eduuz | Неотсортированное

Telegram-канал eduuz - Edu.uz

115316

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/

Подписаться на канал

Edu.uz

Korrupsiyani yengish uchun birinchi navbatda uning ortiqcha hashamat va dabdaba degan “o‘q ildizlarini” quritishimiz shart.


Yig‘ilishda davlatimiz rahbari korrupsiyaga qarshi kurashda barcha yagona kuch bo‘lib harakat qilgan taqdirda, albatta, yanada katta ijobiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

Shu bois, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak.

Bugun sizlar bilan birga belgilab olingan barcha vazifalar aynan ana shunday ruhda ishlab, aniq natijaga erishishga qaratilgan.

Sizlar bu haqiqat va talabni chuqur anglab, ularni amalga oshirishda alohida jonbozlik ko‘rsatasiz, barchaga namuna bo‘lasiz, deb ishonaman”,
— dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida.

Yig‘ilishda parlament a’zolari, turli soha va hududlar vakillarining fikr va takliflari, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak.


Prezidentimiz jamoatchilik vakillari va nodavlat tashkilotlariga murojaat qildi.

“Korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish uchun yanada ko‘proq sharoit yaratib, bunga keng jamoatchilikni jalb qilishimiz zarur. Avvalo, nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish lozim. Bu – eng to‘g‘ri yo‘l”,
— dedi davlatimiz rahbari.

Parlament nodavlat tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ularning imkoniyatlaridan keng foydalanishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Masalan, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha konvensiya talablarini monitoring qilishga nodavlat tashkilotlar jalb qilinsa, katta samara berishiga ishonch bildirildi.

Ushbu maqsadlar uchun yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga har yili 10 milliard so‘mdan ajratib borilishi ma’lum qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

“Korrupsiyani oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlanadi”,

— dedi Prezident.


Kadrlarni baholashda eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechib, ilg‘or IT texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tilishi belgilandi.

Lavozimga qo‘yishda xodimning qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘ladi. Bu borada nomzodning kamchiliklari bilan birga yaxshi taraflarini ham xolisona aytish kerak.

Bundan buyon mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan yoshlar orasidan rahbar kadrlar tanlab olinishi kerakligi ta’kidlandi.

Ishga qabul qilishni ochiq va shaffof o‘tkazish, davlat xizmatchilari reyestrini belgilash, kadrlarni korrupsiyaga moyilligini o‘rganish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

4️⃣4️⃣4️⃣ #Brifing

Bugun, soat 14:00 da AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi.

Unda oliy va kasbiy ta’lim hamda ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ma’lumot beriladi.

📹 Brifingni vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Oliy ta’limda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olishga o‘tilgani uchun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi.

Prezident korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilganini alohida ta’kidlab, bu borada qilingan ishlarga ba’zi misollarni keltirdi.

Masalan, bundan 7-8 yil avval oliygohlarga o‘qishga kirishda “tanish-bilishchilik” avj olgan edi. Soha raqamlashdi, imtihonlar onlayn translyatsiya bo‘layapti. Avval test topshirib, to‘plagan balliga qarab, keyin oliygohni tanlash tizimi joriy qilindi.

Oliy ta’limda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olishga o‘tilgani uchun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#sport #VazirKubogi #Rektorlar

📹Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi ko‘tarinki shukuhda o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#taqdirlash #VazirKubogi #Rektorlar

“Vazir kubogi” sport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning yuqori darajadagi o‘zaro raqobati va jamoaviy qat’iyati alohida e’tirof etildi. Musobaqa g‘oliblariga “Vazir kubogi”, medallar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur tadbir kelgusida sport sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishga turtki bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sportni ommalashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

4️⃣4️⃣4️⃣ 🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊

⚡️ Chet tili (ingliz, arab, nemis, fransuz, turk tillari)ni bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda


🗓 2025-yil 11-mart kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tili (ingliz, nemis, fransuz, arab, turk tillari)ni bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

📆 Ro‘yxatga olish muddati: 4-mart soat 10-00 ga qadar.
👥 Test o‘tkazish kuni: 11-mart.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://bit.ly/40mDtTG

☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68.

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Qonunlar murakkab bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo ularni sodda tarzda tushuntirish juda muhim!

✈️ Yangi qonunlar – Sizga qanday ta’sir qiladi? Imtiyoz va imkoniyatlar qanday?
Ushbu kanal orqali yangi qabul qilingan qonunlar va normativ hujjatlar, ularning hayotingizga ta’siri va kutilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

✈️ Inson huquqlari – Kim qanday huquqlar bilan himoya qilinadi?
Bu kanal fuqaro huquqlari, sud amaliyoti va yuridik himoya masalalariga oid yangiliklarni yoritib, sizga kerakli bilimlarni yetkazadi.

✈️ Qizg‘in muhokamalar – Parlamentdagi eng dolzarb mavzular!
Ushbu kanal orqali siz parlament muhokamalari, qonun loyihalari va davlat boshqaruvi sohasidagi eng muhim masalalar bilan tanishasiz.

🚫 Qonunchilikdagi o’zgarishlar Sizni befarq qoldirmaydimi? Unda quyidagi kanallarni kuzatib boring va qonunlar olamidagi har bir yangilikdan xabardor bo‘ling!

🔹 @qonunchilikpalatasi

🔹 @rahimjon_hakimov

🔹 @matbuot_kotibi_uz

Har bir o‘zgarish sizning huquqlaringiz va kundalik hayotingizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin – eng so‘nggi yangiliklar va qiziqarli muhokamalarni doimo do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Zulfiya
#Davlat_mukofoti

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 19 nafar oliy taʼlim hamda ilm-fan vakillari sazovor boʻldi


Prezident qaroriga koʻra 1 nafar o‘qituvchi, 3 nafar tayanch doktorant, 1 nafar assistent, 4 nafar magistr, 10 nafar talaba-qiz a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali magistranti;

Sotvoldiyeva Mohinur Hazratullo qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti;

Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi – Andijon davlat pedagogika instituti talabasi;

Ruhillayeva Nilufar Shukrullo qizi – O‘zbekiston milliy universiteti talabasi;

Bahronova Dilshoda Tohirovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi;

Ortiqova E’zoza Nodir qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti;

Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi – Guliston davlat universiteti talabasi;

Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadrizo qizi – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabasi;

Yo‘ldosheva Ummatoy To‘lqinovna – “Yangi O‘zbekiston” universiteti magistranti;

Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi;

To‘ychiyeva Dilafruz Nu’monjon qizi – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi;

Abdusalomova Zanjiloy Farhod qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi;

G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi – Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti;

Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi – Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;

Zaripova Rushana Robertovna – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti;

Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali assistenti;

Sobirova Layloxon Arslonbek qizi – Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti magistranti;

Sodiqova Nasiba Majidovna – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi;

Babeshko Alina Aleksandrovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o‘qituvchisi.

💐Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan xotin-qizlarimizni samimiy muborakbod etadi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #hamkorlik

Italiyadagi Bolonya, Tushia, Ferrara, Piza oliygohlariga bu yil 200 nafar yoshlarimizni yuborish ko‘zda tutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda shuningdek, Tushia universitetida yiliga 30 nafar oziq-ovqat texnologini grant asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#qonunchilik_yangiliklari

❗️Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimi takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori (130-son, 28.02.2025 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.


⚡️Qaro
rga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrgacha:

✔️ Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi:
➡️oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;
➡️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
➡️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;
➡️pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;

2️⃣ Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
▪️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
▪️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
▪️oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoshidagi pedagoglar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Termiz davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TerDU rektori A.Toshqulov va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshaboyev tomonidan talabalar va akademik almashinuv, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy o‘quv dasturlarini hamkorlikda amalga oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan memorandum imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 7 ta ilmiy Kengash ega bo‘lib, QS WUR Asia reytingida Osiyo qit’asida 401-450-o‘rin, Markaziy Osiyo OTMlari orasida 23-o‘rin, O‘zbekiston OTMlari orasida 3-o‘rinda turadi


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#VazirKubogi #Sport #Targʻibot

📣 OTM rektorlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) oʻrtasida mini ⚽️, 🏓 va boʻyicha “Vazir kubogi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 4-mart kuni soat 09:30 da Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sport maydonida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqalar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari oʻrtasida sportni targʻib qilish, sogʻlom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

📍 Manzil: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Konfutsiy instituti binosi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#no_comment
#Zulfiyaxonim_110yilligi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#live #brifing

👩 Oliy va kasbiy ta’lim hamda ilm-fan sohasida ayol-qizlarga yaratilgan sharoitlar

AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

🎸 Brifing

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Talabalarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

“Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart”,
— dedi Prezident.

Shu maqsadda maktab direktorlari “Tarbiya” fani doirasida o‘g‘il-qizlarimizga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirib borishi kerakligi ta’kidlandi.

Rektorlar esa talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yishi zarur.

Umuman, “korrupsiya – kelajakka tahdid” degan g‘oya asosida Yangi O‘zbekiston yoshlari qalbidan joy oladigan tizim yaratilsa, ayni muddao bo‘lishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#munosabat #vazir #yoshlar_siyosati

“Народное слово” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Новые возможности для молодежи – крылья для великих свершений” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish
➖➖➖

В очередном номере газеты “Народное слово” опубликована статья министра высшего образования, науки и инноваций Конгратбая Шарипова под заголовком “Новые возможности для молодежи – крылья для великих свершений”.

👉
Читать статью

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Prezident: Korrupsiyaga qarshi kurashda faqat davlatning sa’y-harakati bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu – butun jamiyatimizning ishi


Yig‘ilishda kadrlarda fidoyilik, illatlarga qarshi kurashishda hamjihatlik yetishmayotgani bu boradagi eng katta kamchilik sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni qadrlash, kechagi kun bilan bugungi kunni farqini yaxshi tushunish, mahallada, to‘y-marakada ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik va shukronalik bilan hayot kechirishni tushuntirish ishlari bo‘yicha jamiyatimizda yaxshi tajribalar yetishmasligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu borada turgan eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligini ta’kidladi.

“Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlaydi.

Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat.

Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”,

dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#jamoatchilik_kengashi

Vazirlik
Jamoatchilik kengashi Sirdaryodagi oliy va kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

4-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyatdagi oliy va taʼlim kasbiy muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib o‘tdi.

Unda Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova, kengash aʼzolari va vazirlik Axborot xizmat rahbari Nazokat Abduqunduzova hamda Sirdaryo viloyati oliygohlari ilmiy jamoasi vakillari va texnikum direktorlari ishtirok etdi.

Hududdagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan boʻlgan muloqotda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xalqaro reytinglarda taʼlim muassasalarining oʻrnini oshirish, kasbiy taʼlim muassasalarining xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik darajasi va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38891

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#eʼtirof

💐Prezident farmoni bilan oliy ta’lim tizimi vakillari e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar mukofotlandi.

Ular orasida o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib kelayotgan oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilari ham e’tirof etildi. Jumladan,

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Sultanova Dilshoda Namazovna — Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining san’at kafedrasi professori;

“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Ozoda Safibullayevna — Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani mukofotlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi e’tirofga sazovor bo‘lganlarni chin dildan tabriklab, keyingi faoliyatlarida ham muvaffaqiyatlar tilaydi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

Edu.uz

SO‘ROVNOMA

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi tomonidan tizimni yanada takomillashtirish maqsadida konstruktiv takliflarni yig‘ish uchun so‘rovnoma ishlab chiqildi.

Mazkur so‘rovnoma vazirlik tizimidagi tashkilotlar, jumladan:
- Innovatsion rivojlanish agentligi,
- Bilimni baholash agentligi,
- Kasbiy va oliy ta’lim muassasalari,
- Malaka oshirish institutlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Sizning ishtirokingiz va takliflaringiz ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xolisona ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!

So‘rovnoma havolasi: https://surl.lu/zhxykq

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Diqqat, eslatma!
pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagog kadrlar uchun arizalarni tahrirlash va to‘lovlarni amalga oshirishga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi

O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarining majburiy yoki navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyadan o‘tish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagoglar joriy yilning 5-mart kuni 23:59 da qadar arizalarini qayta tahrirlashlari hamda to‘lanmagan to‘lovlarini amalga oshirishlari mumkin.

❗️O‘z vaqtida to‘lovni to‘liq amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shimcha savollar uchun:
📩 Telegram:
/channel/pedagog_supportbot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Olimlar_minbari
#17.02-01.03.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Aqlli” shaharsozlik zamonaviy, qulay va xavfsiz turmush kafolati” — Fazliddin MO‘MINOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i;

Tabiatga yondashuvimiz g‘oyaviy tus olishi kerak” — Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

Sog‘lom millat – fikr va g‘oyalar tashabbuskori” — Toʻlqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

«Двигатель общественных трансформаций» — Илхомжон ТУХТАСИНОВ, ректор Узбекского государственного университета мировых языков профессор;

«Спорт: объединяя весь мир, сплачивая людей и сердца» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

«Заботясь о количестве и качестве, нельзя забывать о доходах» — Обиджон ХАМИДОВ, ректор Бухарского государственного университета;

Garvardchilar maktabi” yoshlar iqtidorini yuzaga chiqaradi” — Dilshodbek RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor;

Ajdodlar merosiga munosib avlod” — Bahodir MA’MUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;

Hozir diplom uchun emas, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun o‘qiydigan davr” — Orifjon BOZOROV, Qarshi muhandislik-texnologiya instituti rektori;

O‘zbekistonning ko‘rfazdagi ishonchli sherigi” — Muhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, professor;

Yoshlar – vatan tayanchi. Ularga ta’lim-tarbiya berishga bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz” — Mirzayusuf RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i;

O‘zbekiston-Pokiston: Janubiy va Markaziy Osiyoni birlashtiruvchi ishonchli sherik” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

Sport shunchaki o‘yin va musobaqa emas, millat genofondi, mamlakat qudrati, obro‘-e’tiboridir” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

Bu shunday sohaki, unga daxldor bo‘lmagan shaxsning o‘zi yo‘q” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori, professor;

Ish o‘rinlarini ko‘paytirishda hal qiluvchi yil” — Mansur ESHOV, professor;

Mushtarak maqsadli tashabbuslar O‘zbekiston va Pokistonning iqtisodiy hamkorligida ayni muddao bo‘lmoqda” — Jasurbek OTANIYOZOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

Buyuk ipak yoʻli durdonasi” — Alisher ESHTAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;

«Бизнес-климат глазами предпринимателей» — Гульчехра АЛЛАЕВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;

«Правовое регулирование договорных отношений в интернете» — Дилором КАРАХОДЖАЕВА, профессор кафедры ТГЮУ;

Siyosiy tafakkuri yuksak xalq. Bunday jamiyatni aslo yengib boʻlmaydi” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Гарантия равных прав в образовании - путь к социальной справедливости» — Рано АЗИМБАЕВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

Maqsad sari dadil odimlash fursati” — Shodiyor NARZULLAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi;

«Правоспособность искусственного интеллекта: возможно ли это?» — Ирода УМАРОВА, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета;

«Искусственный интеллект в зеленой перезагрузке. Как Узбекистану стать лидером умных решений» — Шухрат ЁКУБОВ, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета;

Tirik tarix” kino ta’limi amaliyot maydoni” — Otajon DOSTONOV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tadqiqotchisi;

Ijtimoiy-emotsional ta’lim metodikasi” — Rohatoy SAFAROVA, pedagogika fanlari doktori, professor;

Baxmalning “Tashrif qog‘ozi” — Ilyos OTABEKOV, Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi direktorining o‘rinbosari.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#texnikum #klassifikator

Professional taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori takomillashtirildi


Texnikumlarda xalqaro taʼlim asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilishi hamda vazirlik va idoralar takliflaridan kelib chiqib Kasbiy taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatoriga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritildi.


Bunda, 19 ta kasblar va mutaxassisliklar chiqarib tashlandi, 49 ta kasblar va mutaxassisliklar hamda 8 ta Pearson BTEC-3 kvalifikatsiyalari kiritildi.

🖥Yangi tahrirdagi Kasbiy taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatorini edu.profedu.uz platformasidan yuklab olishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#texnikum #akademik_litsey

Pedagoglarning hisobot hujjatlari qisqartirildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-fevraldagi “Texnikumlar va akademik litseylar pedagog xodimlarining shaxsiy yillik ish rejasi boʻyicha namunaviy hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 76-son buyrugʻi bilan pedagoglarning shaxsiy yillik ish rejasi hujjatlari namunalari tasdiqlandi.


Bunda, pedagoglarning 9 ta shaklda yuritadigan hujjatlar 3 taga tushirildi. Texnikumlar va akademik litseylar pedagog xodimlar 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab ushbu hujjatlar asosida faoliyat yuritadi.

🖥Ushbu hujjat namunalarini edu.profedu.uz platformasidan yuklab olishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#dayjest #Zulfiyaxonim_110yilligi

Bugun shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 110-yilligi munosabati bilan oliy ta‘lim muassasalarida bir qator tadbirlar, chellenjlar hamda oʻyinlar oʻtkazilmoqda

Termiz davlat pedagogika institutida “Bahor keldi, seni so‘roqlab...” nomli adabiy kecha;

Qoraqalpoq davlat universitetida “Zulfiya - sabr va sadoqat kuychisi” nomli tadbir;

Toshkent kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida “Muvaffaqiyatli talaba” loyihasining navbatdagi davra suhbati;

Shahrisabz davlat pedagogika institutida talabalar tomonidan shoira ijodiga nazar solindi;

Namangan davlat texnika universitetida “Zulfiyaxonim izdoshlari” shiori ostida adabiy-ma’rifiy kecha;

Toshkent davlat pedagogika universitetida Zulfiya Isroilova tavvalludiga bag‘ishlangan tadbir;

Buxoro davlat pedagogika institutida Zulfiya tavalludi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir;

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida ijodkor talabalar ishtirokida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir;

Urganch Ranch texnalogiya universtitetida “Zulfiyaxonim qizlari” deb nomlangan bellashuv;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talaba-qizlari tomonidan Zulfiya ijodidan she’rlar ijrosi;

Guliston davlat universitetida Zulfiya Isroilova tavalludiga bag‘ishlangan videochellenj;

Osiyo texnologiyalar universitetida talaba-qizlar tomonidan Zulfiya ijodidan namunalar ijrosi;

Milliy estrada san’ati institutida “Bahor keldi seni soʻroqlab”‎ mavzusida madaniy tadbir;

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan “O‘zbegim qizlari” nomli tanlov;

Buxoro davlat universitetida “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini;

Jizzax politexnika institutida “Zulfiya va so‘z sehrining chegarasiz qudrati” mavzusida musobaqa;

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Zulfiya Isroilovaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tadbir;

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida Zulfiya izdoshlari” shiori ostida bilim va ma’rifat kechasi;

Ma’mun universitetida Zulfiyaning hayoti haqida videorolik;

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Zulfiyaxonim – bahor kuychisi” mavzusida adabiyot kechasi;

O‘zDSMI Nukus filialida “Biz sizni sog‘indik bahor kabi” nomli kecha;

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Zulfiya davlat mukofati sovrindorlari bilan” uchrashuv;

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Zulfiya – matonatli ayol timsoli” shiori ostida Zakovat intellektual musobaqasi;

— O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zebi zamona - Zulfiyaxonim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

TDTU Olmaliq filialida “Zulfiya – bahor va muhabbat kuychisi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

Urganch davlat universitetida “Zulfiya — bahor kuychisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida adabiy uchrashuv;

TATU Nukus filialida “Mehr-muhabbat va sadoqat timsoli” nomli adabiy kecha;

Namangan davlat pedagogika institutida “Zulfiya – vafo ramzi” nomli davra suhbati;

Nukus konchilik institutida “Bahor keldi seni sog‘inib” mavzusida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori va talaba qizlar bilan uchrashuv kechasi;

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ma’naviy-badiiy kecha;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir;

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zulfiya – ezgulik va ilhom timsoli” mavzusida davra suhbati;

Andijon davlat pedagogika institutida she’riy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari bilan bayram tadbiri;

Qarshi davlat universitetida “She’riyat tongining yulduzi” mavzusida adabiy kecha;

SamDU Urgut filialida “Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman” nomli bayram tadbiri;

Urganch davlat pedagogika universiteti talabalari talqinida “Bugun tunda kelarmish bahor” nomli she’r ijrosi;

TTA Urganch filialida “Baxtim shu – o‘zbekning Zulfiyasiman!” mavzusida talaba-qizlar o‘rtasida “Balli qizlar!” tanlovi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#ilm_fan

Yosh olimlar va ilmiy izlanuvchilar diqqatiga!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Clarivate” kompaniyasi hamkorligida ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va Pivot-RP maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etildi.

Dunyo boʻylab yuzlab universitetlar va tadqiqot tashkilotlari olimlari Pivot-RP bazasidan oʻzlarining tadqiqotlari uchun mos grantlar va mablagʻlarni topish uchun foydalanadilar.

Bugungi kunda mazkur platformadan erkin foydalanishni tashkil etish maqsadida oliy va ilmiy taʼlim tashkilotlari obunasi olib borilmoqda. Pivot-RP bilan keng koʻlamli grantlar va mablagʻlardan foydalanish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

🖇Maʼlumot uchun:
Pivot-RP dan ro‘yxat o‘tish, foydalanish va qo‘shimcha savollar uchun Web of Science Uzbekistan rasmiy guruhi va @diana111091ga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#ijro #malaka_oshirish

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining devonxona mudirlari hamda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limlari boshliqlari uchun navbatdagi qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursi bir oy davomida 5 ta bosqich bo‘yicha olib borildi. Unda respublikamizdagi 159 ta davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining 276 nafar devonxona mudirlari, ijro intizomi va murojaatlar bo‘yicha ishlash bo‘limi boshliqlari malaka oshirdilar.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Подписаться на канал