Ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin Aziz ustozlar!
Халқ таълими вазирлигининг “Ягона электрон тизими - erp.maktab.uz” дастурий мажмуасини худудларда амалиётга жорий этиш ҳолати таҳлил қилинди.
Халқ таълими вазири ўринбосари Рустам Каримжонов раислигида жорий йилнинг 2 июнь куни вазирликнинг масъул ходимлари, ҳудудий халқ таълими бошқарма ва бўлинма раҳбарлари ҳамда мутасаддилари иштирокида вазирликнинг 01-159-сонли чора-тадбирлар режасида белгиланган вазифаларни бажарилиш ҳолати юзасидан видеоконференция кўринишида муҳокама ўтказилди.
Муҳокамада чора-тадбирлар режасида белгиланган вазифалар ҳудудий бошқарма ва бўлинмалар томонидан бажарилиш ҳолати танқидий кўриб чиқилиб, режадаги ҳар бир амалга оширилиши лозим бўлган вазифаларни вилоят ва туман(шаҳар)лар кесимидаги масъуллари аниқ белгилаб берилди.
Белгиланган муддатларда ишларни юқори савияда ташкил этиш ва бажариш бўйича кўрсатмалар берилди.
Халқ таълими вазири ўринбосари янги ўқув йилида 1-синфга онлайн қабул жараёнларини ташкил этиш борасида вилоят, туман (шаҳар) масъул раҳбарлари билан муҳокама ўтказди
Халқ таълими вазири ўринбосари Рустам Каримжонов раислигида жорий йилнинг 28 апрель куни вазирликнинг масъул ходимлари, ҳудудий халқ таълими бошқармаси ҳамда бўлинмалари раҳбарлари, шунингдек АКТ бўйича масъул ходимлари иштирокида, 2022-2023 ўқув йилида умумтаълим мактаблари 1-синфига ўқувчиларни онлайн қабул қилиш жараёнига пухта тайёргарлик кўриш ҳамда Халқ таълимининг Ягона электрон тизими - erp.maktab.uz ахборот тизимини амалиётда татбиқ этиш жараёнини жадаллаштиришга бағишланган видеоконференция кўринишида муҳокама ўтказилди.
Муҳокамада 2021-2022 ўқув йилида ўтказилган 1-синфга онлайн қабул жараёни таҳлил қилиниб, янги ўқув йилида онлайн қабул жараёни ўтказиладиган ҳудудларни белгилаш, микроҳудуд маълумотларини рақамлаштириш ҳамда ота-оналарга қўшимча қулайликлар яратиш борасида мутасаддиларга тегишли кўрсатмалар берилди.
Telegram
“Ягона Электрон Тизими” (ERP.MAKTAB.UZ) фойдаланувчиларини техник қўллаб-қувватлаш маркази ишга туширилди.
📞Халқ таълими вазирлигининг “Ягона электрон тизими” фойдаланувчиларини тизимдан самарали фойдаланиш, уни жорий этишда юзага келадиган савол ва муаммоларни тезкорлик билан ҳал қилиш мақсадида, (71) 203-04-03 рақамли техник қўллаб-қувватлаш маркази (Call-center) фаолияти йўлга қўйилди.
⏰Техник қўллаб-қувватлаш маркази душанбадан-жумага қадар, соат 09:00 дан 18:00 гача фаолият юритади.
🔻Қўшимча равишда телеграм канали орқали мурожаат йўллашингиз мумкин:
📝 Rus tili (1-4-sinflar uchun):
🔸 1-mavzu: Библиотека.
🔸 2-mavzu: Гигиена.
🔸 3-mavzu: В магазине.
🔸 4-mavzu: Мы играем.
🔸 5-mavzu: Наш город.
🔸 6-mavzu: После уроков.
🔸 7-mavzu: Разговор по телефону.
🔸 8-mavzu: Распорядок дня.
🔸 9-mavzu: Счёт.
🔸 10-mavzu: Школьные принадлежности.
🔸 11-mavzu: Учёба.
🔸 12-mavzu: Зимние игры.
➡️ Ko'ring va a'zo bo'ling!
📌 Maktab.uz – Veb-sahifa I Youtube
Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
Website I Facebook I Telegram I Instagram
#XTV #Shahar_viloyat_boshqarmasi #YaET #Muhim_yangilik
💻📊YaET tizimi hisobiga xalq ta'limi boshqarmalari faoliyatida qanday ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi❓
🔹Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi bo'limi boshlig'i Baxrom Bakiyev fikriga ko'ra tuman va maktablardan olinadigan ma'lumotlarni yuritishda ancha yengillik bo'ldi.
🔹Ya'ni, xalq ta’limi tizimidagi deyarli barcha jarayonlarni onlayn olib borish hamda tahlil qilish imkonini beruvchi YaET tizimi bir qator davlat tashkilotlari bilan integrasiya qilinganligi sababli o'qituvchi, o'quvchi hamda xodimlar bo'yicha aniq ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.
👆🏻Biroq, bu hali hammasi emas. Shu kabi boshqa qulayliklar haqida batafsil ma’lumotni olish uchun ushbu videoni tomosha qiling. 🎞
#XTV #Tuman #ERP #Muhim_yangilik
🖥 ERP tizimi tuman darajasida xodimlar bilan ishlashda qanday imkoniyatlarni taqdim etadi❓
⚡️Ushbu savolga Chilonzor tumani xalq ta’limi boʻlimining kadrlar boʻyicha inspektori Elyor Shakirov javob beradi.
Videoni tomosha qiling hamda ERP tizimi Tuman xalq ta’limi boʻlimlari uchun qanday qulayliklar berishi bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘ling! 🎞
#XTV #Shahar_viloyat_boshqarmasi #ERP #Muhim_yangilik
💻📉 ERP tizimi viloyatlarda ishlamoqdami❓
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasi - ERPda boshqarmalar faoliyati endilikda qanday yuritiladi❓
Bu haqda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boʻlimi boshligʻi Odamboy Masharipov yuqoridagi videoda so‘zlab beradi.🎞👆🏼
#XTV #Maktab #ERP #Muhim_yangilik
💻ERP tizimi maktab faoliyatida!
📣 Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimdagi muassasalarni boshqarish bo‘yicha yagona ERP tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu tizim maktablar uchun nimasi bilan muhim❓
👆🏻Biz ushbu savolga javob olish uchun Toshkent shahar Olmazor tumani🏫 191-sonli umumta’lim maktabi direktori Shoira Bagirova bilan suhbatlashdik.
Kecha, 16-sentabr kuni Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Innovatsion texnologiya va strategiya markazining ERP tizimini joriy etish bo‘limi boshlig‘i Po‘lat Koldibekov, Dasturiy mahsulotlarni joriy qilish va texnik yordam ko‘rsatish boshqarmasi mutaxassisi Shoxrux Xayrullayev, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limi monitoring bo‘limi. ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi, shuningdek, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi mutaxassislari ishtirok qildilar.
Seminar davomida ERP tizimini amaliyotga joriy etish bosqichlari, kelgusidagi rejalar va bu tizimda yaratilgan va yaratilishi rejalashtirilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Tizimda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni hal qilish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ВАЗИРЛИГИ ТАСАРРУФИДАГИ ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ДАВЛАТ УМУМТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИГА ҚАБУЛ БОШЛАНДИ
Ҳужжатлар my.maktab.uz сайти орқали электрон шаклда қабул қилинади. Ҳужжатларни топшириш бўйича йўриқнома ушбу видеода ўз аксини топган👆👆👆
Ўқувчилар қабули режалаштирилган ихтисослаштирилган таълим муассасалари рўйхати билан ушбу ҳавола орқали танишишингиз мумкин.
Қабул жараёнлари бўйича қўшимча маълумотларни @mymaktab_uz телеграмм канали ёки ☎️71 203-07-04 телефон рақами орқали олиш мумкин.
⚡️Buxoro viloyatida shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limi AKT mas’ullari uchun tashkil etilgan seminar-treningda xalq ta’limi tizimidagi raqamlashtirish va axborotlashtirish bo'yicha istiqboldagi rejalar muhokama etildi.
🔎Tashrif va semminar-trening haqida batafsil o'qish
#Buxoroga_tashrif
#AKT_masalalari
Facebook | Telegram | Web-site
⚡️Maktablarda xalq ta’limi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP) va boshqa elektron tizimlari joriy etilmoqda
➡️Xo‘sh, ERP tizimi o‘zi nima?
➡️ Undan ko‘zlangan asosiy maqsad?
➡️Mazkur tizim doirasida nechta maktab qamrab olindi?
➡️ERP’ni to‘laqonli ishga tushirish maqsadida kelajakda nimalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan?
☝️Ushbu savollarga batafsil javobni video orqali bilib olishingiz mumkin.
Telegram
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni! 🎉
Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!
Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin hurmatli ustozlar! 👩🏻🏫👨🏻🏫
#Bugun
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi "Yagona elektron tizim" dasturiy majmuasini boshqarish va joriy qilish boshqarmasining bosh mutaxassisi Shohruh Xayrullayev tomonidan viloyat Xalq ta'limi boshqarmasida "Yagona elektron tizim"dan foydalanish bo'yicha o'quv seminari o
tkazildi.
Unda tuman (shahar) Xalq ta'limi bo'limlarining YaETiga mas'ullari ishtirok etdi. Oquv-seminarda barcha mas'ul xodimlarga tizimdan foydalanish bo'yicha tushunchalar berildi.
@samarqandvxtb
Запущен Центр технической поддержки пользователей «Единой электронной системы» (ERP.MAKTAB.UZ).
В целях эффективного использования системы , оперативного решения вопросов и проблем, возникающих при ее внедрении пользователям «Единой электронной системы», Министерства народного образования запускает центр технической поддержки (Call-центр) по номеру (71) 203-04 -03
⏰Центр технической поддержки работает с понедельника по пятницу с 09:00 до 18:00.
Дополнительно, вы можете обращаться через Telegram:
#ITSM_OAV_NIGOHIDA
⚡️Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bosh direktori Abduvali Haydarov “Qulay hayot” loyihasi uchun markaz tomonidan xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion va interaktiv loyihalar borasida intervyu berdi.
👉🏼ITSM bosh direktori ishtirokida boʻlib oʻtgan Elektron hukumat mavzusidagi “Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonini quyidagi havola orqali tomosha qiling
Website I Facebook I Telegram I Instagram
#XTV #YaET #Muhim_yangilik
📣 Endilikda Xalq ta’limi sohasida ortiqcha qog’ozbozlikka chek qo’yiladi! Bu qanday amalga oshiriladi❓
🖥 YaET - Yagona Elektron tizim. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimdagi barcha muassasalarni boshqarish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yagona dasturiy kompleks YaET axborot tizimi ham sohadagi barcha ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish, 🌐 onlayn olib borish, kuzatish hamda tahlil qilishga qaratilgan.
Ushbu tizim haqida batafsil ma’lumotni, platforma afzalliklari haqida yanada ko‘proq bilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshligʻi Erkin Murodovdan olingan intervyuni tomosha qiling! 🎞
#XTV #Shahar_viloyat_boshqarmasi #YaET #Muhim_yangilik
🖥 YaET tizimida xodimlarni ishga qabul qilish kelgusida inson omilisiz amalga oshiriladi❗️
YaET tizimining xalq ta'limi sohasidagi xodimlar bilan ishlash borasidagi afzalliklari haqida Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi Kadrlar bo'limi boshlig'i Mashhura Karimova so'zlab beradi. 🎞
#XTV #Tuman #ERP #Muhim_yangilik
📣 🖥 ERP tizimida o'quvchilarning ma'lumotlari raqamlashtiriladi. Buni tuman miqyosida ko'rib chiqamiz.
⚡️Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani xalq ta’limi boʻlimining ta’lim muassasalari metodisti Dildora Raxmatova ushbu tizim yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan ulashdi.
Videoni tomosha qiling hamda ERP tizimi Tuman xalq ta’limi boʻlimlari uchun qanday qulayliklar berishi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘ling! 🎞
#XTV #Maktab #ERP #Muhim_yangilik
ERP platformasida maktablardagi jarayonlar qanday kechadi❓
ERP platformasi: 🔻
- maktab o‘quvchilarini boshqarish;
- o‘quvchilar ro‘yxatini elektron tarzda shakllantirish;
- davomatini onlayn kuzatish;
- o‘quvchi va o‘qituvchilar harakatini ko‘rish kabi bir qator qulayliklarni taqdim etadi.
Bu qanday ishlashini bilish uchun Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani 121-sonli maktab oʻqituvchisi Maxfuza Xolikovadan olingan intervyuni tomosha qiling! 🎞
1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни!
Ушбу кун муносабати билан барча ўқитувчи ва мураббийларни чин дилдан самимий муборакбод этамиз!
Азиз Устозлар, илм йўлидаги шижоатингиз, метин иродангиз, тоғдек сабрингиз, билим уммонидаги сабоғингиз доимо сарбаланд бўлсин! Сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик, тинчлик ва фаровон ҳаёт ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин!
Касб байрамингиз муборак бўлсин!
Telegram
Жорий йилнинг 10 июнь куни Андижон вилояти халқ таълими бошқармасида халқ таълими тизимидаги маълумотлар базасини ягона платформада умумлаштириш, тизимдаги маълумот алмашинувларини электронлаштириш мақсадида жорий этилаётган
ERP (Enterprise Resource Planning System) дастури ва ундан фойдаланишнинг қулай тарафларини ўргатишга бағишланган вебинар ташкил этилди.
Мазкур вебинарда Халқ таълими вазири ўринбосари Рустамжон Каримжонов бевосита иштирок этиб, бу платформани амалга тадбиқ этилиши натижасида тизимдаги педагог-ҳодимларга кўплаб қулайликлар яратилиши ҳақида ўз фикр-мулоҳазаларини бериб ўтди.
Қолаверса, вазирлик вакили Амрилло Абдусаломов томонидан вебинарда иштирок этаётган информатика фани ўқитувчилари, туман шаҳар халқ таълими бўлими АКТ мутахассислари ҳамда умумтаълим мактаблари ўқув ишлари бўйича директор ўринбосарлари учун дастурга маълумот жойлаш тартиблари тўғрисидаги фойдали маълумотлар ҳам бериб ўтилди.
Андлижон вилоят халқ таълими бошқармаси матбуот хизмати
✅ Respublikamizning maktablari endilikda yangi axborot tizimi asosida faoliyat olib boradilar
📖Batafsil o'qish: https://bit.ly/32JVahg
#ERP_tizimi
#Surxondaryoga_tashrif
#AKT_siyosati_amalda
Facebook | Telegram | Web-site