#Jaslar_TV
#Qaraqalpaqstan_online
#22_05_2024
SAYǴAQLARDÍŃ QORǴALÍWÍ INSPEKTORLARDÍŃ QADAǴALAWÍNDA
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Orolqum milliy tabiat bog‘i tomonidan tadbir o‘tkazildi.
22 MAY – XALQARO BIOLOGIK XILMA-XILLIK KUNI
Xalqaro huquq normalariga ko‘ra, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ularni boshqarish va butligini saqlash hamda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Qong‘irot tuman bo‘limi tomonidan umumta'lim maktabi va maktabgacha ta'lim muassasalarida tadbir o‘tkazildi.
1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi va u bir yil o‘tib, xalqaro hujjat sifatida kuchga kirdi. Ko‘plab muhim vazifalar belgilab berilgan mazkur Konvensiya bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Shu munosabat bilan har yili 22 may — Xalqaro biologik xilma-xillik kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
O‘zbekistonda barqaror rivojlanish uchun biologik xilma-xillikni saqlab qolishning o‘ta muhimliga alohida ahamiyat bergani holda bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarga, shu jumladan, 1995 yilda Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shildi.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
#jamoatchilik_eshituvi
O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq 2024 yil 7 may kuni Xujayli tumani “Mustakillik” OFY hududidan “RUSLAN-NUR SAWDA” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Aholiga xizmat ko‘rsatish binosi va dam olish markazi” qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ovul fuqarolar yig‘ini raisi va yaqin atrofdagi yashovchi aholi “Aholiga xizmat ko‘rsatish binosi va dam olish markazi” qurilishiga roziligi va ushbu faoliyat ishga tushishi natijasida aholiga xizmat qilishi va ishchi o‘rin yaratilishini aytib, xursandligini bildirdi.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
CHIQINDI SHINALARDAN BUYUMLAR YASAYOTGAN HUNARMAND
#Qoraqalpog'iston
muxbir: Muxtar Umbetov
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
#HUDUDDA_QULONLAR
Qulonlar butunlay yo'q boʻlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalagan kenja tur hisoblanadi. Ular asosan tekislikdagi cho'llar va yarim cho'llar, tog' etaklarida yashaydi. Ular mustahkamlashmagan qumli joylardan chetda yuradi, o'tmishda yoz faslida mavsumiy ko'chish davrida boshoqli va har xil o'tli cho'llarda yashagan. Qulonlarning ayg'irlari etakchiligida 4-5 urg'ochi va 3-4 yosh qulondan iborat poda hosil qiladi. Juftlashish davri, odatda, may-iyulda. Keyingi yil may-iyun oylarida bolalab (1ta), keyingi koyiqish davrigacha bolalari onasidan ajramaydi. Boshoqli o'simliklar, ejovniklar, shuvoq va cho'ra asosiy ozuqalari sanaladi.
📕O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
#Qoraqalpog‘iston_Respublikasi
Ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash, kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalarini amalga oshirishi maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Nazorat inspeksiyasi va IIB PPX va JTSB, Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ekologiya sohasiga oid bir qator qonunbuzarlik holatlarini oldini olish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
Bugun, 20-may kuni ko‘plab mamlakatlarda BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan Butunjahon asalarilar kuni nishonlanadi.
Bu yilgi kampaniyaning “Asalariga e’tibor – bu yoshlarga bog‘liq” shiori yoshlarda asalarilar va boshqa changlatuvchilarning qishloq xo‘jaligi, ekologik muvozanat va biologik xilma-xillikni saqlashdagi muhim o‘rni haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.
Bugungi kunda changlatuvchilar oziq-ovqat xavfsizligiga katta hissa qo'shishi mumkin. Ular nafaqat o'simliklarning o'sishiga yordam beradi, balki mahalliy ekotizimlar salomatligi bilan bog'liq muammolarni ko'rsatib, ekologik xavflarni aniqlashga ko‘maklashadi. Changlatuvchilar, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning muhim jihati bo‘lgan biologik xilma-xillikni saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
#korrupsiya
#uchrashuv
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bosh mutaxassisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi bilan birgalikda, belgilangan rejaga muvofiq targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga barcha mas’uldir” mavzusi asosida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat ekanligi, bu illatga qarshi kurashish faqatgina tegishli organlarning emas, balki barchaning ishi bo‘lishi zarur ekanligi, shundagina har bir fuqaro ushbu xavfni bartaraf etishda o‘z hissasini qo‘shgan deb hisoblanishi mumkinligi barcha xodimlarga tushuntirildi.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
OROL BO'YIDAN DINOZAVR SUYAKLARI TOPILDI
#Qoraqalpog‘iston
muxbir: Muxtar Umbetov
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
#Tezkor_reyd
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Nazorat inspeksiyasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda oʻtkazilgan reyd davomida Nukus tumani "Qirintaw" OFY hududida fuqaro S.B tomonidan noqonuniy ravishda davlat zaxira yeridan hech qanday ruxsatsiz 1040 kg Qizil miya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.
Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun 758 200 so‘m daʼvo hisoblandi va Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79¹-1-qismi bilan 1 020 000 so‘m maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib jarima va tabiatga keltirilgan zarar uchun 3 536 000 so‘m da'vo belgilandi.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
“22 aprel - Butunjahon Yer kuni"
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “22 aprel - Butunjahon Yer kuni munosabati bilan” Nukus shahridagi 46-sonli umumtalim maktabida o'quvchilar o'rtasida eng yaxshi rasm va savol-javob viktorinasi o‘tkazildi.
✅Rasmiy sahifalarimiz
🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekоlogiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi xodimlari Nukus shahridagi Prezident maktabida "22-aprel Ona Yer kuni" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
#Tezkor_Reyd
Ekologiya vazirligining Nazorat qilish inspeksiyasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida Xojayli tumani "Jana-jap" OFY hududidagi davlat zaxira yeridan fuqarolar A.I va R.A, A.Y tomonidan noqonuniy ravishda foydali qazilmalar qum-shagʻal aralashmasini hech qanday ruhsatsiz qazib olib ketayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib 13 600 000 so‘m jarima belgilandi.
user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
Ona zaminga bo‘lgan munosabatni yosh avlod ongida shakllantirish bugungi kunning asosiy mavzularidan biri. Chunki, atrof-muhitga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga befarqlik bizni, kelajagimizni turli global muammolar girdobiga solishi shubhasiz.
22 aprel - Butunjahon Yer kuni munosabati bilan joylarda turli tadbir va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ajinyoz nomidagi Nukus pedagogika institutida mazkur sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari Ekologiya vazirligida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Ekologiya fakulteti talabalariga mutaxassislar tomonidan tahliliy laboratoriya ish jarayonlari xaqida yoshlarning xabardorligini oshirish, kelajakda diplom loyihalari bajarishlariga amaliy ko‘mak berishdan iboratdir.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
#Tadbir
Biologik xilma-xillikni saqlashda o‘sib kelayotgan yosh avlodning tabiat, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylashga bo‘lgan ko‘nikmasini shakllantirish katta ahamiyatga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Bo‘zatov tuman bo‘limi tomonidan tadbir o‘tkazildi. Albatta, ushbu tadbirlar bolalarning xortirasida bir umr saqlanib qoladi va ularni tabiatga mehrli bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
Bugun, 22-may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni!
Bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995-yilda Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi tavsiyasi asosida maxsus rezolyutsiyada eʼlon qilingan. Bu yilgi shior hukumatlarni, hamjamiyatlarni, nodavlat tashkilotlarni, tadbirkorlar va jismoniy shaxslarni Biologik xilma-xillik rejasini qanday qoʻllab-quvvatlayotganliklari bilan boʻlishishga undash uchun global harakatga chaqiruvdir.
Biologik xilma-xillik ekotizim jarayonlarini saqlash va insoniyat uchun hayotiy resurslarni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Har birimiz mahalliy ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, tabiatni muhofaza qilish, daraxt ekish va tabiiy resurslarni asrashga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etib, biologik xilma-xillikni asrashga hissa qo‘shishimiz mumkin!
__
Сегодня, 22 мая отмечается Международный день биологического разнообразия!
Этот день был провозглашён Генеральной Ассамблеей ООН в 1995 году в специальной резолюции на основе рекомендации Конференции сторон Конвенции о биологическом разнообразии. Тема этого года «Стань частью плана» — всеобщий призыв к действиям, чтобы побудить правительства, местное население, неправительственные организации, предпринимателей и частных лиц рассказать о том, как они поддерживают реализацию Плана по сохранению биоразнообразия.
Биологическое разнообразие играет важнейшую роль в поддержании экосистемных процессов и предоставлении жизненно важных ресурсов для человечества. Каждый из нас может внести свой вклад в сохранение биологического разнообразия, поддерживая местные экологические инициативы, участвуя в волонтёрских программах по защите природы, сажая деревья и сохраняя природные ресурсы!
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
Saygachiy qoʻriqxonasiga press-tur
#Qoraqalpog‘iston
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
📸🎥#Mobil_tasvir
Ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududida hayvonot dunyosi va qushlarning noyob vakillari tasvirlangan.
Soha vakillari hamisha ular hayotini kuzatib, oʻrganish ishlarini olib borishadi.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
#Tezkor_reyd
Ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash, kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalarini amalga oshirishi maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
🐝“Butunjahon asalarilar kuni”
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi masalalariga bag'ishlangan muhim sanalar bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 15-bandiga muvofiq, joriy yilning 20-may kuni “Butunjahon asalarilar kuni” o'tkazish belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan "Butunjahon asalarilar kun" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Mavzuga doir savollarga talabalar mutaxassis tomonidan atoflicha javob oldilar.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
Ukki bolalariga yordam ko‘rsatildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari tomonidan kuzatuv va monitoring ishlari olib borildi.
Monitoring davomida ukki bolalari yordamga muhtoj ekanligi ma'lum bo‘ldi. Polaponlarga yordam ko‘rsatilib, uyalariga joylab qo‘yildi.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududlarida 343 turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan, 41 turdagi baliqlar, 2 ta amfibiyalar, 24 ta sudralib yuruvchilar, 238 ta qushlar (migratsiya qiluvchilar bilan) va 38 ta sutemizuvchilar ro'yxatga olingan. Shulardan baliqlarning 10 turi, sudralib yuruvchilarning 2 turi, qushlarning 14 turi va sutemizuvchilarning 4 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
__
Оказана помощь детенышам филина
Сотрудники Нижне-Амударьинского государственного биосферного заповедника при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата провели очередные мониторинговые работы.
В ходе мониторинга были выявлены детеныши филина, нуждавшиеся в помощи. Птенцам помогли и вернули их обратно в гнезда.
На территории Нижне-Амударьинского государственного биосферного заповедника зарегистрировано 343 вида позвоночных животных, в том числе 41 вид рыб, 2 вида земноводных, 24 вида пресмыкающихся, 238 видов птиц (с мигрирующими) и 38 видов млекопитающих. Из них в Красную книгу Узбекистана включены 10 видов рыб, 2 вида пресмыкающихся, 14 видов птиц и 4 вида млекопитающих.
Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
📸 Tadorna tadorna
Пеганка/Suralay g‘oz
Oʻrdakdoshlar oilasiga mansub yirik suv qushlari boʻlib, parvozda boshqa g'ozlardan olaligi bilan yaxshi farq qiladi. Tana uzunligi 58-71 sm, vazni 0,9-1,6 kg, ular asosan aprel-iyul oylarida uyalaydi. Odatda 8-10 ta tuxum qo'yadi. Uya teshikda, boshqa hayvonlarning eski teshiklarida, ba'zan daraxtlarda ham joylashgan.
Ular mayda qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, suv hashoratlar bilan oziqlanadi. Xodimlar tomonidan milliy tabiat bog‘i hududida doimiy ravishda reyd-monitoring ishlari dovomida olingan fotosuratlar.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
#Monitoring
Qoraqalpoǵiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim ózgarishi vazirligining Atrof muhitni ifloslanishini monitoringi bólimi tomonidan "Xojayli tumani yóllardan foydalanish davlat tashkiloti" korxonasida monitoring ishlari olib borildi.
Korxonaning tuproqni ifloslantiruvchi manbalaridan namunalar olindi.
🌐 youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook
"Yashil maktabim" ekologik harakati bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab talim vazirligi bilan birgalikda maktablarda "Yashil maktabim" ekologik harakatini tashkil etish va o‘tkazish tartibi asosida Respublika ko‘lamda seminar o‘tkazildi.
✅Rasmiy sahifalarimiz
🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook
☀️Экология, спорт, искусство и гастрономия: как прошла Неделя туризма Арала?
В рамках трехдневных мероприятий в Нукусе и Муйнакском районе прошли Международная конференция «Послы доброй воли Приаралья», эко-забег Aral Sea Eco Race, гастрономический фестиваль «99 блюд Арала», творческий плэнер «Арал глазами художников», акция по посадке деревьев в Ходжелийском районе, а также пресс-тур по достопримечательностям Каракалпакстана.
https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=4093
✅Rasmiy sahifalarimiz
🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook
Oroldagi ekologik holatni yaxshilash va bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalari muhokama qilindi
22–23-aprel kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganish universitetida (“Green University) “Orol dengizi qurishining atrof-muhitga taʼsiri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o'tdi.
https://eco.gov.uz/uz/site/news?id=4098
Обсуждены вопросы улучшения экологической ситуации и сохранения биоразнообразия в Приаралье
22-23 апреля в Центрально-Азиатском университете окружающей среды и изменения климата (Green University) при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата прошла международная научно-практическая конференция на тему «Влияние высыхания Аральского моря на окружающую среду».
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=4098
✅Rasmiy sahifalarimiz
🍀 youtube | 🌐 instagram |
🕊telegram | facebook
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekоlogiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi xodimlari Nukus shahridagi Prezident maktabida "22-aprel Ona Yer kuni" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
22 aprel - Butunjahon Yer kuni munosabati bilan joylarda tadbirlar davom etmoqda