 Qon topshirish istagida bo'lganlar ertaga 9:30 dan 13:00 ga qadar Fontan oldida yig'ilishlari so'raladi (Avtobus tashkil qilingan).
🔮 Qon topshirgan donorga 10 xil qon tahlillari bepul tekshirib beriladi hamda quyultirilgan sut, gematagen, bulochka, tuxum, sasiska bepul olishlari mumkin bo'ladi.
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
#ETKM
#kitobxon_jamoa
🛎 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetida “Eng yaxshi kitobxon jamoasi” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📎 “Eng yaxshi kitobxon jamoasi” ko‘rik-tanlovi fakultet bosqichida yakuniy hisobga ko‘ra 15 achko jamg‘arib g‘oliblikni EE-3 guruhining "Knowladge" jamoasi qo‘lga kiritdi va universitet bosqichiga yo‘llanmani olishdi. Tanlov jarayoni fakultet rahbariyati tomonidan tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan nazorat qilindi va baholandi.
Telegram|Facebook|Web-sayt|Instagram|YouTube
#ETKM
#talabalar_ligasi
🛎 Talabalar futbol ligasi musobaqasining navbatdagi M guruh 11-tur bosqichida Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti jamoalari o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Telegram|Facebook|Web-sayt|Instagram|YouTube
#Talabalar_ligasi
#futbol
2-dekabrda Transport Talabalar futbol ligasining М guruhida 11-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Завтра пройдет игры 11-тура в группе М Транспортной Студенческой футбольной лиги
Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin!
Batafsil maxsus saytda:
Подробно на специальном сайте:
https://tournamentstat.com/ru/tournament/17453
#ETKM
#pazandachilik
🛎️ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti "Informatika va kompyuter grafikasi" kafedrasi o‘qituvchilari N.Sh.Xodjayeva, I.Q.Xakimova, E.V.Qodirova, G.X.Nishanova, A.L.Nam va Universitet «Qaynona-kelin maktab» rahbari M.M.Botirova 5-TTJda talaba-qizlar bilan birgalikda milliy taomlarimizdan bo‘lmish «Tuxum-barak» taomini hamda «Chaban» salatlarini birgalikda tayyorlashdi. Tayyorlangan kalloriyaga boy taomlar juda mazali chiqdi.
📎 Kelgusida bunday pazandalik to‘garaklari davomiy tashkil etilishiga kelishib olindi. Yuqorida tashkil etilgan to‘garaklar orqali talaba qizlarimiz universitetda nafaqat soha bilimlarini o‘rganishmoqda balki oila maktabi ko‘nikmalarini ham parallel o‘zlashtirib borishmoqda.
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
#yangi_kitoblar
⚡️ Axborot-resurs markazi fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar.
📎 #yangi_kitoblar heshtegi orqali beriladigan postlarimizda, universitet Axborot-resurs markazi fondiga kelib tushgan yangi kitoblar bilan tanishib borishingiz mumkin.
📑 Batafsil...
Telegram|Instagram
Facebook|Youtube
#ETKM
#gender_tengligi
🛎 Universitetimizda “Gender tengligini ta’minlash, qizlar va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish hamda gender zo‘ravonligiga javob berish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
📎 Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi F.I. Mamurova hamda Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi F.A. Axmedova boshchiligida BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi (UNFPA) gender masalalari bo‘yicha ekspertlari universitetga taklif qilindi. UNFPA jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan universitetimiz talaba va xodimlari uchun «Gender tengligini ta’minlash, qizlar va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish hamda gender zo‘ravonligiga javob berish» mavzusida seminar o‘tkazildi. Talabalarga mavzu bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etildi, suhbat davomida talabalarda tug‘ilgan savollarga javob berildi.
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari:
👤 Vaisov Oleg Qaxramonovich
@olegvaisov
+99871 2990174
“Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar” tanlovi bo‘lib o‘tdi
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Main_line
⚡️ "Main line cinema" davom etadi
📜 Ertaga 15.12.2023 kuni 17:00 da 260-xona (kinoteatr zali)da "Home Alone" filmi ingliz tilida va inglizcha subtitrlar bilan namoyish etiladi.
⚡️Talabalarimiz ingliz tilida ravon so‘zlashishi va so'z boyliklari mukammal bo'lishi maqsadida "Main line cinema"ni ingliz tilida taqdim etamiz.
Telegram|Instagram
Facebook|Youtube
🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🎓 HURMATLI TALABALAR, SIZLAR TAYYORMISIZ? BIZ BOSHLADIK!
🎊 Yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan "KARNAVAL-2024" dasturi bo'lib o'tadi!
🎆 Dastur davomida:
🎅 Qorbobo va qorqiz
🍽 Shvedskiy stol
🎉 Ko'ngilochar dasturlar
🎭 Maskarad
🎤 DJ shou
🎁 Maxsus sovg'alar
👑👰🏼♀️ Karnaval qiroli va qirolichasi (birga aniqlaymiz)
va boshqa surprizlar sizni kutmoqda!
📥 Murojaat uchun: @Alisher_Mukhammadiyev
📱+998996784017
💡 Joylar soni cheklangan!
📆 16-dekabr kuni;
⏳ Soat 18:00 da;
🎄 Yangi yilni bizning davramizda kutib oling!
✅ Bizning sahifalarimiz:
✅ Telegram 🌐Instagram
✅ Facebook 📹 TSTUYOSHLARITTIFOQI">YouTuBe
#start_up
#tanlov_natija
#iqtidorli_talabalar
#yoshlar_akademiyasi
📣📣📣 DIQQAT E'LON !!
Aziz talabalar !!!
💻 "Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar" tanlovining yakuniy natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra:
✅ “Mening startap loyiham” yo'nalishi bo'yicha
🥇🏆 Komilov Akrom Oybek o‘g‘li
⚡️ Qurilish muhandisligi fakulteti 2-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "Tozalik yordamchisi"
🥈 Jo‘rayev Farrux Abdulla o‘g‘li
⚡️ Tranasport tizimlari boshqaruvi fakulteti 3-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "Chorrahalarda elektron tablo"
🥉 Abduxamidov Abdumuxtor Abdulvohid o'g'li
⚡️ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti
4-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "Virtual labaratoriya"
✅ “Yoshlar Orolni asraydi” yo'nalishi bo'yicha
🥇🏆 Urinboyev Farrux Farxod o‘g‘li
⚡️ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti
3-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "Green Aral"
🥈 Obutjonova Durdona Omonjon qizi
⚡️ Qurilish muhandisligi fakulteti 3-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "XXI asr o'simligi"
🥉 Narboyeva Shahzoda Sherzodovna
⚡️ Qurilish muhandisligi fakulteti 3-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "HYDROGREEN"
✅ “Ayollar biznesiga birinchi qadam”
🥇🏆 Obutjonova Durdona Omonjon qizi
⚡️ Qurilish muhandisligi fakulteti 3-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "Suv nasoslarini masofaviy boshqarish"
🥈 Berdiqulova Gavharshodbegim Shavkatjon qizi
⚡️ Temir yo'l transporti muhandisligi fakulteti
3-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "Atto va kitob"
🥉 Soliyeva Ugiloy Kalmurat qizi
⚡️ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti
3-bosqich talabasi
✍️ Loyiha nomi: "Temir yo'l kesishmalarini raqamlashtirish"
🎁 Tanlov g'oliblari 1-o'rin PLANSHET , 2-oʻrin Elektrpech, 3-oʻrin Smart watch( toʻplami bilan) va qimmatbaho so'vg'alar bilan, tanlov ishtirokchilari esa estalik sovgʻalar bilan mukofotlanadi!
📌 "Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar" tanlovi haqida ko'proq ma'lumot olish uchun ushbu telegram kanalni kuzatib boring.
📲 Savol va murojaatlar uchun : @EldorMustafoyev
‼️ 📆 Bizni kuzatishda davom eting!!
🔝Find out more 👉🏻 | Telegram | Instagram |
/channel/transport_iqtidorli_talaba
#taqdirlash_marosimi
🎗 Universitetda tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etib, faxriy o'rinlarni qo'lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.
📝 Tadbirda ishtirok etadigan talabalar ro'yhati bilan tanishing.
📆 Juma 15-dekabr kuni;
⌛️ Soat 11:00 da;
📍 Faollar zalida bo'lib o'tadi.
❗️ Taqdirlanadigan talabalar tadbirda ishtirok etishlari shart!
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
Is gazidan ogoh bo‘ling!
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
Boshqa yangiliklar👇
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV OGOHLANTIRADI‼️
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI⚠️
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ‼️
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ⚠️
Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Ис гази ҳаёт учун хавфли! Хавфсизлик қоидаларига риоя қилинг!
ФВВ ахборот хизмати.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
📣 AutoCad va 3Ds Max kursi uchun yangi guruhlarga qabul boshlandi!
🎨 Hayotimiz turfa ranglar bilan uyg'unlashgan. Shu ranglar orqali ajoyib 3D dizaynlarni yaratuvchi kasb egalari hamma joyda kerak. Siz ham dizaynerlik sohasini mukammal egallashingiz va bu orqali daromadli kasb egasi bo'lishingiz mumkin.
Bu kursda siz:
AutoCad;
3Ds Max;
Adobe Photoshop
va boshqa kerakli dasturlarni o'rganasiz!
👨🏻💻Kursni tamomlagach esa istagingizga ko'ra:
- Arxitektura;
- 3D Modelling;
- Corona Render;
- Interyer va Eksteryer dizayn;
- Mebel dizayni;
kabi turli sohalarda ishlashingiz mumkin!
🧑💼Professional ustozlarimiz tomonidan sifatli ta'lim oling!
Biz sizni akademiyamizda kutib qolamiz!
DizaynLab - kelajagingizni qurishda sizning ta'lim uyingiz
🕹Manzil: 04.12.2023 soat 11.00 Coworking markazi
Roʻyxatdan oʻtish uchun +
☎️ Qo’shimcha ma’lumot uchun :
+998 97 720 20 26
Telegram | Instagram | dizaynlab?si=QYdbknpf0ZZToWPQ">YouTube | dizaynlab?si=QYdbknpf0ZZToWPQ">Facebook
Тошкент давлат транспорт университетининг қадрли битирувчиси!
Қадрдон университетимиз QS Stars дастурида қатнашаётган бўлиб, тез орада ўз юлдузларини қўлга киритади ва Сиз нечта юлдузли университетни битирганингиздан хабар топасиз. Юлдузларни баҳолаш жараёнида битирувчилар фикри алоҳида ўрин тутади. 2023 йил 10 декабрга қадар қуйидаги ҳавола орқали сўровномага ўтинг ва университет тўғрисида ижобий фикрингизни қолдириш учун икки дақиқа вақтингизни аяманг.
Сизнинг овозингиз биз учун муҳим!
Сўровнома ҳаволаси: https://bit.ly/3ZZzydq
Ҳурмат билан, Тошкент давлат транспорт университети раҳбарияти!
📚 Sileziya Texnologiya Universitetiga QABUL BOSHLANDI! 🌍
Hurmatli Toshkent davlat transport universitetining izlanuvchan talabalari!
🌟 Xorijiy universitetda o'qishni davom ettirib, bilim ufqlarini kengaytirmoqchimisiz? Endi sizda Sileziya Texnologiya Universitetida talaba bo'lish uchun noyob imkoniyat bor!
📢 Sileziya texnologiya universiteti bakalavriat (1-3 BOSQICH) va magistratura (1 BOSQICH) talabalar qabuli boshlanganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. Bu sizning dunyodagi eng yaxshi universitetlardan birida ta'lim olish uchun imkoniyat hamda:
🎓 xalqaro muhitda sifatli ta'lim olish,
🌐 zamonaviy texnologiyalar va ilm-fanni o'rganish,
🌍 chet elda o'qish bo'yicha dunyoqarash va tajribangizni kengaytirirish uchun qulay sharoit.
🏛universitetning barcha fakultet talabalari o'qishni Silesia Texnologiya Universitetida davom ettirish imkoniyatiga ega
💰Kontrakt-to'lov narxlari:
Bakalavr- 1000 euro (Polyak tilida) 1800 euro (Ingliz tilida)
Magistratura- 1010 euro (Polyak tilida) 1800 euro (Ingliz tilida)
👥 Barcha savollar va batafsil maʼlumotlar uchun Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, 116-xonaga murojaat qiling. Savollaringizga javob berishdan va kerakli yordamni koʻrsatishdan mamnun boʻlamiz.
RO'YHATDAN O'TISH UCHUN 👉BU YERGA👈 BOSING
‼️MUDDAT: 15-DEKABR 2023 YIL‼️
📲Bog'lanish uchun ma'lumotlar:
📞 Telefon: [+998944160201 Xayrullo Masharipov]
Chet elda ta'lim sayohatingizni boshlash imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Bizga qo'shiling va biz sizga ta'lim olamida muvaffaqiyat qozonishingizga yordam beramiz.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Web-sayt | Instagram