Insoniyat loydan bino qurishni shu, qaldirg'ochlarga taqlidan o'rgangan bo'lsa ne ajab?
©️Muzaffar Mirzo (Sham va shamshir
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Vijdon azobi degan narsa egasining esida turmas ekan. Hamma birovlarnikini aytib yurarkan.
©️Aziz Nesin (G'aroyib bolalar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odam ming aqlli bo'lmasin, kitob o'qimasa johilligicha qolaveradi. Aqlni Xudo beradi, oriflik esa kitob o'qimaguncha kelmaydi.
©️G'iyosiddin Yusuf (Men ham kitob o'qiyman
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Premyera, bugun 20:00 da "Ayollarni ko'raman yomon" nomli yangi she'rimni sizlarga taqdim etamiz. Ayollarni nega yomon ko'rishimni bilmoqchimisiz? Unda bizdan uzoqlashmang😊✊
Bizning kanal: @Aslbekshoir
Muhabbat qonunida shunday deyiladi: kim o‘lik qalbni tiriltirsa, u unikidir...
©️Ikrom Sharif
Telegram | Instagram | Audiokitob
Butun hayotimiz takrorlardan iborat.
©️Tara Vestover (Talaba
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Otalar sha’niga loyiq so’z demoq,
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.
Ularning mehri-ku, bamisli charoq,
Bag’ri ham yulduzli osmon kabi keng.
Sharqona tashbehni olsam gar yodga,
Bir nomi buzurg-u bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib, avlodga,
Bus-butun yetkazgan otalar, axir.
Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin,
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun,
Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Non, degan farzandning dardli xitobi,
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi,
Sochlari qirovdek ko’pirib chiqqan.
Taxti Sulaymonddan balanddir beshak,
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo’ldi, o’lim yo’q demak,
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Men ko’kka termulib kutmasman madad,
Do’st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do’stu madadkor ham otadir abad,
Shoni shoning erur, armoni armon.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yuzimizni orqada ko'radilar shekilli, hech kim ortga o'girilmagunimizcha og'zini ham ochmaydi.
©️Xikmat Anil Öztekin (Fesleen
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Doimo haqiqatni gapiradigan odam bilan hech kim yashay olmaydi. Xudoga shukr, hech birimiz xavf ostida emasmiz.
©️Mark Tven
Telegram | Instagram | Audiokitob
DIQQAT! SAVOL!
ONASIZ DUNYOGA KELGAN TOʻRT JONZOT!
Dunyo yaralib, to shu kunga qadar 4 ta jonzotni ona qorni koʻtarmagan, yaʼni onadan dunyoga kelmagan.
Onasiz dunyoga kelgan 4 ta jonzot - bular...
Har bir narsada ikkinchi imkoniyat bo'ladi, lekin ishonchda emas...
©️Antuan de Sent-Ekzyuperi (Tunggi parvoz
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kichikligidan boshlab so'ragan hamma narsasi beriladigan bolalar uch narsani - haqiqiy xursandchilik va intilish nima ekanini bilmaydilar, ota-onasini hurmat qilmaydilar.
©️Masaru Ibuka (Uchgacha ayni vaqti
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Asabin egovlab betinim avval,
Jonidan to'ydirib, miyasin titar.
Ayol so'ng erkakning insof topib sal,
O'zi uzr so'rab kelishin kutar...
©️Bobur Bobomurod
Telegram | Instagram | Audiokitob
🇺🇿Qanday qilib O'zbekistonda investitsiyalar orqali pul ishlash mumkin?
2 ta usul bor:
1) Siz O'zbekiston yoki Amerika kompaniyalariga pul tikasiz va kompaniyaning foydasidan butun umr foiz olasiz.
2) Siz kompaniya ulushini (aksiyasini) sotib olasiz va u ko'tarilganda – uni yuqori narxda sotasiz.
18 yoshga to'lgan har qanday odam istalgan kompaniyaning hammuassisiga aylanish huquqiga ega. Buning uchun katta kapitalga ega bo'lish shart emas, 100 000 so'm bilan boshlash mumkin.
Bu rasmiy va halol.
Investitsiyalarni 0 dan o'rganishni xohlaysizmi? Bizning BEPUL onlayn-treningimizni ko'ring. Ushbu kanal obunachilariga biz qo'shimcha ravishda "Investitsiyalardan xavfsiz daromad olish" elektron kitobini BEPUL taqdim etamiz.
Sovg'alarni olish uchun quyidagi havolaga bosing 👇
[Trening + Kitob]
👍👍🔥
😀 Kimda ishlatilmaydigan Eski yillarda ochilgan Telegram guruhlar bo’lsa sotib olamiz.
🫸 Faqat guruh olinadi, kanal emas🚩
✅ Narxlar quyida keltirilgan:
💸 2022 guruh 35ming so'm
💰 2021 guruh 40 ming so'm
😀 2020 va undan oldin ochilgan guruhlarni 50 ming so'mdan sotib olamiz
2023 guruh 8 ming so'm 2023- yildagi faqat mart oyigacha ochilgan guruhlarni olamiz ✅
❕ Guruhlarda obunachi bo’lishi shart emas, a'zolar soni 1ta bo’lsa ham olaveramiz.
Murojaat uchun: @Guruh_oluvc
Judayam eski bir serialni bor vujudim bilan tomosha qilmoqdaman. Faqat ichimda: "Onam shu yerda kulgandi", deyish uchungina.
©️Mubashshir Ahmad (Olim, odam va olam
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz kimmiz o’zi? Siz, men, qolgan odamlar? Oramizdan ketganlar-chi? Qay biri chin: insonmi yoki uning inikosi? Azob-uqubatlarga giriftor tirik vujudmi yohud og’riq iztirobidan mahrum u to’g’risidagi xotiralarmi?
©️Erix Mariya Remark (Lissabondagi tun
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Har safar zilzila bo'lganda, beixtiyor bir so'zni takrorlayveraman:
- Ey Xudo, hammasiga men aybdorman...
©️Mubashshir Ahmad (Olim, odam va olam
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Notiq ommani xohlaganicha boshqarishi mumkin, omma esa yorug'likka talpingan chumoli kabi illyuziyalar tomon talpinadi.
©️Gustav Lebon (Omma psixologiyasi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotingizni qiyinlashtirmoqchi boʻlgan odamning gʻashiga tegish uchun oʻzingizni hamma narsaga befarqdek koʻrsatishdan koʻra yaxshiroq narsa yoʻq.
©️Ken Kizi (Kakku uyasi uzra parvoz
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Baxt - muammolarga yechim topishdan hosil boʻladi.
©️Mark Menson (Beparvolikning nozik san’ati
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir juft ko'zga shuncha dard-u alam qay yo'sinda jo bo'ldi ekan?
©️Erix Mariya Remark
Telegram | Instagram | Audiokitob
Charchadim. Hech narsani bilmayman. Yagona istagim yuzimni quchog'ingga qo'yish, boshim uzra qo'lingni his qilish va abadiyga shunday qolish.
©️Frans Kafka
Telegram | Instagram | Audiokitob
To'tini aqlli etti bu davron,
Magar to'lg'onsa ham jismida jur'at,
O'zin so'zin aytmas hech qachon,
Birovning gapini qaytarar faqat.
Xo'rozday qichqirmas, garchi tong otdi,
Axir bir aylanib tushadi-ku shom.
Axir qancha xo'roz so'yilib ketdi,
To'ti qafasida omondir-omon!
©️Usmon Azim
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Bekman", deya maqtanganlarni ko'rdim, "to'raman", "mo'lloman", deb to'r so'raganlarni, "polvonman", "merganman" deb davra tilaganlarni ko'rdim, Xudoyimning kuniki, "qulman" deb ko'krak kerganlarni-da ko'rgizdi!
©️Javlon Jovliyev (Stalinga maktublar
) hikoyasidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Boylikning asiri bo‘lgandan ko‘ra ozod kambag‘al bo‘lgan yaxshi. Tabiiyki, odamlar ham boy, ham erkin bo‘lgisi keladi, baʼzan shuning uchun kambag‘al qullarga aylanadilar.
©️Alber Kamyu
Telegram | Instagram | Audiokitob
Gapirgan va gapirilganlarni tushungan dushman gapirgan va gapirilganlarni tushunmagan do'stdan yaxshiroq.
©️Xolid Ertug'rul (O'zini qidirgan odam
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tug'ilishi bilan odam miyasi oq qog'ozdek bo'm-bo'sh va beg'ubor. Uni to'ldirishni uch yoshda boshlash kechdir. Imkon qadar ertaroq boshlash kerak.
©️Masaru Ibuka (Uchgacha ayni vaqti
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Siz tushkunlikka tushganingizda doimo umid qilishingiz kerak, umid qilishga tushib ketganda esa shubhalanishingiz.
©️Gustav Flober
Telegram | Instagram | Audiokitob