Yangi qadam tashlash, yangi so'z aytish - odamlar eng ko'p qo'rqadigan narsalardir.
©️Fyodor Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ayollar qalbini zabt etadigan eng ulugʻ va eng qudratli vositani ishga soldim, bu shunday qurolki, hech qachon hech kimni aldamaydi, hammaga barobar taʼsir qiladi, bironta ham odam unga qarshi tob berolmaydi, bironta ham, istisnosiz surʼatda. Bu qurol maqtovdir!
©️Dostoyevskiy (Jinoyat va jazo
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Mehnat qilish hayotning qonuni ekanini, faqat peshona teri to‘kib non topish mumkinligini yoshligidanoq tushungan odamgina qahramonlik ko‘rsatishga qodir bo‘ladi; chunki unda buning uchun har bir kun va har bir soatda iroda va kuch topiladi.
©️Jyul Vern (O‘n besh yoshli kapitan
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Gaplasha olish bilan "gaplashishni bilish" orasida katta farq bordir. Masalan ko'p inson ikkinchisini bilmas!
©️Jemal Sureya
Telegram | Instagram | Audiokitob
- Uzoq vaqt jinni boʻlganmisiz?
- Hamma vaqt deb oʻylayman, - javob berdi Spelmen. - Sizga aytsam, bunga oʻxshash zamonda baxtiyor yashashning yagona yoʻli shu.
©️Ernest Xeminguey (Toʻqchilik va yoʻqchilik
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Dunyoda mutlaqo noto‘g‘ri narsa yo'q. Hatto buzilgan soat ham kuniga ikki marta aniq vaqtni ko‘rsatadi.
©️Paulo Koelo
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech qachon umidingizni yo'qotmang. Bo'ronlar odamlarni kuchliroq qiladi va hech qachon abadiy davom etmaydi.
©️Roy Bennett
Telegram | Instagram | Audiokitob
Har narsaning me’yori yaxshi. Odobning esa ortig‘i.
©️Shams Tabriziy
Telegram | Instagram | Audiokitob
🥰Sizga ham bizga ham ISLOM muborak!
Qalbimiz bahori Qur'on muborak!
Allohdan ajr kutib duo qilguvchi...
Bayramlar sayyidi Hayit muborak!!!
♥️♥️
Allohning rahmati bir sizga bo'lsin,
Umringiz Islomning nuriga to'lsin,
Shukurkim yetkazdi ulug' kunlarga,
Ushbu Ayyomingiz muborak bo'lsin!
😘😘😘
Jannat yo'lingizda bir darak bo'lsin,
Shafoat elchisi taborak bo'lsin,
Arafa kuningiz xayrli o'tib,
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin
🥰🥰
Dunyo bir bog'dir mevasi inson,
Insonning mag'izi etiqod iymon.
Iymonga quvvatdir xur-u salovat,
Axli islom shodligi "HAYIT" muborak!
🥰🥰
Ushbu kun Allohning inoyatidir,
Barcha duolarning ijobatidir,
Hamrohingiz bo'lsin eng ezgu tilak,
Aziz musulmonlar Hayit muborak
😘🥰🥰
➥Barchani tabriklaymiz🥰
✅🤎 @Elektron_Kutubxona 🔝
Alvido, ey mohi rahmat, shahri g‘ufron, alvido!
Aylading azmi safar, bo‘lduk parishon, alvido!
Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido!
Boisi savmu solotu xatmi Qur’on, alvido!
Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido!
Bir necha kun xoni ehsoningga hojatmand eduk,
Ham salot-u xatmi Qur’oning bilan xursand eduk,
Band edi iblislar, mehring-la shakkarxand eduk,
San oto ma’nidakim, bizlar sanga farzand eduk,
Tifl yanglig‘ aylading bizlarni giryon, alvido!
Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,
Hamdi Alloh, bizga bo‘ldung xosi merosi Rasul,
Kelganingga shod etib, ketgoninga qilding malul,
Gar ato azmi safar qilsa, qolur yig‘lab o‘g‘ul,
Tez kel, bizlarni qilgin shod-u xandon, alvido!
Shomdin ilgori amr aylar malaklarga G‘afur:
«Bir qarang bandamg‘a, ta’om oldida, obi tahur,
Biym etib Mandin, yemaykim, intizori shom erur,
Ham ta’omu obin ustiga to‘kunglar pok nur,
Afv qildim qancha qilgan ersa isyon», alvido!
Bir ajab mohsan – hama mohlar aro qurbing azim,
Kim sani e’zoz qilsa, Hashrda bexavf-u biym,
Hurmatingdin jannat ichra bo‘ldi hurlar ko‘hlikkim,
Sohibi iftor erur Mahsharda ozodi jahim,
Qaysi moh san kabi sohib xayr-u ehson, alvido?!
Hurmatingdin g‘arqi nur erdi bu jism-u jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qur’oning bilan iymonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, ko‘p erur nuqsonimiz,
Jurmi isyonimni qil – Haq so‘rsa – pinhon, alvido!
Lag‘v qilib erdim, ketib qilsang mani oshufta hol,
Garchi badman, yaxshi arz et so‘rsa gar Vojib Ta’ol,
Umrga yo‘q e’timodim to keluncha yangi sol,
Xizmating erdi manga ayni rizoyi Zuljalol,
Ey mohi farxundayi nuri shabiston, alvido!
Kim saning boringda behad erdi ehson-u savob,
Emdi xush ket, to keluncha bo‘ldi ahvolim xarob,
Kim sani e’zoz etar, jannat egasi – behisob,
Xatm qildim arzimi, vallohu a’lam bis-savob,
Mashrabingdin rozi bo‘l, ey yaxshi mehmon, alvido!
©️Boborahim Mashrab
@Elektron_Kutubxona
Inson baxtli ekanini bilmagani uchun baxtsizdir. Baxtli ekanini anglab yetgan odam o'sha ondayoq baxtiyor bo'ladi.
©️Fyodor Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ochig'ini aytsam, kitob o'qishdan boshqa yaxshiroq mashg'ulotni bilmayman. Boshqa ishdan odam birpasta charchaydi. O'zimning uyim bo'lganda o'z kutubxonam bo'lmasa, o'zimni eng baxtsiz odam deb hisoblayman.
©️Jeyn Ostin (Andisha va g'urur
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odamlarning fikri sizning ichki ovozingizni bo'g'ib qo'yishiga yo'l qo'ymang.©️Stiv Jobs
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qaysidir bir qayg‘uli, g‘amgin narsaga kulgan bo‘lsam, buning sababi yig‘lay olmaganimdandir.
©️Jorj Bayron
Telegram | Instagram | Audiokitob
G'azab bilan kurashish mushkul: uning istaklari uchun hayoting qurbon bo'ladi. Lazzat bilan kurashish esa undan ham qiyin.
©️Buqrot (Geraklit
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yaxshi hikoya va uni aytib berishingiz uchun yaxshi suhbatdoshingiz bor ekan, hayot tugamaydi...
©️Joan Rouling
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shamolning rasmini qanday chizardim,
Agarda boʻlmasa sening sochlaring?
©️Ehson Porso
Telegram | Instagram | Audiokitob
Vatanni kim sotayotganini bilmaymanku, lekin tovonini kim to‘layotganini bilaman.
©️Ayman Yog‘iy
Telegram | Instagram | Audiokitob
— Sizga teatr yoqadimi, kinomi? — dedi muxbir.
— Sizga odam yoqadimi yo uning soyasi? — dedi adib.
— ...Ba’zi odamlar bo‘ladiki, o‘zidan soyasi tuzuk, — deb hazil qildi muxbir ham.
©️Asqad Muxtor
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sen taslim bo'lgan vaqt - bu boshqa birovning g'alaba qozonishiga yo'l qo'ygan vaqtingdir.
©️Kobe Brayant
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko‘p kitob mutolaa qilish, naslni sof tabiatli insonlar bilan davom etishini taʼminlaydi.
©️Benjamin Franklin
Telegram | Instagram | Audiokitob
YANA KЕL, EY RAMAZON!
Bilmam, ko‘ngillardan ketdimi g‘ubor,
Sening poyoningda ming nadomat bor.
Oylarning sultoni mohi Ramazaon,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Ketding bu, da’volar chiqmadi tetik,
Bizni g‘olib etdi yuz minglab hadik.
Afsusda turibmiz har doimgidek,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Ro‘zalar tilgamas, dilgadir ta’sir,
Taroveh ko‘ngilga bo‘lganda og‘ir.
Shamoldan tez kelib ketding-ku axir,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Qalbni toat uchun yana ochmadik,
O‘n bir oy sanqigan dardni yengmadik.
Onadan tug‘ilgan kabi chiqmadik,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Qachon bu telba dil Haqni ham anglar?!
Mog‘or bosgan ichdan ketarmi changlar?!
Ortingdan "Al-firoq" sadosi yangrar,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Faqat Robb ta’olodon so‘rabon najot,
Bizni manzil sari yo‘llar chin qanot.
O‘n bir oy ichida topmasak vafot,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Men ham saodatga yetarman bir kun,
Qalbimda yemirilar Ilohiy tugun,
Shaytonni zanjirband etmaklik uchun,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Mo‘minlar ayyomin hisoblab bo‘lgach,
Farz debon, Makkaga qilgusilar haj.
Shundan so‘ng boshlanar jami kulfat, ranj,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Ramazon, biz seni yaxshi ko‘ramiz,
Yana o‘kinch bilan xorg‘in yuramiz.
Alloh nasib qilsa, kutib turamiz,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
©️Xayrulla Hamidov
📖📚@Elektron_Kutubxona
O‘ttiz kunduzimga sabr yog‘di, hay,
O‘ttiz tunim ichra qadr yog‘di, hay,
Sabrim qadrlagan Ramazonimni
Yig‘lab kuzataymi, kulib kuzatay?
🥰📕@Elektron_Kutubxona
Alvido Ramazon
Alvido ey nuri Rahmon alvido,
Alvido ey koni irfon alvido,
Alvido ey quti iymon alvido,
Alvido ey mohi Qur'on alvido.
Chun hiloling yerga nur sochgan zamon,
Bo'ldi yer xushbo'y, munavvar osmon,
Barcha dillarga yetib amnu amon,
Chin ibodat bo'ldi har on, alvido.
Senda ko'kdan yerga nurlar sochilur,
Barcha jannat boblari lang ochilur,
Yetti do'zaxning eshigi yopilur,
Senda mug'laq bo'ldi shayton, alvido.
Kim qudumingdan agar masrur o'lur,
Mahzun ul sendan qachon mahjur o'lur,
Jurmu isyoni aning mag'fur o'lur,
Xushxabardir anga rizvon, alvido.
Kunlaring o'tkazsa kim hirmon ila,
Tunlaring bedor o'lib Qur'on ila,
Kim bularni aylasa iymon ila,
Marhabo der anga Rayyon, alvido.
Senda tushdi ilk bor Qur'onimiz,
Ravshan etdi yo'limiz Furqonimiz,
Qo'lni ixlos birla ochgan onimiz,
Ayladi maqbul Mannon, alvido.
Poklagaymiz senda mulku molimiz,
Tark etarmiz senda qiylu qolimiz,
Senla sof o'lgay hama ahvolimiz,
Nafsu shayton bo'ldi vayron, alvido.
Shubhasiz sen birla ruhning chog'ligi,
Hamda ketgaydir ko'ngilning dog'ligi,
Tiklanar ham senda tanning sog'ligi,
Sen o'zingsan dori darmon, alvido.
Senga sig'mas hech bir sum'a, riyo,
Bas, mukofoting berar yolg'iz Xudo,
Sen shafoatxohimiz kelsa jazo,
Do'zax o'tidinda qalqon alvido.
Bir tuning bor mingcha oylardan fuzun,
Zotan ummat umri ermasdi uzun,
Sen bila armonlari ketdi butun,
To'ldirurlar senda xirmon, alvido.
Xullas, etsam bir umr vasfing agar,
Ayta olgum minggidin birrin magar,
Haq Rasul madh etdi, shu senga yetar,
Ham guvohlik berdi Qur'on, alvido,
YO Ilohiy, fazlu lutf aylab ato,
Et qabul bizdan namoz, ro'za, duo,
Ham umid aylar Hasan kelsa qazo,
Ro'za ichra chiqsa bu jon, alvido.
🥰🧺@Elektron_Kutubxona
Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko'rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir...
©️O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Menga yolg'on gapirganingizdan xafa emasman, endi sizga ishona olmasligimdan xafaman.
©️Fridrix Nitsshe
Telegram | Instagram | Audiokitob