26-yanvar kuni soat 17:00 da
"XIYOBON OQSHOMLARI"ning navbatdagi ijodiy kechasi bo'lib o'tadi. Barchani kutamiz.
#наср
Муаллиф: Ҳулкар ШЕРЗОД ҚИЗИ,
Зулфия номидаги давлат мукофоти соҳибаси
Ҳикоя номи: КЕЧИКИШ
Хаётингизда юрмайман деган йўлларингиз, қилмайман деган хатоларингиз, яшамайман деган кунларингиз бўлади. Бироқ тақдир шундай қиладики, юрмайман деган йўлларингиздан юрасиз, қилмайман деган хатоларингизни қиласиз, яшамайман деган ҳар сониянгизда яшаб кўрасиз.
Батафсил: https://telegra.ph/Kechikish-01-22
Пс: ҳикоя ҳақидаги фикрларингизни изоҳларда ёзиб қолдиринг👇
@Yangi_hilol
Ҳазрат Мир Алишер Навоийнинг сунъий интелект томонидан ишланган суратлари экан. Ҳаммамиз ҳазратнинг ўзимизга ёққан сатрларидан ёзсакчи...🫶
Читать полностью…#YANGI
O'ZGARMA
O‘zgarmay turibdi asli muhabbat,
shunchaki odamlar o'zgarar har dam.
Odamlar kabi sen o'zgarma faqat,
shunday qol oradan yillar o'tsa ham!
Sog'inch ko'rsatmasin sira dog'ini
seni sevgan odam tomonga talpin.
Ba'zan ilk uchrashgan damni sog'inib,
entikib qo‘yarkan odamning qalbi.
O'shanda sochim va
soching qorligi,
yarashsin,
ko'zingga boqay qasdma-qasd.
Bu borliq o'zgarar, lekin borlig'im,
Dunyo o'zgarsa ham o'zgarmasang bas!
Turmushni bir kuni olarmiz tiklab,
Yecharmiz hayotning bor sirlarini.
Baxtmasmi – keksayib qolgan juftliklar,
O'shanda ham sevsa bir-birlarini.
21.01.2024
© EH
@EHojimuhammad
Kichkina shahzodamas kichkina malikani rasmini chizibdi Latofat degan 1-kurs qiz! Ofarin!
Читать полностью…Mahsunning qo'shiqlarini sevaman! Ibrohim Totlesasdan ham ustun ko'raman uni, bu ikkalasi shunchaki Real zo'r yoki Barsa zo'r kabi bahs)
Siz turk qo'shiqchilaridan kimni eng zo'ri deb bilasiz?!
Agar hayotingiz haqida kitob yozsangiz, uni nima deb nomlar edingiz..?
Yozib keting!
#Diqqat
O'zimni radnoy akam Instagramda blog ochibdi...(meni tavsiyamga binoan)🙃
Jiyanim Otabekning videolari, o'zining hazil tariqasida olgan videolarini joylayapti ekan...☺️
Ko'rib maza qildim...☺️
https://www.instagram.com/reel/C2WVTiZCc29/?igsh=MXd5aHk3anFjaW4yNw==
Shunchaki e'tibordan shodmen! Ko'proq tasvirlar e'lon qilamiz shekilli bu ketishda...😊
Izohlarni o'qib ham maza qiladi odam)
#Sevimli
* * *
Шунча йиллар ўтди. Кўришиш
Иккимизга насиб этмади.
Менда иш кўп, сенда-чи, ташвиш,
Тақдир бизни қайга элтмади.
Боғ. Ўриндиқ. Изҳор ва инкор.
Ўртанаман соғиниб дилдан.
Ёмғир, қорлар ёққан у баҳор
Нега ҳануз чиқмас ёдимдан?
Эсингдами, кўп гапирардим,
Эсингдами, эшитардинг жим.
Сенга яхши кўринай дердим,
Лекин яхши кўринган у ким?
Сочларимга оқ оралади,
Ораларми қалбингга титроқ,
Қисмат мени кўп қоралади,
Айт, қўлларинг ўшандайми – оқ?
Мағрурмисан илгаригидек,
Қилмайсанми ҳеч кимни писанд,
Агар борсам, бўлмаса йўл берк,
Бўласанми хафа ё хурсанд?
Мени жуда қизиқтиради
Кўзинг, узун бармоқларинг ва
Юрагимни тирилтиради
Бизни гап-сўз қилган тоифа.
Эсингдами, тутган гулларим
Қўлларингга етиб бормасди.
Фақат сенга элтган йўлларим
Кет десанг ҳам сендан қолмасди.
Сочларингнинг тўлқинларида
Оқиб кетди қанча кўзларим.
Юлдузларнинг ёлқинларида
Кўрсатмасдан қанча йиғладим.
Сен билмайсан, туриб бекатда
Эртаю кеч термулар эдим.
Деразада ва ё бир четда
Кўринмасанг емрилар эдим.
Ўтди йиллар. Эсласам сени
Ўша ёмғир ёғар ёдимдан.
Боғ. Ўриндиқ... қийнайди мени,
Чиқиб кетмас ҳеч ҳаётимдан.
✍ Салим АШУР
@SalimASHUR
#Shunchaki
YURAK
1.
Kimnidir ranjitib og'rimaydi tan,
Yurak – og'ritmaydi shaxsiy tanini.
Lekin sen qachondir sezib qolasan,
Chap ko'ksing nogahon og'riganini...
Kimgadir yaxshilik qilib shu ko'yi
barini unutish – mardlikdan ulgi.
Kimnidir behosdan ranjitib qo'yib,
tun bo'yi uxlolmay chiqish ham mumkin...
Yurak – vatan erur alamlarga, oh
Ko'nikishga to'lib boradi qaydi.
Do'stini izhorga chorlab turib goh
O'zi dil izhorga botinolmaydi...
Boshqa siqilmayman deb ichmas qasam,
Ezilib kun bo'yi shunday yuradi.
Zohirda jilmayish bo'lsa ham ba'zan
Botinda qiyomat bo'lib turadi...
2.
Seni ko'rgan kundan
chap tomonim tang,
Taqdirimday chigal soching turmagi.
Bunchalar qahrli, toshdan bo'lmasang,
Men sevgan suluvning qattiq yuragi!?
Qayda bo'lma sog' bo'l,
oldirib qo'yma
o'zingni,
bilasan sen menga kerak!
Mening yuragimni yashashga qo'ymay,
Mening yuragimda yashagan – yurak...
23.05.2023
✍ EH
@EHojimuhammad
***
Hijrat qilmoqchiman sening qalbingga–
Qalbimga Madina bo‘lolasanmi?!
• Erkin Hojimuhammad
@EHojimuhammad
***
Dunyoda qalbimga yoqqani, bitta
Men sizni sevganman, sizni sevganman!..
• Erkin HOJIMUHAMMAD
@EHojimuhammad
Yuqoridagi hikoyaga fikrlaringizni kutaman! Menga yoqdi masalan...☺️
Tanqidlaringizni kutamiz!
Onam menga aytgan eng ta'sirli gap:
– Menda ham ko'ngil bor, men ham xafa bo'laman, bolam!
Fikrlaringni yozaveringlar, singlimizga o'qib beraman! Rosti eng yoqqan ish menga shu bo'ldi! Kichkina malika...😄
Читать полностью…G'afur G'ulom haqida fikrlashamiz!
U kim?
Qaysi satrlari sizga ma'qul?!
Uning nimasi sizga yoqadi?!
Kamentariya ochiq!
#Vefasiz
Bir vefa bekleme geçen zamandan
Mevsimler vefasız yıllar vefasız
Bir umut bekleme sevdadan aşktan
Seviyorum diyen diller vefasız...
***
Vafo umid qilma oʻtgan zamondan,
Fasllar - vafosiz, yillar - vafosiz.
Bir umid kutmagin, sevgidan, ishqdan,
“Sevaman” degan bu tillar - vafosiz.
@EHojimuhammad
Turmushga chiqqaningga 2 yil böldi, lekin onam haliyam seni ahvoling haqida so'raydi...Tegib ketganingni aytganim yöq-da...😊
Читать полностью…#ESDALIK
O‘zgalar husnin tamosho aylasam chiqsun ko‘zim
O‘zga ko‘z hamki sening husning tamosho aylasa...
✍ Alisher NAVOIY
@EHojimuhammad
#Tarix
A'zam O'ktamning turmush o'rtoqlari, olima Xulkar opamga Omongul kursdosh bo'lgan ekan. Qoyil! Omonguldan rahmat ham oldim...🙃
Aniq shumi yo'qmi bilmayman, lekin yosh jihatidan boqsak shu bo'lishi ham mumkin! Ham qiz surxondaryolik ekan!
Tasvirdagi video esa g'irt yangi va boshqacha hissiyotlar bilan o'qiganman)
E'tibor uchun rahmat!
⚡️ "Jadid" gazetasini elektron holda yangi formatda o‘qib zavq oling:
👉 1-sonni o‘qish uchun bosing.
👉 2-sonni o‘qish uchun bosing.
👉 3-sonni o‘qish uchun bosing.
✅ Gazetaning telegram kanali: @Jadid_media
🚀 🔵 🎬 📷 🐤
🔗Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz
Сигарет чекишни ташлагандан сўнг организмда қандай ўзгаришлар содир бўлади?
Чекадиган танишларга юбориб қўямиз.
@EHojimuhammad
Atrofingizda dadasini tushida ko'rsa xursandchiligidan yig'laydiganlar bor.
Bugun dadangiz bilan sal ko'proq gaplashing...