Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/
#xizmat_safari
Vazirning birinchi o‘rinbosarining Andijonga tashrifi: ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga e’tibor
8-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Andijon viloyatining Baliqchi tumaniga tashrif buyurdi. U Sarnovul mahallasidagi kam ta’minlangan oilalar holatini o‘rganib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgiladi.
Tashrif davomida ehtiyojmand oilalarga tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatish, issiqxonalarda ekin yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash, suv ta’minotini yaxshilash hamda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga amaliy yechimlar berildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39435
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Chellenj #TaʼlimdaAyollar#Ixtiro
Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti Iroda Mavlonova tomonidan “Pilla losini tozalab oqartirish usuli" yaratildi.
Ushbu usul yordamida pillani qayta ishlashda shakllanadigan chiqindi-pilla losi qo‘shimchalardan dastlab mexanik tozalanadi. So’ngra energiya tejamkor, tabiiy komponentlardan foydalanib, oqartirilgan momiq va to‘qimachilik iplarini olish uchun xomashyo tayyorlanadi.
Bizni kuzating
#bayram_tantanalari
Kecha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashdi.
Yoshlar ishlari agentligi binosida boʻlib oʻtgan mazkur tantanali tadbirda mukofot sohibalari, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.
Joriy yilda ushbu mukofotga yuksak qobiliyati, zukkoligi, aʼlo xulqi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan 19 nafar yosh olima va talaba qizlar munosib koʻrildi. Ular taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat va sport sohalarida erishgan yutuqlari uchun taqdirlandi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimizning iqtidorli va fidoyi yoshlariga boʻlgan yuksak eʼtiborning yorqin ifodasi boʻlib, ularning kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyati uchun katta ragʻbat hisoblanadi.
Bizni kuzating
#OliyTaʼlimVazirligi #XotinQizlarKuni #Ehtirom
Vazirlikda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov vazirlik markaziy apparati hamda tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni samimiy tabriklab, ularning ilm-fan va ta’lim sohasidagi muhim o‘rnini alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida ta’kidlanganidek, oliy o‘quv yurtlari talabalarining 52 foizdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi. O‘tgan yilning o‘zida magistraturada o‘qiyotgan 15 mingga yaqin xotin-qizlarga 100 milliard so‘mga yaqin kontrakt puli to‘lab berildi.
Shuningdek, hozirgi vaqtda 6 ming 200 dan ortiq xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani, ilmiy ishlanmalarning 25 foizini olima ayollar yaratayotgani ham, jamiyatda ularning o‘rni mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
Bayram tadbirida xotin-qizlarning ta’lim va ilmiy sohalardagi yutuqlari e’tirof etilib, ularga chuqur hurmat-ehtirom bildirildi.
Bizni kuzating
#targʻibot #taʼlim #turizm
Oʻzbek madaniyati Filippinda namoyish etildi
Filippinning Mabalakat shahrida Oʻzbekiston va Filippin oʻrtasidagi madaniy va akademik hamkorlik doirasida tadbir oʻtkazildi. Ushbu tashrif YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi.
Oʻzbekistonning Xitoydagi Elchixonasi ko‘magida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Filippinga tashrif buyurib, Pampanga davlat qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu kelishuv ilmiy tadqiqotlar, talabalar almashinuvi va akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, tadbir doirasida Oʻzbekiston madaniyatiga bagʻishlangan konsert dasturi, milliy taomlar va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi.
“Agrar yulduzlari” ansamblining chiqishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tashrif Oʻzbekiston va Filippin oʻrtasidagi madaniy va akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
#Prezident #Mirziyoyev #marosim #8mart
Bitta qizni o‘qitsak, butun oilaga ta’lim bergan bo‘lamiz. Agar oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, jamiyatning ongi, madaniy darajasi ham yuksaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi.
Yurtimizdagi 203 ta oliygoh talabalarining 52 foizdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etayotgani mana shu ezgu g‘oyaning amaliy natijasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. O‘tgan yilning o‘zida magistraturada o‘qiyotgan 15 mingga yaqin xotin-qizlarga 100 milliard so‘mga yaqin kontrakt puli to‘lab berildi.— dedi Prezident.
Hozirgi vaqtda 6 ming 200 dan ortiq xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani, ilmiy ishlanmalarning 25 foizini olima ayollarimiz yaratayotgani ham, jamiyatda ularning o‘rni mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
Bizni kuzating
#BayramShukuhi #Jarayon #Eʼtibor
Andijon viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlari 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yurtdoshlarimizga bayram kayfiyatini ulashdi
Bizni kuzating
#Vazir #Andijon #Mahalla #Oʻrganish
Muammolarni aniqlab, ularga ilmiy yechim berish maqsadida vazir Andijondagi mahallalarda bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Andijon viloyatidagi 5 ta mahallaga biriktirilgan bo‘lib, u yerdagi muammosi bor xonadonlar sharoitini borib ko‘rdi.
Oltinko‘l tumanidagi “Sadda”, “Ayronchi”, “Erkin” va “Intizom” mahallalarida bo‘lib, aholining muammolari o‘rganildi. Xususan, kontrakt to‘lovida qiynalayotgan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatilib, ularning tahsilni davom ettirishlari uchun zarur sharoit yaratildi. Ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning ta’lim bilan bog‘liq masalalariga e’tibor qaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39283
Bizni kuzating
#infografika #faoliyat_fevral
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil fevral oyi yakunlari: asosiy ko‘rsatkichlar raqamlarda
Bizni kuzating
#VazirVaYoshlar
O‘z iqtidori bilan yurtimizni dunyoga tanitayotgan talabaning ijodiy ustaxonasiga kutilmagan tashrif
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti, “Suyunov_art_studio” ijodiy ustaxonasi asoschisi, Mard o‘g‘lon davlat mukofoti sohibi Suyunov Shohrux bilan uchrashdi.
Muloqot davomida yosh rassomning ijodiy ishlari bilan tanishilib, uning san’atga bo‘lgan yondashuvi va uslubi yuzasidan fikr almashildi. O‘z mahoratini yanada charxlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida uning san’at va ijod sohasidagi faolligi inobatga olinib, vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasiga qabul qilindi hamda maxsus nishon bilan taqdirlandi.
Vazir Shohruxning kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, iqtidorini rivojlantirishida doim yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Bizni kuzating
#FuqarolarQabuli
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi.
Unda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan, ilmiy va tijoratlashtirish loyihalarni moliyalashtirish, kreativ yoshlar bilan ishlash, ilmiy dissertatsiya ishini himoya qilish masalalari bo‘yicha murojaat qildilar.
Qabul yakuniga ko‘ra, fuqarolarning muammolari alohida nazoratga olinib, yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
#MenTalabaman
Xo‘sh, sizga talabalikning qaysi jihati yoqadi?
Bizni kuzating
#vazir_kubogi
Sport – bizni birlashtiradi! Sport – bizni yuksaltiradi!
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja 4-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘tkazilgan “Vazir kubogi” doirasidagi sport musobaqalaridagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
Bizni kuzating
#Chellenj #TaʼlimdaAyollar
Indoneziyada o‘zbek liboslari kolleksiyasini namoyish qilgan talaba
Komila Sobirova — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi. U endigina 2-kursda tahsil olayotganiga qaramasdan xalqaro maydonda o‘z kolleksiyasini namoyish qilishga ulgurdi. Bundan tashqari u tez kunlarda 10 dan ortiq liboslarini namoyish qilishni reja qilgan.
Xo‘sh, sizning atrofingizda ham Komila kabi o‘zi tanlagan sohaning fidoyi qizlari yoki ayollari bormi? Unda o‘ylanib o‘tirmang. Bizga qo‘shiling!
📌 #TaʼlimdaAyollar xeshtegini qo‘shing va boshqalarni ham ishtirok etishga chorlang! Bu o‘qituvchi, talabalar yoki ilmiy izlanish olib borayotgan ayollar bo‘lishi mumkin.
Bizni kuzating
#Jamoatchilik_kengashi
#oʻrganish
Vazirlik Jamoatchilik kengashi Sirdaryo tuman politexnikumi faoliyatini oʻrgandi
4-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan Sirdaryo tuman politexnikumining umumiy faoliyati, taʼlim jarayonlari, oʻqituvchi va oʻquvchilarning muvaffaqiyatlari, infratuzilma va innovatsion loyihalar ijrosi oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida politexnikum rahbariyati, oʻqituvchilar bilan individual suhbatlar oʻtkazildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39028
Bizni kuzating
#OliyTaʼlimVazirligi #XotinQizlarKuni #Ehtirom
Vazirlikda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi
Bizni kuzating
#Chellenj #TaʼlimdaAyollar
“Olima ayol-tadqiqotchilarga xorijda stajirovka oʻtash imkoniyati berilayotgani kelgusida albatta oʻzining ijobiy samarasini beradi”
Bizni
kuzating
#tabrik
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, olima ayollar, aziz talaba va oʻquvchi qizlar!
Sizlarni bahoriy goʻzallik va ezgulik timsoli boʻlgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ilm-fan va taʼlim rivojiga qoʻshayotgan beqiyos hissangiz jamiyatimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Oʻqituvchi ayollarning mehri va sabr-toqati, olimalarning ilmiy izlanishlari va yutuqlari, talaba va oʻquvchi qizlarning intilishi va ijodi kelajagimizni yanada porloq qilishiga ishonamiz.
Bugungi kunda davlatimiz xotin-qizlarning taʼlim va ilm-fandagi oʻrnini yanada mustahkamlab, ularga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Sizlarning muvaffaqiyatlaringiz Yangi O'zbekiston uchun faxr va ilhom manbaidir.
Ushbu goʻzal kunda sizlarga mustahkam sogʻlik, baxt va zafarlar tilayman. Har doim orzularingiz ushalib, hayotingiz ilm-u maʼrifat nuri bilan yoritilsin!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Hurmat bilan,
Qoʼngʼirotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
#korrupsiya_kurashish
#yigʻilish
Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi
Joriy yil 5-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bosh prokuratura mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish va kelgusi profilaktik choralarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, oliy ta’lim sohasida korrupsiyadan xoli muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39397
Bizni kuzating
#Prezident #Mirziyoyev #marosim #8mart
Mehr-oqibat, oliyjanoblik, muhabbat va sadoqat yuksak insoniy qadriyatlarni kamol toptirishda, oila qo‘rg‘onini mustahkamlashda sizlarning xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
#podkast #ilmfan
“Ayollar ko‘rsin” podkastining navbatdagi sonida ekspertlar ilm-fan sohasida gender tengligi masalasi, doktorantura tizimidagi islohotlarning samaradorligi, ilmiy maqolalarni chop etish masalalari hamda O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar uchun mavjud sharoitlar yuzasidan fikr almashdilar.
To‘liq video: 👉 https://youtu.be/TmCHKMpo72o
Bizni kuzating
#IlmFan #TaʼlimdaAyollar
Ilm-fan mening hayotimda qanday natijalarga erishishimga yordam bermoqda?
Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi, Urganch davlat universiteti talabasi Ruxsora Suvonova o‘zi asos solgan “Oiladan boshlaymiz!” loyihasi hamda ilm-fan yo‘nalishidagi rejalarini o‘rtoqlashdi (video).
Men bu savol bilan o‘zimga tez-tez murojaat qilib, qilayotgan ishlarimni va yangi rejalarimni, maqsadlarimni sarhisob qilishga harakat qilaman. Kitoblar o‘qish orqali anglaganlarim shu bo‘ldiki, insonlar kitob o‘qishni har kun va doimiy odat qilishlari lozim. — deydi u.
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik #rasmiy_uchrashuv
Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasidagi tadbirlar
Tashrif avvalida Gruziya bosh vaziri “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida va Toshkent shahridagi Texnoparkda bo‘ldi.
Shundan so‘ng yuksak martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy dinamikasi, yuqori darajadagi siyosiy muloqot va turli sohalardagi sheriklikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, ta’lim yo‘nalishida:
- turizm sohasida xalqaro darajada yetuk mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dasturni ishlab chiqish;
- Gruziyada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarini targ‘ib qilish va abituriyentlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
- ikki davlat o‘rtasida birinchi rektorlar forumini tashkil etish;
- ikki davlat yoshlari uchun xakatonlar, ilmiy-texnikaviy festivallar va turli musobaqalar tashkil etish istiqbollari muhokamalar markazida bo‘ldi.
Bizni kuzating
#MenTalabaman
Biz sharqshunoslarmiz, Biz kelajak liderlarimiz!
Xo‘sh, siz-chi?
Bizni kuzating
#XalqaroHamkorlik #Vazir #Elchi #Uchrashuv
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Fransiya elchisi bilan uchrashdi
2025-yil 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurélia Bouchez bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Jumladan, Toshkent shahridagi Fransuz litseyi faoliyatini kengaytirish va uni O‘zbek-Fransuz universiteti tarkibiga kiritish hamda joriy yilning 10-mart kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi” ilmiy-amaliy konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39127
Bizni kuzating
#brifing
📊 Bugungi kunda oliygohlarda talabalarning 782 mingini (52,5%) xotin-qizlar tashkil etadi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.
🔝 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 2 385 nafar xotin-qiz to‘liq davlat granti asosida o‘qishni boshladi.
🔝 Magistratura bosqichida o‘qishini davom ettirayotgan jami talabalar 37 ming 839 nafar bo‘lib, shundan talaba-qizlar soni 23 ming 628 nafar (62,44 foiz)ni tashkil qiladi.
🔝 2023/2024 o‘quv yilida 5 ming 991 nafar magistr talaba xotin-qizlarga 60,3 mlrd. so‘m mablag‘ Davlat byudjeti hisobidan to‘lab berildi.
🔝 Bugungi kunda olima ayollar rahbarligida umumiy qiymati 82,6 mlrd. so‘mlik jami 101 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.
🔝 Bundan tashqari, xotin-qizlar tomonidan umumiy qiymati 25,5 mlrd. so‘m bo‘lgan 68 ta startap loyiha moliyalashtirilib, natijada 348 ta yangi ish joyi yaratildi.
✍️ Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39118
Bizni kuzating
#targʻibot #taʼlim #turizm
Namangan davlat universiteti tomonidan Pokistonning Lahor universitetida “O‘zbekistonning tarixi va madaniyati bo‘ylab sayohat” nomli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
📹Batafsil videolavhada
Bizni kuzating
#Tezkor #IlmFanYutugʻi
🧪Talaba chiqindidan dizel olish texnologiyasini yaratdi
Farg‘ona politexnika instituti Kimyo-texnologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Sardorbek Xolmamatov yaroqsiz shinalarni qayta ishlash orqali muqobil yonilg‘i olish texnologiyasini kashf etdi.
Yangi loyiha atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan bir qancha omillarni bartaraf etish imkonini beradi.
📹Batafsil videolavhada
👉 Audiomaqola
Bizni kuzating
#Mirziyoyev #yigʻilish #korrupsiya #vazifalar
Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Bizni kuzating
#Chellenj #TaʼlimdaAyollar
Surxonning baxtli olima ayoliman
Termiz davlat universiteti talabasidan doktorantigacha yo‘lni bosib o‘tgan Aziza Holboyeva bugun jamiyatimiz gavhariga aylandi.
Universitet Axborot xizmati ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan yosh olimamizning ko‘ngil kechinmalariga quloq tutdi.
📌 Siz ham ta’limda muvaffaqiyatga erishgan ilhomlantiruvchi xotin-qizlar haqida hikoya qiling! #TaʼlimdaAyollar xeshtegini qo‘shing va boshqalarni ham ishtirok etishga chorlang! Bu o‘qituvchi, talabalar yoki ilmiy izlanish olib borayotgan ayollar bo‘lishi mumkin.
Bizni kuzating