Napoleon aytadi: "Nasroniy bo'lish orqali konsullikni egalladim, musulmon bo'lish orqali Misrga kirib bordim, italiyalik rohiblarni ustidan g'alaba qozonish uchun ularning e'tiqodiga o'tdim. Agarda yahudiy millatini boshqarishimga to'g'ri kelganida, payg'ambar Sulaymonning ibodatxonasini qayta qurgan bo'lar edim".
©️Gustav Lebon (Omma psixologiyasi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Meni sen xafa qilmading, balki men o'zim senga ortiqcha qiymat beraverib ruhimni charchatdim va chirqiratdim...
©️Frida Kalo
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men sizga kafolat beraman: dunyo sizni itoat qilishga o'rgatadi, chunki olamda bitta muhim ehtiyoj bor - bir bo'lak non topish.
©️Chingiz Aytmatov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayot hali mening oldimda,
Aqlim o‘sar, fikrim yuksalar.
Ammo, ko‘rganlarim yodimda,
Hammasi ham butunlay qolar.
O‘sha paytda qaysisi kulgi,
Qaysi biri berar hayajon.
Bu she'rimning boisi shulki:
Fikr — bola, bola — o‘suvchan!
©️Usmon Nosir
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shodlik istama, qo'y, umring bir damdir,
Tuproqda har zarra Kaykubod, Jamdir.
Jahonu borliqning ishi biryo'la -
Uyqudir, hayoldir, hiyladir, g'amdir.
©️Umar Hayyom
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qargʼa qargʼaning koʼzini choʼqimaganday, odam odamning koʼzini choʼqimaydi, ammo urib koʼkartirishi mumkin.
©️Yanina Ipoxorskaya
Telegram | Instagram | Audiokitob
Balki Xudo insonlar daraxtlarga ham boqib jilmayishi uchun sahroni bino qilgandir...
©️Paulo Koelo (Alkimyogar
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ketganingdan soʻng ham yashayotirman,
Qattiq boʻlar ekan odamning joni.
Hamon oqayotir Jayxun toʻlgʻanib,
Hamon tip-tiniqdir Urganch osmoni.
Hamon gʻazallar bor, qoʻshiq bor hamon,
Shovullab turibdi sen tark etgan bogʻ.
Gullar ochilmoqda, hamon, yo pir-ay,
Bulbul sayrayotir, astagʻfirulloh.
Baribir ishongim kelmaydi sira.
Sen haqda surganim bari xayol — xom.
Yoki — tirikligim yolgʻondir mening,
Yoki sening meni sevganing — yolgʻon.
©️Matnazar Abdulhakim
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevgidan so'ylarding u kun entikib,
So'ylarding visolning yaqin kelishin.
Men bo'lsam ko'zimni qaygadir tikib,
O'ylardim dunyoning savdoli ishin..
Bugun-chi, bir o'zim, yuribman tanho,
Sevgi ham visol ham bo'ldilar abas.
Barchasi manguga tark etdi, ammo
Faqat o'sha o'ylar tark etgan emas..
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sabrli bo'ling. Loyqalangan suv tinishini kuting. Vaziyat tiniq va shaffof holga kelganida, yechim o'z-o'zidan paydo bo'ladi.
©️Lao Tsi
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yoz, qisqartir
Salom, ismim Oʻlmasbek. 2022-yildan boshlab kopiraytingni oʻrganib kelaman va faqat Telegram kanallar uchun natijali postlar yozaman.
Yaqindagina oʻzimning "Telegram Post" nomli Telegram kanalimni tashkil qildim.
Bu kanalga Kopirayting haqida va kitoblardan olingan xulosalar hamda Telegram kanallarning tahlillari haqidagi foydali postlarni joylab boraman.
Sizga ham yozish, oʻqish va yana Telegram kanallar haqidagi maʼlumotlar qiziq boʻlsa, hech tortinmasdan obuna boʻlavering!
⛳️ Obuna boʻlish: @telegrapost
Biznesga asoslangan do'stlik do'stlikka asoslangan biznesdan yaxshiroqdir.
©️Jon Rokfeller
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qadimgi yunonlarda fikrlash qobiliyati katta sovg'a deb hisoblangan.
Keyin u baxtga aylandi. Keyinchalik kasalikka...
Bugun esa u jinoyatdir.
©️Erix Mariya Remark
Telegram | Instagram | Audiokitob
Zax oyoqdan o'tib, tomoqdan oldi.
Issiq boshdan o'tib, oyoqdan oldi.
Bizlarni bexabar, beg'am deganlar
Bilmadik, bu gapni qayoqdan oldi?
©️Mansur Jumayev
Telegram | Instagram | Audiokitob
👍👍🔥
😀 Kimda ishlatilmaydigan Eski yillarda ochilgan Telegram guruhlar bo’lsa sotib olamiz
🫸 Faqat guruh olinadi kanal emas🚩
✅ Narxlar quyida keltirilgan:
💸 2022 guruh 35ming so'm
💰 2021 guruh 45 ming so'm
😀 2020 va undan oldin ochilgan guruhlarni 50 ming so'mdan sotib olamiz.
2023 guruh 8 ming so'm 2023- yildagi faqat mart oyigacha ochilgan guruhlarni olamiz. ✅
❕ Guruhlarda obunachi bo’lishi shart emas a'zolar soni 1ta bo’lsa ham olaveramiz.
Murojaat uchun:@Guruh_oluvch
"Bolalar va ahmoqlar hamisha haqiqatni gapirishadi", - deyiladi eski donishmandlikda. Xulosa aniq: kattalar va aqlli odamlar hech qachon haqiqatni aytishmaydi.
©️Mark Tven
Telegram | Instagram | Audiokitob
👍👍🔥
😀 Kimda ishlatilmaydigan Eski yillarda ochilgan Telegram guruhlar bo’lsa sotib olamiz
🫸 Faqat guruh olinadi kanal emas🚩
✅ Narxlar quyida keltirilgan:
💸 2022 guruh 35ming so'm
💰 2021 guruh 45 ming so'm
😀 2020 va undan oldin ochilgan guruhlarni 50 ming so'mdan sotib olamiz.
2023- guruh 8 ming so'm 2023- yildagi faqat mart oyigacha ochilgan guruhlarni olamiz.✅
❕ Guruhlarda obunachi bo’lishi shart emas, a'zolar soni bitta bo’lsa ham olaveramiz.
Murojaat uchun: @Guruh_oluvc
Eski haqiqatni unutmang - asta-sekin shoshilish kerak.
©️Brem Stoker
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tez orada oʼladi, deb hisoblangan odamni koʼpchilik diqqat bilan tinglay boshlaydi.
©️Chak Polanik
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shunchaki qarab yoki termulib turib dengizni kesib oʼta olmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.
©️Robindranat Tagor
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hamma narsa sen istagandek bo‘layotgan bo‘lsa, baxtlisan. Agar sen istagandek bo‘lmayotgan bo‘lsa, baxtliroqsan. Chunki Allohning istagani bo‘lyapti.
©️Mahbubiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
👍👍🔥
😀 Kimda ishlatilmaydigan Eski yillarda ochilgan Telegram guruhlar bo’lsa sotib olamiz.
🫸 Faqat guruh olinadi kanal emas🚩
✅ Narxlar quyida keltirilgan:
💸 2022 guruh 35ming so'm
💰 2021 guruh 45 ming so'm
😀 2020 va undan oldin ochilgan guruhlarni 50 ming so'mdan sotib olamiz
2023 guruh 8 ming so'm 2023chi yildagi faqat mart oyigacha ochilgan guruhlarni olamiz ✅
❕ Guruhlarda obunachi bo’lishi shart emas a'zolar soni 1ta bo’lsa ham olaveramiz.
Murojaat uchun: @Guruh_oluvch
Oy yig'ladi asta xo'rsinib,
Oq terakka suyanib behol...
Namozshomgul yumdi ko'zini..
Ketayapman...
To'yib qarab qol
Yoningdagi kim?
U-shamolmi?
Endi ishq ham bo'lolmas rasan.
Kezinasan...
Pushaymoning kech..
Axir qasam..
O'rtada qasam!
...Namozshomgul yumdi ko'zini,
Ko'zlarini yulduz yoptimi?
Kutganinga hech o'xshatmading
Ayt, ketishim o'xshayaptimi?
©️Zebo Mirzo
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men nima uchun rizqimni quvayki, u mendan boshqasiga nasib etmasa. Men nima uchun uni kelmaganidan afsuslanayki, u meniki bo'lmasa.
©️Xasan Basriy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz sirlarimiz oʼzimizga oshkor boʼlib qolishidan qoʼrqamiz.
©️Anton Chexov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Diqqat, TANLOV! 🎉
Bu safar tanlovga 6 ta kitob qoʻyamiz. Gʻoliblar esa 4 ta boʻladi. Bular:
1-oʻrin. Musa Aybek – Kutlu Kan
426-bet, turkcha. Tarjimon imzosi va gʻolib ismi yozilgan holda Turkiyadan keladi.
2-oʻrin. Alisher Navoiy – Lison ut-tayr, 512 bet.
3-oʻrin. Oʻlmas Umarbekov:
Sevgim sevgilim - 160 bet
Damir Usmonovning ikki bahori - 190 bet.
4-oʻrin. Togʻay Murod:
Ot kishnagan oqshom - 175 bet
Yulduzlar mangu yonadi - 143 bet.
🔴Tanlov sharti quyidagicha:
Kanalga (@qora_yigit) a’zo boʻlasiz. Shu post ostida ism familiyangizni yozib qoldirasiz. Biz esa har bir kishiga alohida link beramiz. Mana shu link orqali kanalga eng koʻp odam taklif qilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Siz orqali kanalga a’zo boʻlgan odamlarni linkning oʻzi avtomatik hisoblab boradi.
📣Gʻoliblar 26-oktyabr shanba kuni kechki payt e’lon qilinadi.
Harakat qiling, gʻolib boʻling.
🕊Telegram 📱Instagram
- Men sizni sevaman...
- Nima uchun?
- Sevgiga savol berilmaydi...
©️Lev Tolstoy (Anna Karenina
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Maktabga bormagan inson yuk mashinasini o'marishi mumkin. Agar u keyinroq oliy ma’lumotni ham oladigan bo'lsa, butun temiryo'llarni o'maradi.
©️Teodor Ruzvelt
Telegram | Instagram | Audiokitob
U uchinchi qizining ham kontraktga o'qishga kirganini eshitdi va mehnatda qavargan qo'llariga qaradi:
- O'qitaman!!! - dedi o'ziga o'zi pichirlab...©️Husan Tangriyev
Telegram | Instagram | Audiokitob