elektron_kutubxona | Неотсортированное

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

50838

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Подписаться на канал

Kutubxona™

Yo‘q, men kasal emasman. Kasal bo‘lganimda kasal ekanimni bilmagan ham bo‘lardim. Altsgeymerga duchor bo‘lganlar menga o‘xshab qalam olib o‘z tarixini yozarmidi? Yo‘q, yozmaydi. Kechinmalarinimi? Bilmadim. Ular nimani his qilarkin o‘zi? Axir ular hech nimani eslolmaydi, nimani qoralasin? Bugun tongda nonushtaga nima yeganinimi? Yo‘q, yo‘q, sirayam yodiga kelmagan bo‘lardi.

©️
Nodirabegim Ibrohimova (Men, dadam va alsgeymer) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Men tabiiy qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini anglashni juda yaxshi ko‘raman. Qisqasi, bular bizning dunyomizda amal qiladigan qonunlardir. Inson ularni yaratmagan, shunchaki payqagan va bayon qilgan. Nyuton uzilib tushgan olmaga eʼtiborini qaratdi va butun olam tortishish qonunini kashf etdi. Bunday misollar nafaqat fizika kabi aniq fanlarda, balki har bir sohada mavjud.

©️
Yevgeniy Frolov (Tizimli biznes) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

«O'zimiz ­bid'atlarga mubtalo bo'lganimiz yetar. Keyingi avlodimizning xurshidi saodatlarin zavolg'a yetkurmaylik. Bundan keyin bid'at va majusiyat odatlarini yo'q qilmoq uchun yolg'iz ikki kalima so'zni yaxshi tushunmoq lozim: o‘qimoq va uqimoq»

©Nabijon Boqiy (Qizil toshbo'ron) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Biz qiziqchi bo'lganimiz uchun qiziqchilik qilmaymiz, faqat ana shu tuyg'uni yo'qotmaslikka tirishamiz, aks holda xarob bo'lamiz.

©️Erix Maria Remark (
G'arbiy frontda o'zgarish yo'q) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Tarixdan maqtanadigan qurol sifatida foydalanish yaramaydi – bu oʻsha millatning kelajagiga urilgan boltadir.

©️Li Kuan Yu

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Eng katta yolgʻon - bu butun umr davomida bitta insonni sevishga vaʼda berishdir.

©️Genri Miller

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Insonlar doim o'zlarini ovutib yashaydilar. Bu esa ulardagi jasoratni so'ndiradi.

©️Albert Eynshteyn (Tasavvurimdagi dunyo) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Siz tanlagan yo'l har doim ilm olishdan boshlansin. shunda maqsad tomon parvozingizda manzilingiz aniq va xotiringiz jam bo'ladi!

©️Albert Eynshteyn (Tasavvurimdagi dunyo) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

1- oktabr o'qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo'lsin aziz ustozlar

@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

BIRINCHI OKTABR TONGI!🎊

Shabnamlar pichirlab yaproqlariga,
Shivirlab nimadir aytmoqchi goʻyo,
Lol qolib bu tongning titroqlariga,
Nimadir demoqchi, oʻtkinchi dunyo.

Sokin tun ohista sochin turmaklab,
Yoʻqlikka yoyildi, tong keldi peshvoz,
Tong bilan uchrashdi, muqaddas, dilkash,
Joynomoz ushlagan, nuroniy ustoz.

Oʻzgacha bu tongda,oʻzgacha husn,
Bosh qoʻydi sajdaga,ustoz ham bu dam,
Hamdu,sano aytdi Yaratgan uchun,
Parvona boʻlishdi farishtalar ham.

Soʻng asta quyosh ham nur sochdi zarrin,
Ziyoga toʻlishdi atrof ham goʻyo,
Aylanib bir zumga jajji bolaga,
Tilaklar aytmoqchi,bu koʻhna dunyo.

Ustozning mehridan chamanlar unar,
Doim manglayidan oqar halol ter,
Gar uni quyoshga qiyos aylasak,
Bir jajji bolaga oʻxshaydi bu Yer.


©️XURSHID KARIM

@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

— Nima qilyapsan, Zeze?
— Hech narsa. Qoʻshiq aytayotgandim.
— Qoʻshiq?!
— Ha.
— Unda men kar ekanman-da!

Tavba, odam ichida ham, ovoz chiqarmay qoʻshiq kuylashi mumkinligini nahot bilmasa? Indamadim. Bu yoshga kelib ham ovozsiz musiqani eshitolmabdimi, bundan keyin ham eshitolmaydi. Mening tushuntirishim behuda...

©️Joze Mauro de Vaskonselos
(Azizim po'rtaxol) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

✍🏻 Rauf Parfi
📙 Sabr daraxti

Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing

Читать полностью…

Kutubxona™

Ayni damda biz faqatgina aysbergning uchi bo'lmish ong qismidan xabardormiz, ammo, ong osti shaxsiyatimizning juda katta va chuqur ko'milgan qatlamlaridan iborat.

©️Poll Kleynman (Psixologiya 101) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Urushlar tugaydi, rahbarlar qo'l berib ko'rishadi va ona shahid bo'lgan o'g'lini kutib qoladi.

©️Erix Mariya Remark (
Uch og'ayni) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bari menga o'rgatmoqlik uchunmidi sevgi neligin?
Yo'q, Uni o'rgatasiz siz o'zingizga. Gar bilsangiz, bu ishlarning ustasiman men va agar kim bo'lsa sevgi parisi, Ayting, kelsin va o'rgansin sevmoqni mendan.

©️Nensi Kleynbaum
(O'lik shoirlar jamiyati) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Olimlar yulduzlarga o'xshaydilar. Agar ko'rinib tursa, odamlar ular bilan yo'l topishadi.

©️Hamidjon Homidiy
(Tasavvuf: Qaraniydan Rushdiygacha) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevishni bilmaganlargina qo'liga qurol oladi.

©️Atiq Rahimiy (Sabr toshi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

✍🏻 Umar Xayyom
📗 Tiriklik tilsimi


Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing

Читать полностью…

Kutubxona™

Men anchadan buyon sizning taqdiringizni o‘zimcha fikrlab yuraman. Dmitriy Fyodorovich, men uni kuzatib, o‘rganib yuraman… O, ishoning, men tajribakor yurak do‘xtiriman, Dmitriy Fyodorovich.
— Xonim, agar siz tajribakor do‘xtir bo‘lsangiz, unda men tajribakor bemorman, — zo‘r-bazo‘r lutf qildi Mitya.

©️Dostoyevskiy
(Aka-uka Karamazovlar) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kunlardan bir kun, bu dunyoga kelish kabi baxtsizlikka uchraganman...

©️Fyodor Dostoyevskiy
(Telba) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Turmush o‘rtoqlar o‘zlarining shaxsiy xususiyatlarini, individual farqlarini oila hayotida ham saqlab qolishlari va shaxs sifatida mavjudlikni davom ettirishlari baxtli va osoyishta turmush uchun juda muhimdir. Aks holda, oilada faqat bir kishining aytgani bo‘ladi, faqat bir tomon istayotgandek yashaladi, boshqalar esa shunchaki itoat qiladi. Bunday holda, maʼlum vaqt o‘tgach, turmushda muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Individuallashish muhim, lekin turmushda “men” dan “biz”ga o‘tilgan taqdirdagina oila sog‘lom darajada saqlanib qolinadi.

©️A.Bulut & A.Akin (Uyimiz jannatga aylansin) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

✍🏻 Usmon Azim
📘 Kuz she’riy to’plam

Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing

Читать полностью…

Kutubxona™

Vijdonga ozor bersang, bir kun kelib qasos oladi.

©️Benjamin Franklin (Yuksalish San'ati) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

​​Ustozlar

Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim so‘zingizdan, ustozlar.
Qalbingizning yo‘q g‘ubori, mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olsin haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog‘ining bog‘bonisiz, charog‘bonsiz ko‘ngilga,
Ming ehtirom o‘g‘lingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to‘ridan,
Mo‘min hayot darsin o‘qir o‘zingizdan, ustozlar.

Po‘lat MO‘MIN,
O‘zbekiston xalq shoiri.


@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Bayramingiz muborak bo’lsin aziz ustoz va murabbiylar!

MUALLIM

Yodimda, bir choqlar misrlik mehmon
Shoirdan bayt aytdi soʻz tekkan zamon.
Oʻsha gap yodimdan chiqmaydi hamon:
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.

Tangri irodasi, hayot xohishi, –
Haq yoʻlida daʼvat rasullik ishi.
Iymoni nur sochgan fonusdir kishi,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.

Muallim – bolaga mehrda timsol,
Nabirasin suyib, ul qalbi zilol,
Sajdada yelkasin tutmish bemalol.
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.

Tarix – ulugʻ maktab komillik sari –
Bordir Buxoriylar, Navoiylari.
Dondek hikmat terar koʻngil qushlari,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.

Burgutga qanotioʻzi bir maktab,
Buyuklar hayoti oʻzi bir maktab.
Oʻzbekiston oti oʻzi bir maktab,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil!

@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Ziyorat uchun shunday bir vaqtni tayin qilginki, u uzun ham, mezbonga mashaqqat keltiradigan ham bo'lmasin. Ya'ni, mehmondorchilikka taomlanish, uyqu, dam olish va xordiq chiqarish kabi nomunosib vaqtlarda bormaslik kerak.

©️Abdulfattoh Abu G'udda (Musulmonning 35 odobi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Odamlar doimo sizni ortga qaytarishga va "Buni amalga oshirib bo'lmaydi" deb sizni ishontirishga harakat qilishadi, ammo, agarda siz o'zingizga ishonsangiz va maqsadlaringiz tomon tinimsiz harakat qilsangiz, albatta, hamma narsaga erisha olasiz!

©️Richard Branson (Qani boshladik!) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Agar bolalarni sho‘xliklari uchun jazolamoqchi bo‘lsangiz, tog‘liklar odatiga ko‘ra istagan joyiga urishingiz mumkin, lekin yuziga qo‘l tegizish mumkin emas. Tog‘liklarni yozilmagan qonuni shu: inson yuzi daxlsizdir.
Dog‘iston - mening yuzim. Hech kimning mening yuzimga daxl qilishiga yo‘l qo‘ymayman!


©️Rasul Hamzatov (Mening Dog’istonim) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ikki soat qiziqarli roman o’qib o’tkazilgan vaqt ko’pincha ikki yil hayot kechirgandan ko’ra muhimroq.

©️Sabohaddin Ali (Mo’ynali mantodagi madonna) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

✍🏻 R. Gordin
📘 Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing

Читать полностью…
Подписаться на канал