Frans Kafka muxlislari uchun ajoyib video joyladik!
https://www.instagram.com/reel/C24J43oM8yz/?igsh=MWp3OWMyY3U4aHJmeg==
#Premyera
Sen tark etding, tark etmagan o'ying bo'ldi...
P/s) Bola siqilib o'tirgan edi, Qobiljon do'stimiz bolani yoniga borib bizni she'rdan bir qo'shiq aytib berdi...
Eshitib ko'ring qiziq chiqqan:)
Aytgancha, qo'shiq ertaga chiqadi, qo'shiq uchun 1dan 10gacha ball berib keting:)
@EHojimuhammad
в одно окно смотрели двое.
один увидел дождь и грязь.
другой - листвы зелёной вязь, весну и небо голубое.
в одно окно смотрели двое…
#Yangi_ijro
Yashayotgan sensiz kunlarda
ochig'i men yashamayapman...
✍ @EHojimuhammad
🎙 @Hilolaxonim_official
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://www.instagram.com/reel/C22nRf-Mx0r/?igsh=aHViZHc0bmg5Z3J0
Xonadoshim kecha uyga kelmadi, telefon qilsak o'chiq. Uydagilari ham telefon qilaverishgan, telefoni o'chiq!
Biz-ku ishdadir deb o'z xoliga qo'yib kelishini kutdik, ota-onasi esa telefon qilaverishibdi tinmay...
Bizga hal qildi. Xavotir olishdi.
Hozir kelib telefonini quvvatga qo'ydi va yoqgan edi ham dadasi qilayapti...Ishoning bir soatga yaqin vaqt davomida ishdaligini tushuntirdi, kechirim so'radi...
Havasim keldi ochig'i. Mening esa menga telefon qiladiganim yo'q...:(
#DIL
Jilmayaman,
xuddi bekamman,
va yashayman go'yo oromda...
Sensiz yashay olar ekanman,
umr o'tar ekan maromda.
Faqat...endi emasman bekam,
Ko'zlarimda so'nib qoldi cho'g'.
Yaxshimikan, sog'mikan, degan,
O'ylar hali tark etgani yo'q...
Barchasi shu, olish kerak tan,
Titrayapti visolning labi.
Sensiz yashay olar ekanman,
Mensiz yashay olganing kabi...
Sensiz so'ndi muhabbat o'ti,
Sensiz yashay olaman, biroq
faqat – kunim sekinroq o'tib
faqat – tongim otar qiyinroq..
Dard topaman o'tgan tunlardan,
O'zimga do'st, o'zimga xavfman!
Yashayotgan sensiz kunlarda
ochig'i men yashamayapman...
24.06.2023
✍ EH
@EHojimuhammad
#YANGI
NAVOIY BOG'LARI
(Shoir do'stlarga)
Hayrat ko'ngil ko'zini to'sar,
Qanday yozgan...
Qolaman o'ylab.
G'azallardan daraxtlar o'sar,
Navoiyning bog'lari bo'ylab.
Rom bo'lasan tinglagan sayin,
Hayratdan dong qotasan gohi.
Mulki Turon zaminidagi,
Eng mashhur bog' – Navoiy bog'i!
Qo'lingda gul, o'yga tolgan dam
Kelar,
kelmas,
surgancha xayol.
Kutganing gar kelmay qolganda,
«Kelmadi»ni aytgansan tan ol!
Shoirlarday she'r yozib dasta,
Bo'lging kelsa ularga to'ra,
Bu bog'ga bir kirib chiqmasdan,
Shoir bo'lish qiyindir, jo'ra!
© EH
T.me/EHojimuhammad
Men qo'shiqni shunaqa aytaman, agar quloqchin taqsam🤭
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://www.instagram.com/reel/C21PV-Nit4Q/?igsh=MTV2c28zZWpqM3luaQ==
Shaxsiy fotogrofimning ijodiy kanaliga kirishingiz mumkin! Uning mendan boshqa ideal suratlari ham biryor...🙃
Читать полностью…#Savol
❓ Sizningcha bugun kim g’alaba qozonadi? 👀
🇺🇸 Inter Mayyami – 👍🏻
🇸🇦 Al-Nasr – 🔥
Durrang – ❤️
Kanalimizga Obuna bo'ling va do'stlarga ulashing 👇
@EHojimuhammad
@SarafrozMohim – Sevimli ovoz, sevimli ijrolar egasi, singlimni kanaliga marhamat!
Читать полностью…#MEHMON
XAYRLI
Xayrli tong, derding har kuni,
So'rganday bo'larding telbaning holin.
Shu so'zni eshitish ilinji meni,
Har kun uyg'otardi quyoshdan oldin.
Xadya qilar eding xayrli kunlar,
Berganday bo'larding dunyo muhabbat.
Bir kunlik o'zimda yashashim uchun,
Shu so'zlar yetarli bo'lardi faqat.
Orzu qilmagandim ortiqcha baxtni,
Ortiqcha so'zlarga yo'q edi xushim.
"Xayrli tuning" ni aytarding har kech,
Sendan iboratday bo'lardi tushim.
Bir hovuch shodlikni ko'ksimga solib,
Yelkamga ortardim dunyoning kuchin.
Balki, men dunyoga kelganligim rost,
Sendan shu so'zlarni eshitish uchun.
Xayrli so'zlarga yasading yakun.
Xayr deding birdan qaynadi qonim.
Balki, meni shod deb o'ylarsan, lekin,
Tonglarim xayrsiz bo'lyapti, jonim!
Kunlarim xayrsiz bo'lyapti, jonim!!!
✍ Venera
@EHojimuhammad
Nemetski, nemetski, kechasiyam nemetski, xohlamiman o'qishni...😢🥹
deb yig'lardi xolamni qizi☺️
#Ijod_vaqti
KELSANG
Yashayapman, ko'nib, beta'ma,
Sensiz kunlar dilga qadalgan,
Kelsang, she'rlar o'qib beraman,
Hamma satri senga atalgan!
Kelsang – dardga dildarvozam berk,
Quviladi kelsang dildan g'am
va ko'zguda aksing ko'rgandek,
Ko'radirsan she'rlarimda ham!
She'rlarimni o'qish uchun ep
ko'rib, ichda aytishib – yalla
– Menga yozgan bo'lsa kerak, deb,
O'ylaguvchi qizlar ko'ppala!
Kelsang, dilga quvonch qadalgan,
Quvonch yoshi ko'zni qilar nam.
Hamma satri senga atalgan
she'rlarimning muallifi ham!
31.03.2023 21:25
✍ EH
@EHojimuhammad
#ESKI
ХАТ ТАШУВЧИ ҚИЗ
(Ҳазил)
Хат ташувчи
дугонаси жуда эпчил,
Хатларимни,
зум ўтмасдан элтиб берар.
У қиз бўлса,
хатларимни қилиб чил-чил,
Хат ташувчи қизга доим
йиртиб берар.
Кўрмаганман,
олдин
лаби дур гилосни,
– Мени севсин,
дея ҳаққа ёлвораман.
Йиртишини билиб,
оппоқ,
бўш қоғозни,
Хат ташувчи қиздан доим бервораман.
2018.
Эркин ҲОЖИМУҲАММАД
@EHojimuhammad
#Esdalik
Havasim keladi senga judayam,
Dadamni quchoqlab yotibsan tuproq...
✍ @EHojimuhammad
Instagramda e'lon qildik! Bemalol ko'rib fikrlaringizni qoldirib, hammaga tarqatishingiz mumkin!
Bu safar boshqacha yondoshdik😊
#Yangi_ijro
Yashayotgan sensiz kunlarda
ochig'i men yashamayapman...
✍ @EHojimuhammad
🎙 @Hilolaxonim_official
#Shunchaki
Safimizda tojikistonliklar yoki tojik do'dtlarimiz bo'lsa birga muxlislik qilamiz Tojikistonga!
Tojikiston, ba pesh!
@EHojimuhammad
#Latif
KECHA KELGUMDUR DEBON...
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
© ALISHER NAVOIY
@EHojimuhammad
#Esdalik #Sevimli_Satr
Бугун яна тонг оқаргунча
Сени ўйлаб мижжа қоқмадим.
Номинг кезган шеърларни тунда
Ёқмоқчийдим, лекин ёқмадим...
© Салим АШУР
@EHojimuhammad
#Osuda_Tun
Nemislarning ajoyib bir multigidan olingan qo'shiq, birgalikda aytaylik...😊
P/s) Qo'shiq matni kamentariyada😊
@EHojimuhammad