ecokomuz | Неотсортированное

Telegram-канал ecokomuz - Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

970

We-sayt http://ecokom.uz Youtube www.youtube.com/channel/UCyEtVwFWDvBYHqAjJQid2gA/ Facebook https://www.facebook.com/QREkologiyaministrlik Instagram https://www.instagram.com/eco_qr

Подписаться на канал

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

HURMATLI YURTDOSHLAR!

Ko‘chalar, hovlilar, ko‘p qavatli uylar atroflarini pokiza saqlanishiga g‘oyatda e’tiborli bo‘ling.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining matbuot xizmati

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Bilasizmi

Kompensatsiya toʻlovini kimlar toʻlaydi

Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar kompensatsiya toʻlovchi subʼektlar hisoblanadi.

🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#fotoqopqon

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi  tasarrufidagi "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi hududidagi fotoqopqonlardan lavhalar.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tezkor_reyd

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbiri jarayonida "Jana-jap" OFY fuqaro A.R tomonidan shox shabbalar va oʻsimlik qoldiqlarin yoqib yuborganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJTQning 88-modda 1-qismi bilan jarima belgilandi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#IBRAT

Yoshi ulug'larning holidan xabar olish, atrofimizdagilarga yordam qo'lini cho'zish bizga azaliy qadriyat. Hatto bir og'iz shirin gap kungil ko'taruvchi, ilhom beruvchi muomala ham tuxfadur.

Qoraqalpoqiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Amudaryo tuman bo‘limi xodimlari savobli ishga qol urdi. Amudaryo tumandagi kam ta'minlangan oilalar, onaxonlar holidan xabar olib, oziq-mahsulotlarini tarqatdi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Biz_OAV_sahifalarida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokanalining xabar informatsion dasturida Kuz fasli kelishi munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi gidrometeorologya markazining Injener sinoptiki Axmetjan Atashev tomonidan ma’lumotlar efirga uzatildi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Ustyurt sarhadlari keng va bepoyon bo‘lib, jonivorlarning erkin yashashlari uchun qulay hudud hisoblanadi

Jayron, kiyik, sayg‘oq, bo‘ri, tulki kabi jonivorlar Ustyurtni doimiy yashash manzillaridan biri qilishgan.

Soha vakillari, davlat inspektorlari hamisha ular hayotini kuzatib, o‘rganish ishlari olib borishadi. Tabiatda kam uchraydigan ayrim jonivorlarni aniqlash uchun Ustyurtning bir qancha joylariga fotoqopqonlar o‘rnatilgan va ular orqali hududning jonli tabiati ham monitoring-nazorat qilib boriladi.

Siz videoda ko‘rib turgan sayg‘oq ham Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining "Orolqum" tabiat bog‘i xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon kamera obyektiga muhrlangan bo‘lib, hududda yovvoyi jonivorlarni bu kabi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Bo’rsiqning oziqlanish jarayoni fotoqopqon kadrlarida

Orolbo’yi milliy tabiat bog’i hududidagi fotoqopqonlarga bo’rsiqlarning oziqlanish jarayoni muhrlandi.

Ma’lumot uchun bo’rsiqlar yirtqichlar oilasiga mansub bo'lib, asosan tunda faol hayot kechiradi. Shuning uchun kunduz kunlari kamdan-kam hollarda  ko'rinadi. Ular mayda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar, umurtqalilar, qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi.

Milliy tabiat bog’ida o'tkazilgan bahorgi sanoq paytida 20 boshdan ortiq bo'rsiq mavjudligi aniqlangan.
———
Процесс питания барсука зафиксирован на кадрах фотоловушек.

На территории национального парка Приаралье на фотоловушки зафиксирован процесс питания барсука.

Для справки, барсуки относятся к семейству хищников и как правило, ведут ночной образ жизни. Поэтому их редко можно увидеть днем. Они питаются мелкими грызунами, пресмыкающимися, позвоночными, птицами и их яйцами.

Во время проведенного весеннего учета в национальном парке было зафиксировано наличие более 20 барсуков.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Онлайн

Бүгин Тахтакөпир районы «Дәўқара» аўылы аймағындағы Бөршитаў етеги, Қаратерең көли бойында шөлкемлестирилген экотуризм орайының ашылыў салтанаты өткерилиўи мүнәсибети менен байрам илажлары болып өтпекте.

Байрам илажы шеңберинде түрли миллет ўәкиллериниң үрп-әдет, дәстүрлерин өзинде жәмлеген көринислер, жаслар сейиллери, соның менен бирге көркем-өнер тараўы атқарыўшыларының концерт бағдарламалары ҳәм басқа да бир қатар мәдений ҳәм кеўилашар илажлар өткерилмекте.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

BALIQCHI BRAKONERLAR “QARMOQQA” ILINDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Tezkor guruhi va Taxtako‘pir tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd tabdiri natijasida fuqarolar M.A va A.G, O.S, hamda J.Mlar tomonidan “Qo‘ng‘irotko‘l” OFY hududida "Aqshadaryo" kollektoridan 70 dona zogʻorabaliq va 19 dona ilonboshbaliq, 6 dona tovonbaliq, 10 dona laqqa, 3 dona vobla, 2 dona marqa baliqlarin ovlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qism g-e-bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi “2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-155-son, 14.10.2024 й.) qabul qilindi

⚡️ Farmonga ko‘ra, 2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

🔹yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;

🔹o‘rmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;

🔹geologiya sohasida yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;

🔹mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo bo‘lgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;

🔹suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;

🔹qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini o‘rganish, ekinlarning turlari hamda suv iste’moli hajmlarini aniqlash.

🔍 2025 yil 1 martdan yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qozag'istonda shakllanayotgan antisiklonning ta'sirida O'zbekistonning shimoliy-sharqiy qismlarida harorat 0°C dan pastga tushgan.

Bugun tonda Antisiklonning markaziy qismida joylashgan Astanada -12°C qayd etilgan.

Antisiklon ushbu hafta oxirigacha mintaqada bo'lib turishi prognoz qilinmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

"Orol dengiz yoshlari" volontyorlar klubi 1 yoshning muborak bo'lsin

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining bosh binosida "Orol dengiz yoshlari" volontyorlar klubining yillik hisoboti va volontyorlik klubga kasting bo'lib o'tdi.

Unda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi ma'sul bo'lim boshliqlari tomonidan vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng turda ma'lumotlar berilib o'tildi va O'zbekiston ekologik partiyasi Nukus shahar bo'lim boshlig'i A.Ismaylova tarafidan partiya maqsadi va vazifalari, hozirgi kunda ekologik muammolar va ularning yeshimi va unda yoshlarning amalga oshirilayotgan tashabbuslari haqida aytib o'tishdi.

Klubda o'tgan bir yil davomida o'tkazilgan tadbirlar va aksiyalar haqida ma'sul xodimlar tarafidan tegishli fikirlar bildirilib, kelgusida amalga oshiriladigan ish rejalar belgilanib olindi.

Tadbirda quvonarlisi yoshlar faol bo'lganligi, kastingga 80 nafar ko'ngillilar ro'yxatidan o'tib, ulardan 60 nafarini eko volontyorlar sifatida tanlab olindi. Bu degani ekologiyaga befarq bo'lmaganlarning safi tobora kengayib bormoqda. Klub a'zolari, Nukus shahri Prezident maktabi, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning Nukus filiali va 1-sonli maktab o'quvchilari, yanada universiteti talabalari ishtirok etdilar.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

TUMANLARDA DЕBITOR QARZDORLIK HOLATLARI O‘RGANILMOQDA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining ishchi guruhi va Amudaryo tuman bo‘limi, Amudaryo tuman prokuraturasi va tumandagi OFY, MFY raislari bilan birgalikda aholining debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor tumandagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borildi.

Bundan tashqari, Amudaryo tuman DXSH tomonidan xarid qilingan 4 dona chiqindilarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan maxsus texnikalar topshirildi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Sho‘rlangan yerlarni qayta tiklash mumkinligini bilasizmi?    

1-usul: Tuzlarni o‘simliklar ildiziga nisbatan pastroq joylashgan yer qatlamlariga yuvib tushirish bo‘lib, bunga sho‘r yuvish orqali erishish mumkin. 

2-usul: 2 ta harakatni o‘z  ichiga  oladi,ortiqcha tuzlar yuviladi va ayni paytda ular  sunʼiy kollektor-zovur tarmoqlari yordamida daladan tashqariga chiqarib tashlanadi.

3-usul: O‘simliklarning hosildor qatlamidagi tuzlarni yuvib yuborish emas, balki bunday tuzlarni yerning past qatlamlarida, yaʼni bunday tuzlar o‘simliklarga zarar yetkazmaydigan chuqurlikda ushlab turishdan iborat.  

4-usul: Sho‘rga chidamli o‘simliklar ekish, masalan: jo‘xori, qizilmiya, indigoferra  (buyoq  olinadi), beda va boshqalar.

5-usul: Tuproqdagi sho‘rlanishni pasaytirish, uning p.H tarkibini neytrallashtirish uchun AK-SALINT suyuq o‘g‘iti qo‘llanilganda hosildorlik ortishiga ham sabab bo‘ladi. O‘simlik ekilganidan boshlab, faol vegetatsiya davrigacha ildiz ostidan va tomchilash tizimi orqali yuboriladi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#xalqaromunosabatlar #международныеотношения

🤝Turkiy davlatlar bilan ekologiya sohasidagi diplomatik aloqalar yangi bosqichga koʻtarilmoqda


2024-yilning 5–6-noyabr kunlari Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) navbatdagi sammiti oʻtkaziladi. Mazkur sammitda Oʻzbekiston faol ishtirok etib, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohalarida dolzarb masalalarni ilgari surishni maqsad qilgan.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/26553

🤝Дипломатические отношения с тюркскими странами в сфере экологии выходят на новый уровень

5-6 ноября 2024 года в городе Бишкек Кыргызской Республики состоится очередной саммит Организации тюркских государств (ОТГ). Узбекистан принимает активное участие в данном мероприятии, нацеливаясь на продвижение актуальных вопросов в области экологии, охраны окружающей среды и изменения климата.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/26553

🤝Diplomatic relations with Turkic countries in the field of ecology are reaching a new level

On November 5-6, 2024, the next summit of the Organization of Turkic States (OTS)will be held in Bishkek, Kyrgyz Republic. Uzbekistan is actively participating in this event, aiming to promote topical issues in the fields of ecology, environmental protection, and climate change
https://gov.uz/en/eco/news/view/26553

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Ko‘chat_ekishning_tartib_qoidalari

Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qizilqum sahrosining shimoliy g‘arbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan. Mintaqaning iqlim sharoiti keskin o‘zgaruvchan. Qishi qattiq sovuq 20-22°C gacha yetadi. Yoz faslida havo harorati esa +35,+40 °C gacha yetib, shamol tezligi 2,6-3,2 m/s oshadi. Hududda chang-bo‘ronli kuchli shamollar ko‘tarilish davri asosan bahor faslining mart, aprel va kuz oylarining sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida kuzatiladi. Qish fasli davomiyli quruq sovuq va deyarli qorsiz bo‘ladi. Tuproq 0,5-0,7 metrgacha muzlaydi. Havoning o‘rtacha yillik nisbiy namligi 52 %, yillik yog‘in miqdori 95,6-108,0 mmni
tashkil etadi.

Tuproq sharoiti
Janubiy tumanlar To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo va Ellikqal’aning tuprog‘i o‘tloqi tuproq. Mexanik tarkibi yengil. O‘rtacha sho‘rlangan. Yer osti suvlarining sathi 1,5-2,0 metrni tashkil etadi. Haydalma qatlamida tuproqning zichligi 1,19-1,32 g/sm³ atrofida bo‘lib, pastga tushish bilan zichlashib boradi. Tuproqda chirindi (gumus) miqdori oz bo‘lib, o‘rtacha 0,8-ranichnim qatlamida (0-30 sm) nitrat shaklidagi azot miqdori (N-NO3) C) 273 mg/kgni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ishonchli vakili Muratbay Ganiyev ko‘chat ekish ishlari haqida atroflicha ma'lumot berdi.

🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

🌱 Нукусда экологик таълим фестивали бўлиб ўтди

Бутунжаҳон озиқ-овқат кунига бағишлаб ташкил этилган ушбу тадбирда «Eco-schools Uzbekistan» лойиҳасининг рамзи – Яшил байроқ тантанали равишда кўтарилди. Қорақалпоғистонлик ғолибларга Яшил байроқни қўлга киритган 8 та мактабнинг ўқувчилари ҳам онлайн тарзда қўшилди.

«Замин» фонди Васийлик кенгаши раиси Зироат Мирзиёева, ФАО бош директори ўринбосари Виорел Гуцу ва ФЭЭ таълим масалалари бўйича катта директори Прамод Кумар Шарма фаол ўқувчиларни мукофот билан самимий қутлади.

🔎 Бўлажак CОР-29 га бағишланган фестивалда «Ёш эко-чемпионлар» дастури етакчилари Қорақалпоғистонда Ёшлар жамоатчилик экологик назоратини йўлга қўйиш ташаббусини тақдим этди.

🎨 Тадбирда Бутунжаҳон озиқ-овқат куни муносабати билан ФАО томонидан эълон қилинган плакатлар танловининг тақдимоти ўтказилди, унга аризалар қабул қилиш 8 ноябрга қадар давом этади.

🎬 Таълим эко-фестивали доирасида «Zamin Creative» инклюзив студиясининг «Танҳо қайиқ» номли театрлаштирилган спектакли намойиш этилди ва австриялик фотосуратчи Клаус Пихлернинг «Фермадан қутигача» фотокўргазмаси очилди.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

“Yashil makon” loyihasi bo‘yicha vazifalar belgilandi
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligining shahar va tuman bo‘limi boshliqlari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi va bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarining borishi, shahar va tumanlar atrofida yashil qoplamali belbog‘lar barpo etish, aholimizning yer bilan ishlash madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha qilingan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tezkor_reyd

Shomanoy tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida "Birlecshik" OFYda yashovchi fuqaro J.J tomonidan noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatsiz Qizil miya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79¹-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib 1 125 000 so‘m jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun 3 562 500 so‘m da'vo belgilandi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Davlat ekologik ekspertizasi markazining eco-service.uz dasturiga vazirlik tomonidan mas’ul inspektorlar biriktirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirlig huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida atrof-muhitga ta’sirni baholash sohasini raqamlashtirish va shaffof tizim yaratish uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazining eco-service.uz dasturi orqali buyurtmachi tomonidan yuborilgan arizalardagi “Vaziyat xarita” (situatsion karta)larni tuman (shahar) mas’ul inspektorlari tomonidan belgilangan tartibda, manziliga yuborish, kelib tushgan arizalarni o‘z muddatida ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, “Vaziyat xarita”larni tasdiqlash uchun mas’ul inspektorlar biriktirilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilanib olindi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📹 STORY FRANCE 2 ARAL SEA UZBEKISTAN

👇🏻👇🏻👇🏻
https://drive.google.com/file/d/1aoeVLJq8XDvq79lA-53mtoQHgFIURUPc/view?usp=drive_web

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📺 OAV biz haqimizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan "Chang boranlarga qarshi kurashish va havo atmosfera havosini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlar to‘g‘risida" Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokanalining "Munosabat" ko‘rsatuvida.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Qo‘ng‘irot tuman bo‘limining davlat inspektorlari aholidan debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor tumandagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Xongul, buxoro bug‘usi | Buxarskiy olen | Bukhara Red Deer | Bactrianus Lydekker

Kuz fasli ko‘pchilik tuyoqli hayvonlarning urchish davri va mazkur davrdagi nikoh o‘yinlari kechadigan mavsum hisoblanadi. Tabiat ular uchun ushbu davrni bejiz tanlamagan, chunki urchish davri kuzda bo‘lib o‘tganligi sababli ularning bolalari bahorda, ya’ni hayvonlarning asosiy ozuqa manbai bo‘lgan yashil maysalar avj olib o‘sayotgan davrda dunyoga kelishadi.

Ayni damlarda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida yashovchi buxoro bug‘ulari – xongullar urchish davrini o‘tkazishmoqda. Bu davrda nar bug‘ularning baland ovozlarini bir necha chaqirimdan eshitish mumkin. Ular bunday paytda kuchli asabiy tarzda bezovtalanishadi, atrofidagi daraxt va butalarning shoxlarini o‘zlarining baquvvat muguzlari bilan suzib, sindirib tashlashadi, daraxtlarning po‘stloqlarini qo‘porishadi. Agar shunday paytda ikkita erkak bug‘u uchrashib qolishsa, albatta ular o‘rtasida yakkama-yakka jang boshlanadi hamda ular bir-biri bilan ayovsiz tarzda shoxlashishadi.

📱instagram | youtube
🕊telegram |📱facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Представители GIZ из Германии посетили Международный инновационный центр Приаралья для ознакомления с экологическими проектами

В рамках проекта GIZ «Экологически ориентированное региональное развитие Приаралья» состоялся визит представителей GIZ из Германии в Международный инновационный центр Приаралья. В состав делегации вошли представители Федерального министерства экономического сотрудничества и развития Kallweit Michael Gunter и Pfemeter Johannes, а также специалисты из головного офиса GIZ в Германии — Unsöld Rebecca и Julia Au.

Цель визита состояла в ознакомлении проектами, реализуемых на территории Республики Каракалпакстан в партнерстве с ECO ARAL и IICAS. Гости детально ознакомились с деятельностью Центра, его инфраструктурой и инновационными подходами в экологическом развитии региона Приаралья.

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

BRAKONERLARGA JINOYAT ISHI QO‘ZG‘ATILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi va Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda tungi reyd ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan reyd tabdiri natijasida fuqarolar U.O va B.Blar tomonidan Nukus shahrida joylashgan “Do‘stlik kanali”dan O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"ga kiritilgan 86 dona So‘zanbaliq (Орол мўйлабдори) va 4 dona oq amur, 3 dona oq sla, 1 dona laqqa baliqlarin ovlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qism g-e-j-bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

BALIQCHI BRAKONERLARGA NISBATAN JINOYAT ISHI QO‘ZG‘ATILDI

Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi va Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda tungi reyd ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan reyd tabdiri natijasida fuqarolar J.J va P.Klar tomonidan Nukus shahrida joylashgan “Do‘stlik kanali”dan O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"ga kiritilgan 35 dona So‘zanbaliq (Орол мўйлабдори) baliqlarin jilka ovi yordamida ovlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qism g-e-bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Nukus_shahar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Nukus shahar bo‘limining davlat inspektorlari aholidan debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor shahardagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#QonunchilikdagiYangiliklar
#НовостиЗаконодательства

🖥 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari yanada takomillashtiriladi
💬

O мерах по обеспечению прозрачности и дальнейшему совершенствованию системы управления в сферах экологии и охраны окружающей среды

Manba: PF-149-son, 26.09.2024-y.

🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал