elektron_kutubxona | Неотсортированное

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

50838

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Подписаться на канал

Kutubxona™

Insonlar bir-birini sevsa janjallashmaydi, aksincha munosabatlarni xotirjam tartibga keltiradi.

©️Anton Chexov

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ayol kishiga avvalo ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi.

©️O'tkir Hoshimov

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ko‘rsatkich barmog‘ini farzandiga niqtab baqiradigan ona bilib qo‘ysinki, u bolasini tarbiya qilayotgani yo‘q, aksincha, bolaning qalbida ildiz otayotgan aybdorlik tuyg‘usining ilk urug‘larini qadamoqda.

©️Hadicha Kubro Tongar (Baqirmaydigan onalar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Aslida gapirganimdan ko‘ra boshqacharoq yozaman, o‘ylaganimdan ko‘ra boshqacharoq gapiraman, o‘ylashim zarur bo‘lganidan boshqacha fikrlayman, va shu zaylda zulmat qaʼriga qadar...

©️Frans Kafka

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Qiyinchiliklar bizni qo‘rqitish va azob-uqubat chekishimiz uchun emas, balki rivojlanish va o‘sishimiz uchun zarur sinovlardir. Ularga qarshilik ko‘rsatishga hojat yo‘q. Har bir muammo va qi­yinchiliklardan saboq olish, ular ortida xayrli ishlar kelishiga ishonish kerak.

©️
Mrinal Kumar Gupta (Baxtli bo'lish sirlari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevgini asrash uchun fidoyilik va jonbozlik talab etiladi. Sevgi baham ko‘rilganda ortadi. Shu bois mehrga xasislik qiluvchilar oxir-oqibat undan bebahra qoladilar.

©️Oilada sevgi suhbatlari kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir kasb egasi bo‘lish uchun ko‘p yillar o‘qib-o‘rganamiz, bir guvohnoma olish uchun kurslarga qatnaymiz, lekin o‘ylab ko‘ring: yaxshi ota-ona bo‘lish uchun nechta kitob o‘qidik?

©️ Sheniz Yujel (Go'daklikdan yigitlikka qadar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir bolaning otasi har kuni maktabga lyuks mashinada olib kelarkan. Boshqa bola bo‘lsa, har kuni otasining velosipediga mingashib kelarkan. Badavlat ota o‘g‘liga: “Ko‘rdingmi, mening qadr-qimmatimni bil, seni har kuni qimmatbaho mashinamda olib kelaman” debdi. Shunda bola otasiga: “Koshkiydi meni velosipedda olib kelsangiz, o‘shanda men sizni quchoqlab kelgan bo‘lardim” degan ekan.

©️
Sheniz Yujel (Go’daklikdan yigitlikka qadar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Baʼzan kechagi kuning o‘tgan yildek tuyuladi. Baʼzida esa o‘tgan yilni kechagi kundek idrok etasan.

©️Хaruki Murakami (Pinbol-1973) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Fikr ifodalanishi kerak, lekin soʻz fikrga boʻysunishni istamaydi.

©️Yan Parandovskiy (Soʻz kimyosi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ota-onasi janjallashayotganda, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek o‘ynashda davom etayotgan bola, bu ziddiyatdan o‘zini hissiy jihatdan himoya qilish uchun izolyatsiya (o‘zini yakkalash) mexanizmini faollashtiradi. O‘ziga yangi dunyo qurish orqali, mazkur dunyodan xavfsiz makon sifatida foydalanadi. Faqat televizor ko‘rishi, kompyuter o‘ynashi, soatlab o‘yinchoqlari bilan berilib o‘ynab o‘tirishi yakkalanishga intilish sifatida kuzatiladi.

©️Xadicha Kubro Tongar (Men bolamni urmayman) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Xotira shunday tuygʻuki sukut bilan ham koʻzingni yoshlatadi...

©️Stefan Sveyg

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yiqildingmi?... Koʻzlaringda
Buncha alam,
Buncha alam!
Ustu boshi chang koʻrmagan,
Dard koʻrmagan
Erka bolam!
Shiddatingning shamoliga
Hushing bir zum
Shaydo boʻldi...
Sening ravon yoʻllaringda
Bu tosh qaydan
Paydo boʻldi?
Yoki aqling ketganmidi,
Endi toshlar
Qolmagan deb?
Laʼnatlading, bolam meni
Yoʻldan toshni
Olmagan deb...
Erka bolam, kechir meni,
Oqsuyagim,
Muruvvat qil!
Toshli-toshli bu dunyoda
Maysaday xor
Yashadim, bil.
Toshlar bilan kurash tushdim
Kurash bekor
Ketmagandir,
Qolgan boʻlsa biror zil tosh,
Bolam, kuchim
Yetmagandir...


©️
Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

- Chunki sizning oʻz fikringiz yoʻq... Oʻqimagansiz, asl haqiqatni bilmaysiz... Shunga kim nima desa, ishonib ketaverasiz... Mana, men ikki ogʻiz gapiruvdim, koʻnglingizda shubha uygʻondi... Odam bunaqa boʻlmaydi... Sizning bu feʼlingizdan foydalanuvchilar koʻp boʻladi hayotda... Alam qiladigani, butun xalqimiz shunaqa, sizga oʻxshaydi... U chiroyli soʻzlarga ishonadi. Hushyor boʻling!

©️Ismoil Shomurodov (Qamal) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bu dunyoda qalbi va aqli ila senga mos bo'lgan kishiga do'stlik qilish ma'vo jannatiga teng qiymatdir. Qalbi sendan uzoqda, aqli senga teskari kishi bilan bir yerda bo'lish esa bu dunyoning jahannamidir.

©️Sardor Tunjar
(Oshiqlar naylasin?) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

🇺🇿 Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami muborak bo‘lsin, azizlar! 🥳

Jannatmakon o‘lkamiz osmonining musaffoligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi barqaror, vatanimizning yuksak kuchu-qudrati, nurli yo‘li, xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lsin!

Milliy qadriyatlarimizga to‘yingan oilalarimizning mustahkamligi, serbaraka rizqu-nasibasi, mehru-oqibati, Vatanga bo‘lgan sadoqati bundanda yuksak bo‘lishiga tilakdoshmiz!

➥Barchani tabriklang➪︎

@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Inson hayotining ikkinchi yarmi, odatda, birinchi yarmida to'plangan jamiki odatlardan tarkib topadi.

©️Fyoder Dostoyevskiy (Hayotiy hikmatlar va tanbehlar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ona bo‘lganimdan so‘ng men voz kechgan orzulardan birinchisi xuddi bir sham kabi uyda muqim yashash bo‘ldi. Chunki bolalar bo‘lgan muhitda uyning to‘zib ketmasligi – u yerda yashayotgan bolalar kovlashtirmaydi, qiziqmaydi, o‘rganmaydi, bir so‘z bilan aytganda, rivojlanmayapti deganidir. Yo tartibli bir uyim bo‘ladi yoki aqlli va baxtli bolalarim. Bunday holatda men ikkinchi bandni tanlashga qaror qildim.

©️Hadicha Kubro Tongar (Baqirmaydigan onalar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yaxshi asar eski qaziga o'xshaydi, chaynaganing sari mazasi chiqadi.

©️Abdulla Qahhor

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bolalaringizning davrini o‘zingizning bolaligingiz bilan qiyoslamang. Kecha barcha shart-sharoitlari bilan o‘tdi-ketdi... Yangi kun boshlandi... Har kun quyosh yangidan chiqadi va dunyo takror o‘zgaradi. Shuning uchun Hazrati Ali (r.a.) «Bolalaringizni o‘z davringizga qarab emas, ular yashagan davrga ko‘ra tarbiyalang», deb tavsiya berganlar.

©️
Oilada sevgi suhbatlari kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Uyingda shunday ko'zgu borki, sen unga har kuni qaraysan. Har qaraganda o'z fazilatingni ham, nuqsonlaringni ham ko'rasan.
Bu ko'zgu — farzanding!

©️O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bolasi otasidan ko‘proq kitob o‘qimagan millat taraqqiy etolmaydi.

©️
Sheniz Yujel (Go’daklikdan yigitlikka qadar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Odatlar va instinktlarning o'zi yetarli bo'lar ekan, tabiat hech qachon intellektga murojaat qilmaydi. O'zgarish va unga ehtihoj yo'q joyda intellektning bo'lishi mumkin emas.

©️
Herbert Uells (Vaqt mashinasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kichkina bolakay bobosidan so'radi:
— Bobojon, odamlar nega ishlaydi?
— Nega bo'lardi, bolam, non puli uchun-da...
— Unday bo'lsa novvoylar nega ishlaydi?


©️Oilada sevgi suhbatlari kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Odam bu — loyqa seldir. Bu loyqa selni o‘ziga yutib yana toza qilmoq uchun faqat dengiz bo‘lmoqlik kerakdir.

©️Fredrix Nitshe (Zardo’sht tavallosi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hayotdagi eng katta baxt bu ular bizni sevishlariga, bizni kimligimiz uchun sevishiga yoki kim ekanligimizga qaramay, bizni sevishiga ishonchdir.

©️Viktor Gyugo

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ichimdim. Sog‘indim seni, shekilli,
Tongim rangi sariq, xasta kunduzim.
Ihrab quyosh chiqar, o‘kchib oy sho‘rlik,
Osima —
Sen kimning qizi!

Ko‘rpaga burkansam, ko‘rpa ilvirar,
Yostiqqa yopishsam, ilvirar yostiq.
O‘y menga sig‘maydi, uy menga sig‘mas,
bosiriq — bosiriq...

Zirillar borligim yursam, yo‘l ko‘nmas,
Qoyaga tirmashsam, puchmayar qoya.
Qarg‘asam, qarg‘ishim duoga o‘xshar,
voooya...

Ichikdim. Sog‘indim seni, shekilli,
Xo‘rligim keltirar g‘alati gina.
Nimaga odamlar shod, xurram, mamnun,
Bizlar odammasmi,
Osima?!


©️Abduvali Qutbiddin

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bryussel muzeyida oʻtgan oʻsha vaqt ichida bir haqiqatni tushunib yetdim: narsalarga uzoq vaqt davomida termilsangiz, ular gapira boshlaydi. Ammo tezda gapirishni boshlaganlari haqiqiy hisoblanmaydi.

©️Erix Mariya Remark (Jannatdagi soyalar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevganlaring uchun joningdan kechish oson, lekin ular uchun yashashga – ko‘p yillar davomida deyarli har kuni o‘lib-tirilishga – haqiqiy ishqni totganlargina qodirdir...

©️Ravshan Abdullao'g'li (
Relslar uzra yotgan odam) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Nima ham deyish mumkin, odamlarga aqlni ato etgan Alloh unga ahmoqlikni ham bergan, ba'zan esa ikkalasini bitta kallada aralashtirib yuborilgandek edi.

©️Garri Kreyg (
Hazrati Bilol) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Подписаться на канал