#Oʻzbegim_jurnali
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkillangan “OʻZBEGIM” jurnalining 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” ga bag‘ishlangan 2023-yil 21-oktabr kungi №2-soni mutolaa uchun havola etilmoqda.
NASHRNING OKTABR SONIDA:
➡️ FAXR;
➡️ SUHBAT;
➡️ TADQIQOT;
➡️ YOSH TARJIMON;
➡️ NASR;
➡️ NAZM;
➡️YOSH TARJIMON;
➡️ILDIZ;
➡️TURKIYLAR;
kabi dolzarb va qiziqarli maqolalarni hamda ijodiy namunalarni oʻqishingiz mumkin.
📖Ushbu jurnalimizni electron variantini taqdim etamiz, bizning ijodimizdan siz ham boxabar bo‘ling va albatta bizga qo‘shiling.
✅Bu sonimizdagi ijodiy namunalar siz azizlarni beparvo qoldirmasligi shubhasiz!
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Tadbir yakunida bayram munosabati bilan ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Читать полностью…#Oʻquvchi_almashish_dasturi
Xabar berganimizdek Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻrtasida tajriba va bilim almashish maqsadida "Oʻquvchi almashish dasturi" yoʻlga qoʻyilgan.
Shu munosabat bilan oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida joriy yilning 17-oktabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "O'rda" ekologik bog'iga sayohat tashkil etildi.
O'quvchilarda sayohat yaxshi taassurot qoldirdi.
#Qadring_baland_boʻlsin_ona_tilim
"Ko‘ksingga buyuk deb yozgandi otang!"
✍ Nilufar Ergasheva
OʻzMU oʻzbek filologiyasi 1-bosqich talabasi
P,S: 9-sinfda yozgan sheʼriy mashqim
Bugun oʻsha yozganlarim oʻzimga maʼsuliyat yuklayapti. Orzulari chegara bilmas qizaloq sifatida yozgan ekanman shu sheʼrni ham...
@Nilufar_Ergasheva
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.
Shu munosabat bilan 16-oktabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 10 nafar o'quvchilari Jizzax shahridaga Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda dars jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.
Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube
@ikki_qalb_izdoshlari
Yuqoridagi audioni tinglang hamda metonimiya asosida maʼno koʻchishiga misollar toping.
Читать полностью…#Oʻzbegim_jurnali
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkillangan “OʻZBEGIM ”jurnalining 2023-yil 1-oktabr kungi №1-soni mutolaa uchun havola etilmoqda.
NASHRNING OKTABR SONIDA:
➡️ SUHBAT;
➡️ NASR;
➡️ NAZM;
➡️ YOSH KITOBXON;
➡️ ZOMIN KUNDALIGI;
➡️ PSIXOLOG;
➡️GEOSIYOSAT;
➡️ YOSH TARJIMON;
kabi dolzarb va qiziqarli maqolalarni hamda ijodiy namunalarni oʻqishingiz mumkin.
📖Ushbu jurnalimizni electron variantini taqdim etamiz, bizning ijodimizdan siz ham boxabar bo‘ling va albatta bizga qo‘shiling.
✅Bu sonimizdagi ijodiy namunalar siz azizlarni beparvo qoldirmasligi shubhasiz!
📌HA YANA BIR GAP, JURNALDA KO'RSATILGAN QR ORQALI MUALLIFNING IJODINI AUDIO FORMATDA HAM TINGLASHINGIZ MUMKIN.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Premyera
🔰Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqovaning she'rlari asosida yaratilgan ajoyib qo'shiq
📑G'oya muallifi: O'ktamxon Soliyeva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyi
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Xotira_kechasi
#Fargona_shahar
📑Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Umr yaxshillika safar boʻlsaydi” nomli xotira kechasi bo'lib o'tdi.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#xotira
📑Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Umr yaxshillika safar boʻlsaydi” nomli xotira kechasidan foto lavhalar
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#OAV
#Markaziy_studiya
"Is'hoqxon Ibrat kabi ustozlarimiz ham 7 tilni bilgan, lekin oʻz oʻrnida ona tilisini ham oʻganmay qolmagan. Oʻzbek tili bu bizning milliy gʻururimiz. Oʻzbek tilini bilmagan yosh esa shu jihatdan milliy gʻururini yoʻqotayotgan insonga aylanib boradi."
@Nilufar_Ergasheva
#ona\_tilim\_faxrim
#bayramona\_tadbir
O'ZBEK TILI - MILLIY O'ZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar Marg‘ilon shahar hokimi maslahatchisi Ulug‘bek Mahmudov, filologiya fanlari nomzodi, professor Muhammadjon Hakimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari tadbirga o'zgacha fayz kiritdilar.
Tadbir avvalida Filologiya fanlari doktori, professor M.Hakimov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonovlar o‘zlarining bayramona nutqlarini tadbir ishtirokchilariga izhor etdilar.
Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlari, Margʻilon shahar 8-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o'quvchilarining ijodiy ijrolari namoyish etildi.
Tadbir yakunida bayram munosabati bilan ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari, ijod maktabi jamoasi mehmonlar tomonidan alohida e'tirof etilib, ular diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tadbir yakunida maktab direktori Nigoraxon Mannopova tashrif buyurgan mehmonlarga, ishtirok etgan adabiyotshunoslarga maktab nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
#ona_tilim_faxrim
O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!
🔰O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan
🏢 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchilari
TURKIY TILIM
Zang bosgan zabondan kalimam
Bog’zimda emaklab yastanar.
Dimog’ga tiralar so’zlarim
Mudrangan shahdlarim qasdlanar.
Shahd ne?
U g’alvirli hislarmi?
Yo balkim, sollanish vaslingdan.
Madhingni ko’klardan alqovchi
Bormu ayt turkiylar naslida?
Falakdan tommagan kechmishing,
Kaloming zamindan unmagan.
Kiboriy kimhoblar yarashmas
O’zingdan yuzingni burmagin.
Muhsina Abdullayeva,
Erkin Vohidov ijod maktabi
8-“A” sinf o’quvchisi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#muzey_boʻylab
🔖Xabaringiz bor, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.
✔️Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-“A”sinf o‘quvchilari va Jizzax shahridaga Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun Erkin Vohidov memorial muzeyiga sayohat uyushtirildi.
📖Sayohat chog'ida o‘quvchilar muzey bo'limlari va ustoz Erkin Vohidovning hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ko‘rgazmalar bilan tanishib, uning boy ma'naviy hayoti va tarixiy ahamiyatini aks ettirgan rasmlardan bahramand bo'ldilar.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Yashil_makon
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.
Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan kelajakka bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.
Erkin Vohidov
#ona_tilim_faxrim
#oʻzbek_tilim_34_yil
📁Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag‘ishlangan, “Ona tilim – faxrim” shiori ostida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.
📖Bellashuvda o‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozish savodxonligi ko‘nikmalari bo‘yicha o‘quvchilar bilimi ko‘rikdan o‘tkazildi.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.
📖Shu munosabat bilan 16-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10 nafar o'quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda…
🔖Dars jarayonlaridan so‘ng, o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ijod maktabi psixologi Mahmudjon Akbarov moslashuv trening mashg'ulotini o‘tkazdi.
📋Mashg'ulot nazariy ma’lumotlar amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkillangan “OʻZBEGIM ”jurnalining 2023-yil 1-oktabr kungi №1-soni nashrdan chiqdi.
Читать полностью…Fargʻona davlat universiteti filologiya fakultetida Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 69 yilligi munosabati bilan "Enaxon Siddiqova ijodining maʻnaviy-maʻrifiy ahamiyati" mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Ushbu seminar Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi viloyat boʻlimi, Fargʻona davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Seminar davomida Filologiya fanlari doktori Yoʻldoshxoʻja Solijonov, FarDU prorektori Zokirjon Rahimov, Filologiya fanlari doktori Siddiq Moʻmin, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Botirjon Ergashev, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir,Yahyo Togʻa, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar ustoz Enaxon Siddiqovaning ijodi, adabiyotga qo‘shgan hissasi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Xotira_kechasi
Jarayonlardan fotolavhalar!
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#jarayonlardan
📑Enaxon Siddiqova tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Farg'ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Umr yaxshillika safar boʻlsaydi” mavzusida Viloyat axborot kutubxona markazi tomonidan ko'rgazma tashkil etildi
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
UMR YAXSHILLIKA SAFAR BOʻLSAYDI
Soʻz orqali odamning oʻzini koʻrish mumkin, deydi. Asl sheʼr orqali esa oʻzga bir olamdan — tasavvur dunyosining kengliklaridan koʻngilga javohir tuygʻular ifori toʻkiladiki... u aziz bir neʼmatga aylanadi. Soʻz egasi — shoir qadr topib eʼzozlanadi. Oraliq masofa kechinmalari — bosib oʻtilgan yoʻl va unda yashashning oddiy kunlari muhrlangan lahzalar oʻquvchini – tomoshabinni hayajonga soladi, solaveradi.
Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Umr yaxshillika safar boʻlsaydi” nomli xotira kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbir oldidan mehmonlar ustoz qabrini ziyorat qilib, ruhi poklariga Qurʻon tilovat qildilar.
Tadbirda Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, Respublika maʻnaviyat va maʻrifat markazi viloyat boshqarmasi rahbari Maʻsudjon Sulaymonov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Botirjon Ergashev, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir,Yahyo Togʻa, Munavvara Usmonova, Maʻmura Zohidova, Qutlibeka Rahimboyeva, Hulkar Hamroyeva, Alisher Boymurodov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzolari, harbiy xizmatchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida viloyat teatr va konsert saroyi jamoasi tomonidan dillarga yaqin ustozning ijodidan bastalangan goʻzal qoʻshiqlari, sahna koʻrinishlari, ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyishi barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Tadbirda ustoz Enaxon Siddiqova bilan hamnafas boʻlgan, birga faoliyat olib borgan yaqinlari tomonidan uning hayoti, faoliyati, ijodining oʻziga xosligi haqida batafsil soʻz yuritildi.
Xotira kechasiga toʻplangan katta-yu kichik oʻzgacha, yorugʻ taassurot, qalblarda shoiraning oʻlmas satrlari aks-sado berib qatnashdilar.
#imtihon_2023
#ijod_maktablari
🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Ijod maktablarining 3-bosqich imtihonlari 30-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.
✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqa, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqa vaqt ajratiladi.
⏳ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.
📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✅Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
❌Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube