Ahvolimni so'ramang! Nima deyishimni xohlaysiz? Bilsangiz, nima o'zgaradi?! Yaxshiman desam, xursand bo'lasizmi yoki xafami? Aslo qayerdaligimni so'ramang! Jahannamning tubidaman desam, kelasizmi? Yo'qsa, mendan qochishda davom etasizmi? Shuning uchun holimni so'ramang, aslo qiziqmang! Yoki kim bilansan, demoqchimisiz? Yolg'izman. Qo'llarimdan tutishga jasoratingiz yetadimi? Sevasanmi, deb aslo so'ramang! Sevaman, deyishimni kutyapsizmi? Endi bu savollarning nima ahamiyati bor? Axir meni tark etib, butun savollarni javobsiz qoldirmadingizmi?
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kim to’rt narsani da’vo qilsayu, to’rt narsaga amal qilmasa: jannatni sevaman desa-yu, Allohga itoat etmasa, Payg’ambarni yaxshi ko’raman desa-yu, uning go’zal axloqiga ergashmasa, kambag’al va faqiru benavolarni yoqtirmasa, jahannamdan qo’rqaman desa-yu, gunoh qilishdan chekinmasa, Allohni sevaman desa-yu, musibatlarga duchor bo’lganda, ingrab zorlanishdan tuyilmasa, u yolg’onchidir.
©️Imom G’azzoliy (Mukoshafatul qulib
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ishq-
tilingdan chiqishga jasorati yetmagan soʻzlarning qalbingda boʻronlar koʻtarmogʻidir!!!
©️Usmon Sungur Yeken
(
Yo Nasib!..
)
kitobidan
Odamlarning atiga 2 foizigina o'zganing nazoratisiz ishlay oladi. Biz ularni liderlar deb ataymiz.
©️Brayan Treysi (Samaradorlikning 21 yo'li
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ibn Abbos roziyallohu anhumo bir oyat tafsiri borasida bunday deganlar: «Alloh Qur’onga ergashgan va undagi narsalarga amal qilgan kishiga dunyoda zalolatga ketmasligiga, oxiratda baxtsiz bo‘lmasligiga kafil bo‘ldi».
©️Nozimjon Hoshimjon (Qur'on oshiqlari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz tasavvurimizda asliyatdagidan koʻra koʻproq azoblanamiz.
©️Seneka
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonga yashash uchun maqsad bering va u har qanday vaziyatdan omon chiqadi.
©️I.V.Gyote
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson ruhiyati xotiralar girdobiga o'ralashib qolgan bo'lsa, oldinga siljiy olmaydi.
©️Margaret Mitchell (Shamollarda qolgan hislarim
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Koʻp hollarda, hatto yovuzlar ham biz hukm qilganimizdan koʻra sodda va samimiyroq boʻladi. Shu kabi oʻzimiz ham.
©️Fyoder Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Oʻylash oson, harakat qilish – qiyinroq, oʻy-fikrlardan amalga oʻtish – eng qiyini.
©️Gyote
Telegram | Instagram | Audiokitob
Buyumlarning ham joni bor, faqat ularning qalbini uygʻota bilish kerak.
©️Gabriel Garsia Markes (Yolgʻizlikning yuz
yili) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men va mening vaqtim: bir-biriga sira toʻgʻri kelmaydi.
©️Artur Shopengauer (100 mumtoz faylasuf
) toʻplamidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ahmoqlar mamlakatida aqli raso qirol bo'lmaydi.
©️Oldos Haksli (Orol
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kimda-kim eng yuksak tog‘larga ko‘tarila olsa, u sahna va hayotning har qanday fojiasi ustidan kula biladi.
©️Fridrix Nitshe (Zardo‘sht tavallosi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Olimlar yulduzlarga o'xshaydilar. Agar ko'rinib tursa, odamlar ular bilan yo'l topishadi.
©️Hamidjon Homidiy (Tasavvuf: Qaraniydan Rushdiygacha
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shunchaki yashashdan ma'no yo'q yoki yashash kerak yoki yashnatish...
©️Mary Johnson
Telegram | Instagram | Audiokitob
Banda Allohga Uning Kalomidan ko'ra mahbubroq boshqa biror narsa bilan yaqinlasholmaydi.
©️Nozimjon Hoshimjon (Qur'on oshiqlari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Holbuki, savol bor ekan, javob ham bo’lishi kerak. Savol menga oid ekan, javobi ham o’zimda bo’lishi shart edi. Albatta, u paytlar mantiq yuritadigan yoshda emasdim, lekin o’sha kezlardagi qalbim sadosi hanuz qulog’im ostidan ketmaydi.
©️Serdar O’zkan (G’oyib bo’lgan atirgul
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir insonning qalbini fath etish, bir tog' cho'qqisini fath etishdan muhimdir.
©️Junayd Suavi (Kechinmalar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Og’riqni unutish qiyin, quvonchni eslash undan-da qiyin. Baxt o'zidan iz qoldirmaydi.
©️Chak Palanik (Kundalik
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insoniyatning butun kelajagini uning oʻtmishidan oʻqish mumkin.
©️Sidni Sheldon (Orziqib kutaman ertani
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Oʻzing haqingdagi haqiqatga iqror boʻlishing bilan uni boshqalardan eshitishing umuman boshqa-boshqa narsalar.
©️Somerset Moem
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kitoblar - bu koʻzgu: unda qalbingizning aksi jilolanadi.
©️Karlos Safon (Shamolning soyasi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Baʼzida qoidalarni buzib turish kerak, aks holda ulardan quvonch yoʻq.
©️Erix Mariya Remark
Telegram | Instagram | Audiokitob
Mukammal matn deganlari, aslida, yoʻq narsa. Xuddi butkul umidsizlik boʻlmaganidek.
©️Xaruki Murakami (Shamol qoʻshigʻigi tingla
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bekorchilik — juda ham ogʻir mehnat.
©️Oskar Uayld
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bizning qalbimizdagi fazilat boshqa odamlardagi fazilatni koʻra olganimiz miqdoriga teng.
©️Uyilyam Xezlitt
Telegram | Instagram | Audiokitob
Pulni ishlatsang ozayadi, aqlni ishlatsang sayqal topib, ko'payadi.
©️ Buqrot (Gippokrat
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yo‘q, men kasal emasman. Kasal bo‘lganimda kasal ekanimni bilmagan ham bo‘lardim. Altsgeymerga duchor bo‘lganlar menga o‘xshab qalam olib o‘z tarixini yozarmidi? Yo‘q, yozmaydi. Kechinmalarinimi? Bilmadim. Ular nimani his qilarkin o‘zi? Axir ular hech nimani eslolmaydi, nimani qoralasin? Bugun tongda nonushtaga nima yeganinimi? Yo‘q, yo‘q, sirayam yodiga kelmagan bo‘lardi.
©️Nodirabegim Ibrohimova (Men, dadam va alsgeymer
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men tabiiy qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini anglashni juda yaxshi ko‘raman. Qisqasi, bular bizning dunyomizda amal qiladigan qonunlardir. Inson ularni yaratmagan, shunchaki payqagan va bayon qilgan. Nyuton uzilib tushgan olmaga eʼtiborini qaratdi va butun olam tortishish qonunini kashf etdi. Bunday misollar nafaqat fizika kabi aniq fanlarda, balki har bir sohada mavjud.
©️Yevgeniy Frolov (Tizimli biznes
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob