ecokomuz | Неотсортированное

Telegram-канал ecokomuz - Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

970

We-sayt http://ecokom.uz Youtube www.youtube.com/channel/UCyEtVwFWDvBYHqAjJQid2gA/ Facebook https://www.facebook.com/QREkologiyaministrlik Instagram https://www.instagram.com/eco_qr

Подписаться на канал

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Xush_xabar

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Yosh ekologlar harakati Raisi Saparbaeva Dinara qimmat baho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirishda xizmatlarin alohida ta’kidlash joiz. Ishlaringizga omad va rivoj tilab qolamiz.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Ахborot 24 | Orol dengizi bo’ylab ekomarafon
#26june #uzbekiston24

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

27 iyun – Jahon baliqchilik kun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va qilim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan "Orol dengiz yoshlari volontyorlar" klubi faol volontyorlari “Jahon baliqchilik kuni” munosabati bilan Qanliko'l tumani joylashgan "Sun'qar" bolalar dam olish va sog'lomlashtirish markazida bolalar ishtirokida davra suhbati uyushtirildi.

Jahon baliqchilik kuni 1984 yilda Baliqchilikni tartibga solish va rivojlantirish xalqaro konferensiyasi qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. 1985 yildan e’tiboran ushbu ekologik sana har yili nishonlanadi. Baliq ovlash odamlarning ayniqsa keng tarqalgan “xobbilari”dan biri hisoblanadi. Odatda baliqchilik bilan erkaklar shug‘ullanadi, ammo so‘nggi yillarda mazkur mashg‘ulotga qiziquvchi ayollar soni ko‘payib bormoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda baliqchilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, ushbu sohani takomillashtirish maqsadida ilmiy izlanishlar, taqqiqotlar olib borilayotir.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Orol dengizi hududida marafon o‘tkazildi

Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va O‘zbekistondan jami 12 nafar sportchi Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 kilometr 195 metrlik marafon masofasini bosib o‘tib, noyob poygada ishtirok etishdi.

Sportchilar o‘zlari guvoh bo‘lgan Orol dengizining falokatidan hayratda qolishdi.
«Orol dengizining ekologik fojiasi ko‘lamini chinakamiga anglash uchun bu yerga tashrif buyurish kerak», – dedi yengil atletikachi Kulikov.

O‘zbekiston ekologiya vazirligi tomonidan «Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni» munosabati bilan tashkil etilgan «Orol Eco Marathon» deb nomlangan ushbu tadbir yana bir bor mintaqaning ushbu jiddiy ekologik muammosiga dunyo jamoatchiligining e’tiborini qaratdi. Bu kabi tadbirlar ko‘proq bo‘lishi, odamlar Orol fojiasi haqida uzoqdan eshitibgina qolmay, uning oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ham ko‘rishlari kerak.

Ekologiya vazirligi Orol dengizi hududini tiklash bo‘yicha faol ishlarni olib bormoqda. Jumladan, 2018-2022 yillarda 1,6 million gektar maydonda daraxtlar ekildi, bu yil Mo‘ynoq tumanidagi 128 ming gektar maydonda yashil maydonlar barpo etildi. Ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Nukus va Urganch shaharlari atrofida yashil belbog‘lar yaratildi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Eko-marafonda ishtirok etadigan chet ellik mehmonlar Nukus shahriga yetib keldi

Orol dengizi boʻylab 42 km: Orolboʻyi hududida ochiq Eko-marafon o'tkazish rejalashtirilgan, maqsad Orol dengizining ekologik halokati va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarur ekanligiga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat.

Marafon marshruti Orolning qurigan tubi boʻylab hozirga qadar suv resurslari saqlanib qolgan hududlargacha davom etadi.
    
youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

🏃🏻‍♂️ Aral teńizi boylap 42 km: Aralboyı aymaǵında ashıq Eko-marafon bolıp ótedi

Bul marafondı ótkeriwden maqset Aral teńiziniń ekologiyalıq apatshılıǵın hám suw resurslarınan aqılǵa uǵras túrde paydalanıw zárúr ekenliginе keń jámiyetshiliktiń itibarın tartıwdan ibarat. Marafon marshrutı Araldıń qurıǵan ultanı boylap házirgi suw resursları saqlanıp qalǵan aymaǵına shekem dawam etedi. 
__

🏃🏻‍♂️Orol dengizi boʻylab 42 km: Orolboʻyi hududida ochiq Eko-marafon boʻlib oʻtadi

Ushbu marafonni o'tkazishdan maqsad Orol dengizining ekologik halokati va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarur ekanligiga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat. Marafon marshruti Orolning qurigan tubi boʻylab hozirga qadar   suv resurslari saqlanib qolgan hududlargacha davom etadi.
https://gov.uz/eco/news/view/13280/
__

🏃🏻‍♂️ 42 км по дну Арала: в Приаралье пройдет открытый Эко-марафон

Цель марафона – привлечь внимание к экологической катастрофе Аральского моря и необходимости разумного использования водных ресурсов. Весь маршрут проложен по высохшему дну и вдоль оставшейся части водных ресурсов Аральского моря.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/13280/

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xalqaro onlayn jurnalining nazarida

Xalqaro “Wanderlust” onlayn jurnali O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan maqola e’lon qildi. «O‘zbekiston tabiyatining ajoyibotlari» nomli maqolasida O‘zbekistonning 7 ekoturizm obyektlari keltirilgan. Shular qatorida Beruniy tumani hududida joylashgan Qoraqalpog‘istonning asosiy ekoturizm obyektlaridan biri bo‘lgan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ham kiritilgan bo‘lib, maqolada uning ekotizimi, boy fauna va florasi haqida ma’lumotlar kiritilgan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, 2021 yili Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNЕSKOning Butunjahon rezervatlar tarmog‘iga kiritilgan.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Yashil tranzitga yoʻl ochuvchi namoyish loyihasining ochilish marosimi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumanida joylashgan "Asel-Lazzet" xususiy kompaniyasi bilan tashkil etildi. Ushbu kompaniya, xususan, iqlim va ozon uchun xavfsiz va global isish salohiyati past boʻlgan energiya tejaydigan uskunalar bilan ta’minlash uchun grant oldi.

Bunday namoyish loyihasining asosiy maqsadi - mamlakatning yashil texnologiyalarni haqiqiy sharoitlarda sinovdan o‘tkazish va ularni ommalashtirish orqali Oʻzbekiston sovutish va havoni konditsionerlash sektorini yashil iqtisodyot sari boshlashdir.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

17 iyun – Butunjahon cho‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni

Ushbu sana BMTning cho‘llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, 1994 yilda BMTning atrof muhitni muhofaza qilish konferensiyasida qabul qilingan. Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kunining bu galgi shiori “Qurg‘oqchilikni birgalikda yengamiz” deb nomlanadi. Bu bejiz emas. Zero, qurg‘oqchilik keng miqyosda hosilni yo‘qotish, o‘rmon yong‘inlari va suv yetishmasligi natijasida insoniyatga zarar yetkazish nuqtayi nazaridan eng vayronkor tabiiy ofatlardan biri hisoblanmoqda.

O‘zbekiston uchun sahrolashuv va qurg‘oqchilikka qarshi kurash masalalari barqaror rivojlanishni ta’minlashda ustuvor o‘rin egallaydi. Bu borada izchil chora-tadbirlar va xalqaro loyihalar amaliyotga tatbiq etilayapdi. Xususan, yurtimizda 2017 yildan buyon CADI “Markaziy Osiyodagi cho‘llar bo‘yicha tashabbus” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur FAO tomonidan izchil olib borilyapti.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

QMUda «Jańa Ózbekstanda insan áziz» súreni tiykarında úsh áwlad ushırasıwı bolıp ótti

Búgin 13-iyun kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde Jaslar arasında milliy qádiriyatlarımız, ózligimiz, milliy ideya hám Watanǵa sadıqlıq etip tárbiyalaw maqsetinde «Jańa Ózbekstanda insan áziz» súreni tiykarında úsh áwlad ushırasıwı bolıp ótti.

Onda Qaraqalpaqstan Respublikası Nuranıy qorı baslıǵı T.Abdijabbarov, Miynet veteranı general mayor M.Babaniyazov, Qaraqalpaqstan Respublikası Prokuraturasında kóp jıllar dawamında miynet etken veteranlar hám Yuridika fakulteti – yuridika ilimleriniń doktorı, professor E.Qutıbaeva, Yuridika fakulteti – yuridika ilimleriniń doktorı, professor Q.Umarova hám student-jaslar qatnastı.

Ózbekstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministri tárepinen Miynet veteranı general mayor M.Babaniyazovqa "Tabiat himoyachisi" kókrek nıshanı menen sıylıqlandı.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Orol_dengiz_yoshlari_klubi
#Diqqat_yangi_loyiha

🔰Qoraqalpog‘istonda birinchilardan bo'lib, Nukus shahridagi "Orol" dam olish va sog'lomlashtirish markazida bolalar uchun "Eko oromgoh" loyihasi bo'lib o'tadi.

🌿 Orol dengiz yoshlari volontyorlar klubi tashabbusi bilan bu loyiha o'tkaziladi va yozgi mavsumda bolalarning bo'sh vaqtlarini yanada mazmunli o'tkazish, va ularga ekologik bilim va ko'nikmalarini oshirish, ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida bu loyiha o'tkaziladi.

☝️Loyiha doirasida bolalar uchun har turli ekologik tadbirlar, aksiyalar, eko-zakovat, enerjayzer o'yinlari, bir-biridan qiziqarli ko'ngilochar o'yinlari va eng asosiysi ekologiya sohasida ish olib kelayotgan soha xodimlari va faol yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkaziladi.

💫Bolalar uchun ajoyib yangiliklar bilan tanishish imkoniyati, har bir bola bilan ishlash, ular bilan ekologik video-roliklar olish, tanlovlar o'tkazish, eng muhimi bolalarni sog'lom turmush tarzini yaxshilash bo'ladi.

⭐️Tashkilotchilarimiz: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Qoraqalpog'iston maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, "Ekolog" JB

Bo'lib o'tadigan sanasi: 15-iyun-26-iyun kunlari

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tezkor_reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi va Milliy gvardiya Qoraqalpog'iston Rеspublikasi bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi bilan hamkorlikda reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Ellikqa'la  tumanida yashovchi fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda saksovul oʻsimligini chopib olgan holati aniqlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan jarima va tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun daʼvo hisoblandi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tungi_reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi bilan hamkorlikda tezkor nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qorao‘zak tumanida yashovchi 3 nafar fuqarolar O.A va O.B, Nukus shahrida yashovchi fuqaro O.J hamda Chimboy tumanida yashovchi fuqaro S.Z va T.Olar tomonidan Mo‘ynoq tumani "Qazaqdaryo" hududidan oqib o‘tuvchi "Ko‘kdaryo" kollektoridan noqonuniy ravishda taqiqlangan davrda 5 dona jilka ovlari bilan 18 dona zog‘ora baliq, 7 tobon baliq, 2 laqqa baliqlarini ovlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📢Bugun yurtimizda 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidlash joiz.

Hurmatli jurnalistlar, barchangizni kasb bayramingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Salomatlik, quvonch va ijodiy ilhom sizni aslo tark etmasin!

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Orolbo‘yi mintaqasida yashil texnologiyalarni tadqiq qilish, ishlab chiqish va namoyish etish bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma laboratoriyasi tashkil yetiladi

Ekologiya sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalarni chuqurlashtirish maqsadida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida bo‘ldi.

Safar doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasining Shinjon Ekologiya va Geografiya instituti Bosh direktori, professor Chjan Yuanming va Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori Б.Хабибуллаев tomonidan «Orolbo‘yi mintaqasida yashil texnologiyalarni tadqiq qilish, ishlab chiqish va namoyish etish bo‘yicha qo‘shma laboratoriya» tashkil yetish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Laboratoriya Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, ekologik tiklanish, suv resurslarini boshqarish va qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish va boshqa yo‘nalishlarda ilmiy almashinuv va innovatsion hamkorlikga xizmat qiladi.

Ushbu laboratoriyadan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi va texnologiyalaridan ekologik tiklanish, qishloq xo‘jaligida suvni tejashda yuqori samaradorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslaridan barqaror foydalanish va bioxilma-xillikni saqlash kabi muhim sohalarda foydalaniladi.

Qo‘shma laboratoriyaning tashkil yetilishi Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish va mintaqadagi dolzarb ekologik muammolarni hal yetish yo‘lidagi muhim qadamdir.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Orol dengizi hududida marafon o‘tkazildi

Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va O‘zbekistondan jami 12 nafar sportchi Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 kilometr 195 metrlik marafon masofasini bosib o‘tib, noyob poygada ishtirok etishdi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

🌊Orol dengizini qo‘llab-quvvatlash uchun: har yili o‘tkaziladigan “Aral Sea Eco Marathon” Orol dengiziga xalqaro e’tiborni jalb qilmoqda

🏃🏻‍➡️Marafonda Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va O‘zbekistondan 12 nafar sportchi 42 km 195 m masofani bosib o‘tdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/14793/

___

🌊В поддержку Арала: ежегодный Aral Sea Eco Marathon привлекает международное внимание

🏃🏻‍➡️В марафоне дистанцией 42 км 195 м приняли участие 12 спортсменов из Кении, Того, Франции, Китая, Японии, Пакистана, Филиппин и Узбекистана.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/14793/
___

🌊In support of the Aral Sea: the annual Aral Sea Eco Marathon attracts international attention

🏃🏻‍➡️12 athletes from Kenya, Togo, France, China, Japan, Pakistan, the Philippines, and Uzbekistan took part in the 42 km, 195 m marathon. 
https://gov.uz/en/eco/news/view/14793/

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Qoraqalpog‘iston_Respublikasi

Inson qadri uchun

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi OGOHLANTIRADI!

Klaster, fermer xo‘jaligi rahbarlari diqqatiga!

Boshoqli don ekinlari ekkan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga 1 gektar maydonda boshoqli don poyasi yoqilganda atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kilogramm kul, 20 gramm is gazi va uglerod oksidi kabi gazlar tashlanib atmosfera havosiga jiddiy zarar yetkazilishi, tuproq strukturasi buzilib, tuproq eroziyasi kuchayishi natijada hosildorlikni kamaytiradi. Yerning unumdor qatlamini va hosildorligini hisobga olgan holda zarar miqdori hisoblanadi.

Fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda fuqarolarga MJtKning 88-moddasi 3 qismi bilan jarima solinishiga sabab bo‘ladi. O‘rim-yig‘imi mavsumida boshoqli don ekinlari poyasi va somonini yoqib yuborish holatlarini oldini olish hamda atrof-tabiiy muhitni asrash barchamizning insoniylik burchimizdir.

Bizning ishonch telefon:
(61)
224-08-77

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Fotolavhalar

Qoraqalpog‘istonda 2024- yil 14 -iyun kuni  jami 672 bosh yo‘rg‘a tuvaloqlar (Chlamydotis macqueenii) yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘istonda 2024- yil 14 -iyun kuni jami 672 bosh yo‘rg‘a tuvaloqlar (Chlamydotis macqueenii) yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Falcon Hunting Solutions” MCHJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining yovvoyi tabiatiga har yili 2 000 boshdan 3 000 boshgacha qo‘yib yuborishni rejalashtirilgan.

Rejaga asosan, 2024-yil 14-iyun ku'ni Qo‘ng‘irot tumani, Ustyurt tekisligidagi "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi hududiga 672 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushlari qo‘yib yuborildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining matbuot xizmati

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

17 iyun-“Butunjahon cho‘llanishga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan Xo‘jayli tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan turli xildagi daraxt ko‘chatlar va rayhon ko‘chatlarini sug‘orish, parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashishga tadbir o‘tkazildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan mazkur ekologik sanada “Yashil makon” umummilliy loyihasida ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish, parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, shifobaxsh dorivor o‘simliklarni ekish ishlarini yanada samarali tashkil etishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Yashil tranzitga yoʻl ochuvchi namoyish loyihasining ochilish marosimi

Yer yuzidagi har bir avlod avvalgilaridan toza havo, unumdor tuproq va biologik xilma-xillik kabi qimmatbaho tabiiy resurslarni olgan va ularni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish uchun javobgardir. Sayyoramizning flora va faunasiga global isish va ozon qatlamining yemirilishi zarar yetkazmoqda, bu eng dolzarb ekologik muammolardan biridir. BMTTD koʻp yillardan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Global ekologik jamgʻarmasi bilan ushbu muammolarga yechim topish uchun hamkorlik qilib kelmoqda.

Nisbatan kichik grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan ozon qatlamini muhofaza qilish, energiya samaradorligi va iqlim oʻzgarishiga qaratilgan qoʻshma tashabbus doirasida butun mamlakat boʻylab bir nechta namoyish loyihalari amalga oshirildi. Ana shunday istiqbolli koʻrgazmali loyihalardan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumanida joylashgan "Asel-Lazzet" xususiy kompaniyasi bilan tashkil etildi. Ushbu kompaniya, xususan, iqlim va ozon uchun xavfsiz va global isish salohiyati past boʻlgan energiya tejaydigan uskunalar bilan ta’minlash uchun grant oldi.

Namoyish loyihasining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati shundaki, "Asel-Lazzet" xususiy firmasi Qonlikoʻlda joylashgan bogʻchalarning 15 tasiga, 1000 nafardan ortiq bolalarga meva-sabzavotlarni yetkazib beradi. Bolalar uchun oziq-ovqatlar taqdim etilgan muzlatgichlarda saqlanadi.

2024-yil 13-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani hokimi Bahrom Sultonov ishtirokida ushbu namoyish loyihasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Bunday namoyish loyihasining asosiy maqsadi - mamlakatning yashil texnologiyalarni haqiqiy sharoitlarda sinovdan o‘tkazish va ularni ommalashtirish orqali Oʻzbekiston sovutish va havoni konditsionerlash sektorini yashil iqtisodyot sari boshlashdir.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Monitoring

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Atrof muhitni ifloslanishini monitoringi bo‘limi tomonidan "Taxiatosh nefte bazasi" Qaratov filiali va Qorao‘zak tumani "Qoraqalpoq sement" MCHJ korxonasida monitoring ishlari olib borildi.

Korxonaning atmosfera havosi va suvni ifloslantiruvchi manbalaridan namunalar olinib, olingan namunalarga fiziko-ximyoviy tahlil yuritilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

‼️Murojaat!

G'alla yig‘ishtirib olish mavsumi boshlanishi munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi g'alla o'rib olingan maydonlarda o‘simlik qoldiqlarini yoqish amaldagi qonunchilikka ko'ra javobgarlikka sabab bo'lishi to‘g‘risida ogohlantiradi.

https://gov.uz/eco/news/view/13379/
__

‼️Обращение!

В связи с началом сезона сбора зерновых культур, Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата предупреждает об ответственности за сжигание растительных остатков на освободившихся от зерна полях.

https://gov.uz/ru/eco/news/view/13379/

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Chimboy tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida "Qosterek" OFY hududida fuqaro SH.E tomonidan noqonuniy ravishda davlat zaxira yeridan hech qanday ruxsatsiz Qizil miya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun daʼvo hisoblandi va Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79¹-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun da'vo belgilandi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tezkor_reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qorao‘zak tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida "Berdaq" OFY hududida fuqaro I.B tomonidan noqonuniy ravishda davlat zaxira yeridan hech qanday ruxsatsiz Qizil miya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.