Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/
TALABAEXPO – 2025 ANDIJONDA!
2025-yil 30-iyul kuni Andijon shahrida yirik kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi!
“Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” doirasida o‘tkazilayotgan TalabaExpo – 2025 ko‘rgazmasi bitiruvchi talabalarning ishga joylashishiga real imkoniyat yaratadi.
Ko‘rgazmada:
✔️2000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan 300 ga yaqin yirik ish beruvchilar va tijorat banklari;
✔️10 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar;
✔️Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va abituriyentlar.
↪️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
↪️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
↪️“Oʻzmilliybank” AJ;
↪️Savdo-sanoat palatasi;
↪️Andijon viloyati hokimligi.
➡️“Talaba – kelajak” muloqotlari;
➡️Seminar va treninglar;
➡️Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;
➡️Imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar;
➡️Madaniy shou va musiqiy dasturlar.
Bizni kuzating
📌 Eslatma: magistraturaga ro‘yxatdan o‘tish ertaga yakunlanadi
2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichiga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 30-iyul kuni yakunlanadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba kechki va masofaviy ta’lim shakllarida ham magistraturaga qabul yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ko‘plab talabgorlar uchun qo‘shimcha qulaylik va imkoniyat yaratmoqda.
📎 Magistratura bo‘yicha qabul parametrlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
➡️KUNDUZGI
➡️KECHKI
➡️MASOFAVIY
Turdosh taʼlim yo‘nalishlari esa bu yerda👈
Bizni kuzating
Tarixiy natijaga erishgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi
2025-yil 16–27-iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur shahri mezbonlik qilgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi tarixiy natijaga erishdi. 113 davlat orasida umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egallagan sportchilarimiz musobaqani 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan yakunladi.
Bugun yurtimiz faxri boʻlgan universiadachilar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Marosimda Prezidentning sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Sport vazirligi va Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yilligiga munosib tuhfa boʻlgani, sport sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor samarasi ekani taʼkidlandi.
Ushbu Universiadada dunyoning 113 davlatidan 5 100 nafardan ziyod talaba 18 sport turi boʻyicha kuch sinashdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi 11 sport yoʻnalishi boʻyicha 18 ta OTMda tahsil olayotgan 53 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.
Suzish, yengil atletika va badiiy gimnastika yoʻnalishlarida ilk bor medallar qoʻlga kiritildi. Delegatsiyamiz Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori — 1-oʻrinni egalladi.
Bizni kuzating
#Muhandislik_tanlovi #Ishlanma
Ion almashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar — muhandislik tanlovi yakuniy bosqichida taqdim etilgan innovatsion ishlanma
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan muhandislik yo‘nalishidagi respublika tanlovining yakuniy bosqichida Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘li tomonidan ishlab chiqilgan ion almashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar loyihasi taqdim etildi.
📌Qurilma quyidagi texnik imkoniyatlarga ega:
✅ Tarkibida turli metall ionlari va tuzlar mavjud bo‘lgan suvlarni tozalash imkonini beradi;
✅ Suv tarkibidagi kerakli komponentlarni ajratib olishni ta’minlaydi;
✅ Yuqori selektivlik va o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega;
✅ Mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan, atrof-muhitga xavfsiz.
Bizni kuzating
#Muhandislik_tanlovi #Ishlanma
HETA Pro – kelajakning qishloq xo‘jaligiga qadam!
Ixtirochi Akbarali Turdiyev tomonidan ishlab chiqilgan, 35 ot kuchiga ega avtonom elektro traktor respublika miqyosidagi muhandislik tanlovining yakuniy bosqichida taqdim etildi.
📌 Loyihaning asosiy afzalliklari:
✅ To‘liq haydovchisiz boshqaruv tizimi
✅ Qishloq xo‘jaligi ishlarini avtomatlashtirish imkoniyati
✅ Elektr quvvatida ishlaydi – ekologik toza va iqtisodiy tejamli
✅ Yer haydash, urug‘ sepish va boshqa agrotadbirlarni o‘zi bajara oladi.
Bizni kuzating
Osiyo xalqaro universitetining bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi
27-iyul kuni Buxoro shahridagi ARK maydonida Osiyo xalqaro universitetining bitiruv marosimi oʻtkazildi.
Marosim doirasida 460 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, 100 ga yaqin professor-oʻqituvchilar va taʼlim jarayonida faol ishtirok etgan xodimlar maxsus nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.
Tadbirning konsert qismida milliy va zamonaviy kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.
Bizni kuzating
#Bitiruvchi2025
Navoiy davlat universiteti bitiruvchilariga diplom topshirildi
Navoiy viloyati Ma‘naviyat va ma‘rifat markazida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Navoiy davlat universiteti magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori vazifasini bajaruvchi M.Kalonov, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boshqarmasi mas‘ul rahbari N.Isoqov bitiruvchilarga tabrik so‘zlarini yo‘llab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar. Shundan so‘ng bitiruvchilarga tantanali diplomlar topshirildi.
Tadbir davomida San‘at va sport fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining musiqiy chiqishlari ijro etildi.
Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025 o‘quv yilida universitetni 5 288 nafar talaba tamomladi, shundan 101 nafari magistr, 5 187 nafari bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi.
Tadbir doirasida bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi kungacha 5 ming nafarga yaqin bitiruvchi ish bilan ta’minlandi.
Bizni kuzating
#Tayinlov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Ta’lim standartlari va dasturlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
#Muhandislik_tanlovi #Ishlanma
“Meva qoqish mashinasi” – muhandislik tanlovi yakuniy bosqichida taqdim etilgan innovatsion ishlanma haqida videolavha
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan muhandislik yo‘nalishidagi respublika tanlovining yakuniy bosqichida namanganlik ixtirochi Farhod Alimbayev tomonidan ishlab chiqilgan “Meva qoqish mashinasi” taqdim etildi.
📌 Qurilma to‘liq mahalliy xomashyodan qo‘lda tayyorlangan bo‘lib:
🟢1 daqiqada bitta daraxtdagi mevalarni yig‘ib oladi;
🟢Mevalarni barglardan ajratish funksiyasiga ega;
🟢100 kishining ishini bitta qurilma bajara oladi;
🟢Gidravlik tizim orqali meva turiga mos tezlikda ishlaydi.
Bizni kuzating
📢 NAVBATDAGI SAT IMTIHONI UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!
🌟 2025-yil 23-avgust sanasiga mo‘ljallangan imtihon uchun barcha joylar to‘ldi! Ammo xavotirga o‘rin yo‘q — navbatdagi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📌 YAQINLASHAYOTGAN IMTIHON SANASI:
🗓 2025-yil 13-sentyabr
📍 Imtihon o‘tkaziladigan hududlar:
1. Farg‘ona
2. Namangan
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil:
👉 USTIGA BOSING
📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📱 (95) 515-68-68
📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz
✍️ Barchangizga SAT imtihonida ulkan omad tilaymiz!
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube
#MuhandislikTanlovi #3kunlik_tafsilotlar
“INNO” Texnoparkda 3 kun davomida o‘tkazilgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlaridagi Muhandislik tanlovining yakuniy bosqichi yurtimizdagi ilg‘or fikrli yoshlar, ustozlar va amaliyotchilar uchun katta sahnaga aylandi.
Bizni kuzating
#ImtiyozliKvota #Qabul2025
Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ Jami: 710 ta qo‘shimcha kvota.
❗️ Diqqat! Ushbu kvota tanlovda birinchi tanlangan taʼlim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi. Shu bois, ushbu tavsiyanomaga ega abituriyentlar birinchi taʼlim yo‘nalishiga albatta kunduzgi ta’lim shaklini tanlashi lozim.
Bizni kuzating
Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi (foizgacha)
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti (ilova).
#Qabul2025 #Grant_chegarasi
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik #bitiruvchi2025
O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasidagi akademik hamkorlikning yangi sahifasi: TDIU va TDHBSDU o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirildi.
Tojikiston Respublikasi Xo‘jand shahrida o'tkazilgan mazkur diplom topshirish marosimida TDIU rektori To‘lqin Teshabayev hamda TDHBSDU rektori Muminzoda Sheroz Abdujabbor ishtirok etib, ushbu loyihaning ilmiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatiga alohida to‘xtalib o'tdi.
Bizni kuzating
2025/2026-oʻquv yilida yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi (rasm)
#Qabul2025 #Yangi_yoʻnalishlar
Bizni kuzating
#Sayyor_qabul
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi
Aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish, fuqarolarning oʻrinli murojaatlariga joyida yechim topish, taʼlim sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish maqsadida 2025-yil 29-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi.
Qabulda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda mahalliy aholi vakillari oʻz muammo va takliflari bilan ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida koʻtarilgan masalalar mazmunan turlicha boʻlib, ularning har biri vazir tomonidan diqqat bilan eshitildi va tegishli tartibda koʻrib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/73758
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025
TDYU: 2025-yil bitiruvchilari qanday kuzatildi?
“Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tgaan “TDYU bitiruvchisi — 2025” diplom topshirish marosimida Adliya vaziri A. Toshqulov, Oliy sud raisi B. Islomov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. Burxonov, Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari R. Hakimov, Bosh prokuror o‘rinbosari S. Artikova, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Marosimda Adliya vaziri hamda universitet rektori bitiruvchilarni hayotlaridagi yangi bosqich bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida yutuqlar tiladi. Shuningdek, AQShdagi Johns Hopkins universiteti professori Stiven Shnibaum TDYUning “Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi.
2024/2025-o‘quv yili davomida 1315 nafar talaba bakalavriat bosqichini tamomladi. Ulardan 46 nafari imtiyozli diplom, 11 nafari davlat mukofoti va stipendiyalariga ega bo‘lgan. 100 nafardan ortig‘i xorijiy almashinuv dasturlarida qatnashgan, ko‘pchiligi esa nufuzli xorijiy universitetlarga qabul qilingan.
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025 #Diplom_topshirish_marosimi
O‘zDJTUda magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
28-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat vakillari, bitiruvchi magistrantlar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Marosim davomida bitiruvchilarning mehnati, intilishi va erishgan yutuqlari iliq tilaklar va hayajonli lahzalar fonida e’tirof etildi. Bu kun yosh mutaxassislar hayotidagi unutilmas sahifaga aylandi.
Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida 253 nafar magistrant universitetni muvaffaqiyatli tamomladi, shundan 237 nafariga diplomlar tantanali tarzda topshirildi, 105 nafar bitiruvchi grant asosida tahsil olgan hamda bitiruvchilarning 80 foizdan ortig‘i ish bilan ta’minlangan.
Yutuqli bitiruvchilar orasida1 nafar Prezident stipendiyasi,1 nafar Aleksandr Faynberg nomidagi stipendiya, 6 nafar Rektor stipendiyasi sohibi bor hamda 2 nafar xorijiy talaba magistraturani muvaffaqiyatli yakunladi va 3 nafar bitiruvchi esa xorijdagi nufuzli oliygohlarda malaka oshirib qaytdi.
Bizni kuzating
#Qabul_2025 #Dayjest
2025/2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish bo‘yicha muhim xabarlar dayjesti
Bizni kuzating
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
🇺🇿IQAC tomonidan davlat oliygohlarida tashkil etilayotgan Britaniya dasturlariga qabul davom etmoqda!
🎓 Talabalar Britaniya standardlari asosida o'qitilib, yakunda hamkor davlat oliygohining, shuningdek Angliyaning hamkor universitetidan diplom olish imkoniga ham ega bo'ladilar.
⚫️Yo'nalishlar:
- Biznes boshqaruvi
- IT (Cybersecurity, Data Science, AI)
- Arxitektura
✔️Darajalar: Bakalavriat va magistratura
Ba'tafsil ma'lumot uchun:
📞 +998712002024 |✈️@iqacuz_bot
Bizni kuzating
O‘zbekiston—Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda
24–27-iyul kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshlig‘i Farrux Azimov hamda Chilonzor tuman 1-son politexnikumi direktori Baxodir Ziyamuxammedov Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan Ta’lim hamkorligi haftaligi tadbirlarida ishtirok etdi.
Xaftalik doirasida Xunan Millatlar kasbiy ta’lim kolleji va Chilonzor tuman 1-son politexnikumi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi hamda “Guanchjou ustaxonalari” forumida xalqaro hamkorlik, sanoat ehtiyojlariga mos kasbiy ta’lim tizimi yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdrk, Guanchjou oziq-ovqat kasbiy ta’lim kollejidagi ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimi o‘rganildi, 37 ta mutaxassislik bo‘yicha 10 mingdan ortiq kadr tayyorlanayotgan fakultetlar faoliyati bilan tanishildi hamda sun’iy intellekt, grafika va dizayn, elektrotexnika yo‘nalishlarida hamkorlikda kadrlar tayyorlashga kelishib olindi.
#XalqaroHamkorlik #Kasbiy_taʼlim
Bizni kuzating
#Tayinlov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bungacha A.Mamanazarov Taʼlim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
#Kasbiy_taʼlim
Oliy ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish: dual ta’lim va kasbiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida o‘quv markazida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan “Moliyaviy savodxonlik” va “Byudjet savodxonligi” haftaliklari doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tashkil etilgan sayyor darslar, seminar-treninglar, amaliyotchi mutaxassislar bilan o‘tkazilgan davra suhbatlari hamda boshqa tadbirlar muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/73277
Bizni kuzating
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi
Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 2025-yil 29-iyul kuni soat 11:00da Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi.
Professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar sohaga doir muammo va takliflari yuzasidan qilgan murojaatlariga javob olishlari mumkin.
#Eʼlon #Sayyor_qabul #Vazir #Murojaatlar
Bizni kuzating
✅#Olimlar_minbari
#21-27.07.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston transport yo‘lagi: mintaqalararo taraqqiyot manzillari” — Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;
«Актуальные 90 дней»: призыв участвовать в реформах» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета, профессор;
“Ekologik barqarorlik va eksport sari yo‘l” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, professor;
«Интеллект, наука и молодежь — движущие силы страны» — Отабек ЮСУПОВ, проректор по научной работе и инновациям Узбекского государственного университета мировых языков;
“Ta’lim va tarbiyada noyob tajriba – bilimlarni boyitish, ijtimoiy faollikni oshirish va ko‘nikmalarni shakllantirish fursati” — Alisher SAMADOV, TDTU Olmaliq filiali direktori, professor;
“Ta’limda muhim davr, yozni imkoniyatga aylantirish fursati” — Otabek YUSUPOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori;
“Xotin-qizlar ta’limi jamiyat taraqqiyotida muhim omil” — Sayyora AHMEDOVA, Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori;
“Jizzax zamonaviy, obod va go‘zal maskanga aylanmoqda” — Jalil HAMIDOV, Jizzax politexnika instituti professori;
«Учиться всю жизнь: как непрерывное образование формирует устойчивое будущее» — Джамиля АБДУГАНИЕВА, доцент Узбекского государственного университета мировых языков, доктор философии (PhD);
«Время для саморазвития, творчества и достижений» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета.
Bizni kuzating
🎓 Qonun ustuvorligi yo‘lida xizmat qilishni xohlaysizmi?
✅Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi aynan siz uchun!
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi — O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun ixtisoslashtirilgan kadrlar tayyorlaydigan davlat muassasasi bo‘lib, prokuratura va tergov tizimlari uchun zarur bo‘lgan kadrlar aynan shu yerda davlat buyurtmasi asosida tayyorlanadi.
🔸Ta’lim jarayonlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyoti bilan integratsiyalashgan va zamonaviy o‘quv infratuzilmasi asosida tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari sohaga oid amaliy tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
☎️Tel.: 71 202 04 96 (1727)
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar, davlat idoralari vakillari hamda diplomatik korpus a’zolarini bir joyga jamladi.
Tantanali tadbirni ochishda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev onlayn tarzda bitiruvchilarni qutlab, ularning universitet taraqqiyoti va O‘zbekiston istiqboliga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi.
JIDU bitiruvchilariga O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek, tantanali tadbirga tashrif buyurgan xorijiy davlatlarning Favqulodda va Muxtor elchilari o‘z tabriklarini yo‘lladilar. Ular orasida Fransiya elchisi Oreliya Bushez, Chexiya elchisi Lyubomir Frebort, hamda Hindiston, BMT va boshqa xorijiy tashkilotlar elchixonalari vakillari bor edi.
2025-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriat yo‘nalishini muvaffaqiyatli 385 nafar talaba bitirdi. Bitiruvchilarning katta qismi Yevropa, Osiyo va AQShning nufuzli universitetlarida o‘qishni davom ettiradi.
Bizni kuzating
#diqqat_tanlov
Hujjatlar qabuli Avgust oyining 1-sanasida yakunlanadigan tanlovlar⬇️
📥 Elektrotexnika sohasidagi innovatsion loyihalar tanlovi
Muddat: 01.08.2025
📥 Davlat maqsadli dasturi tanlovi
Muddat: 01.08.2025
Bizni kuzating
#xushxabar
Germaniyadan xushxabar:
Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida yengil atletikachimiz Sharifa Davronova oltin medalni qoʻlga kiritdi
Bugun yengil atletika sport turida ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrash bo‘yicha oʻtkazilgan final bahslarida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi, yengil atletikachimiz Sharifa Davronova ikkinchi urinishda barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori 14,33 m natija ko'rsatib, yozgi Universiada oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Bizni kuzating
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz
Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)
Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:
✅ Unga ko‘ra:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.
Bizni kuzating