#YANGI
KELISHUV
Sevgi –
bunga kelishmagandik,
Ko'zlariga qaray oldim tik!
Uni ko'p o'ylayapman
biroz ertalab,
biroz tush vaqti,
biroz kechqurun!
bu hol haqda o'ylamo'vdim
uch-to'rt kun burun.
Tarmoqdagi sahifasining
tarixiga nima qo'ydi deb
har lahzada ko'rishga majbur
bo'lib qoldim kutilmaganda
hamda menga faqat suratlar
bo'lib qoldi taskin va hamdard!
Kun bo'yi yodimda men bilan yurib,
Yurakka tig' sanchar har lahza qasddan.
Uni o'ylamayman deya uxlasam,
tushimga kiradi eshik qoqmasdan!
Uyg'onib ketaman kechalar,
afsus
yonimda hech kim yo'q.
Zulmat bag'rida
uzoq o'tiraman dardla yuzma-yuz,
bu hol faqat uchrar oshiq ahlida!
Sevgi – erkka qo'ya olar chek,
Yurak turmas biron lahza tek,
Bek bo'lmaysan,
tushundingmi,
bek!
Ko'zlariga qaray oldim tik,
Do'st bo'lishga kelishgandik, lek,
Sevgi –
bunga kelishmagandik...
06.05.2024
© EH
@EHojimuhammad
#Osuda_Tun
Go'zalim sen bilan o'tgan,
Go'zal kunlarni sog'indim.
Bizni o'z qariga olgan,
Uzun tunlarni sog'indim...
Muhabbatga to'liq erdi,
O'shal kunlar, o'shal kunlar.
Dilorom, dilrabo erdi,
Shirin erdi, asal tunlar...
P/s) Yana bir shedevr! Dadaxon Xasan she'ri va Musiqasi. Ramizbek akam ijrosida!
Shunchaki eshitmang. So'zi va musiqasiga ham e'tibor berib eshiting...
Yurakka yetib bormasa hisobmas!
@EHojimuhammad
#Sevimli
Boqishlaring buncha balodur?
Turkistonga g'avg'o solodur.
Sho'x ko'zlaring ofatijondur,
Qarab-qarab jonim olodur...
Nahot meni tashlab ketarsan,
Ko'zlarimni yoshlab ketarsan?
Bu dunyoni qorong'u aylab,
Shodligimni boshlab ketarsan...
P/s) Sho'x ko'zlaring ofatijondur...degan misraning ofatijondur degan so'zini cho'zib nola qilishida maza qivoramanda:)
Bu qo'shiq ham Dadaxon Xasan musiqasi va she'ri! Shogirlari Ramizbek akam ijrosida.
Bir maza qilinglar...☺️😊
@EHojimuhammad
#Sevimli
Hamon esimda o'shal firoqlaring,
O'shal jabru jafolaring qiynoqlaring,
O'shal shirin shakar lab, dudoqlaring,
Ishvalaring o'sha-o'sha,
Jilvalaring o'sha...😌
P/s) O'zimcha qo'shiqni shunday tushunaman:
Yillar o'tib ajralib ketgan ikki oshiq keksayib qolgan vaqtda ko'rishib qolishadi va oshiqning ko'zlari bir vaqtlar sevgan qizini hali ham o'shanday yosh va go'zal holatda ko'radi. Menincha oshiq nomidan shu holat kuylangan bo'lsa kerak, tag'in bilmadim.
Bu qo'shiq ham ustoz Dadaxon Xasan she'ri va musiqasi:) Bir maza qilaylik...
Shu hafta ustozni ko'rgani boraman...😊
@EHojimuhammad
#Esdalik
Kecha «Laylo» ni e'lon qilgan edim, bugun sizlar uchun yana bir arxivimdan parchani e'lon qilaman (2019-yil to'ydan edi adashmasam)...☺️
Ustoz Dadaxon Xasanovdan yana bir qo'shiq ijrosi!
She'rlarni telefonga qarab aytmaganimdek qo'shiqni ham jonli aytganman doim!
Skripka va rubobga maza qilgandim, ustozlar zo'r chalib berishgan edi-da...😊
Sen o'zing ekansan vafoli do'stim,
Vatan yagonasan dilimda doim...
© Muhammad Yusuf ☺️😊
Ustoz Dadaxon Xasanovning umrlari uzoq bo'lsin! Qo'shiqchilik tariximizdagi qahramon men uchun!
Ustozning qaysi qo'shiqlari sizga yoqadi?!
@EHojimuhammad
#YANGI
AZIZAM
Ne sabab bunchalar
ma'yus,
horg'insan
Ikkimiz uchrashgan vaqtda azizam?
Kimnidir sog'insang,
u ham sog'insa
bu ham bir kichkina baxtda, azizam!
Men senga intilib,
yetolmagan on,
So'z aytgim keladi turmas kurakda.
Sevgan-ku mayliga, sevilgan inson,
Yurakda yashaydi,
faqat yurakda!
Sevgini o'zicha kashf etar ellar,
Ro'yo aylanadi ba'zida chinga.
Aytgancha, gohida aylangim kelar,
Sochlaringni quchgan to'g'nog'ichingga.
Farishtayuzligim,
gullardan ulgim,
Sen yo'q dunyolarni gulga bezamam.
Seningsiz ortiq jon kerakmas,
chunki
Men seni jonimdan ortiq sevaman!
Negadir ortmoqda dildagi g'ussam,
Yo'lingga tutashsin yo'lim, azizam!
Sen bor kunlarimda hayot mujassam,
Sen yo'q kunlar misli o'lim, azizam!
04.05.2024 15:30
© EH
@EHojimuhammad
#Esdalik
Senga yolg'iz saqlaganim
qalbimni ochay Laylo...
2019-yil! 😊
Bekoboddagi to'ydan parcha, o'zim aytyapman jonli ijroda...😊
Skripkachi ustozimiz zo'r chalardilarda...🙃
Jonli-jonli aytib tashlardim, o'sha paytlar...
O'lay agar Layloni kimligini tanimayman, lek baqir-chaqirni qara😁
P/s) Rauf Parfi she'ri
@EHojimuhammad
#Shunchakimas
Qarshingda ikkita yo'l tursa: biri kitob mutolaasi, ikkinchisi esa men bilan suxbat.
Sen ikkinchisini tanla. Men senga o'sha kitobni so'zlab beraman)
© 🍂🍂🍂
@EHojimuhammad
#YANGI
У ҲАҚИДА БАЛЛАДА
– Олмонияга кетаман, деди,
Рўмолининг бир четин тишлаб.
Юрак тўхтаб пушаймон еди,
Шундан бери кетмади ишлаб!
Деди: – Ҳайне билан бир хилсиз,
Хурсанд бўлдим, шоирман, бу бахт!
У Европа сари интилса,
Мен ватанга интилдим фақат!
У бўлмади мен учун Лайли,
Мажнунликка ярамаганман.
Қўлларидан ушлаш-ку майли,
Кўзларига қарамаганман!
Мени буткул қолдириб ғамда,
Кетган куни кўздан кетди нур.
Инглизчани мукаммал, ҳамда,
Немисчани биларди қурғур!
Юрт кезмайман кетсам ҳам бойиб,
Юрт ишқи бор, сабаб шундадир!
Лек у қайда бўлса ҳам доим,
Билдим, кўнглим унда, ундадир!
Олмониядан туриб ойда бир,
«Ich liebe dich» деб ёзиб турса
Осмонларга учиб, кезиб қир,
Мен яшардим ватанда хурсанд!
08.08.2023 23:45
✍ ЭҲ
@EHojimuhammad
#Sevimli
"Яна бу шаҳарда юзма-юз келдик,
Наилож, бошқа бир шаҳаримиз йўқ.
Балки биз бахтиёр бўла олардик,
Эҳтимол, бахтлимиз, хабаримиз йўқ..."
© Рамиз Равшан
@EHojimuhammad
#Diqqat
Намангандаги "Янги Ўзбекистон-ёшлар зиё маскани" ахборот кутубхонасида «Фотиҳа»нинг тақдимоти бӯлиб ӯтади!
Таклиф тушди!
Кимлар келади..?😊
Yana bitta shunaqa shedevr qo'shiq e'lon qilaymi:)
Hech qayerda deyarli e'lon qilinmaganlaridan☺️
#Sevimli
Nahot endi ketding deb yuragim fig'on qilgay,
Taralsa bir yor-yor Andijon tomonlarda...
© Mirzo Kenjabek she'ri
🗣 Dadaxon Xasan musiqasi
P/s) Ijroni Dadaxon Xasanovning shogirdi Ramizbek Abdurahmonov kuylamoqda.
Eng yaxshi ko'rgan qo'shiqlarimdan biri. She'rni to'lliq variantini topib o'qib ko'ring. Judayam ta'sirli...
@EHojimuhammad
#Iqrornoma
Umrimda bir marta, bir dona sigaret chekkanman, hammasini tan olaman!
Dadam Moskvadan kelar chog'ida o'zi bilan qimmat sigaret olib kelgan edi. Kechagidek esimda. Men adashmasam 8-9 yosh edim. Uyda faqat dadam bor edi o'sha kuni...😐
Tush vaqti. Uxlayotgan edilar. Televizorning ustida turgan do'stlari uchun ajratib qo'yilgan sigaretalar ichidan yangisini ochib gugurt bilan bitmagan uyimizning bir xonasiga kirib ketgan edim...😅
Kirdim va o't oldirdim. Ichimga tortyapman...😅
Ko'zimdan shunaqa yosh chiqyapti ko'rsangiz...😆
Voydod...
Sigaretni oxrigacha chekkan edim...😞🥹
Chekib bo'lgach bicho'gini (undan qolgan musurni) ko'mib tashlagandim qo'rqqanimdan dadam ko'rmasin deb...😆
Dadam uyg'onganidan keyin ochilgan qutini ko'rganmi yo'qmi bilmayman! So'ramagan edilarda qutining ochiqlik sababini.
O'sha sigaret chekishim birinchi va oxirgisi bo'lgan!
Lekin tan olaman hozir ham chekib turaman: Oh, fig'on, qayg'u, alam, dard, oyligim chiqqan vaqtda imzo, «Fotiha» kitobini so'rab kelganlar uchun dastxatdan keyin imzo...
Hozir ham chekaman...😊
Bu xona menga judayam tanish...
Mushukcha boshqa mavzu:)
Bobom va enamning suratlari...Eh
#Esdalik
Sendan kelar maktublar kutib,
Kerak emasligin angladim...
🎤 Dostonbek
✍ @EHojimuhammad
#Trendt
Men Barsachi bo'lsam sen Realchi bo'lma! Sen ham Barsachi bo'l..!😎
Birga ezilamiz...🥲
#Esdalik
Bugungi kun zo'r bo'ldi!
Germaniyalik do'stlarim Hanna va Max bilan adiblar xiyobonini aylandik!
Ertaga Myunhenga uchib ketishadi!
«Fotiha»dan bervordim...😊
#SHUNCHAKI
🌿Yolgʻizlikning yuki..
Suratdagi Germaniyalik ayol eri bilan bir futbol klubiga muhlislik qilardi.
Ularning birgalikdagi suratini futbol maydonidagi ko‘chma suratga olish kameralari o‘z tasmasiga muhrlagan.
Keyin ayolning eri olamdan o‘tdi.
Yana u futbol matchlarini ko‘rish uchun stadionga bordi. Bu safar yolg‘iz.
Kameralar ayolning g‘amgin suratlarini yana o‘z tasmalariga muhrlashdi.
Farqni esa ko‘rib turibsiz!
🐳 Dunyodagi eng katta jonzot ko‘k kit jufti olamdan o‘tganda-o‘zini qirg‘oqqa chiqarib tashlarkan.
🦅 Burgut esa jufti olamdan o‘tganidan so‘ng qorong‘u g‘orlarga kirib o‘lim soatlarini kuta boshlarkan.
P/s) Borussiya bugun g'alaba qozondi! Aslida nemis jamoalarini yaxshi ko'raman ammo mukkasidan ketib ko'rmasdim. Borussiya deganda xayolimga suratdagi voqea kelardi va bugun shu suratni eslab ko'rdim. Ajoyib natija bo'ldi! Kelasi o'yinlarda ham omad tilayman nemis mashinalarimga:)
@EHojimuhammad