erkin_hojimuhammad | Неотсортированное

Telegram-канал erkin_hojimuhammad - Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

685

📚 She'riyat 📚 🧭 Murojaat @EHojimuhammad1

Подписаться на канал

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

ЎРИН

Бу ёғи сенсизлик, беришим шарт дош,
Энди зорим бор-у, дилда зўрим йўқ.
Эй менинг дилимга бўлган ўриндош,
Ҳаётимда энди сенга ўрин йўқ...

Сендан сўнг яшадим ҳижронни чекиб,
Соғинчга ҳам чекдим кетгин деб имзо.
Қалбингдаги ўрним бой бердим, лекин
Ўрнинг бўш турибди, ҳусни бетимсол!

Энди таъзиядай туюлар ҳашам,
Куламан, лек қуриб боради силлам...
Ниятим бир умр бахтиёр яша,
Ўрнимни банд қилган инсонинг билан..!


ЭҲ

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Afsus Tojmahalning oyoqlari yo’q.


Sevara Jamoliddiniva_so’zi
𝐒𝐡𝐚𝐱𝐫𝐢𝐲𝐨𝐫𝐛𝐞𝐤 𝐎𝐬𝐭𝐨𝐧𝐛𝐞𝐤𝐨𝐯_musiqasi


𝐍𝐀𝐕𝐐𝐈𝐑𝐎𝐍 т𝕧 👇

@navqironguruhiofficial

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

YANGI VIDEO JOYLANDI!

https://www.instagram.com/reel/C3UWwXCIv84/?igsh=MTQ1Nmk3angyeXphMQ==

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Shunchaki

Kitob o'qimaydigan chiroyli qizdan,
Kitob o'qiydigan chiroyli qiz yaxshi)


@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

не бoйтеcь перемен и чужoго мнения. будьте восxитительнo непрaвильными для oкpужающиx и увеpеннo счaстливыми для cебя.

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Ijod_Vaqti

ОШИҚЛИК


Скрипка овози – дош бергум қанча..?
Айни дам мен кимман, хаёлимда ким?
(Яна ўтмишимга сим қоқаман, сим).
Кафе. Ёлғиз ўзим, маюсланганча,
Por una Cabeza* эшитаман жим...

Ҳуда беҳудага юрак сиқардим,
Сенга фойда борми сабримни синаб?
Юрибман ёлғизлик отига мина,
Сени ўйлайдиган одат чиқардим,
Йигирма тўрт соат… бор йўғигина...

Рози эмасдирман тақдир ишидан,
Наҳот бу дунёдан шодон кетмасам,
Ярим юрагимни бутун этмасам,
Ватанда беватан бўлган кишидай,
Аламдир ёнингда юриб – етмасам…

Наҳотки мен одам сен эса пари!
Наҳотки бахтиёр бўлмайман бир он,
Наҳотки кўпайса бахтсиз бир инсон?
Por una Cabeza авжланган сари,
Менинг юраккинам мавжланар чунон…

Скрипка овози – дош бергум қанча..
?

29.05.2023

✍ ЭҲ

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

Ko'ylagini o'zi dazmollaydiganlar nechtamiz?!

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#YANGIMAS

***

Men endi hech qachon bo'lmayman sergap,
Jiddiylashish kerak, shudir bilganim!
Seni sevganlardan yuz burib, menga
Sevaman, deb ishqing bayon qilmagin!

Ichimdagilarni qog'ozga o'rab
gapirsam gapim ko'p, ma'nosiga boq.
Sevishib ayrilib ketgandan ko'ra,
aka-singil bo'lib qolgan yaxshiroq!


EH

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

Kirlarni yuvib bo'ldim endi, ovqatni tayyorlayapman, hammasini eplayapman hozircha...
Kelajakda uyimizda umuman urush bo'lmaydi nasib, rostda)

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Tanlov_Parcha

Hayotda biror narsa bir marta yuz bersa, u ikkinchi marta bo'lmasligi mumkin. Ammo ikki marta takrorlansa, u uchinchi marta albatta bo'ladi!

© "Alkimyogar" Paulo Koelo

© Afro'za Omonova

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

Baxt oddiylikda...

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Tanlov_Parcha

***

Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" asari


Odamzot haqiqatan ham shunday...Biron bir narsaga katta ishonch bilan harakat qilsa, unga erishsa, taqdir hukmi bilan erishgan narsasidan ayrilib qolsa, umidsizlikka tushadi. Umiddan ayrilgan insonning qalbi ham oʻladi. Odamzot shuda! Umidsizlik inson qalbini oʻldiruvchi olovdir... Hech kim, hech nima hatto oʻzini ham oʻylamaydi, qadriga ham achinmaydi... Goʻyo u sur'at kabi indamay sukutda qolgan insonga oʻxshaydi...Umidsiz inson shunchaki "inson" degan nom bilan yashaydi xolos...
Umidsizlikka tushishdan holi boʻling😌 Niyat qiling. Goʻzal kunlarni oʻylang...

,, Odam qimmatbaho narsani yoʻqotsa achinadi. Tuhmatga qolsa boshini togʻ-toshga uradi. Qadri yerga urilsa, isyon koʻtaradi... Yaqin kishilaridan ayrilsa, dod soladi... Lekin umidingdan ayrilsang, gʻalati boʻlarkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto oʻz qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan, isyon koʻtarmaysan... Goʻyo sen oʻlgansan... Oʻzing oʻlib, quruq sur'ating qolgan..."

© Robiya hikoyasi(asardan parcha)


© Orifjonova Shaxzoda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Tanlov_Parcha

O'zingiz o'qigan, eng yaxshi ko'rgan kitobingizdan parcha tanlab olasiz va nega aynan u parchani yoqtirishingizni asoslab post tayyorlab bizga yuborasiz!

Eng ko'p like va ko'rishlar sonini yig'gan post egasi kitoblar bilan taqdirlanadi! Qani ketdik!

@EHojimuhammad2 ga yuboring!

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

Eng yaxshi ko'rgan kanaling qaysi deyishsa men: @Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#YANGIMAS

BAXTIQARO BAXT


Oh o'sha uchrashuv,
yodda qolding, gul,
Tishlari marjonim,
kulishi zarif.
Senga
yetish mushkul,
erishish mushkul,
Orzuyim ro'yobi
– bunchalar zayif?

Mening baxtsizligim
– seni sevdim, o,
Shu fursat
orqaga
qaytsa
dilbarim.
Men senga hech qachon boqmasdim qiyo,
Sendan
yurmas edim baxtni axtarib.

Sen
meni
unutgan bo'lishing mumkin,
Dardni o'lchab bo'lmas
hech bir birlikda...
Yuraging
vatanim edi afsuski,
Nahotki
yashasam muhojirlikda..?

Meni shod qilishga bermagin yordam,
O'ralashib qoldim
g'amga hisma-his.
Sen o'zing
eng
yaxshi
baxtsan
xayolda,
Hayotda
– baxtimni qaro qilgan qiz!


02.10.2023

✍ EH


@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

O’zni, ko’ngil, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak!


© Bobur

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Esdalik

Eslasang qilarsan bir kun qo'ng'iroq...🥀


🎤 Dilorom TURSUNOVA

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Aniq

🇺🇿🇮🇳 Заҳириддин Муҳаммад Бобур "Гиннес рекордлар" китобининг "Тарихий шахслар" бўлимига "Оз сонли аскарлари билан катта қўшинни енгган, кучли ва марказлашган давлат асосчиси" сифатида киритилган.

Қайд этиш жоизки, Панипат жангида (21-апрел 1526-йил) ўзининг 12.000 жангчиси билан Иброҳим Лўдийнинг 100.000 лик қўшинини тор-мор этиб Ҳиндистон тахтини эгаллаган.


@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

"Yo'q" so'zini chiroyli va o'z joyida ishlatish ham bir san'at..

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Osuda_Kun

Por una Cabeza (Tango)

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Ijod_Vaqti

***
Қийнайдими одамни одам?
Имкон бўлса алишайлик гал.
Мажнун каби саҳро дунёда,
кўп изладим сени, даставвал...

Тушларимга кирдингми ишга?
Кўп кирасан,
мен демайман
– бас!
Тушларимга кириб чиқишга,
яхшиямки товон тўланмас.

Тун, мудроқдай уйқуга шайман,
дилда яшар соғинч қушлари,
сени излаб сенга бормайман,
сенга олиб борар тушларим...


Эркин ҲОЖИМУҲАММАД

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

@Blog_Iroda – qo'shilvolamiz!

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Sevimli

Necha xil gʻanimlar sochdi qahrini,
Yigʻlashni bilmadi fargʻonaliklar.
Gohi doʻst tilsa-da yurak-bagʻrini,
Doʻst dilin tilmadi fargʻonaliklar.

 
P/s) Asli naslimni so'rasang men asli Qo'qoniman...😊

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

Beshta farqni toping!
Shunda men Nematimanmi?!

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Tanlov_Parcha

Hayot jomin ko'tarib yumuq ko‘z bilan,
Zar qirg‘oqlarga ko‘z yosh to‘kamiz...

Ba'zi o'qigan kitoblarimdagi chiroyli jumlalarni yozib qo‘yaman odatda.
Ammo birgina shu jumlada olam olam ma'noni anglab olsa bo‘ladi. Nafaqat, asar qahramonining taqdiri jamuljam, balki kishining o‘zi bilan sodir bo‘lgan ba'zi voqealarni yodga soladigan sehr!..


"Sarob" Abdulla Qahhor

©️ Mahliyo

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Tanlov_Parcha

Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandlarini o'zimdan rozi qildim

© Amir_Temur
(Temur tuzuklaridan)


© Mehriddin

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Tanlov_Parcha

***

Men òqigan kitoblar ichida eng yoqqani "Boqiy darbadar". Kitobning shu birgina jumlasi inson hayotini òzgartirishi mumkin (tushunib anglab yetganga albatta).
Bekorga odobni odobsizdan òrgandim, degan maqol kelib chiqmagan.
Iblisning qiladigan vazifasi aslida nafsini tiya olmay qul bolgan insonlarni boshqalarga ibrat qilib kòrsatishdir. Asosiysi iblisga yengilmay xuddi olov temirni qancha qizdirmasin u yanayam kuchli bòlgani kabi umrimizning oxirigacha toblanishdir.


"Boqiy darbadar" Isajon Sulton

© Ro'zixon

@EHojimuhammad

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

#Diqqat

Seni menga eslatib turgan,
Metrolarga rahmatlar aytgin...


P/s) Metro haqidagi she'rimizning ijrosiga baho bering😊

https://www.instagram.com/reel/C3FzegcobCz/?igsh=N2l5Y2xpNWhmb2xm

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

Xo'sh, qanday nom beramiz ikkinchisiga?!

Читать полностью…

Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar

9 yil o'qib 1 dona tashakkurnoma yoki maqtov yorlig'i olmaganman maktabda. Hozir har qaysi maktab yoki institutga borsam yozib berishadi. Teskari dunyo)

Читать полностью…
Подписаться на канал