#Bahorning_ilk_kunlari_2024
💎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida qor manzarasi
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#ijodiy_olimpiada
👑Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A. Ubbiyevning 2024-yil 5-fevraldagi 12 AF-sonli buyrugʻi va shu buyruq asosida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori N. Mannopovaning 2024-yil 13- fevraldagi 3 AF-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ijod maktabida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy olimpiadaning maktab bosqichi o‘tkazildi.
✅Ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
✅Uzoq bahslardan so‘ng yakun topgan tanlov shartiga hamda hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:
8-“A” sinfidan:
✅Dilfuza Baxtiyorova 82.5 ball;
✅Nodiraxon Xoldoraliyeva 76.5 ball;
✅Go‘zaloy Sultonaliyeva 76.5 ball;
✅Muhsina Abdullayeva 76 ball;
✅Dildoraxon Xolboyeva 68 ball;
✅Fotima Ahmadjonova 58 ball;
8-“B” sinfidan:
✅Hojiraxon Kamoliddinova 96 ball;
✅Samandar Musajonov 69 ball;
✅Begoyim Akramjonova 68.5 ball;
✅Hulkaroy Inomjonova 62 ball;
✅Mubinabegim Baxtiyorova 59.5 ball.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#Turon_yoʻlbarslari
👑Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 5-fevralda tasdiqlangan 12-AF sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi, Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi, “Vatanparvar” tashkiloti Marg‘ilon shahar o‘quv-sport texnika klubi bilan hamkorlikda “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichi o‘tkazildi.
✅Musobaqa tegishli nizom talablari asosida professional vakillar tomonidan baholab borildi.
Ishtirokchilar quyidagi 9 ta shart bo‘yicha bellashdilar:
✅Safda yurish va saf elementlarini bajarish, saf qo‘shig‘ini ijro etish;
✅AK- 74 avtomatini yoyish va yig‘ish;
✅ “Mohir mergan” (10 metr masofadan otish);
✅kamondan o‘q otish;
✅birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
✅30 metr masofaga arqondan o‘tish;
✅umumqo‘shin himoya vositalarini kiyish;
✅turnikda tortinish;
✅“Temur tuzuklari” bilimdoni (savol -javob)
👑 Jarayonda qizg‘inlik va ko‘tarinki ruh sezilib turdi. Shuningdek, g‘olib jamoa taqdirlanib, keyingi bosqichga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
* * *
Бодом одамга ўхшар –
Навбаҳорни суяди.
Одам бодомга ўхшар –
Эрта гуллаб қўяди...
Эркин ВОҲИДОВ
⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
/channel/mushtumjurnali
#maktablarimiz_haqida
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida adabiyotga oshno, ilm-ma'rifatga chanqoq yoshlar kamolga yetmoqda.
Ta'lim maskanida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish uchun “O‘zbegim” platformasi yaratilgan. Platforma doirasida “O‘zbegim” radiosi, “O‘zbegim” jurnali va Farg‘ona viloyati teleradiokanali bilan hamkorlikda “O‘zbegim” ko‘rsatuvi hamda “O‘zbegim” ijodiy loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. “Tarannum” musiqiy ansambli, drama, kulolchilik to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda ta'lim maskanida 35 nafar o‘qituvchi-murabbiy 198 o‘quvchiga taʼlim-tarbiya bermoqda.
2023 yilda Davlat dasturi doirasida ijod maktabining qo‘shimcha o‘quv binosi, 100 o‘rinli yotoqxona, oshxona, kutubxona va sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. Ta'lim maskani Jahon va o‘zbek adabiyotining nodir durdonalari, zamonaviy laboratoriya va robototexnika jihozlari bilan taʼminlangan. O‘quv xonalari zamonaviy kompyuterlar va panel ekranlar bilan jihozlangan.
Bilimni baholash agentligining 2023-yil bitiruvchilarining o‘z fanlaridan to‘plagan ballari sarhisobi bo‘yicha mazkur ta'lim maskani bitiruvchilari o‘rtacha 159.7 ball bilan respublikada 2-o‘rinni egalladi.
Batafsil 👉 bu yerda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
YOSH IJODKOR, ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABINING “MUSIQA” TO‘GARAGI RAHBARI MURODJON KAMOLIDDINOV KONSERTIDAN LAVHA
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
Jadidlar haqida ilk yirik roman nashrdan chiqdi
Jadidlar hayoti va ijodi haqida oʻzbek adabiyotida yozilgan yirik badiiy asar “Choʻlpon” romani taniqli yozuvchi Nabi Jaloliddin qalamiga mansub boʻlib, u “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan qayta nashrdan chiqdi. Ushbu asar Choʻlponga bagʻishlangan boʻlishiga qaramay, unda barcha jadidlar haqida soʻz boradi.
Ikki kitobdan iborat romanda jadidlardan tashqari ozodlik yoʻlida jonini tikkan Madaminbek qoʻrboshi kabi fidoyilar, mardikoroldi siyosatining mudhish manzaralari, Qoʻqon muxtoriyatidagi fitnalar va uning qulashi, rus bosqini kabi voqealar batafsil yozilgan.
Millatning eng zabardast shoiri, yozuvchisi va jadidi Choʻlpon hayotidagi evrilishlar, bolaligi va ijodi haqida batafsil hikoya qilinadi. Choʻlponni sotganlar ochiq-oydin koʻrsatib beriladi.
Choʻlponning qamalishi, qatl etilishi bilan bogʻliq yangi faktlar, oʻzgacha yondashuvlar romanni yanada boyitgan. Eng muhimi, bari tarixiy faktlarga asoslangan.
#birga_oʻqiymiz
#drabbllar
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
#Agentlik_fan_olimpiadasi
⚡️Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari boshlandi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida shu yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, Fargʻona shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan Agentlik fan olimpiadasining Farg‘ona viloyati bosqichini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ochib berdi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlar ta'limiga yuksak e'tibor berilmoqda. Iqtidorli o‘gil-qizlar zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Hududlarda tashkil etilgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bunga misol.
Moddiy-texnik bazasi mustahkam, kuchli bilim va malakali pedagog kadrlarga ega, xalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim standartlariga asoslangan bunday ta'lim maskanlari o‘quvchilari kelajagimiz umidlaridir.
- Shunday ekan, barcha ishtirokchilarga omad tilayman, bu olimpiada bilimlaringizni sinash uchun o‘ziga xos maydon bo‘lish bilan birga, mamlakatimiz taraqqiyoti, ilm-fan yo‘lida yangi marralarni zabt etishga ham undaydi, - dedi Agentlik direktori A.Ubbiyev.
Ma’lumot o‘rnida, Agentlik fan olimpiadasi viloyat bosqichlarida joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari, shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi. Shu bilan birga 2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.
Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari
Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yilda:
➖Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
➖“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;
➖maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Агарда менга юқоридан, масхаромуз қараётган мана шу кимсалар мендан яхшироқ ва мендан покроқ бўлишганида-ку, балки бу ҳолга чидардим. Лекин асло ундай эмас эди. Аксинча, уларнинг бири чайқовчилик, ичкиликбозлик, бузуқлик қиларди. Иккинчиси, бировнинг эрини тортиб олган, фарзандини отасиз қолдирган эди... Ҳеч бўлмаса мана шу кимсалар мени тинч қўйишса эди, кўнглимга ғулғу солишмаса эди...".
"Наҳотки мен шунчалар хавфли жиноятчи бўлсам, наинки мени назорат қилиш учун бутун бошли штат белгиланса? Наҳотки шундай қилишга улар ҳақли бўлсалар?" деб ёзганди у оқланиши ортидан ҳам давом этган кузатувлардан нолиб.
Бу ҳақсизликлар ҳам Марямнинг иродасини синдира олмади. У ўзини бир лаҳза бўлсин айбдор деб билмади. Ҳақиқатга ишонди, инсонийлигини йўқотмади. Бу билан шўролар тузумининг шармандали тарихида инсон матонати тимсоли сифатида қолди.
Марям Султонмуродованинг таъқиблар ва тазйиқларга тўла умри 1971 йилда ниҳоясига етди.
Ундан "Раҳмат десинлар", "Мажнунтол", "Қалбим нидоси", "Меҳр кўзда", "Карвонлар келганда", "Кутилмаган бахт", "Бетамиз йигит" номли ҳикоялар қолган.
Bahrom Irzayev
Германиядан қайтиб икки марта сургун қилинган Марям Султонмуродова
Султонмуродова Марям Жуманиёзовна 1905 йил 13 февралда Хива шаҳрида туғилган. Дастлаб Чандир Қиёт қишлоғида деҳқончилик билан шуғулланган отаси Жуманиёз Султонмуродов 1916 йилги халқ қўзғолонида иштирок этиб Хива хонининг таъқибига учради.
1917 йил у оиласи билан хонликни тарк этиб, 1919 йилгача Тўрткўлда яшашга мажбур бўлган. Инқилоб натижасида Хива хонлиги ҳудудига қайтиб келган Жуманиёз Султонмуродов большевиклар ёрдамида Ҳарбий трибунал раҳбари, Хоразм Халқ Республикаси Халқ комиссарлари Кенгаши раиси, Хоразм компартияси котиби лавозимларида ишлади.
Жуманиёз Султонмуродов тараққийпарвар инсон сифатида 1911 йил қизи Марямни Урганчда янги усулдаги нўғой (татар) мактабига берган. Марям у ерда беш йил ўқигач, оиласи кўчиши сабаб Тўрткўлдаги жадид мактабида таълимни давом эттирди.
Марям Султонмуродова Тошкентдаги маориф мактаби гимназиясида ўқиди, сўнгра олий маълумот олиш мақсадида Оренбург татар педагогика институтига ўқишга кирди.
1921 йил ёзги таътилда Хоразмга келган Марям Хоразм компартияси Марказий Кенгашида аввал адабий бўлимга, сўнг аёллар бўлимига раҳбарликка тайинланди. Марям бу вазифани бажаришга қийналди, чунки оғир тарихий шароит унга кўнглидагидек ишлаш имконини бермади. Натижада у 1922 йил Тошкентга қайтиб, Ўрта Осиё давлат университетининг Ишчи факультетига ҳужжат топширди.
Олти йиллик хорижий таълим
1922 йил октябрида Марям Султонмуродова Бухоро ҳукумати томонидан Германияга ўқиш учун юборилаётган талабалар сафига киритилди. Хоразм Халқ Республиканинг Москвадаги мухтор вакиллиги ходими Карим Сафаев ёрдамида Марям хориж учун паспорт олиб, Ленинградга йўл олди.
Ленинград портидан Хайриниса Мажидхонова ва Тўлаган Мўминовлар бўлган гуруҳ билан пароходда Германиянинг Штецин шаҳрига етиб бордилар.
Ҳеч қачон очиқ денгизни кўрмаган саҳро қизи параходга тушиши билан у ерга етиб боргунча касал бўлди.
Марям Султонмуродова аввалига Берлин университети қошидаги олти ойлик тайёрлов курсида ўқиди. Сўнг Дармштадт шаҳридаги "Виктория" ўқитувчилар семинариясига кириб икки йил таълим олди. 1926-27 йилларда эса Потсдамдаги "Фрауншуль" аёллар мактабида амалиёт ўтади.
1927 йил ёзги таътил вақтида дугонаси Хайриниса Мажидхонова билан Франция пойтахти Парижга саёҳат қилар экан, уларнинг Париж опера театри ошхонасида Аҳмад Наим ва Мустафо Чўқайлар билан икки дақиқалик тасодифий учрашуви кейинчалик қатағон этилиши учун асосий баҳона бўлди.
Хорижда ўқиш унинг учун осон эмасди. "Туркистон" газетасининг 1924-йил сентябр сонида эълон қилинган мақоласида Эртой шундай ёзган: "...Хивалик Марямхон моддий томондан яхши таъмин қилинмагани учун йўлларида кўп чатоқликлар кўрадир. Чиндан ҳаёт хотини бўлмоқ ва Туркистонда қолғон опа-сингилларимизнинг истиқболи учун ҳеч ким кўрсатмас қаҳрамонлик қилиб келган қимматлик қизимизга Хоразм жумҳуриятимизнинг шундай совуққонлик билан қарашиға Туркистон ёшлари таассуф этолмай туролмайдурлар".
Мактабдаги амалиёти изидан Марям Берлиндаги профессор Генрих Финкельштейннинг олти ойлик ҳамширалик курсини ўқиб битирди ва 1928 йил СССРга қайтди.
Марям Султонмуродова Ўзбекистонга келиши билан сўроқ таъқиблар бошланиб кетди. Аввалига ҳеч жойдан иш берилмади. Фақат 1929 йил февралида Германияда таълим олган Бадри Сайфулмулк ёрдамида Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш комиссарлигига қарашли болалик ва оналикни асраш институтига ҳамшира бўлиб ишга киришга муваффақ бўлди.
Марям 1929 йил охирида Асқар Ахмадбеков билан оила қуриб, тўрт йил Каттақўрғонда яшади. Эри қамоққа олингач, 1933 йил Тошкентга қайтиб Ўрта Осиё давлат университетида, "Гулистон" ва "Ёрқин турмуш" журналларида ишлади.
Марям ўзбек матбуотида ўзининг олмон адабиётидан қилган таржималари ва аёлларнинг ўткир ижтимоий муаммоларга бағишланган мақолалари билан элга танила бошлади. Ёш журналист Даврон Мадаминга турмушга чиқиб, бахтли ҳаёт остонасида турган пайтида ҳақиқий аянчли кунлар етиб келди.
"Катта қирғин" ва икки сургун
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺ Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga ekskursiya va kampus-tur tashkil etildi.
⏺ Termiz shahridagi Prezident maktabida “Besh tashabbus” doirasida voleybol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.
⏺ Namangan shahridagi Prezident maktabida FTOR (Fakultetlarga taqsimlash orqali rivojlanish) loyihasi davom etmoqda.
⏺ Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Yangi O‘zbekiston Universiteti” ma'ruzachisi Muxammadali Hayotov hamda Muhandislik maktabi Kimyo va Materialshunoslik muhandisligi departamenti dotsenti Malik Abdul Rehman bilan muloqot tashkil etildi.
⏺ Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Qiz bola - jamiyat koʻzgusi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
⏺ Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari hamda pedagogik jamoasi Chust madaniyat saroyida “Is'hoqxon Ibrat” spektakli namoyishiga bordi.
⏺ Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani oʻqituvchisi Faruddin Xolmamatov GRE va matematika fani oʻqituvchisi Mehriniso Qarshiyeva GMAT xalqaro sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.
⏺ Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning chorshanba va payshanba kunlari - "Kitobxonlik kuni" etib belgilandi.
⏺ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Oliy ta’limga kirishda imtiyozlar va zamonaviy kasblar” mavzusida ekspertlar bilan muloqot tashkil etildi.
⏺ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktorining ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.
⏺ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, shoir Bahodir Isoning “Poetik nutqni shakllantirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#mahorat_darsi
🤩Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Bugun Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchilariga O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, shoir Bahodir Isoning “Poetik nutqni shakllantirish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
🌐O'tkazilgan mahorat darsini quyidagi manzil orqali to'liq videosini tomosha qilishingiz mumkin:
📹https://youtu.be/MFS8ECNongA
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#ijodiy_olimpiada
👑Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A. Ubbiyevning 2024-yil 5-fevraldagi 12 AF-sonli buyrugʻi va shu buyruq asosida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori N. Mannopovaning 2024-yil 13- fevraldagi 3 AF-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ijod maktabida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy olimpiadaning maktab bosqichi o‘tkazildi.
✅Ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
🇺🇿Tanlov shartiga hamda hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:
9-“A” sinfidan:
✅Shahlo Safarova 97 ball;
✅Ibodatxon Nosirjonova 84 ball;
✅Gulyora Hoshimjonova 80 ball;
✅Mushtariy Sulaymonova 80 ball;
✅Husnirabonu Sobirova 72 ball;
9-“B” sinfidan:
✅Dilangez Bahronova 88 ball;
✅Rayhona Nurmuhammedova 75 ball;
✅Rayhona Anvarova 75 ball;
✅Hushnoza Ahmadjonova 74 ball;
✅Gulsevar Qosimova 63 ball.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺“Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabasi Bobosher Musurmonov 4500 dollarlik mukofot bilan taqdirlandi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi radiosida shoira Zulfiya ijodi asosida sheʼrxonlik dasturi tayyorlandi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabi pedagog xodimlari oʻrtasida "Kitobxonlik" bellashuviga start berildi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco-fest” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabida psixologik trening o‘tkazildi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Sabrina Sherqoʻziyeva xalqaro musiqa tanlovida g‘olib bo‘ldi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Yashil makon” umummilliy loyihasining navbatdagi aksiyasida qatnashdi.
⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Yasmina Abdukarimxoʻjayeva Respublika ijodiy ishlar tanlovida videorolik yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Husnida Rahimjonovaning “Men bahorni juda sogʻindim” nomli ilk kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqasining birinchi bosqichi tashkil etildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Devoriy gazetalar" tanlovi boʻlib oʻtdi.
⏺Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Doʻppi day" kuni o‘tkazildi.
⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻzbekiston armiyasi yoshlar nigohida" festivali tashkil etildi.
⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi Ahrorbek Ernazarov AQShning nufuzli universitetlari ta’lim grantlarini qoʻlga kiritdi.
⏺Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yuqori toʻpalang milliy tabiat bogʻi" mutaxassislari ishtirokida “Ona tabiatni asraylik” mavzusida davra suhbati va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
⏺Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
🤩1-MART – XALQIMIZNING ATOQLI SHOIRASI ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN
✅Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentning Oʻqchi mahallasida tugʻilgan.
✏️ Aytishuv...
📹 Tursunali Davlataliyev va Durdona Hoshimjonova,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 7- "D" sinf o'quvchilari
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#Zulfiya_Isroilova_tavalludining_109_yilligi
#Tanlovga
✏️ Bahor keldi seni so'roqlab...
📹 Muqaddas Muhammadaliyeva,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11- sinf o'quvchisi
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Nukus shahridagi prezident maktabida qoraqalpoq milliy taomi festivali o‘tkazildi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar hamda ularning otalari ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi.
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan qisqa metrajli hujjatli film suratga oldi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida “Javondagi javohir” mavzusida yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.
⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchisi Yusufjon Abdiyev AQSH oliy ta’lim muassasalari grantini qo‘lga kiritdi.
⏺Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi Shahriyor Aliboyev xorijiy universitetlarning grantlariga sazovor bo‘ldi.
⏺Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilarining futbol jamoasi “Do‘stlik tuman hokimi kubogi”ning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
⏺Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari "Khiva Silk Fabric" MChJ faoliyati bilan tanishdi.
⏺Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Vatan tayanchi" otryadi a’zolari sportning pnevmatik quroldan o‘q otish turi bo‘yicha o‘tkazilgan tuman kubogida 3-o‘rinni egalladi.
⏺Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani asosida sahnalashtirilgan spektaklni tomosha qildi.
⏺Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “To‘maris” jamoasi xotin-qizlar o‘rtasida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
⏺Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Besh tashabbus doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.
⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada" o‘tkazildi.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Musiqa” to‘garagi rahbari Murodjon Kamoliddinovning viloyat teatr-konsert saroyida “Yangi Oʻzbekiston-oltin fondimiz” deb nomlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Haftaning_eng_yaxshi_ijodiy_ishlari
🥇 Umida Abdulhamidova
🥈 Muqaddas Muhammadaliyeva
🥉 Dilzoda Hamdamova
🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
#taqdimot
🤩Joriy yilning 23-fevral kuni Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida yosh ijodkor, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Musiqa” to‘garagi rahbari Murodjon Kamoliddinovning Oʻzbekiston xalq artisti, professor Sultonali Mannopov tavalludining 75 yilligiga bagʻishlangan “KAMTARU ULUGʻVOR USTOZIM” va “NOTA YOZISHNI OʻRGANAMIZ" nomli kitoblari taqdimoti hamda “Yangi Oʻzbekiston-oltin fondimiz” deb nomlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Ahmedov soʻzga chiqib, yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar xususida toʻxtalib, viloyat hokimining tashakkurnomasi, qimmatbaho sovg'alari shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Dunyo talantlari uyushmasi tomonidan Xalqaro “Mohir talant” medali bilan taqdirlandi. Shuning barobarida Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zolik guvohnomasi topshirildi.
🌐Konsertda Fargʻona ixtisoslashtirilgan san'at maktabining “An'anaviy ijrochilik” boʻlimi oʻquvchilaridan iborat sozandalar ansambli, “Xalq cholgʻulari orkestri” “Xalq raqsi havaskorlik” hamda “Aktyorlik san’ati” boʻlimi oʻqituvchisi Azizbek Isroilovlar ishtirok etib, konsertni yuqori saviyada oʻtishida oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar...
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
Fargʻona telekanalida
«Yoshlar vaqti» koʻrsatuvi.
🗓 Bugun
⏰ 18:15
Takroran ertaga:
«Xayrli kun» dasturida:
⏰ 6:00 dan 7:30 gacha
⏰ 12:30 dan 14:00 gacha
t.me/erkinvohidovmaktabi
Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda
Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi, Marg‘ilon va Farg‘ona shahar ixtisoslashtirilgan maktablari bo‘ldi.
Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zamin_Creative
👑 Biz hammamiz tengmiz!
🤩Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Farg‘ona shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli ta’lim muassasasi va Marg‘ilon shahar alohida ehtiyojlari bo‘lgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 2-Nurli maskan maxsus maktabi o‘quvchilari uchun inklyuziv ekskursiya tashkil etildi.
✅“Zamin Creative” loyihasi doirasida inklyuziv ijod studiyalariga qabul boshlanmoqda. “Aktyorlik mahorati”, “Dizayn” va “Media savodxonlik” sohalarida professional mutaxassislar bilan surdotarjimon pedagoglar vositasida o‘quvchilarga saboq berilib, zamonaviy kasb-hunar o‘rgatish maqsad qilingan.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
1937 йил сентябрида Марям Султонмуродова олти йил Германияда ўқиган, "Туркистон" жосуслик ташкилоти аъзоси деб, ЎзССР Жиноят Кодексининг 60 (аксилинқилобий ташвиқот), 67 (аксилинқилобий ташкилотга аъзолик) моддалари билан айбланиб қамоққа олинди. Тинтув жараёнида унинг паспорти, дипломлари, меҳнат дафтарчаси, хатлари, китоблари, 35 та шахсий суратлари хатланиб тортиб олинди.
Ортидан онаси Дурдижон ая, мурғак ўғли Пўлатжонлар зор йиғлаб қолдилар. Марям олти ойлик норасида қизи Анора билан қамоқхона азобларига гирифтор этилди.
Марям Султонмуродова 1938 йил 4 октябрда сўнгги бор сўроқда ҳам "Германияда "Озод Туркистон" деган ташкилот ҳеч қачон бўлмаган ва бу ҳақида мен ватанга қайтиб эшитдим. Бошқа ҳеч нарса қўшимча қила олмайман. Менинг ҳеч қандай айбим йўқ," деди.
Узоқ вақт давом этган азобли тергов давомида унга қўйилган бирорта айб ўз исботини топмади. Бироқ, Марям ватанга ҳиёнат, ҳарбий ва давлат сирларини сотиш, шпионаж, қуролли қўзғолонга ҳаракат, Совет давлатига қарши теракт, аксилинқилобий ташкилотга аъзолик каби ўта хавфли айбловларга лойиқ деб топилди.
Шу ой ўтказилган "Учлик" суди атиги 20 дақиқа давом этди. Марям Султонмуродова 10 йиллик қамоқ жазосига ҳукм этилди.
У жазони дастлаб Тошкент, сўнг Қозон ва Суздаль турмаларида ўтади. Кейин узоқ Колима областига юборилиб, Магадандаги "Дальстрой" қурилишида 1947 йил 13 сентябргача азоб-уқубат чекди.
Фарзандлари ва қардошлари соғинчи унга ўлимни йўлатмади. Жазо муддати тугагач ватанга қайтиб Урганч туманидаги, Янгибозор фуқаролар йиғинида ҳамшира бўлиб иш бошлади.
Бироқ, унинг хурсандчилиги яна узоққа бормади. У 1949 йил 30 мартда қайта қамоққа олинди ва бу гал ҳам эски "жиноятлари" учун ЎзССР ЖКнинг 57-моддаси 1 қисми (Ватанга ҳиёнат, ҳарбий ва давлат сирларини сотиш, шпионаж), 67- (аксилинқилобий ташкилотга аъзолик) моддалари қўлланиб у узоқ Красноярск Ўлкасига сургун қилинди.
1954 йил 1 сентябрда уйига ёзган хатини у шундай якунлайди:
"Азизларим! Бизлар бугун сургундан бўшадик. Уй ва молларни ўз баҳосига сота билсак, октябрь оёқларина кетамиз. Сота билмасак, бу ерда қишлаймиз. Соғ бўлинг. Соғлиқда кўришайлик. Хат ёзинглар, ҳаммангизга салом билан Марям."
Таъқибга тўла умр
Марям Султонмуродованинг 1956 йил 10 май куни ёзган аризаси асосида унинг иши қайта кўриб чиқишга топширилди. 1956 йил сентябрида ўтказилган сўроқ давомида у бошидан кечирган барча кўргиликларни бирма-бир ҳикоя қилди. Жумладан: "... 1949-54 йиллар Красноярск ўлкасида сургунда бўлиб қайтдим, ҳозирда Қараман қишлоғида ҳамшира бўлиб ишлайман. Берлинда "Туркистон талабалар уюшмаси" деган ташкилот бўлган. Аммо, унинг тадбирларида фақат илмий мунозаралар бўлар, талабаларнинг таълим жараёнидаги муаммолари ва иқтисодий масалаларини муҳокама қилар эдик...".
Ташкилот раҳбарларидан Тўлаган Мўминов жуда билимдон, Султон Матқул ниҳоят босиқ ва мулоҳазали, Темур Казбеков шўх ва ҳазилкаш, Саттор Жаббор эса етук олим ва адабиётга ошно инсон сифатида умрбод хотирасида қолганини эслайди.
Икки сургундан омон қолган зиёли Марям Султонмуродова 1957 йил 2 августда СССР Олий Суди ҳарбий коллегияси томонидан оқланди.
Бироқ, у тўлиқ оқланганидан кейин ҳам рўшнолик кўрмади. Таъқиб тўхтамади. Севган соҳаси бўлмиш журналистика билан шуғулланиш у ёқда турсин, унинг газета ё журнал ўқишига ҳам тўсқинлик кўрсатилди.
Марям қоронғу кечаларда ўзининг эрксиз, бахтсиз ҳаётини қуйидагича қоғозга туширган: "... 1957 йил мени оқлашган. Мендан бахтли одам йўқ эди. Ахийри орзуйим ушалди! О, менинг хурсанд бўлганларим... Ҳаётимда катта бир ўзгариш кута бошладим ва ахийри тўла ҳуқуқли совет граждани бўламан деб ўйладим! Лекин афсус, кўп ўтмай ихлосим қайтди. Мен ҳамон назорат остида эканлигимни, шармисорлик тамғасининг юки ҳамон босиб ётганини англадим... Ўзлигингни пастга уришларини ҳис этишдан ортиқ алам йўқ оламда. О, бу қанчалар оғир!
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda
Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.
Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tabiiy intellekt bilan anglash mumkin Erkin Vohidov sózlarini sun'iy idrok (Sunid) shunday anglabdi.
Qaysi misra haqida gap ketmoqda?
#dalle3art #midjourney #erkinvohidov #poem #sunid
#Amaliy_va_tasviriy_kulolchilik
#amaliy_natija
🧑💼 Olimova Sarvinoz
🏫 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🔰 9-sinf o'quvchisi
🍶Ushbu to'garak har bir sinfdan qiziqishi bor va mahoratli o'quvchilarni o'ziga jalb olgan.
🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈