erkinvohidovmaktabi | Неотсортированное

Telegram-канал erkinvohidovmaktabi - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

556

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️ ✅https://www.facebook.com/profile.php?id=100041359613862 ✅https://youtube.com/channel/UCI_V02aqqP7_-fGWELMvvPA

Подписаться на канал

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Radio

📻 Mahalla radiosi
🔰 Bolalar adabiyoti to'garagi a'zolari
🎙 9-"A" sinf o'quvchilari

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Hosil_bayrami

📖Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-“B” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Hosil bayrami” o‘tkazildi.

🍏Hosil bayramini nishonlash orqali o‘quvchilarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘g‘risidagi bilimlari yanada shakllantirildi.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Ijod maktablarining o‘quvchilari xalqaro (B2 - C1) va mahalliy til bilish sertifikatlaridan yuqori natijalarni qoʻlga kiritishmoqa:

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Ogahiy nomidagi ijod maktabi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
#B2

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining direktori Nigoraxon Mannopova Turk tilini bilish darajadagi imtihonlardan yuqori natijani qayd etib, B2 darajasini qo‘lga kiritdi.

💐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan ustozimizni ushbu natija va yutuqlar bilan tabriklaymiz!!!


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

https://youtu.be/QSvquB9qa-k

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#marafon

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkazildi.

🗣Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad yoshlar qalbida milliy yuksalishga chorlovchi milliy gʻururni shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, urf-odatlarimiz, anʼana va qadriyatlarimizga boʻlgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashdan iborat.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Maʻnaviyat_marafoni

📖Jo‘shqinlik va nafosat, beg‘ubor ona tuyg‘ulari, vafodor va jonfido yor, el va yurt mehrini dilga jo aylagan nozik qalblar uchun “Nafis majlislar” “Ma’naviyat marafoni” doirasida bo‘lib o‘tdi.

📋Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu tadbir Marg‘ilon shahar Hunarmandlar markazida tashkillandi.

🔖Tadbirga joziba bag‘ishlagan viloyatimizning go‘zal ijodkor ayol rahbarlari, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining iste’dodli o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

📕Mumtoz davraning mavzusi adabiyotimiz buyuk vakillari Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim va Jahon otin Uvaysiy ijodlari bilan hamohang bo‘ldi.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Кичкина катталар
Мартаба берганда феъл ҳам берса кенг,
Адлу мурувватдан қилмаса жудо.
Даргоҳи катталар бор бўлсин, лекин
Кичик катталардан асрасин худо.
Сен бирор эшикка бош уриб борсанг,
Юз бор ҳақ бўлсанг-да битмаса ишинг,
Билки, кўкси ичра қалб эмас, харсанг,
Кичкина каттадир учраган кишинг.
Сен олим бўлсангу ихтиро билан
Лол қилгудек бўлсанг агар дунёни,
Сенга йўл очгунча бир имзо билан
Кичкина каттанинг узилар жони.
Тадбиркор бўлсангу эл нафи учун
Бир тадбир ўйласанг, изласанг чора,
Улар топар албат ечилмас тугун,
Суягинг қолгунча қилар овора.
Аскар қасам ичар бўлмоққа фидо,
Табиб қасам ичар бахш этмоққа жон.
Кичкина катталар онт ичар аммо
«Фалон бўлай, сени қилмасам сарсон».
Чинор бўлсанг, улар кемиргувчи қурт,
Пўлат бўлсанг улар емиргувчи занг.
Эй тангрим, эл унмас, қад кўтармас юрт
Кичик катталарга инсоф бермасанг.
Ҳеч кимса бўлмаган дунёга устун,
Уқбога зар олиб кетмаган одам.
Каттаю кичикнинг бошида бор кун,
Келар, ахир кичик катталарга ҳам.
Мен шеър айтдим, холос, не ҳам қилай ман,
Не илож, изтироб жонга ўт қалар.
Фақат кўнглингизга имон тилайман,
Диёнат тилайман, кичик катталар.
Эркин Воҳидов, Ўзбекистон халқ шоири

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#amaliy_mashgʻulot

🤖Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi robotexnika fani oʻqituvchisi Majidxon Qo'chqorovning 8-A sinfida “Monipulyator” tushunchasi" mavzusida o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

🔖Oʻquvchilar dars davomida zamonaviy ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sanoat robotlari haqida tushunchaga ega bo'ldilar.

📋Robotlarning ishlab chiqilishi va joriy etilishi korxonalarga vazifalarni bajarishning yangi ilmiy-texnik darajasiga erishish, vazifalarni texnika va inson o'rtasida qayta taqsimlash, mahsuldorlikni oshirish imkonini beradi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#tarix

🔰Erkin Vohidovning GAZ-24 shaxsiy avtomobili

▶️Sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning o‘tgan asrning 70-yillarida milliy adabiyotimiz shovshuvli, eng chaqqonbop asarga aylangan “Muhabbatnoma” (1976) nomli she’riy to‘plami bir necha bor qayta nashr etilgan va yuz minglab kitobxonlar orasida qo‘lma qo‘l bo‘lib mutolaa qilingan.

🚘Ushbu kitob uchun berilgan qalam haqqi evaziga shoirimiz GAZ-24 rusumli avtoulovni xarid qilgan edi.

📖Mazkur avtoulov uzoqni yaqin, og‘irni yengil qilish barobarida qanchadan-qancha buyuk asarlar, tarjimalar yaratilishida “Tirik guvoh” bo‘lgan.

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari

📁Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida

📋1-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo'lib o'tdi.

🔖Ushbu imtihonda o'quvchilar belgilangan vaqt mobaynida ona tili va adabiyot fanidan 20 ta savoldan iborat nazorat testlari bajarildi.

📕Imtihonlar belgilangan vaqtda boshlandi. Jarayon sifatli va shaffof tarzda o'tdi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Yosh_kitobxon_tanlovi_2023

📁Farg'ona shahridagi 5-o'rta ta'lim maktabida Mahalla yoshlari o'rtasida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

📋Unda 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida o'zaro 1 ta shart asosida bellashdilar.

🔖Murosasiz kechgan bahslar mobaynida 10-14 yosh toifasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi Dilfuza Baxtiyorova g'oliblikni qo'lga kiritib Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona shahar bo'limi tomonidan hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

💐O‘quvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#ijodiy_monitoring

📖Oʻzbek she’riyat bogʻi nihoyatda koʻrkam, uning tarovati oʻzgacha, cheku chegarasi yoʻq. Bu bogʻda tomiri er qa’riga uzoq ketgan ming yillik chinorlardan tortib, endigina boʻy choʻzgan nihollarni ham koʻrish mumkin.

📋Shoir – isteʼdod egasi, shoir – soʻz va tafakkur odami, shoir – iztirobli, dardmand inson, shoir – el-yurt quvonchiga sherik odam. Tabiiyki, shoir zotining tabiati, taʼrif va tavsifi xususida bunday fikr-mulohazalarni davom ettiraverish mumkin.

📁Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining ijodiy salohiyatlarini sinash maqsadida ijodiy monitoring imtihoni olindi.

📌Turli mavzularda nasriy, nazmiy, tarjima asarlar yaralmoqda...

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#kun_hikmati

✔️ O'qimaydigan millatni aldash oson kechadi.

✍️ Che Gevara

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#OAV_biz_haqimizda

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish" dasturi yo'lga qo'yilgan.
#informatsion_dastur

Shu munosabat bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10 nafar o'quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bo'layotgan jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Bolalar_adabiyot

✍️🎙Saidjonova Nodirabegim
📝 Qovun

⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
9 - "A" sinf o'quvchis
i

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

DIQQAT E’LON!!!
🔰IJODIY ONLINE SUHBAT

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Turnasaf sheʼr haqida bilasizmi?

Bugun koʻplab talablarga koʻra online suhbatimizda bolalar sheʼriyati uchun juda muhim boʻlgan shakl masalasida fikr yuritamiz. Ijodkorga oʻzingizni qiziqtirgan savollaringizni hozirlab turavering!

Maroqli va foydali suhbatga marhamat!


❇️Uchrashuv mehmoni:

✅ Qobiljon Shermatov

📋 Mavzu: "Bolalar sheʼriyatida shakl masalasi"

📆 12-noyabr, 2023-yil

⏰ 20:00

Suhbat manzili:
/channel/erkinvohidovmaktabi?livestream=0037125f2b15e3451d

@ShermatovQobiljon

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
#IELTS

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ingliz tili o‘qituvchilari Xalqaro darajadagi imtihonlardan yuqori natijalarni qayd etmoqda…

Jumladan:

✅ Feruzbek Hamidov C1,

✅ Jahongir Boydadayev C1 darajasidagi sertifikatga ega bo‘ldilar.

💐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan ustozlarimizni ushbu natija va yutuqlar bilan tabriklaymiz!!!


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan turli sohalarda amalga oshirayotgan hamkorlik munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Ayni damda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning davlatimiz rahbari bilan o‘tgan uchrashuvlari chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Jahon hamjamiyatining nufuzli davlatlaridan biri bo‘lgan Italiya bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarga qo‘l qo‘yildi. Ular orasida ta’lim va fan sohalari ham borligi juda quvonarli.

Aytish joizki, bugungi kunda Italiya davlati bilan ta’lim sohasida bir nechta loiyihalar amalga oshirilgan. Xususan vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Italiyaning “Global Action” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda 2022-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Diplomacy Education» (Diplomatik ta’lim) dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur doirasida saralab olingan 9–10-sinf o‘quvchilari 2022-yilning may oyida Italiyaga safar qildilar. Safar chog‘ida ushbu mamlakatning siyosati bilan tanishish barobarida, mamlakat yoshlari bilan turli mavzularda fikr almashdilar. Bundan tashqari o‘quvchilarimiz Italiyada o‘tkazilgan turli tanlovlarda ham qatnashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xususan, joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabining 12 nafar o‘quvchisi Pezaro shahrida tashkil etilgan Sun of Italy festivalida ishtirok etib, bir nechta yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Italiya Respublikasi Ta’lim va e’tiroflash vazirligi o‘rtasida maktab ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumi ta’lim sohasidagi ushbu munosabatlarni yanada yuqori va yangi bosqichga olib chiqishga imkon bermoqda.

Xususan, imzolangan hujjatga asosan endilikda O‘zbekistonning umumta’lim maktablarida italyan tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, imkoniyati cheklangan bolajonlarimiz uchun surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha milliy malakali mutaxassislarni jalb etish, ularning metodlaridan foydalanish, Brayl alifbosida darsliklarni nashr etish tizimi takomillashtiriladi.

Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tgan muzokaralar nafaqat fan va ta’lim balki davlatimizning boshqa strategik yo‘nalishlarida ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻzbegim_time

✍️ Kamola Ma'rufova - Yurtim
🔰 10- "A" sinf

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#harbiy_vatanparvarlik

📁Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida turli xil yo‘nalishlarda yetishib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom muhitda tarbiya qilish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi.

🔖Tadbirda Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va yoshlar ishtirok etdi.

📋Musobaqada arqon tortish, quroldan o‘q otish, tosh ko‘tarish, kamondan o‘q otish, quvnoq startlar, armrestling sport musobaqalari o‘tkazildi.

🥇Shuningdek, musobaqa ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha maktab rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Jumladan, “Eng yaxshi sport jamoasi”, “Eng yaxshi o‘q otar”, “Eng yaxshi kamondan o‘q otar” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va “Parvoz” tadbirida ma’muriyatning diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Энг аввалги сўз
Холиқи оламнинг Бўл деган сўзидан борлиқ яралган, инсон бунёдга келган.
Одамзод тилга кириб у айтган биринчи сўз нима эди? Бу саволга жавоб ҳеч бир китобда йўқ. Олимлар, инсониятнинг илк сўзлари товушга тақлидан пайдо бўлган, дейдилар. Дарҳақиқат, қадимги аждодларимиз тоғдан шовиллаб тушган сувни шовва, шар-шар тўкилганини шаршара деган. Қушларнинг чурқ-чурқ қилгани чумчуқ, лак-лак қилгани лайлак (аслида лаклак) қағиллагани қарға бўлган. Ғоз, читтак, чуғурчуқ, чағалай, олашақшақ, какку, ғулғул товуқ (курка), жиблажибон... саноқни давом эттириш мумкин. Лекин қуш номлари ичида энг гўзали бул-бул дея ёқимли сайраган булбулдир.
Инсон бора-бора ўзи ясаган буюмларга ҳам шу тарзда ном берган. Тўқиллаб урилгани тўқмоқ, туёқ остида тақиллагани тақа, зангиллаган қўнғироқ занг аталган. Энг муҳим ҳабарлар элга ноғора чалиб етказилган. Данғиллаган бу садо ҳам сўзга айланди. Кимнинг номи элга ноғора бўлса, у данғ чиқарди. Тилимиз майинлашиб боринғ, келинғ ўрнига боринг, келинг дейдиган бўлдик ва данғ ҳам донг билан алмашди. Биз бугун шуҳратли одамни донгдор деймиз, донг таратган деймиз. Лекин эл ичида донг чиқарган уй данғиллама бўлиб аслича қолди. Қирғиз тилида ҳам бу сўз данғ деб айтилади. Лекин маъно товланишида озгина фарқ бор. Шон-шараф, олқиш мазмунида қўлланади. Қирғиз кўчаларида Эмгекка данғ, Эл-журтқа данғ каби шиорларни кўрасиз. Яшасин меҳнат, яшасин эл-юрт дегани. Буларнинг бари ўша ноғора садосидан туғилган сўзлар.
Юртимизда юз минг йил муқаддам яшаган неандертал одамнинг тарих музейимиздаги қиёфасига қараб яна ўзимга савол бераман. Расмана инсонга айланмаган бу ибтидоий онг эгасининг биринчи сўзи нима эди? Хаёлимга келган жавоб шу бўлди: у тошни тошга уриб чақ этган товушни эшитгану чақ дея овоз чиқариб ўзининг биринчи сўзини айтган. Тошни тошга чаққан, кейинроқ тош билан данак чаққан, ёнғок чаққан, боласига ҳам чақ! деб буюрган.
Бора-бора тошдан ўт чиқариб уни ҳам чақ деди. Кўкда чақ этиб ёнган олов ҳам чақ бўлди. Кейинчалик чақмоқ, чақин, чақмоқтош сўзлари пайдо бўлди.
Тош бир-бирига урилганда учган ери чақа. Тошга қоқилганнинг оёқ бармоғи чақа. Кўп гапирганнинг тили чақа.
Тош майдалаб чақа деган инсон учун ҳамма майда нарсалар чақа бўлди. Пул майдалаб чақа деди. Майда боласини бола-чақа деди. Энг майдаси чақалоқ бўлди.
Тараққиёт инсонга ақл ва заковат берди. Заковатли инсон тош чақишни қўйиб гап чақишга ўтди. Тошдан учқун чиқарган бўлса, гапдан ўт чикарди. Гап чақиб ўз қардошининг уйини куйдирди.
Гап чақувчининг оти ҳам чақдан узоқ кетмади. Уни чақимчи, чақмачақар дедилар. Чақимчининг ниши илоннинг тишидан оғриқли ва хатарли. Ари, илону чаённинг наштар уришини ҳам бесабаб чақиш демаганлар. Демак, чақимчи билан газанданинг ҳунари бир.
Чақмачақарнинг ҳам катта-кичиги бўлар экан. Бировнинг гапини бировга айтса бу чақимчилик, инсоннинг гапини юқорига, подшоликка ёки ҳукуматга етказса чақув бўлади. Чақув олдида чақмачақарлик ҳолва бўлиб қолди. Чақимчиликдан бир инсонга озор етса, чақувдан юз мингларнинг ёстиғи қуриган.
Чақув давлат сиёсати даражасига етиб, чақувчи тенгсиз қудрат соҳиби бўлган замонларни кўрди жафокаш халқ. Бир имзосиз мактуб инсоннинг эмас, бутун бир авлоднинг, уруғ-аймоқнинг хонумонига ўт қўювчи гугурт бўлди. Инсон гугурт ёндиришни ҳам гугурт чақиш деди.
Одам боласининг бир ожизлиги бор. Биров ҳақида ортдан ёмон сўз айтиш гуноҳ эканини билади-ю, ўрганган одатини йўқотолмайди. Бировни сиртдан қоралаб роҳат қилади. Суҳбатнинг ширини ғийбат, дейдилар ҳазил қилиб. Лекин бу гапда ҳазилдан чин кўпроқ. Ғийбат ҳам чақув, бировни бировга эмас, бировни ҳаммага чақув демакдир. Биз бундай ширин суҳбатнинг номини чақчақлашув деймиз.
Башарият тош чақишдан сўз мағзини чақишгача бўлган масофани миллион йиллар ичида босиб ўтди. Биз ҳам сизлар билан чақ сўзининг аччиққина мағзини чақдик, чақ тўғрисида чақчақлашиб олдик.
Эркин Воҳидовнинг "Сўз латофати" китобидан

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

ERTAKCHI.

“Fidoyilik haqida rivoyat”
(Erkin VOHIDOV. “Ruhlar isyoni” dostonidan)

Ijodiy jamoa:
Hojiakbar Nurmuhammedov
Elbek Hamdamov
Asilbek Umarov

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#zukko_kitobxon

Kitobxonlar birlashgan tanlov!

“Zukko kitobxon” koʻrik-tanlovi haqida deyarli yosh-u qari xabardor boʻldi.

Har oyda bir marotaba tanlov asosida saralanib, viloyatda jamoa sifatida ishtirok etish imkoniyatini beradigan tanlovimizning bugungi kunda ixlosmandlari talaygina.

Fargʻona davlat universiteti “Book cafe” sida “Zukko kitobxonning navbatdagi bahslari ayni damda oʻtkazilmoqda.

Turli yosh toifasidagi kitobxonlar bir yerda jam boʻlgan.

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#CHSB_imtihonlari

🗺Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda Ijod maktablarida ChSB (choraklik summativ baholash) jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

📝Imtihonlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan nazoratchilar ishtirokida boʻlib oʻtmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#CHSB
#Test

📁Erkin Vohidov ijod maktabida 2023-2024-o'quv yili hisobidan dastlabki ichki monitoring sinovlari tashkil qilindi.

📖Joriy o'quv yilining 1-choragida o'rganilishi reja qilingan mavzular qamrab olingan mazkur sinovda bilish, qo'llash hamda mulohazaga doir test topshiriqlari o'quvchilarning yoshiga monand tarzda tuzilgan.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

✅ Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida hududdagi maktablar sharoiti bilan yaqindan tanishish uchun kutilmaganda Qarshi tumani markazi — Beshkent shahrida joylashgan 12-maktabga bordilar.

Bu yerda maktab infratuzilmasi, o‘quvchilarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan bevosita suhbatlashdilar. Maktab pedagoglari bilan muloqot jarayonida sifatli ta'limni tashkil etish uchun yana qanday imkoniyat va sharoitlar zarurligi bilan qiziqdilar.

Shuningdek, ta'limga juda katta e'tibor berish lozimligi, bilimli va sog‘lom bolalargina kelajakda qoqilmay, o‘z yo‘lini topa olishini alohida ta'kidlab o‘tdilar.

Maktab jamoasi ushbu suhbatdan katta taassurotlar olib, mamlakatimizdagi maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘ylantirayotgan boshqa ko‘plab muammo va masalalar Davlatimiz rahbarining shaxsan diqqat markazida ekanligidan xursand bo‘lishdi.

Ta'limga bo‘lgan bunday yuksak e'tibor, albatta o‘qituvchilarimizni ruhlantirib, ishlashga yangi ishtiyoq bag‘ishlashi shubhasiz.

Aytish lozimki, hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1 280 ta maktabda qariyb 680 ming nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng viloyat maktablaridagi mavjud shart-sharoitlarni atroflicha o‘rganish maqsadida maktablar rahbarlari bilan uchrashdim.

Qarshi shahridagi 4-, 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ko‘zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilimlarni egallashga tashna yoshlarni ko‘rib xursand bo‘ldim.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi o‘quvchilarining qo‘shimcha til o‘rganishga doir takliflari meni ayniqsa quvontirdi.
O‘quvchilarning bilimga va kasb egallashga chanqoqligi, albatta biz soha mas'ullarini yanada ko‘proq izlanishga, harakat qilishga undaydi.

Biz xalqimiz farzandlarining baxtu kamoli, yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida mehnat qilishdan doimo xursandmiz.

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#amaliy_mashgʻulot

📝Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Biologiya fani oʻqituvchisi Muhabbat Umarova

📖7-A sinfida " Oʻsimlik toʻqimasidan vaqtinchalik mikropreparat tayyorlash " mavzusida o'quv amaliyotio'tkazildi.

🔖Oʻquvchilar dars davomida piyoz poʻsti hujayralari va barg eti hujayralaridan mikropreparat tayyorladilar. Dars jarayoni qizg'in amaliy olib borildi, dars davomida oʻsimlik hujayrasi modeli yaratishni amaliy tarzda o'rganib oldilar.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

FARG`ONA_24____23.10.2023_ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA O`ZBEK TILI BAYRAMI KUNI KENG NISHONLANDI

Читать полностью…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

#Ofarin

Bugun «Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari», soddaroq qilib aytganda, «Yoshlar Forumi»ni bizning yoshlar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning «Inson qasidasi»ni uch tilda aytishib, boshlab berdi! Barakalla!

Muhammadali G'afforov (O'zbek tilida)
Nilufar Ergasheva (Ingliz tilida)
Sofiya Suxova (Rus tilida)

Читать полностью…
Подписаться на канал