#Sevimli
Bu sevda bitmez...
P/s) Mahsun akamni qo'shig'ini eshitadigan havo bo'lyapti... (Turk qo'shiqchilarining qiroli)
@EHojimuhammad
#Sevimli_film
– Menga eng qisqa she’rni aytib berasanmi?
– Men seni sevaman!
🎬 Sendan Qolgan xotira
➿ Oqshomni yaxshi narsa tomosha qilib o'tkazaylik!
@EHojimuhammad
#Yurak
СЕН КЕЛДИНГ
Барчасига кўндим,
кўпайди дардим,
Кўнгил,
дол қаддингни алифдек ростла!
Авваллари доим кулиб юрардим,
Сен келдинг,
илк бора куляпман ростдан...
Гоҳ тўздим,
Гоҳ ўздим,
Гоҳ сокин елдим,
Келмасанг, келарди
сенга дил ёргим!
Сен келдинг,
ўзимни шу онда келди,
Жигарранг кўзингга отиб юборгим...
Дунёдан хафайдим,
дунё шу бўлса,
Ҳижронми,
енг силтаб кетдим барингга!
Сен келдинг,
қаршилик қилмайман ўлсам,
Мени кўмишсалар кулгичларингга...
Бахтдан порлар экан инсон кўз қири,
Бахтсизлик етаклар дилига ғамни.
Сен келдинг,
умрини нурга тўлдириб
Дунёга сени деб келган одамни!
СЕН КЕЛДИНГ...
✍ ЭҲ
@EHojimuhammad
#MEHMON
* * *
Sen farishta emasding,
Men emasdim avliyo.
Sal pastroq tushganingda
Demasmidim “Alvido”.
Senda ayb yo‘q, gunoh yo‘q,
Men “qora”, sen “oppoq”san.
Yuragimga beshinchi
“Armon” degan qopqoqsan.
O‘xshamadi hech kimga
Bizning mo‘jaz sevgimiz.
O‘xshamasdan hech kimga
Ayrilyapmiz ikkimiz.
Omon bo‘lgin, sog‘ bo‘l, ey
Boyligi bor, baxti yo‘q.
Sen haqingda o‘ylashga
Yuragimning vaqti yo‘q!
Sen farishta emasding,
Men emasdim avliyo.
Sal pastroq tushganingda
Demasmidim “Alvido”.
©Abdulaziz AHMAD
@Ijoddardi
@EHojimuhammad
#Esdalik
Ko'p yig'lama og'riydi boshing...
P/s) Shavkat Rahmondan bir shingil)
@EHojimuhammad
#Insta_Blog
Yanvar oyidan insta rivoji uchun biroz jiddiy kirishdim. Miyyamdagi o'ylarni tashqariga chiqardim... Hammasi faqat adabiyot uchun. Ortiqcha bachkanadan yiroq bo'lgan yaxshi auditoriya shakllanmoqda, ko'z tegmasin!
Qandaydir g'oyalar bo'lsa bemalol aytaveringlar, albatta qilamiz...(Sharti faqat adabiyot uchun bo'lishi kerak)
@EHojimuhammad
#Уйғон_ўғлим
Yuqoridagi heshtek bilan keling o'z kanallarimizga yuboramiz! Xalqimizni uyg'onishga chorlovchi shedevr she'rdan bahra oling!
#Sevimli
Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...
© Muhammad YUSUF
@EHojimuhammad
Лекин барибир нимадирлар дегим келяптида!
Саволлар мияда айланяпти! Нега? Қайдай қилиб? Ва ҳ.к...
#Yangi_Ijro
Unutmadim,
yo'qsan yonimda,
Soxta narsa asli – qasammi?!
Hanuz mening telefonimda
surating bor,
ishonasanmi?!
🎤 @Hilolaxonim_official
✍ @EHojimuhammad
Ismim turkchada – Özgür, bo'larkan:)
Chiroyli ism:)
«Sendan qolgan xotira» kinosidagi bosh qahramon ismi ham shunday edi)
#Bolalikda
Onam bilan tortishib qolib, ularni xafa qildim va xonamga kirib uxlab qoldim. Ertalab tursam kimdir ustimga ko'rpa yopib qo'yibdi...
@EHojimuhammad
#REMARK
Tushunishga kelsak, men tushunaman, albatta. Ammo kechirish - bu men uchun mushkul.
Yaxshisi, unutib qo‘ya qolaman.
✍ Erix Mariya Remark
@EHojimuhammad
#Tavallud
Журналист - Энг катта орзуингиз нима?
Роналду - Менинг ёшлигимдаги орзуим: мен отамга миллиардер бўлишни истайман деб айтгандим ва мен бунга эришдим. Аммо ҳозир ёш бола бўлиб отам билан суҳбатлашишни орзу қиламан🥺
⚽️ @EHojimuhammad
#Уйғон_ўғлим
"Sevimli kun" ijodkorlari judayam tez ishlarkan. Jonli efirdan chiqib, ishxonamga yetib kelmasimdan, o‘qilgan she'rni yuborishibdi, qoyil. Ukam Ahrorbekka alohida tashukkur!
Bu she'rni eshitgan bo‘lsangizam, yana bir karra o‘zanimizga joylashni ma'qul, deb o‘yladim, ma'zur tutasizlar...
@Botirjon_Ergashev
#Premyera
Bir kechada aylanding-ku begonaga,
Netay jonim o'zga bilan to'ying bo'ldi...
✍ EH
🎤 Qobiljon KOMILOV
P/s) Yap-yangi qo'shiq, fikrlaringizni kutamiz!
@EHojimuhanmad
Ярим финалга чиқа олмаган Япония ва Саудия Арабистони... Ўзбекистон ҳафа бўлмаса ҳам бўлади 😁👇
@EHojimuhammad
#EH
Mana bu videoni tayyorlaganlar bu videosi bilan meni bolaligimni rasvosini chiqardi! Eng yaxshi ko'rgan multfilmim edi...
Bolalik pokinula v gruppu...
@EHojimuhammad