elektron_kutubxona | Неотсортированное

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

47291

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Подписаться на канал

Kutubxona™

Bugun kelishdi, keyin yana kelishadi, yigʻlov-siqtov, eslashlar, shu asnoda qarindoshlik qaytadan tiklanadi, bizlar boramiz, ular keladi... Besh, oʻn, oʻn besh yil... soʻng tagʻin bir uzilish... Yana kimningdir oʻlimigacha.

©️Murod Muhammad Doʻst
(Galatepega qaytish) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Mening yuragimda alangalanayotgan rashk degan tushuncha izsiz yoʻqoldi. Raqibing sendan ustun yoki hech boʻlmaganda oʻzingga munosib boʻlsa rashk qilsang arziydi. Aksincha, Selina oʻziga shu olchoqni teng koʻrgani bois, unga boʻlgan ishqim soʻndi. Mana shu mishiqini mening oʻrnimga munosib koʻrgan ayol muhabbatimga arzimasdi, unga achindim, xolos

©️Sharlotta Bronte
(Jeyn Eyr ) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Avtobusning chap oynasidan manzarani tomosha qilar ekanmiz, oʻng oynasidagi manzarani boy berganimizdan iboratdir hayot.

©️Oʻzdemir Asaf

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ayol zoti kamon bo‘lar,
Erkak zoti - o‘q.
O‘q kamonga ilinadi
Boshqa iloj yo'q!

Kamon o‘qni tortib,
Mahkam quchmoq bo‘ladi.
O‘q tortilgan sari
Yiroq uchmoq bo‘ladi...


©️Erkin Vohidov

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ilmda so‘zga qaraladi, so‘zlovchiga emas. Siyosatda esa avvalo so‘zlovchiga qarash kerak, so‘ng so‘zga.

©️Ali Shariatiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

​​​​KITOBXON QIZGA

Uylanaman!
Menbop qiz darkor,
Xohi sodda, xoh boʻlsin makkor.
Zarari yoʻq qilsa koʻp pardoz,
Toʻporiroq yursa,
Qaytam soz.
Soʻz bermasin men-chun oʻlgani,
Sheʼr oʻqishni suysa boʻlgani.
Xullas,
Bitta sheʼrxon qiz kerak...
Ana-a! Menga xuddi siz kerak.

©️Anvar Obidjon

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Agar ayol sizga yuragining kalitini tutqazgan boʻlsa, bu bilan maqtanishga shoshilmang. Chunki u ertagayoq qulfni oʻzgartirishi mumkin.

©️Simon de Bovuar

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kitob qanchadir yillardan keyin sizga manzur kela boshlasa, bu uning yaxshi kitob ekanidan dalolatdir.

©Qosimbek Zokir

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir insonning qiymati oʻqigan kitoblari bilan oʻlchanadi.

©Peter Gille

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Xursand boʻlganingda eng yaxshi koʻrgan kishingga bogʻlanasan. Xafa boʻlganingda seni eng yaxshi koʻradigan kishiga bogʻlanasan.
Ikki holatda ham ular bitta inson boʻlishi qanday goʻzal!

©Ali Tantoviy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Baʼzan bizni tinglashlari uchun jim boʻlishimiz lozim. Baʼzan eslashlari uchun gʻoyib boʻlishimizga toʻgʻri keladi.

©Rey Bredberi

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Umrimizning dastlabki qirq yili - asosiy matn, qolgan qismi - unga yozilgan izohdir.

©Artur Shopengauer

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Inson umri davomida yoʻl qoʻygan eng katta xatolarga muhtojlik tufayli qoʻl uradi. Pulga muhtojligi tufayli emas, mehrga muhtojligi tufayli...

©Shahobiddin Luqmon

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

U oddiy odam edi. Hammolchilik qilardi. Toʻrt qiz, uch oʻgʻilni oyoqqa turgʻazdi. Oʻgʻillarni uylantirdi. Qizlarni chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi.

Koʻz yumayotganida "Hammalaringdan mingdan ming roziman", - dedi...

Qarashsa, kafanligi yoʻq ekan...


©️Oʻtkir Hoshimov

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

O’zingiz qalbingizdan joy bergan odamni istagan paytda quvib chiqara olmaysiz. Quvib chiqargan taqdiringizda ham uning boʻsh stuli hamisha oʻsha yerda qoladi.

©️Erix Mariya Remark

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ikkala tomon ham bir xil darajada sevganida, koʻz yoshlar toʻkilmas edi.

©️Migel de Servantes

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Umuman olganda, men vannaga yo'l oldim-da, suvga tushdim va o'zimni cho'ktirishga qaror qildim. Keyin birdan do'kondan kecha olgan shokolodli pirogim borligi esimga tushdi. Ular nima deyishsa, deyaverishsin, ammo dunyoda yashashga arzigulik narsalar bor.

©️Sesiliya Axern
(Ishonmayman. Umid qilmayman. Sevaman) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

XAVOTIR

Mening o‘ng qo‘lim bor,
Mening so‘l qo‘lim.
O‘ng tomonim — bo‘m-bo‘sh,
So‘lida — yurak.
Yuraksiz tomonda
(Bilmayman o‘zim!)
Yuraksiz boshim ham bo‘lishi kerak...


©️Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Vatan qachon xarob bo‘ladi?
- Qachonki johil qahvaxonada o‘tirganini, universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang, shunda xarob bo‘ladi
.

©️Mubashshir Ahmad (Olim, odam va olam) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Toqqa chiqishni xush ko'rmasligimni anglash uchun vaqt kerak bo'ldi. Menga o'zimni cho'qqida tasavvur qilish yoqqan ekan, xolos.

©️Mark Menson
(Beparvolikning nozik san'ati) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hamdardlik - tashqi koʻrinishni yoqtirganingizda,  doʻstlik - xarakterni yoqtirganingizda, sevgi esa -  insonning kamchiliklarini yoqtirganingizda paydo boʻladi.

©️Antuan de Sent-Ekzyuperi

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kitoblarning dushmanlari ham insonlarnikiga oʻxshashdir: olov, suv, vaqt va ichidagilar.

©Herbert Spenser

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kanalning muhokama va kitob so’raladigan guruhini ochdik.

Marhamat qo’shilishingiz va yaqinlaringiz qo’shishingiz mumkin👇

@Readers_guruhi
@Readers_guruhi
@Readers_guruhi

Читать полностью…

Kutubxona™

Kanalning muhokama va kitob so’raladigan guruhini ochaylikmi?
Yaqinlaringizni qo’shasizmi guruhga?

Читать полностью…

Kutubxona™

Kayfiyatim yoʻq edi, degan gapga ishonmang. Insonga nisbatan haqiqiy munosabat kayfiyat yoki sharoitga bogʻliq emas.

©Virjiniya Vulf 

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Siz bu haqiqatni unutmasligingiz kerak: hech kim ortiqcha narsani qadrlamaydi.

©Agata Kristi

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kishining ikki xil ko‘zi bo‘ladi: tan ko‘zi va qalb ko‘zi. Tan ko‘zi ba‘zan ko‘rganlarini unutib qo‘yadi, lekin qalb ko‘zi ko‘rgan kechirganlarini hamisha esda tutadi.

©Aleksandr Dyuma
(If qalʼasining mahbusi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Boshqa bir sabab oʻylab topishga hojat yoʻq: yonimda emas ekansiz, demak meni sevmaysiz.

©Rinat Valiullin

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Tashlab ketganlarni qachondir kechirishimiz mumkin, ammo qaytib kelganlarni hech qachon kechirmaymiz.

©️Zigmund Freyd

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bo’ri qoʻyga hujum qilganida, boshqa qoʻylar xavfsiz joy izlab qochishadi. Birlashib bir-birini himoya qilish oʻrniga, ular to yanagi hujumga qadar jonlari omon qolganidan xursand boʻlishadi. Odamlar ham shunaqa!

©️Jorj Oruell

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Подписаться на канал