#Osuda_Tun
Bormisan, yo'qmisan nima farqi bor
Seni so'ginaman muhimi shunda...❤️
✍ Usmon Azim
@EHojimuhammad
#Suhbatdan
-Эҳтиёт бўл...
-Қўрқмаслигимни биласанку!
-Сени ҳеч нарсадан қўрқмаслигинг мени қўрқитади...Эҳтиёт бўл ))
@EHojimuhammad
#DIL
SENGA
Alloh uchun egilar qaddi,
Alloh uchun men kimgadir zor.
Ko‘zlaringga boqqim keladi,
Ko‘zlaringda axir Xudo bor.
Xudo, desa og‘rimaydi tan,
Xudo, desang, dilda bo‘lmas oh.
– Mashalloh, deb menga qaraysan,
Men aytaman – Alhamdulillah!
Oshiqqa xos, telbavor jismim,
Isming aytsam, dilda yo‘q tikan.
Isming dilda,
lek, mening ismim,
Yuragingga yozilganmikan?!
Agar
Alloh tamon yuz bursak,
Yerda qolmas xitoblarimiz.
Qani,
bitta javonda tursa,
Bizning Qur'on kitoblarimiz...
Sevib qolgan,
dil,
vujud,
qaddim,
Sen bandadan kimni sevding yor?!
Yuragingdan joy ololsaydim,
Yuragingda axir Xudo bor!
✍️ EH
@EHojimuhammad
#Ha
Nihoyat tuyg'ularimiz tenglashdi, endi menga seniyam qizig'ing yo'q...
@Tungaboqar
Oxirgi payt shu yerga rosa serqatnov bo'lib qoldim! Shu yerni magistranti bo'lib ketsama)
Читать полностью…#He
G’urur bu - (masalan) Sen kanalimdan chiqib ketasan-u, unda yozilganini har kuni o’qiysan...
@EHojimuhammad
#Parcha
Netayin, yodimga tushasan, goh-goh,
Gohida yodimdan ketmaysan xolos...
Xurshid Abdurashid
@EHojimuhammad
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Chorshanba kuni ko'rishamiz!
Mehmonlardan birini oshkor qilaman!
Katta adabiyotshunos olim, turkiy tillar bilimdoni Abdumurod Tilovov...
Nasib qilsa tez orada oshkor qilishimiz davom etadi!
Kimlar kiradi biz bilan uchrashuvga)
#Dilga_Yaqin_Loyihasi
Кетолмайсан тўртта ҳарф билан,
Хайр дема, хайрингни берсин..!
✍ Зарнигор АБДУОЛИМОВА
🎤 @EHojimuhammad
🎥 @Asliddin_Xoja
#Parcha
Сени соғинмаган одамни соғинишданда баттарроқ адолатсизлик йўқ.
Бу жавобсиз муҳаббатдан ҳам ёмонроқ.
Юз карра ёмонроқ.
''Тармоқдаги ёлғизлик''...
© Януш Вишневский
@EHojimuhammad
Turk tilida kitoblar qayerda sotiladi?!
Va shunaqa kitoblar sotadigan do'konlar qayerda bor?! Yozib yuboringlar!
#EH
Namoz qazosini o‘qisa bo‘lar,
O‘qib bo‘lmas diydor qazolarini...
© Matnazar ABDULHAKIM
@EHojimuhammad
#Uylanganlarga_Savol
Ertalab ishga yoki o'qishga ovqatlanib ketish boshqacha bo'lsa keraga?!
© EH bo'ydoq)
@EHojimuhammad
#Shunchakimas
Фалакка чиқди афғоним,
Соғиндим мен, соғиндингму?!...
🎤 Гулбаҳор Эрқулова
@EHojimuhammad
Qachonki bir-birimizning muvaffaqiyatlarimizga quvonishni, bir birimizga og‘ir kunlarimizda hamdard bo‘lishni o‘rgansakgina yana buyuk bo‘lamiz, bo‘lmasa yo‘q.
Читать полностью…#He
Kecha kerak bo'lding ,
Bolalik chog'im !
Senga qo'l uzatdim ,
Yo'q,
Yetolmadim .
Oshkora g'irromlik qildi
O'rtog'im,
Men: Bor o‘ynamayman
Deb ketolmadim...
© Erkin Vohidov
@EHojimuhammad
Turkiston san'at saroyida bo'lib o'tadigan kansertda ko'rishamiz! (Bu menikimas, lekin mening ham chiqishim bor)
Читать полностью…OTABEK NOLASI
Marg'ilonda yog'ayapti qor,
u yerlarda qolmagan yumush.
Kelishimga bo'lib intizor,
yo'llarimni poylaydi Kumush.
Xayollarim kezinar – daydib,
tag'in uni o'ylagan sari,
yuragimga buncha o'xshaydi,
Marg'ilonning tor ko'chalari..?
Nega – so'ldi mendagi saza,
nega to'ldi alamning qaydi?
Hayotimda Zaynab yashasa,
xayolimda Kumush yashaydi.
Onam duo qilgan har ondan,
ko'nglim tog'day, emasdir haqir.
Ota duosisiz bironta
ish xayrli bo'lmagan axir.
Ayni damda yurak titrar zir,
ayni damda or qiynaydi, or.
Men va Kumush ko'zidan yomg'ir,
Marg'ilonda yog'ayapti qor...
03.01.2023 19:15
Erkin HOJIMUHAMMAD
@EHojimuhammad
#KUN
YOMG'IRDA
Yomg‘irpo‘shsiz shalabbo bo‘lib
ochiq osmon yomg‘irlariga
ketsa yurak hasratga to‘lib
qo‘l siltasang bari-bariga
osmon senga ochganda bag'ir
unga sen ham biroz mahzun boq.
Yig‘layotgan osmonga axir
yaxshi emas kulib qaramoq…
Aylangancha to‘rt yon qiblaga
yomg‘ir topsa yuzingdan e’zoz.
Ayriliqdan oldin yig‘lagan,
inson tushsa yodingga bexos
g‘amgin,
g‘amgin,
bo‘lasan g‘amgin
soching – xuddi ho‘l bo‘lgan maysa.
Bunday damda istasang hamki
ich-ichingdan jilmayolmaysan…
shundan bo‘lar samoday dil g‘ash,
kuzatmasdan hech bir kishini
kuzatasan uyingga qaytgach,
Yostig‘ingning ho‘l bo‘lishini…
17.11.2023
✍ EH
@EHojimuhammad
Masalan menga 1ta rus kursdoshimni deb butun dars ruscha o'tilishi yoqmagan hech qachon!
Читать полностью…Bugungi xarid...
Martin Idendan bir qadrdon do'stim sovg'a qilgan edi... Yo'qotib qo'ydim. Lolazorni o'qimoqchi bo'lib yurgandim. (Juda qiziq u)
Blaknotga esa hozirdan nimadir yozishga kirishaman!
#EH
Sening mendan boshqa hammalaring bor,
Mening sendan boshqa yoʻqdir hech kimim...
© Matnazar Abdulhakim
@EHojimuhammad
#TONG_DAN
БЕВАФОГА
Авваламбор севмагил эди,
Ўзингни ҳам, мени қийнаб.
Боқма эди ўтларга ёқиб,
Қўйма эди лабларимга лаб.
Энди эса бошқа муҳаббат
Ва бошқа ёр излаб қолибсан,
Яна қанча содда дилларнинг
Юрагига оташ солибсан.
Лекин шуни яхши билгилки,
У сендаги муҳаббат эмас.
У, бевафо юракда ётган
Оддий бир ҳис, оддий бир ҳавас.
Шунинг учун севги номини
Тилга олма иккинчи карра.
Шунинг учун севги жомига
Лабларингни теккизма зарра.
Майли, ҳижрон қийнасин, майли,
Майли куйсин ўтларда танам,
Лекин сендан севги туфайли,
Кўнгил уздим, бевафо санам...
6 октябрь 1944
© УЙҒУН
@Gul_Yuboribsan
#Kechki_Tarona
Bu yog'i sensizlik, berishim shart dosh...
🎤 Dostonbek
✍ @EHojimuhammad