ecokomuz | Неотсортированное

Telegram-канал ecokomuz - Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

970

We-sayt http://ecokom.uz Youtube www.youtube.com/channel/UCyEtVwFWDvBYHqAjJQid2gA/ Facebook https://www.facebook.com/QREkologiyaministrlik Instagram https://www.instagram.com/eco_qr

Подписаться на канал

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#fotoqopqon #фотоловушка

📸Toʻqay mushugi fotoqopqonda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida o‘rnatilgan fotoqopqonga toʻqay mushugi muhrlandi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/28673

📸Камышовый кот в фотоловушке

В фотоловушку, установленную на территории Нижне-Амударьинского биосферного резервата при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, попал камышовый кот.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/28673

📸Jungle cat in camera traps

A reed cat got into a camera trap installed on the territory of the Lower Amudarya Biosphere Reserve under the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change.
https://gov.uz/en/eco/news/view/28673

📷Instagram | 🕊Telegram |
📱Facebook | X | 🌐 YouTube |
📗 WhatsApp

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tungi_reyd

Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Nazorat qilish inspeksiyasi, Bo‘zatov va Nukus tumani bo‘limlari bilan oʻtkazilgan reyd davomida fuqarolar O.B va B.A, I.Jlar tomonidan "Erkindaryo" OFY yeridan noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatsiz o‘tin shopgani aniqlandi.

Holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79¹-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib har biriga 9 375 000 so‘m jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun 900 000 so‘mdan da'vo belgilandi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni monitoring qilish qanday amalga oshiriladi?


Vazirlar Mahkamasining 25.11.2024 yildagi 783-son qarori bilan sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishni ta’minlash choralari belgilandi.

Prezidentning 31.05.2023 yildagi PF-81-son Farmoniga muvofiq tuman (shahar)larda atmosfera havosining ifloslanishini fon monitoringi qilishning 347 ta avtomatlashtirilgan kichik stansiyasini xarid qilish va o‘rnatish rejalashtirilgan. Hujjat bilan avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Ifloslantiruvchi manbalarni sifatli monitoring qilish uchun tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlar (atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish I toifasi – 2025 yil 1 iyulgacha, II toifasi – 2025 yil oxirigacha) quyidagilarni ta’minlashlari kerak:

🤩ustuvor turg‘un (tashkillashtirilgan) ifloslantirish manbalaridan atmosfera havosiga chiqariladigan tashlamalarni monitoring qilishning avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarini o‘rnatish;

🤩yuqori samarali chang va gazni tozalash qurilmalari hamda mahalliy suv tozalash inshootlarini yangilariga almashtirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish;

🤩xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sanitariya-himoya zonalarini avtomatlashtirilgan statsionar kuzatuv postlari bilan jihozlash.

O‘rnatiladigan yangi chang-gazni tozalash uskunasining samaradorligi kamida 99,5%, mavjud modernizatsiya qilinadigan uskunalarniki – kamida 95%, yangi va modernizatsiya qilinadigan mahalliy suv tozalash inshootlariniki – kamida 80% bo‘lishi kerak.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.11.2024 yildan kuchga kirdi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

✅ Tanzaniyada degradatsiyaga uchragan yerlarni yashil savannaga aylantirish uchun qilingan yechim o'z natijasini berdi.

Uch yilda yomg'ir suvini to'plashga qaratilgan harakatlar hududdagi yashilligini tiklagan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
                                                                                   
youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Inklyuziv turzim, haqiqat yoki afsona...


Media school Uzbekistan-2024 dasturining eng so'nggi moduli bo'lib o'tdi. Media maktabda ishtirokchilar o'z loyihalarini yuqori saviyada namoyish etish va trenerlar tomonidan barcha loyihalar ko'rib chiqishdi.

Barcha moduldan beri ishlab kelayotgan loyihalarni taqdim etish, shu tariqa ular uch oylik mashg'ulotlar davomida egallagan malakalarini namoyish qilish va amalga oshirish bo'yicha barcha zarur choralarni ko'rishgan.

Unda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi "Orol dengiz yoshlari" volontyorlar klubi Raisi Samandar Kalmuratov ham "Inklyuziv turzim, haqiqat yoki afsona" loyihasi bilan qatnashib, Qoraqalpog'istonda aynan Inklyuziv turzim bo'yicha ekspertlardan olingan intervyular va ota-onalardan bo'lsa so'rovnomalar va ko'rsatuvlar loyiha doirasida olindi. Mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida, atrof-muhitga va inklyuziv ta'lim berish, turistik joylardagi ma'sul xodimlarning Inklyuziv turzim bo'yicha bilimlar berish va ularga targ'ibot ishlari amalga oshirish hisoblanadi.

Media maktabning uchinchi modulida ishtirokchilar tomonidan o'z loyihalar asosida taqdimotlarni trenerlarga ko'rsatib o'tildi. Asosan, "Oilada zo'ravonlik ekologiyaning ta'siri", "Mening do'stim AI" va "Biz yo'qotmaydigan shahar" loyihalar ustida ish olib borildi. Shuningdek, trenerlar va exspertlar tomonidan "Inklyuziv turzim, haqiqat yoki afsona" loyihasi munosib ekkinchi o'rinni oldi. Negaki, ushbu masala bo'yicha bizning hududda yashovchi aholining turmush darajasi va sayohat qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlarni jamlagan loyiha hisoblanadi.

Shu o'rinda aytish kerak, Inklyuziv turzimni rivojlantirish va mustahkamlash borasida bu loyihamiz yaqindan yordam beradi va loyiha davom etadi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

❗️Ekologik huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda

2024-yil 21-noyabr kuni "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o'simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi 1004-sonli Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi Qonun hamda "Ov qilish va ovchilik xo'jaligi to'g'risida"dagi Qonunga o‘zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

https://gov.uz/oz/eco/news/view/28570

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

🌱“Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar davom etmoqda

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida turli manzarali daraxtlarni tarqatib ekish va ularni parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Orolqum'' milliy tabiat bog'ida xodimlar tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqonlarga Burgut qushi muhirlandi

Berkut
Golden Eagle
Aquila chrysaetos Linnaeus, 1758

ssp.fulva Linnaeus,1758 

Qizil kitob ga kiritilgan zaif tabiatan kamyob ortoq lokal tarqalgan. 
Burgut har doim soni kichik bo'lgan. 1979-1980 yillarda Ustyurt platosida, Qizilqum cho'lida, Bukantau, Tamdytau, Muruntau, Pistalitau, Nurota, Xisor, Turkiston, Zarafshon va Сhotqol tizmalarida 80-100 uyalash juftlari sanab o'tilgan. Uchib o'tishlar va ko'chishlar paytida u hamma joyda topiladi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sement ishlab chiqarish korxonalarda zamonaviy chang-gaz ushlab qoluvchi filtrlar o‘rnatilmoqda

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Ҳайўанат ҳәм өсимлик дүньясына надурыс мүнәсибетте болғанлығы ушын жуўапкершилик күшейтиледи

Президент тәрепинен қол қойылған Нызам (ӨРН -1004-санлы, 21.11.2024.ж ) менен Өзбекстан Республикасының айырым нызам ҳүжжетлерине ҳайўанат ҳәм өсимлик дүньясының қорғаныўын күшейтиўге қаратылған қосымша ҳәм өзгерислер киргизилди. Нәтийжеде, ҳайўанат ҳәм өсимлик дүньясын қорғаў күшейтиледи.


👉 Толық оқыў - https://kknews.uz/219498.html

joqargikenes">📲 Telegram| Instagram | Live | Sport|

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан республика миқёсида "Яшил макон" умуммиллий лойиҳасига старт берилди.


Унда Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлардан видеоалоқа орқали мамлакатимиз фаровонлигига, яшил белбоғларни барпо этишга ҳисса қўшиш ниятида бўлган республика фаоллари, ёшлар, нуронийлар ва хотин-қизлар, идора, ташкилотлар ходимлари ҳамда кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этди.

Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси Раиси Аманбай Орынбаев раҳбарлигида Нукус шаҳри атрофида дарахт кўчатларини экиш ишлари бошлаб юборилди.

Таъкидлаш жоизки, жорий йил куз мавсумида "Яшил макон" лойиҳаси доирасида жами 5 миллион 600 минг дона манзарали ва мевали дарахт кўчатлари экилиши кўзда тутилган бўлиб, режа ортиғи билан бажарилиши белгиланган. Ушбу тадбирларни юқори савияда ташкил этиш мақсадида питомникларимизда дарахт кўчатлари захираси яратилиб, 6 миллион 764 минг дона декоратив ва мевали дарахт кўчатларини харид қилиш учун шартномалар тузилган.

Бугунги кунда шаҳар ва туманларимизда 2 миллион 812 мингдан зиёд дарахт кўчатлари экилиб, бу ишлар уюшқоқлик билан олиб борилмоқда.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

"EKOLOGIYA VAZIRLIGI BOG‘I" TASHKIL ETILDI

Mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ekologiya bog‘i"ni tashkil etish maqsadida aksiya tashkil etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi va "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi, "Barsakelmes" davlat buyurtma qo'riqxonasi, "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog'i hamda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari ishtirok etdi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

"EKOLOGIYA VAZIRLIGI BOG‘I" TASHKIL ETILDI

Mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ekologiya bog‘i"ni tashkil etish maqsadida aksiya tashkil etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi va "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi, "Barsakelmes" davlat buyurtma qo'riqxonasi, "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog'i hamda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari ishtirok etdi.

Olim va mutaxassislar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy sharoitidan kelib chiqib, iqlimga mos ko‘chatlarning yangi navlarini yaratish va parvarish qilish, ko‘chat ekish agrotexnikasini to‘g‘ri tashkil etish, Orol bo‘yi mintaqasi sharoitiga mos yangi o‘simlik turlarini hudud iqlimiga moslashtirish, bu borada ko‘chatlarning sho‘rli yerlarda o‘sib rivojlanadigan chidamli turlarini ko‘paytirish, ekiladigan ko‘chatlarni kasallik va zararkunandalardan asrash kabi qator mavzularda yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berilib, tajriba sifatida daraxt ko‘chatlari ekilishi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Prezidentimiz tomonidan yangi 2025 yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qilindi

Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi. Ushbu dasturda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Ҳайвонот ва ўсимлик дунёсининг муҳофазаси кучайтирилади


Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-1004-сон, 21.11.2024 й.) билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ҳайвонот ва ўсимлик дунёсининг муҳофазасини кучайтиришга қаратилган қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди.

🔰Қонун билан қонун ҳужжатларига ҳайвонот ва ўсимлик дунёсидан фойдаланиш қоидаларини бузганлик учун жавобгарликни кучайтиришга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритилмоқда.

⚖️Шунингдек, ўз ҳудудида биноларни, иншоотларни ёки бошқа объектларни қуриш, реконструкция қилиш чоғида белгиланган талабларни бузиб, кимёвий, биологик воситаларни қўллаган ҳолда дарахтларни, буталарни ёки бошқа ўсимликларни қасддан шикастлантирганлик, пайҳон қилганлик ёки йўқ қилганлик учун жавобгарлик белгиланмоқда.

❗️Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш органлари давлат инспекторининг қонуний фаолиятига тўсқинлик қилганлик, унинг экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш тўғрисидаги қонунчилик бузилишларини бартараф этишга доир кўрсатмаларини бажармаганлик учун жавобгарлик кучайтирилмоқда.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Қорақалпоғистонда Қизил китобга киритилган Бухоро буғулари овланди

👉 https://xabar.uz/qu14

📲 Саҳифаларимизга қўшилинг:
TELEGRAM |INSTAGRAM |XabaruzTV/videos">YOUTUBE

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tungi_reyd

Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Nazorat qilish inspeksiyasi, Bo‘zatov va Nukus tumani bo‘limlari bilan oʻtkazilgan reyd davomida fuqaro B.S tomonidan "Qusqanataw" OFY yeridan noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatsiz Qizil miya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79¹-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib 1 125 000 so‘m jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun 17 925 000 so‘m da'vo belgilandi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Mobil_tasvir

Ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi  tasarrufidagi "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasining noyob vakillari tasvirlangan.

Soha vakillari hamisha ular hayotini kuzatib, oʻrganish ishlarini olib borishadi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog'istonlik ekochempion Albina Naurizbаeva bilan tanishing!  Albina o’z maktabida "Chiqindilarni qayta ishlashga topshirish uchun ularni alohida yig'ish" loyihasini boshladi. U ekologik madaniyatni rivojlantirish va chiqindilarni saralash bo'yicha treninglarni faol o'tkazmoqda.

Albina boshchiligidagi ko‘ngillilar ikki oy ichida qayta ishlash uchun 500 kg chiqindi qog‘oz va plastikni yig‘di  - bu uchta daraxtni saqlab qolish bilan barobar!  "Keling, tabiatimizni birgalikda asraylik va chiqindilarimizni saralaylik!", - deya ta’kidladi Albina.

****

Познакомьтесь с эко-чемпионкой Альбиной Наурызбаевой из Каракалпакстана! Альбина инициировала проект по раздельному сбору вторсырья в своей школе и активно проводит тренинги по экологической культуре и сортировке отходов.

Волонтёры во главе с Альбиной за два месяца собрали 500 кг макулатуры и пластика, которые были переработаны — это как спасение трёх деревьев! «Давайте вместе заботиться о нашей природе и сортировать свой мусор!» — говорит Альбина.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog’istonda 3 bosh Buxoro bug’usi o’ldirildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari tomonidan 3 bosh Buxoro bug’usi ovlanganligi aniqlandi. Holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida bitta erkak va ikkita urgʻochi bug‘ular ov miltigʻi bilan o‘ldirilganligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa joyi koʻzdan kechirilganida rezervatning zaxira yerlaridan 2 ta ov miltigʻi oʻq dorisining plastik boʻlaklari, qonga oʻxshash qizil dogʻlar va ov miltigʻi topildi. Ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘ulari o‘ldirilishi natijasida hayvonot dunyosiga jami 3 mlrd 375 mln soʻmlik moddiy zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan fuqaro M.K. Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Hozirda Beruniy tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi tekishiruv ishlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining axborot xizmati

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📺 OAV biz haqimizda

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokanalining xabar informatsion dasturida.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda To‘rtko‘l tumani "Paxtachi" OFYning 3-bo‘limi hududida joylashgan mayshiy chiqindi poligoninda hid chiqmoqda" sarlavhasi ostida post eʼlon qilingan.

Mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan atroflicha oʻrganildi. Olib borilgan oʻrganish natijasiga koʻra, "Paxtachi" OFY hududida joylashgan mayshiy chiqindi poligonida har qil turdagi chiqindilarni poligonga olib kelib to‘kilganan so‘ng poligonda hid kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan ishchi guruh tashkil etilib, tegishli soha mutaxassislari tomonidan poligondagi yong‘in texnikalar yordamida bartaraf etildi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Жасыл_мәкан

Хожели районы "Бағман" мәҳәлле аймағында «Жасыл мәкан» улыўма миллий жойбары шеңберинде абаданластырыў ҳәм көклемзарластырыў жумыслары алып барылды.

Оған район сектор басшылары ҳәм 28 мәҳәлле белсендилери қатнасты. Район ҳәкими Ж.Ермашев сөзге шығып, республика бойлап өткерилип атырған ғалабалық акцияға белсене қатнасып, ҳәр бир мәкеме, шөлкемлерге бириктирилген жер майданларға белгиленген реже тийкарында терек нәллерин егиў бойынша тапсырмалар берилип, ўазыйпалар белгилеп алынды.

Буннан соң, қатнасыўшылар жақсы нийетлер менен ҳәр қыйлы декоратив терек нәллерин егилди.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

🌿Orolbo’yi milliy tabiat bog’i hududidagi kuzatish kameralariga Qashqaldoqlarning harakatlari tasvirga olindi.✔️

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент атрофида "яшил" белбоғ барпо этиш доирасидаги дарахт экиш тадбирида иштирок этди
___

Президент Шавкат Мирзиёев Ташкент әтирапында "жасыл" белбеў жаратыў шеңбериндеги терек егиў илажына қатнасты

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Президент Шавкат Мирзиёев “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида барпо этилаётган янги боққа кўчат экди.

Президент Шавкат Мирзиёев посадил дерево в новом саду, создаваемом в рамках общенационального проекта "Яшил макон".

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#FOTOLAVHALAR

Mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ekologiya bog‘i"ni tashkil etish maqsadida aksiya tashkil etildi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Қорақалпоғистонда АЖОЙИБ ЯНГИЛИК!

Эндиликда юртимизда болалар ва ёшларда она табиатни асраб-авайлаш борасидаги илк тасаввурларни уйғотиш, экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш тўғрисида билим ва мухаббатни ошириш мақсадида “Qaraqalpaqstan Ekologiyası” газетаси таҳририяти томонидан Ўзбекистон Республикасида биринчи марта қорақалпоқ, ўзбек ва рус тилларида тўққиз бўлимдан иборат “Óziń boya” номли расм бўяш китоби тайёрланган. Китобда Ўзбекистон Қизил китобига киритилган ўсимлик ва ҳайвонлар турлари ҳақида маълумот, бўяш учун расм, фото, видеоларни кўриш учун QR-код берилган.

Шуни таъкидлаш жоизки, “Óziń boya” китобида республикадаги барча мактабгача таълим муассасалари тарбияланувчилари ҳамда умумтаълим мактабларининг бошланғич синф ўқувчилари ўртасида экологик таълим-тарбияни ривожлантириш, болаларнинг интеллектуал салоҳиятини оширишга қаратилган ранг-баранг мавзулар қамраб олинган бўлиб, бу уларнинг она табиатга бўлган қизиқиш ва меҳр-муҳаббатини мустаҳкамлайди.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Президентимизнинг халқчил ташаббус ва ғоялари;

Ҳукумат олдига қўйган устувор вазифалар;

“Ўзбекистон–2030” Стратегияси асосида ишлаб чиқилган, Олий мажлисда тақдим этилган Вазирлар Маҳкамасининг 5 йиллик Ҳаракат дастури 10 та устувор йўналишни қамраб олган.

Шунингдек ушбу йўналишлар доирасида иқтисодий-ижтимоий тармоқлар кесимида 400 та чора-тадбир аниқ белгилаб олинган.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

🇺🇳BMT bilan iqlim migratsiyasi sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan #COP29 iqlim konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari Obidjon Qudratov va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) Bosh direktori oʻrinbosari Ugochi Daniels o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/28267

🇺🇳Укрепляется сотрудничество с ООН в сфере климатической миграции

На полях климатической конференции COP29 в Баку, первый заместитель министра экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан Обиджон Кудратов провёл двухстороннюю встречу с заместителем генерального директора Международной организации ООН по миграции (МОМ) Угочи Дэниэлс.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/28267

🇺🇳Cooperation with the UN in the field of climate migration is being strengthened

On the sidelines of the COP29 climate conference in Baku, First Deputy Minister of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change of the Republic of Uzbekistan, Obidjon Kudratov, held a bilateral meeting with Deputy Director General of the United Nations International Organization for Migration (IOM), Ugochi Daniels.
https://gov.uz/en/eco/news/view/28267

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube |
📗 WhatsApp

Читать полностью…
Подписаться на канал