Tug'ib tashlash bilan bo'lmas bola, bo'lgay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo'lur ul rahnamo sizga.
Temirchining bolasi tarbiyat topsa bo'lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o'g'li bo'lsada bo'lg'usi zolim.
©️Abdulla Avloniy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Turmush qurish bilan tugaydigan muhabbatdan ko‘ra, turmush qurish bilan boshlanadigan muhabbat yaxshidir.
©️Ayman Yog‘iy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bola uchun ajratilgan besh-o'n daqiqa vaqt kelajakda oylab-yillab davom etadigan qayg'u-alamlar oldini olishini anglab yetgan ota-ona naqadar baxtli!
©️Tohir Malik (Jinoyatning uzun yo'li
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Eng isrof qilingan kun - kulgisiz o’tgan kundir.
©️Edvard Kummings
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz kulgili hikoyaga qanchalik uzoq va diqqat bilan qarasak, u shunchalik qayg'uli bo'ladi.
©️Nikolay Gogol
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bizning farzandlarimiz - bizning qariligimizdir. To'g'ri tarbiya - xayrli oqibat, ya'ni saodatli qarilik. Yomon tarbiya - g'am-alamga, xorlikka qorishgan qarilikdir.
©️Tohir Malik (Jinoyatning uzun yo'li)
kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nafratga sevgidan koʻra koʻproq ishonaman. Chunki nafratning soxtasi boʻlmaydi.
©️Dostoyevskiy (Jinoyat va jazo
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Albatta, Alloh taoloning aytgani boʻladi. Lekin banda qoʻlidan kelganicha harakat qilmogʻi zarur. Sunnat shudir.
©️Hadicha Kubro Ipak (Sen
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz hammamiz singanmiz, yorug'lik shu tarzda bizga kiradi.
©️Ernest Hemenguey
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ulamolardan biridan "Ilmli, hatto qori odamlarning farzandlari nima uchun e'tiqodsiz chiqib qolishadi?" - deb so'raganimizda u janoblari "O'sha ilmlilar tomoqlaridan o'tayotgan taomning halol yoki haromligiga bee'tibor bo'lganlar. Bu demak, ilmlariga amal qilmaganlar. Buning mukofotini esa farzandlari orqali oldilar", - deb javob qaytardilar.
©️Tohir Malik (Jinoyatning uzun yo'li
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shunday insonlar borki, masjidga Alloh rizosi uchun emas, atrofidagi odamlar "namoz o'qiydi" deyishlari uchun keladi.
©️ Rauf Jilasun (Halol luqma
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
G'azab kelganda biz nutqdan ham, harakatdan ham tiyilishimiz kerak.
©️Pifagor
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bandadagi maqtaladigan va yomonlanadigan belgilari orqali bilinib turadigan sifat xulq deb ataladi.
©️Abdulqodir Abdur Rahim (E'tiqod durdonalari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir bo'lak oqqandning ishida qandayin oliyjanoblik bor! Choyga borini beradi-da, darrov ko'zdan g'oyib bo'ladi.
©️Mahmud Darvesh
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tasodifga ishonganlar ishonaversin, biroq mening e‘tiqodimga ko‘ra, dunyoda hatto chang zarrasi ham tasodif bilan qo‘zg‘almaydi.
©️Fotih Duman (Sir
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Birov bilan do'st bo'lishni istasangiz, uning do'stlarini tekshiring! Agar ularning fe'l-atvor, odob va tarbiyalarini yaxshi tekshirib bilsangiz, uning ham fe'l-atvorini anglaysiz. Chunki har kim o'ziga munosib kishi bilan do'st bo'ladi.
©️Tohir Malik (Jinoyatning uzun yo'li
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotdagi muvaffaqiyatsizligingning eng muhim sababi barchaning diqqat markazidaman, hamma men bilan mashgʻul deb oʻylashingdir. Ishon menga, sen hech kimni qiziqtirmaysan.
©️Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Dunyo tashvishidan, nafsning mushkulotlaridan qutilishni xohlasang, qabristonga tez-tez borib tur.
©️Hadicha Kubro Ipak (Sen
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sababli bo'larkan dunyo ishlari,
Bir so'z zarbidan tog' qularkan.
Tovoninga botsa tuxmat toshlari,
Boshingda parvona onang turarkan.
©️Said Mahzun
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odam boy yoki taniqli bo'lsa, u bo'yniga qo'ng'iroqcha osilgan mushukka o'xshaydi. Uning nima qilayotganini, qayerdaligini har bir sichqon bilib turadi.
©️Jenni Gerxardt
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tigʻ yarasi tuzaladi, biroq dil yarasi tuzalmaydi. Ya’ni tuzalmaydigan yaraga sababchi boʻlib qolishdan tiyilmoq darkor.
©️Hadicha Kubro Ipak (Sen
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Doktorning xatosi yerga ko'miladi,
Muhandisning xatosi yerga qulaydi.
O'qituvchining xatosi yerda yuradi...
©️Xayrulla Hamidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni ular kutarlar.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Darhaqiqat, erim va men butunlay boshqa tabiat, boshqa muhit, boshqa qarashlar odamlari edik, lekin har doim oʻzimizday qoldik, bir-birimizga hech qanday taqlid qilmadik va qalbimiz bilan aralashib ketmadik - shuning uchun ikkalamiz ham ruhiy jihatdan oʻzimizni erkin his qildik. Inson qalbining chuqur savollari haqida juda koʻp va yolgʻiz oʻylagan Fyodor Mixaylovich, ehtimol, uning ruhiy hayotiga aralashmasligimni qadrlagan va shuning uchun baʼzida menga: "Meni tushungan yagona ayolsan", derdi.
©️Anna Dostoyevskaya (Xotiralar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Adabiyot yaxshi narsa-da, Varenka, chuqur narsa! Adabiyot - bu suvrat, yaʼni suvrat va oynaga oʻxshagan bir narsa; ehtirosli gaplar, nozik tanqidlar, pand-nasihatlar, hujjatlar - hammasi bor unda.
Shunaqasi ham boʻladiki, yashab yuribsan, ammo shundoq biqiningda kitob borligini, unda butun hayoting koʻrga hassaday qilib koʻrsatib qoʻyilganini bilmaysan.
©️Dostoyevskiy (Kambagʻallar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Muvaffaqiyat hech qachon xato qilmaslikda emas, balki bir xatoni qayta qilmaslikdadir.
©️Jorj Bernard Shou
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sadoqat - bir umr o'zini bir insonga tegishli hisoblab yashab o‘tishdir.
Hayolda ham, hayotda ham!
©️Shuxrat Orif
Telegram | Instagram | Audiokitob
O‘zi kutganda shunaqa bo‘ladi, kutilganlar kelavermaydi.
©️Fotih Duman (Sir
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kimdir bizga: "Falon joyda pul taqsimlanyapti!" desa, yalangoyoq yuguramiz. Lekin Namoz vaqti keldi, desalar, qulog‘imizni kar qilamiz, eshitmaslikka olamiz.
©️Bilol Jivalek (Dard etma, Sabr et)
kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yaxshilikka qanday shukr qilsak, musibatga ham sabr qilish - vazifamiz.
©️Rauf Jilasun (Halol luqma
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob