ecokomuz | Неотсортированное

Telegram-канал ecokomuz - Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

970

We-sayt http://ecokom.uz Youtube www.youtube.com/channel/UCyEtVwFWDvBYHqAjJQid2gA/ Facebook https://www.facebook.com/QREkologiyaministrlik Instagram https://www.instagram.com/eco_qr

Подписаться на канал

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Түнги_рейд

Мойнақ районы прокуратурасы, районлық Экология ҳәм қоршаған орталықты қорғаў  бөлими, Миллий гвардия хызметкерлери менен биргеликте түнги экологиялық бақлаў рейд илажлары алып барылмақта.

Онда жәмийетлик орынларға, район орайы көшелерине турмыслық шығындыларды белгиленбеген орынға тасламаў бойынша түсиниклер берилмекте.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Noyob qush turlarini saqlab qolish yo'lida

muxbir: Aydana Allambergenova

#Qoraqalpog’iston Respublikasi

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tezkor guruhi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri davomida Nukus tumanida yashovchi fuqaro T.G tomonidan davlat zaxira yeridan noqonuniy ravishda foydali qazilmalar qum-shagʻal aralashmasini hech qanday ruhsatsiz qazib olib ketayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddaning, 1-bo‘limi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib jami 3 400 000 so‘m jarima belgilandi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

❗️DЕBITOR QARZDORLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR OGOHLANTIRILMOQDA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Taxiatosh bo‘limining davlat inspektorlari aholidan debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida "Orayliq" MPJda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor tumandagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#fotoqopqon

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan “Orolbo‘yi” milliy tabiat bog‘ida qirg‘ovullar sayrga chiqdi. Holat hududda o‘rnatilgan fotoqopqonga muhrlandi.

Ma’lumot uchun, "Orolbo’yi" milliy tabiat bog’i 2019-yil 23-avgustda tashkil topgan. Unda 150 tur hayvonlar yashaydi. Bulardan 17 turi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Hududda chiyabo’ri, to’qay mushugi, tulki va bo’rsiq ko‘p uchraydi.
__

Гуляющие фазаны в кадре фотоловушки, установленной на территории национального природного парка «Приаралье» в Республике Каракалпакстан при Министерстве экологии.

Для информации: Национальный природный парк «Приаралье» создан 23 августа 2019 года. В нем обитает 150 видов животных. 17 видов из них занесены в Красную книгу Республики Узбекистан. В этом районе распространены кабан, камышовый кот, лисица и барсук.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Amudaryo tumani "Jumurtov" OFY hududida joylashgan tosh maydalash zavodlardan chiqayotgan shanglar aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda" sarlavhasi ostida post eʼlon qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan atroflicha oʻrganildi. Olib borilgan oʻrganish natijasiga koʻra, Amudaryo tumani "Jumurtov" OFY hududida joylashgan "Xorazm yo‘l qurilish" MSHJ qarashli tosh maydalash zavodi faoliyati davomida suv sepuvchi uskunalardan foydalanmaganligi sababli shang ko‘tarilib aholi noroziligiga sabab bo‘lganligi aniqlandi.

Tosh maydalash zavodi bugungi kunda maxsus suv saqlagichlar o‘rnatilib, faoliyati davomida shang ko‘tarilishining oldini olish maqsadida doimiy ravishda suv sepuvchi uskunalardan foydalangan holda ish olib borishi yo‘lga qo‘yildi.

✅Rasmiy sahifalarimiz

🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#korrupsiya
#uchrashuv

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bosh mutaxassisi Kegeyli va Xo‘jayli, Qonliko‘l tuman bo‘limlarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib bordi.

Tadbirda, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat ekanligi, bu illatga qarshi kurashish faqatgina tegishli organlarning emas, balki barchaning ishi bo‘lishi zarur ekanligi, shundagina har bir fuqaro ushbu xavfni bartaraf etishda o‘z hissasini qo‘shgan deb hisoblanishi mumkinligi  barcha xodimlarga tushuntirildi.

🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#reyd_tadbirlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Barsakelmes" davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududida davlat inspektorlari tomonidan monitoring ishlari davomida olingan fotosuratlar.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#MONITORING

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi, iqlim ózgarishiga moslashish va gidrometeorologya sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan Chimboy tumani "Kegeyli" kanalining boshi va oxiridan suv namunalari olinib, olingan namunalarga  fiziko-kimyoviy tahlil yuritilmoqda.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tezkor_reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bosh mutaxassisi va Qonliko‘l tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida fuqaro M.A tomonidan Qo‘nliko‘l tumani "Besko‘pir" OFY yeridan Beruniy tumanida yashovchi fuqaro H.M tomonidan noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatsiz 1955 kg Qizil miya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79¹-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib 1 020 000 so‘m jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun 6 647 000 so‘m da'vo belgilandi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, "Naupir" MFY hududida daraxtlar kesilishi holati sodir bo‘lmoqda ekan" sarlavhasi ostida post eʼlon qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar bo‘limi tomonidan 2024 yil 28 avgust kuni atroflicha oʻrganildi. Olib borilgan oʻrganish natijasiga koʻra, "Nawpir" MPY hududin kesib o‘tuvchi Nukus tumani "Ulgili makan" OFY oralig‘ida suv o‘tkazish ariq bo‘yida ekilgan qoratol va oqtol daraxtlarga shakl berishi bilan birga 4 dona daraxtlarni Nukus shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan chopib tashlagani aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabr kungi PF-46-songa asos davlat oʻrmon fondiga kiritilmagan qimmatbaho daraxt va butalarni kesishga moratoriy joriy etilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddaning 1-bo‘limi bilan 8 500 000 so‘m jarima hisoblangan.

✅Rasmiy sahifalarimiz

🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tezkor_reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bosh mutaxassisi va Qonliko‘l tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida fuqaro M.A tomonidan Qo‘ng‘irot tumani "Suwenli" f/x yeridan noqonuniy ravishda davlat hech qanday ruxsatsiz 2185 kg Qizil miya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79¹-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib 1 020 000 so‘m jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun 7 429 400 so‘m da'vo belgilandi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

🌿“Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i insonni o‘z go’zalligi bilan ilhomlantiradi.🙂

Ko‘plab go’zallikni  o‘zida mujassam etgan “Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i har yili bahor va kuz oylarida  insonlarni o‘ziga jalb etadi. Dovutko’lning chiroyli qushlariyu, turli-tuman o’simlik dunyosi, maqtanish mumkin bo‘lgan narsalarning to‘liq ro‘yxati emas.🙅🤚

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘istonda Orol dengizini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalqaro ekomarafon o‘tkaziladi

14-15-sentabr kunlari Qoraqalpog‘istondagi noyob tabiiy maskan – “Borsa kelmas” hududida “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” Xalqaro ekomarafoni bo‘lib o‘tadi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Orolbo‘yining ekologik muammolari, qurg‘oqchilik va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga xalqaro jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi hamda ProRun yugurish maktabi hamkorligida tashkil etiladigan marafonda 20 ta davlatdan 500 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida professional sportchilar bilan bir qatorda diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekologiya faollari ham bo‘ladi. Marafon nafaqat o'z kuchingizni sinab ko'rish, balki ekologik harakatning bir qismi bo'lish va har birimiz tabiiy resurslarni asrashga qanday hissa qo'shishimiz haqida o'ylash imkoniyatini beradi.

Ikki kunlik tadbir dasturidan uy lagerida joylashish, musiqiy dastur, etno-shou, “Borsa kelmas”ga sayohat, 42 km masofaga marafon, 21 km masofaga yarim marafon va 5 va 10 km masofada poygalar o’rin olgan

Tadbirda qatnashish uchun https://prorun.uz/competition-detail-present/35 havolasi yoki /channel/BARSA_KELMES_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Tadbir va dastur haqida batafsil ma’lumotni https://barsakelmesmarathon.com/ saytidan olishingiz mumkin.

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

🐦‍⬛️“Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i hududidagi fotoqopqonlarga qirg’ovul qushining oilaviy oziqlanish jarayoni muhrlandi.

Qirgʻovullar, tustovuqlar - qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub qushlar hisoblanib, tanasining uzunligi 85 sm, ogʻirligi 1,7–2 kgga teng. Modasi naridan kichik. Nari yorqin tusda, metalldek yaltiraydi, modasi kulrangsargʻish bo'ladi. Bu Oddiy qirgʻovulning 30 ga yaqin kenja turi mavjud bo'lib,  Kavkazdan Yaponiyagacha boʻlgan joylarda keng tarqalgan.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda Orolbo'yi milliy tabiat bog'ida 150 dan ortiq qirg'ovullar borligi aniqlangan.
———
🐦‍⬛️В объективы фотоловушек на территории национального природного парка "Приаралье" попал процесс семейного кормления фазанов.

Фазаны, или куры — птицы из семейства фазановых, длина тела которых достигает 85 см, а вес — от 1,7 до 2 кг. Самка меньше самца. Самец имеет яркую окраску с металлическим блеском, тогда как самка серо-желтая. Существует около 30 подвидов обыкновенного фазана, который широко распространен от Кавказа до Японии.

Для информации: в настоящее время в национальном парке "Приаралье" насчитывается более 150 фазанов.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Reyd_tadbirlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tasarrufidagi  ​​“Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlash hodimlari nazorat qilish vaqtida olingan kadrlar. 

“Sudoche” ko‘li Sibir va Tundradan janubga va janubiy-sharqqa, issiq mamlakatlarga va orqaga uchadigan transkontinental migrant qushlarning g‘arbiy-osiyo migratsion yo‘lida joylashgan.

Mazkur ko‘l Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy-g‘arbida joylashgan va bir necha ko‘llar tizimidan tashkil topgan (kichik va katta Sudoche, Qarateren, Begdulla aydin, Omar salim, Qarajar, Aqushpa va h.). Bu ko‘llar tizimi qushlarning uya qo‘yish, uchub o‘tuvchi qushlarning dam olish, uchish oldidan oziqlanish o‘rni sifatida xizmat qiladi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#16_sentyabr_Butunjahon_ozon_qatlamini_himoya_qilish_kuni

Ozon qatlamining asosiy qismi stratosferada, yer yuzidan o‘rtacha 15-50 km. balandlikda joylashgan. Qutblarda esa bu bor-yo‘g‘i 8 km. balandlikdan boshlanadi. 20-kilometrdan 25 км.гача oraliqdagi 5 км.да ozon eng zich joylashgan. Juda katta qatlamni tashkil etsa-da, ozonning zichligi juda past, agar u yer yuzidagi havo qadar zichlashtirilsa, atigi 3,5 мм.ли juda yupqa plyonka hosil bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ozonning ahamiyati beqiyos.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Oppoq cho'l bo'ylab yugurish: Borsakelmasdagi eko-marafon xalqaro jamoatchilik e'tiborini jalb qildi

14–15-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi noyob tabiiy maskan – Borsakelmas hududida “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” xalqaro ekomarafoni bo‘lib o‘tdi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Туркменский каракал в кадре фотоловушки, установленной на территории национального природного парка «Южный Устюрт» при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата.

Национальный природный парк «Южный Устюрт» создан 11 ноября 2020 года в Кунградском районе Республики Каракалпакстан. В регионе обитает 149 видов животных, 36 из которых занесены в Красную книгу Узбекистана. В частности, попавший в фотоловушку туркменский каракал занесен в Красную книгу Узбекистана в статусе исчезающего, мозаично распространенного подвида.
__

A Turkmen caracal in the frame of a camera trap installed on the territory of "South Ustyurt" National Natural Park under the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change.

The "South Ustyurt" National Nature Park was established on November 11, 2020, in the Kungrad district of the Republic of Karakalpakstan. The region is home to 149 species of animals, 36 of which are listed in the Red Book of Uzbekistan. In particular, the Turkmen caracal caught in a camera trap is listed in the Red Book of Uzbekistan as an endangered, mosaic-spread subspecies.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📸 TURKMAN QULONLARI

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarrufidagi ''Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog'i xodimlari tomonidan "Sariqamish" ko'li hududida navbatdagi reyd-monitoring ishlari davomida olingan fotolavhalar.

Qulonlar butunlay yo'q boʻlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalagan kenja tur hisoblanadi. Ular asosan tekislikdagi cho'llar va yarim cho'llar, tog' etaklarida yashaydi. О'tmishda yoz faslida mavsumiy ko'chish davrida boshoqli va har xil o'tli cho'llarda yashagan. Qulonlarning ayg'irlari etakchiligida 4-5 urg'ochi va 3-4 yosh qulondan iborat poda hosil qiladi.

Juftlashish davri, may-iyulda. Keyingi yil may-iyun oylarida bolalab (1ta), keyingi koyiqish davrigacha bolalari onasidan ajramaydi. Boshoqli o'simliklar, shuvoq va cho'ra asosiy ozuqalari sanaladi.

📕 O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi"ga kiritilgan.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘istonda 2024- yil 9-sentyabr kuni jami 2680 bosh yo‘rg‘a tuvaloqlar (Chlamydotis macqueenii) yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Falcon Hunting Solutions” MCHJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining yovvoyi tabiatiga har yili 2 000 boshdan 3 000 boshgacha qo‘yib yuborishni rejalashtirilgan.

Rejaga asosan, 2024-yil 9-sentyabr ku'ni Qo‘ng‘irot tumani, Ustyurt tekisligiga jami 2680 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushlari qo‘yib yuborildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining matbuot xizmati

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tezkor_reyd

Qonliko‘l tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida fuqaro R.F tomonidan Qo‘nliko‘l tumani "Altinko‘l" OFY yeridan noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatsiz 628 kg Qizil miya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79¹-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib 1 020 000 so‘m jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun 2 135 200 so‘m da'vo belgilandi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

QORAQALPOGʻISTONDA “TOZA HAVO” OYLIGI TADBIRI DAVOM ETMOQDA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qonliko‘l tumani va SHo‘manoy, Qo‘ng‘irot tuman boʻlimlari va yoʻl patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda A-380 avtomagistral yo‘lida “Toza havo” oyligi tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda avtomobillardan atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilar miqdori tekshirilib, haydovchilarga atmosferani muhofaza qilish qoidalari boʻyicha tushunchalar berildi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotgan huquqbuzar aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya vazirligining Chimboy tuman bo‘limi tomonidan tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd davomida fuqaro X.A tomonidan noqonuniy ravishda chiqindilarni tashlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro X.Aga nisbatan MJtKning 91¹- moddaning 1-bo‘limi bilan ma’muriy jazo qo‘llanildi.

Maqsad esa bitta – sarishta va obod tumanga aylantirish.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Bilasizmi

💬 Tashlayotgan chiqindilaringiz nimalarga olib kelishini bilasizmi?

Siz chiqindilarni qay tartibda tashlaysiz? Barchasini umumiy qorishtiribmi yoki saralabmi?

Unutmang, chiqindilarni qayta ishlash orqali atrof-muhitni himoya qilish barobarida bir qator foydali mahsulotlarga ham ega bo‘lish mumkin❗️
Masalan,
🟢🧋25 ta plastik idishdan🔄🧥1 ta qishki kiyim;
🟢🥫650 ta alyuminiy idishdan🔄🚲1 ta velosiped;
🟢🥡 3 ta tetrapakdan🔄🖊2 ta sharikli ruchka;
🟢📦 60 kg qog‘oz chiqindidan 🔄📓1500 ta daftar;
🟢🫙400 ta shisha idishdan🔄🧵1 ta uyni izolyatsiya qilishga yetadigan shisha jun;

Shunday ekan, chiqindilarning taqdirini o‘zgartirish o‘z qo‘limizda!

✅Rasmiy sahifalarimiz

🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Fotoqopqon

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga to’qay mushugi muhrlandi.

To’qay mushugi mushuksimonlar oilasining eng ko'zga ko'ringan vakillaridan biridir. Daryolar, ko'llar va dengizlarning past qirg'oqlari bo'ylab qamishzor va tikanli butalarning zich chakalakzorlarida yashashga juda moslashgan. Aynan shunday sharoitda u O'rta Osiyoda, Kaspiy dengizining g'arbiy qirg'og'ida va Kavkazortida uchraydi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Monitoring

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida navbatdagi biotexnik tadbirlar amalga oshirildi.

Hududdagi Buxoro bug‘usi (Cervus elaphus bactrianus) o‘simlikxo‘r hayvon hisoblanib, tabiiy holda o‘suvchi 27 turdan ortiq o‘simliklar bilan oziqlanadi. Biotexnik tadbirlarda esa qo‘shimcha turda poliz-mevalari, kepak va boshqa em-hashak mahsulotlari bilan muntazam oziqlantirilib kelinmoqda

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📺 OAV biz haqimizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi va Ekologiya vazirligi bilan birgalikda reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📺 OAV biz haqimizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi va Ekologiya vazirligi bilan birgalikda noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlarni vaqtida o‘rganish maqsadida IIV va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda bevosita murojaatlarda bayon etilgan manzillarga chiqib, o‘rganishlar olib bormoqda.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📺 OAV biz haqimizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokanalining "Assalom Qoraqalpog‘iston" ko‘rsatuvida.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал