#ijod_maktabi
#fargʻona_oqshomlari
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi
📣FARG’ONA OQSHOMLARI
🤩Ahmad al Farg‘oniy nomidagi oromgohda O’rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "FARG’ONA OQSHOMLARI" she’riyat bazmi bo’lib o’tdi.
📹Ushbu tadbir jarayonlari "Madaniyat va ma'rifat" telekanali orqali yoritildi.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
🔥 Tez kunda
O‘zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri boʻlgan, shoir, dramaturg, adabiy tarjimon va davlat arbobi Erkin Vohidov, «O'zbegim»
@bookuzbekistan
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida ota-onalarning ta'lim maskanida faoliyat yuritayotgan chet ellik o'qituvchilar, sinf rahbarlari va fan o'qituvchilari bilan muloqoti tashkil etildi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinflari o'rtasida O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari bo'yicha “Kitobxonlik” tanlovi o'tkazildi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, senator Farmon Toshev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
⏺Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Marjona Umarova AQShdagi "Marymount Manhattan College" oliygohiga o'qishga qabul qilinib, 64,000 AQSH dollari miqdoridagi grant sohibasiga aylandi
⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida basketbol bo'yicha "Direktor kubogi" musobaqasining final o'yini bo'lib o'tdi.
⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Kitobsevar millat" shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
⏺Oqoltin tuman ixtisoslashtirilgan maktab matematika fani o‘qituvchisi Elyor Xatamov Xalqaro darajadagi GRE (Graduate Record Examination) imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, yuqori natijani qo‘lga kiritdi va sertifikat sohibiga aylandi.
⏺Uchqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fanidan Alisher Navoiy nomidagi olimpiada tashkil etildi.
⏺Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" aksiyasi tashkil etildi.
⏺Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Mushoira" bellashuvi o'tkazildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Ilm sari ilk qadam" loyihasi doirasida yuqori sinf o’quvchilarining mustaqil ilmiy ishlari himoyasi bo’lib o’tmoqda.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida «O‘ZBEGIM» jurnalining 2024-yil 2-soni nashrdan chiqdi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligini munosabati bilan “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
"Янги Фарғона" газетасининг 2024 йил
10 февралдаги 11-сони
Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
#oʻzbegim_jurnalidan
Biznesmen quyon
✏️ Manzura G'ulomova,
Erkin Vohidov ijod maktabi 7-"D"sinf o'quvchisi.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi «O‘ZBEGIM» jurnalining 2024-yil 8-fevral kungi 2-soni mutolaa uchun havola etildi.
Jurnalning ushbu sonida:
❇️ ILOHIY BIR SIRDIR-NAVOIY!
❇️ "NAVOIY - siyrati pok inson"- Javohir Sayidolimov;
❇️ BOBURIYLAR shajarasini bilasizmi?
❇️ "YOLG'ON" so'zni o'ldiradi;
❇️ Turkistonda milliy istiqlol harakati;
❇️ Ustoz Kamoliddin MARASULOV qanday kitoblarni o'qishni tavsiya etadi?!
🌐 Ijtimoiy tarmoqda:
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/gazetalar_sharhi
🤩Jonli ijro, jonli suhbat! Jonga taskin soʻz! soʻz va soz joʻrligidagi siz bilan poklanamiz! Bugun "Oʻzbegim" koʻrsatuvini “Fargʻona” televideniyesida birgalikda yangilanamiz.
✅Boshlanish vaqti: 9-fevral 19:50
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
🤩Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidа ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “ILOHIY BIR SIRDIR – NAVOIY” mavzusida adabiy kechadan suratlar.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
Buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidа ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “ILOHIY BIR SIRDIR – NAVOIY” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi.
Fargʻona viloyati hokimining Davlat tili boʻyicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Erkin Vohidov memorial muzeyi direktori Mamlakat Haydarova hamkorligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Marg'ilon shahar madaniyat markazi xodimlari, harbiy xizmatchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Marg‘ilon shahar 8-sonli musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan dilga yaqin Navoiy g‘azallariga bastalangan go‘zal qo‘shiqlari, ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyishi, bahr-u bayt, she’riy aytishuvlar hamda ijod maktabning drama to‘garagi sahnalashtirgan spektakl barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.
Erta tongdan boshlangan tadbirning yakuniy qismi maktabimizda bayramona ruhiyat bilan yakunlandi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#oʻzbegim_jurnalining_bayram_soni
✏️Bugun buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiy va badiiy “OʻZBEGIM ”jurnalining 2024-yil 8-fevral kungi №2-soni viloyatimizning ziyolilariga hamda tadbir ishtirokchilariga mutolaa uchun taqdim etildi.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#Ёднома
-Нима, биз одам эмасмизми?
Ўз жавобларидан ўзлари ҳам, холапошшам ҳам кулиб юбордилар.
Эркин ака оиласига жуда меҳрибон эдилар. Холапошшамлар жуда озода, саранжом-саришта аёл эдилар. Уйлари битгунигача шароит йўқ эди, лекин уларнинг қўллари доим сувда, ҳаммаёқни тоза тутиб, меҳмон келишига шай қилиб қўярдилар. Шу сабаб тез-тез шамоллаб қолардилар.
Эсимда, қиш авжига чиққан палла эди. Нимагадир телефонлари ишламай қолганди. Ойим бир хабар олиб кел деб мени юбордилар. Келсам, холапошшамлар бетобланиб қолган, Эркин ака уч болани қараб ишга боролмай ўтирган эканлар. Мени кўриб суюниб кетдилар ва тезда ишга отландилар, мен эса ошхонага кирдим. Қарасам, ер-у кўк мошхўрдага тўла! Уч кун икки маҳалдан ўзлари билган шу таомни – мошхўрда пишириб берибдилар. Ҳамма овқатни йиғиб, қўшни ўрисларнинг товуғига чиқариб бердим. Холапошшамлар эса: “-Жон сингил, бир ош дамлагин, ўша овқатнинг отини ҳам айтма, юзини ҳам кўрсатма”, - деганлар. Адашмасам, икки-уч йилгача бу уйда мошхўрда пиширилмаган.
Адашмасам, 2010 йил эди, хола-жиян Наманганнинг “Чортоқ” санаторийсига дам олишга кетдик. 20 май санаториянинг ташкил топган куни экан. Шу куни холапошшамларнинг ҳам туғилган кунлари эди. Эрталаб еттиларда Эркин ака қўнғироқ қилиб табрикладилар. Биз сув бўйидаги бинонинг иккинчи қаватидаги люкс хонага жойлашган эдик. Эрталабдан табрик қўнғироқлар тинимсиз бўлиб турди. Холапошшамларнинг соат 11 ларда бироз дам оладиган одатлари бор эди. Улар ётоқхонага, мен китоб ўқиш учун залга кириб кетдик. Бир маҳал нақ оёғим тагидан сичқон югуриб ўтса бўладими! Чинқириб юбордим, холапошшам югуриб чиқдилар.
-Нима бўлди? – дедилар ҳовлиққанча.
-Сичқон, сичқон!!!
-Қани?
-Гиламнинг остига кириб кетди шекилли.
Улар хотиржам юриб келиб шиппаклари билан гиламни боса бошладилар. Сўнг кўтариб қарадилар – семизгина сичқонча экан.
-Афтинг қурмасин, - дедилар, - шунга шунча бақирадими. Бақирганингдан инфаркт бўлиб ўлган бу!
-Вой-бўў, - дедим ҳайратланиб. – Сичқондан ҳечам қўрқмас экансиз-а? Бир кун сиз ҳақингизда ҳикоя ёзсам, Эркин Воҳидовнинг аёли сичқондан асло қўрқмаган, деб ёзаман.
-Агар ёзсанг, шундоқ Эркин Воҳидов ҳам менга ўхшаб сичқондан қўрққан, деб қўшиб қўйгин.
Ярим ҳазил, ярим чин айтилган ўша сўзлар мана ҳозир амалга ошмоқда... Дилда ўкинч, кўзда ёш билан хотираларимни ёдлаб, ваъдага вафо қилиб қоғозга туширяпман. Азизларимнинг охиратлари обод бўлсин илоҳим!
✍ Насибахон Ахматова
👇👇👇
🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐 /channel/Erkin_Vohidov
🌐 www.erkinvohidov.com
Бу йил Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов таваллудига 85 йил тўлди.
Мулки борлиқ ичра бир маҳал
Кўрксизгина олам яралган.
Бермоқ учун дунёга сайқал
Олам аро одам яралган.
Шундан бери инсон тинмайин
Шу ер узра тер тўкар ҳамон.
Ерни гўзал қилгани сайин
Гўзал бўлар ўзи ҳам инсон.
Ушбу видеолавҳада шоирнинг ўғли Хуршид Воҳидов тасвирга тушган.
Муаллиф: Юлдуз Файзий
Монтаж устаси: Миразиз Сагатов
👉 @mm_telekanal
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.
Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.
Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.
Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
🇺🇿 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!
Oʻzbekiston mard oʻgʻlonlari,
Bahodirlar, pahlavonlari.
Tinchligimiz chin posbonlari,
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Barcha vatanimiz himoyasi va rivojida turli xil kasblarda xizmat koʻrsatayotgan Oʻzbekiston oʻgʻlonlariga bayram muborak boʻlsin! Tinchligimiz abadiy boʻlsin!
🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
#imtihon_sertifikat
📁Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
📃Ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat uchun navbatdagi sinov imtihoni
🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
🤩O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akdemik litseyida “Bugunning jadidlari” mavzusidagi ijodiy uchrashuvdan suratlar.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
FARG`ONA_24____10.02.2024_ ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA TADBIR BO`LIB O`TDI
Читать полностью…Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
✅1-yo‘nalish:
Nazm- (Zulfiyaxonim tilidan monolog yaratish);
✅2-yo‘nalish: Badia (Zulfiya shaxsiyati va uning ijodiyotini yoritish);
✅3-yo‘nalish: Videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).
Ijodiy ishlar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 25-fevral sanasiga qadar (@Mamura_Sayfullayevna)ga taqdim etiladi.
✨ G‘oliblar 2024-yil 1-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taqdirlanadi.
Tanlov Nizomi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram
@ikki_qalb_izdoshlari
#Navoiy_583
▪️Farg'ona garnizonidagi harbiy qismda "Alisher Navoiy - odamiylikdan saboq beruvchi buyuk murabbiy" mavzusida ijodiy uchrashuv o'tkazildi.
▪️Tadbirda Farg'ona davlat universiteti professor-o'qituvchilari, Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov ijod maktabi o'quvchilari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etdi. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bog'liq qiziqarli ma'lumotlar berilib, sahna ko'rinishlari ishtirokchilarga namoyish qilindi.
➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram| Facebook | Youtube |Instagram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#ekspert_fikri
“Alisher Navoiy asarlari asosida zamonaviy badiiy filmlar, seriallar, multfilmlar, ijtimoiy tarmoqlarda qiziqarli kontentlar yaratish orqali yoshlar tasavvurida o‘z zamonasining ilg‘or, ilgari surgan fikrlari, g‘oyalari hamon dolzarb shaxs timsolini yaratishga e’tibor qaratish lozim”.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining malakali pedagogi, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Kamoliddin Marasulov bilan Alisher Navoiy adabiy merosi va yoshlar borasidagi suhbatimizda shu kabi qiziqarli takliflar, zamonaviy yondashuvlar o‘rtaga tashlandi.
👉 Suhbatning to‘liq matni
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Samarqand viloyatidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'qituvchi hamda o'quvchilari Samarqand shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’yishdi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida "Tarix qa'ridagi ikki yulduz" mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinining ikkinchi mavsumi boshlandi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabi direktorining Maxsus fanlar boʻyicha yangi oʻrinbosari tayinlandi.
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida futbol bo’yicha “Prezident maktabi Superkubogi”ning final o’yinlari bo'lib o'tdi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o'rtasida "Tarix unutmaydigan ikki buyuk shaxs" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi .
⏺Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi O’zbekiston” universiteti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
⏺Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabda “Besh tashabbus” doirasida o‘quvchilar o‘rtasida "Kubik-rubik" musobaqasi o‘tkazildi.
⏺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi Alisher Ahatjonov AQShning Cincinnati universiteti grantini qo'lga kiritdi.
⏺Chinoz va Quyichirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari o'qituvchilari o'rtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.
⏺Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Asakabank faoliyati bilan tanishdi.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri jamoasi tomonidan “Alisher Navoiy” nomli spektakli namoyish etildi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Robo-Coding” seminari o’z nihoyasiga yetdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🤩Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidа ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “ILOHIY BIR SIRDIR – NAVOIY” mavzusida adabiy kechadan suratlar.
🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#challenge_gaʻzalxonlik
⚡️Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi maktablarda buyuk shoir adabiy merosiga bag'ishlangan g’azalxonlik chellenji davom etmoqda:
👉Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
👉Abdulla Oripov va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari hamkorligida
👉Ogahiy nomidagi ijod maktabi
👉Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
👉Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
👉Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
👉Samarqand shahridagi Prezident maktabi
👉Namangan shahridagi Prezident maktabi
👉Termiz shahridagi Prezident maktabi
👉Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
👉Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
👉Urgut tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
👉Qiziriq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
👉Tomdi tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
👉To‘raqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
👉Qoʻshtepa, Yozyovon, Quva, Farg'ona, Bag'dod tumanlari va Farg’ona shahri ixtisoslashtirilgan maktablari hamkorligida
👉Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
👉Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📺Bugun 21:00 "O'zbegim" ko'rsatuvimizning yangi yanvar sonini Farg'ona TV orqali ko'rishingizni tavsiya etamiz.
🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
#Ёднома
💫 "Нима,биз одам эмасми?"
Мен Эркин Воҳидовни шоир, дараматург, давлат арбоби эмас, оддий Инсон сифатида таърифлаб бермоқчиман. Лекин кичкинагина хотира ёзиш ҳам қанчалар қийинлигини шу топда, қўлимга қалам олганда билдим. Анча билим, вақт керак экан.
Мен сиз билан ёшликда идрок этмаган, аммо кўз ўнгимда муҳрланиб қолган; кейинчалик она, буви бўлганимдагина қандай улкан воқеаларга гувоҳ бўлганимга энди ақлим етаётган хотираларимни бўлишмоқчиман.
Мен Воҳидовлар оиласини 1963 йил 10 июндан, уларнинг никоҳ тўйлари кунидан таниганман. Ўшанда сочқилар йиғиб, холапошшамлар орқасида туриб йиғлаган жиянлари мен бўламан.
Эркин ака сафарга чиқадиган бўлсалар ёки касалхонага тушиб қолсалар мен тез ёрдам сифатида етиб келардим. Сафар олдидан катта бозор қилинарди. Майда болаларга ўралашиб қолган холапошшам кўчага чиқолмасдилар. У пайтлар Эркин аканинг машиналари йўқ, такси эса анқонинг уруғи эди. Трамвай, троллейбус, автобуслар халқ хизматида. Уларга ҳам юк билан чиқиш амри маҳол. Қўлимизда ўша даврда урф бўлган тўқилган сеткадан уч-тўрттасини олиб бозорга равона бўлардик. Лекин аввал икки оғиз насиҳатни яхшилаб эшитиб олардик.
- Эркин ака, аввал келтирган гўштингизда суяк кўп экан, қараб олинглар. Кўкатни бир дунё олманг, илтимос, деярли сарғайган экан, товуққа беришга тўғри келди.
- Ээ-э, шундайми?..
Бозорда биринчи бўлиб гўшт растасига кирардик. Қассоблардан бир нечтаси, худди Эркин акани қирқ йилдан бери танийдигандек бола-чақаси-ю келиннинг соғлигини сўраб ёнига чорлар эди.
-Хўш Насиба, қайси гўштдан оламиз? – деб менга юзланардилар. – Ғофур Ғуломни биласанми?
-Ҳмм... “Шум бола”ни ёзган, ўқиганман.
-Баракалла. У киши бозорни уч марта айланиб, нарх-навони билиб, сўнг харид қилганлар. Бизнинг эса вақтимиз йўқ.
-Суяксизини олсак бўлди.
-Э, суяксиз гўшт бўладими? Ҳув анови қассобдан оламиз. Мени танийди шекилли, яхши гўшт қилиб берса керак. Бирон танишимнинг ака-укасимикин, мен эслай олмаяпман.
Бир-икки шеърми, ғазалми ўқиб, қассоб бизга гўштни, биз унга пулни бериб хайрлашдик. Аниғи ёдимда йўқ, йирик пул бергандик, қайтим йўқ экан, атрофдагилардан ҳам чиқмади. Бир чеккада кўрпача устида сочлари оқарган, бошида униққан рўмолли бир кампир кўкат сотиб ўтирарди. Унда майда пул бор-йўқлигини сўрамоқчийдим, Эркин ака изн бермадилар.
-Ўзи беш-ўн тийинлик нарса сотади, - дедилар. - Бу пулга майдаси йўқ. Мен доим шу кампирнинг ҳамма кўкатини олиб кетаман. Ҳарна ёрдам бўлсин дейман-да.
Бир маҳал кампир бизни имлаб чақириб қолди. Қўлимиздаги пулни олиб, кўрпача қатини очди. У ерда барча қийматдаги пуллар, ҳатто 25 сўмликлар алоҳида-алоҳида тахлаб қўйилган экан. Пулимизни майдалаб, қассоб билан ҳисоб-китоб қилдик. Эркин ака ҳайрон эдилар. Боисини кейин тушундим.
-Кампир қассобдан ҳам кўп пул топаркан-да...
-Пули кўп экан-а? – дедим мен ҳам. - Нима қилар экан шунча пулни? Ўзига кўйлак олса бўларкан.
Сумкаларни тўлдириб уйга қайтдик. Олган гўштимизнинг нақд ярми катта суяк бўлиб чиқди...
-Гул, - дедилар Эркин ака, - қассоб мен билан жуда яхши сўрашди. Шеърларимдан парчалар айтиб савдо қилди.
Холапошшам майингина жавоб бердилар:
-Энди ким шеърингизни айтса, ундан гўшт олманг. Гўшт ўрнига суяк беради.
Йиллар ўтиб, Эркин ака қанчалар содда ва раҳмдил эканликларини англаб етдим. Жуда камтар эдилар. Уйларига мардикор ишлагани келган йигитлар билан бир дастурхонда чой ичиб, соатлаб суҳбатлашиб ўтирардилар. Холлапошшамлар “энди суҳбатлари учун пул тўлаб кузатиб қўядилар” деб кулардилар.
Бола бўлиб эр-хотиннинг уришганларини кўрмаган эканман. Одамлар бир-бирини уриб-сўкади, улар эса мақолларми-ей, шеърларми-ей айтиб, худди айтишув сингари уришардилар.
Бир сафар ҳам уй тўла меҳмон эди, ҳеч ким эр-хотин араздалигини сезмаган.
-Яхши келибсан, қизим, - деганлар Эркин ака. - Опангга қарашиб юбор, жуда чарчаган.
-Вой, сизлар ҳам уришасизларми? – ажабландим мен.
#Tabrik
XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.
Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon
Yurtimizda “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.
Sana munosabati bilan Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida bayram tadbirlari o‘tkazilib, ularda harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, tuman va shahar hokimlari, harbiy faxriylar, harbiy orkestr jamoalari, harbiy bilim yurtlarining talabalari ishtirok etmoqda.
Shubhasiz, bu kabi tadbirlar yoshlarning ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarining ortishiga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Vatanparvarlik_oyligi
📁Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism tomonidan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining harbiy xizmatga qiziqishlarini orttirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda...
📋O’zbekiston Resbublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ijod maktabi o‘quvchilarini harbiy qismga olib borildi.
✔️Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy jangovor mashg‘ulotlariga ularning shayligi qay darajada ekanliklariga guvoh bo‘lishdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga otish qurollar, harbiy texnikalar, harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
📺Shundan so‘ng o‘quvchilar, harbiylar va san’at egalari ishtirokida “O‘zbegim” ko‘rsatuvining yanvar soni tasvirga olindi. Ko‘rsatuv jarayonlari ijodkor, xonanda Valijon Qodirov, Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchilari Dostonbek Saydaliyev, Asadullo Madaliyev, o‘quvchi Shohjahon Jakbaraliyevlar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Go‘zal Oxunova va ijod maktabining ustozlari, yosh ijodkorlari faolligida tasvirga olindi.