🌳Qoraqalpog‘istonda "Yangi O‘zbekiston - Yashil makonda birga yashaylik" shiori ostida start berildi
/channel/Ecokomuz
#infografika
📊2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida "Yashil makon" va "Yashil yillik" loyihalar bo'yicha qanday ishlar qilindi?
/channel/Ecokomuz
Qoraqalpog‘istonda 2017-2023 yillar davomida jami 15 ming 753 bosh yo‘rg‘a tuvaloqlar (Chlamydotis macqueenii) yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Falcon Hunting Solutions” MCHJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining yovvoyi tabiatiga har yili 2 000 boshdan 3 000 boshgacha qo‘yib yuborishni rejalashtirilgan.
Rejaga asosan, 2023 yil 13 aprelda Qo‘ng‘irot tumani, Ustyurt tekisligiga 382 bosh, 7 iyunda Qo‘ng‘irot tumani, Ustyurt tekisligiga 624 bosh, 1 sentyabrda Taxtako‘pir tumani Jangadaryo OFY hududiga 672 bosh, 3 sentyabrda Qo‘ng‘irot tumani, Ustyurt tekisligiga 672 bosh, 5 sentyabrda Qo‘ng‘irot tumani, “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududiga 1002 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushlari qo‘yib yuborildi.
Bundan avval, 2017- 2018 yillarda – 1913 bosh, 2019 yilda – 1 002 bosh, 2020 yilda – 4 548 bosh, 2021 yilda – 2 028 bosh, 2022 yilda – 2 910 bosh yo‘rg‘a tuvaloqlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining yovvoyi tabiatiga qo‘yib yuborilgan edi. Qoraqalpog‘istonda 2017-2023 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi jami 15 753 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushlari tabiatga qo‘yib yuborildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining matbuot xizmati
ҚИРОНҚОРА - ҚАНДАЙ ҚУШ
ҚИРОНҚОРА - қисқариб бораётган, учиб ўтувчи номинал кенжа тур. Ўзбекистон Республикаси Қизил китобига киритилган.
Тарқалиши: Устюрт ясси текисли¬ги, Шимолий Қизилқум (уялаш), текисликлар (учиб ўтиш), Марказий ва жанубий Ўзбекистон (номунтазам қишлаш). Ўзбекистондан ташқарида: Европа ва Fарбий Сибир жануби, Байкалорти, Хитой ва Мўғулистон шимоли, Қозоғистон, Fарбий Осиё (уялаш); Fарбий ва Жануби-шарқий Осиё, Ҳиндистон, Шарқий Африка (қишлаш). Испания, Марокашда – бошқа кенжа тури.
Сони: Сони доимо кам бўлган. 1970-1980 йилларда Бўкантов қолдиқ тоғлари ва Шимолий Қизилқумда ҳар 100 кв.км 0,4-0,8 жуфти уялар, якка ҳолда ва баъзан гуруҳ бўлиб 15-тачаси учиб ўтар эди. Қишлаш мавсумида 10 тагача учраган. Ҳозирда сони жуда камайиб кетган. Дунёдаги популяцияси 3,5 мингдан 15 мингтагача экани тахмин қилиниб, сони тобора камайиб бормоқда.
Яшаш тарзи: Баҳорги учиб ўтиши – февраль-апрель ойида, ёшларининг кўчиб юриши – апрель-май ойида. Февраль-май ойида ерга 1-3 та тухум қўяди ва 43 кун босиб ётади. Полопонлари июль-август ойидан уча бошлайди. Кузги учиб ўтиши октябрь- декабрь ойларига тўғри келади. Кемирувчилар, типратикан, тошбақа ва ўлаксалар билан озиқланади.
_Манба: /channel/ekobagi
/channel/olya\eco
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Bosh prokurorning o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi
/channel/Ecokomuz
Tarixiy voqea: Oʼzbekistonning yana bir muhim tabiiy meros obyekti UNESCO roʼyxatiga kiritildi
Yangi obyekt UNESCO roʼyxatidagi moʼtadil choʼllar toifasiga kiradigan birinchi obyekt hisoblanadi. Hududning Oʼzbekistonga doir qismi Orolboʼyi mintaqasi va Ustyurt platosi hududlarida joylashgan 2 mln gektardan ortiq hududni egallagan bir-biriga chegaradosh beshta tarkibiy qism — Saygachi, Saygachi-Beleuli, Saygachi-Duana, Saygachi-Jideyli (barchasi Shimoliy Ustyurt klasteriga kiradi) hamda Janubiy Ustyurtdan iborat.
/channel/Ecokomuz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 737-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hududiy laboratoriyalarini O'zDst ISO/IEC 17025:2019 xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tqazish uchun 18-22 sentyabr oralig‘ida tashkillashtirilgan o'quv kursida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Atrof muhutni ifloslanishi monitoringi bo‘limi xodimlari qatnashmoqda.
/channel/Ecokomuz
🌿"Daraxtlar reyestri": yashil ekinlarni asrashga qaratilgan qo'shma loyiha boshlanmoqda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, "Zamin" fondi va Toshkent shahri hokimligi hamkorligida "Daraxtlar reyestri" yangi qo‘shma loyiha boshlanmoqda.
Dastlabki loyiha Toshkent shahrida boshlanadi. Maqsad yashil ekinlarni, shu jumladan, qurilishni rejalashtirish bosqichida asrash hamda ularning to‘liq hisobini joriy etish, shuningdek, noqonuniy kesish holatlarida chora ko‘rishdir.
Ta'kidlash joizki, loyihaning asosiy vazifasi davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, barcha parametrlari va ahvolini ko‘rsatgan holda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratishdan iborat.
Ma'lumot uchun, daraxtlar reyestrining onlayn platformasi davlat idoralarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi, bu shaharsozlikni rejalashtirish, daraxtlarni parvarishlash sifatini yaxshilash hamda ularning hisobini yuritishda inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.
—-
🌿«Реестр деревьев»: запускается новый совместный проект по сохранению зеленых насаждений
Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, Международным общественным фондом Zamin и Хокимиятом города Ташкента запускается новый совместный проект «Реестр деревьев».
Цель проекта – сохранение и ведение полноценного учета зеленых насаждений, в том числе на этапе планирования строительства, а также принятия мер в случае незаконной вырубки. Первый этап стартует в Ташкенте.
Стоит отметить, что основной задачей проекта является создание цифрового реестра деревьев, не входящих в государственный лесной фонд, путем полной инвентаризации с указанием всех параметров и состояния деревьев.
Для информации, онлайн-платформа реестра деревьев будет интегрирована с информационными системами государственных органов, что позволит качественно улучшить планирование градостроительства, уход за деревьями и минимизировать человеческий фактор при их учете.
O‘zbekistonda qo‘riqlanadigan hududlarga plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanadi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tabiatni muhofaza qilish, sogʼlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʼljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer maxsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlash to‘g‘risidagi hujjat loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
➥ https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3623
-
В Узбекистане запретят ввоз, реализацию и производство пластика на заповедной территории
Министерство экологии, охраны окружающей среды внесло на рассмотрение проект документа о запрете на ввоз, реализацию и производство одноразовых изделий из пластмассы (кроме изделий из натуральных органических полимеров) на территориях, предназначенных для охраны природы, оздоровления и отдыха, а также в зонах, где расположены объекты материального культурного наследия.
➥ https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=3623
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarning birida Ellikqalʻa temir yo'l vokzalida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ekilgan daraxtlarning suvsiz qolib quriganligi to'g'risida maʻlumot eʻlon qilingan edi.
Mazkur maqola bo'yicha Ellikqalʻa tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarish bo'limi inspektorlari tomonidan joyida bo'lib temir yo'l mutasaddi mansabdor xodimlari bilan birgalikda o'rganganilda haqiqatdan ham temir yo'l vokzalida “Yashil makon” umummilliy dasturi bo'yicha temir yo'l bo'ylab ko'chatlar ekilganligi ammo ular O'zbekistion Respublikasi temir yo'llarining qonun qoidalariga zid bo'lib 15 metrdan yaqin masofada ekilganligi uchun boshqa joyga ko'chirilganligi ularga qaraydigan odam bekitilib mahalliy gung o'g'it solinib sug'orish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
/channel/Ecokomuz
Aralboyı aymag‘ında ekologiyasın jaqsılawǵa baǵdarlanǵan jumıslar nátiyjeli alıp barılmaqta
Húrmetli Prezidentimizdiń tikkeley baslaması menen Araldıń qurıǵan ultanına seksewil egiw arqalı «jasıl qaplamalar»dı payda etiw hám aymaq ekologiyasın jaqsılawǵa baǵdarlanǵan jumıslar nátiyjeli alıp barılmaqta.
Bunıń ushın arnawlı túrde Ministrler Kabinetiniń qararı qabıl etilgen bolıp, onda 2022-2026-jılları ámelge asırılıwı tiyis bolǵan jumıslardıń izbe-izligi keltirip ótilgen.
Bunnan tısqarı, házirgi waqıtta BAÁ tájiriybesi tiykarında, Ózbekstanda, ásirese, Aralboyı aymaqlarında jasalma túrde jawın jawdırıw texnologiyasın engiziw joybarı kórip shıǵılmaqta.
Buǵan baylanıslı másele Ózbekstan sırtqı isler ministri hám Jáhan meteorologiyalıq shólkemi, BAÁ meteorologiyalıq byurosı wákilleri qatnasıwında dodalanǵan.
Usıǵan muwapıq, usı jıldıń noyabr aylarında BAÁ mámleketinen qánigeler delegaciyasınıń Ózbekstanǵa keliwi kútilmekte.
/channel/Ecokomuz
19 сентябрь куни, Нью-Йорк: Марказий Осиё ва АҚШ етакчиларининг биринчи саммити, БМТнинг юксак минбаридан илгари сурилган муҳим ташаббуслар ва самарали икки томонлама учрашувлар
—
19 сентября, Нью-Йорк: первый саммит лидеров Центральной Азии и США, важные инициативы, озвученные с высокой трибуны ООН, плодотворные двусторонние встречи
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📺 OAV biz haqimizda
“Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokanalining xabar informatsion dasturida lavha tayyorlandi.
/channel/Ecokomuz
#Qirg‘ovil
#Обыкновенный_фазан
#Phasianus_colchicus
Ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari monitoring ishlari davomida qirg‘ovil oilasini tasvirga oldi.
Eʼtiborli jihati shundaki, qo‘riqxona hududida oldin qirg'ovillar hech yashamagan. Vazni 720-1800 g, juda chiroyli qush, o‘rmonlarda, qamishzorlarga, qalin o‘t-o‘lanlar orasida, suvga yaqin joylarda yashaydi hamda 7-18 donagacha tuxum qoyib, 27-33 kun bosib yotadi. O‘simlik donlari, o‘simlik mevalari va hasharotlar bilan oziqlanadi.
/channel/Ecokomuz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʼrmon xoʼjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʼlimi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi bilan birgalikda tadbir tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib, sug‘orish tizimlarini tashkil etish, iqlimiga mos ko‘chatlarning yangi navlarini yaratish va parvarishlash, ko‘chat ekish agrotexnikasini to‘g‘ri tashkil qilish, ushbu hududlar iqlim sharoitiga mos yangi o‘simlik turlarini iqlimlashtirish kabi qator mavzularda aytib o‘tilib, ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining matbuot xizmati
Ellikqala tuman boʻlimi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida "Dumonqala" MFY hududidagi davlat zaxira yeridan fuqaro K.SH tomonidan noqonuniy ravishda foydali qazilmalar qum-shagʻal aralashmasini hech qanday ruhsatsiz qazib olib ketayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib 3 300 000 so‘m jarima belgilandi.
/channel/Ecokomuz
Deydilar, dunyoda asli kim Aziz,
Aytdilar ustozdir, ustoz begumon,
Tag‘in aytdilarki, Aziz shubxasiz,
Ustozlar qadriga yetolgan inson.
Haqiqatan ham, insonni inson qilib kamol toptirishda, unga bilim va odamiylik, mehr-oqibat, ezgu orzu-niyatlar bilan yashash tuyg‘ularini singdirishda, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizning munosib fuqarosi bo‘lib hayotga kirishi va mustahkam o‘rin olishida hususan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham ustoz va murabbiylar hamda barcha ta’lim sohasi fidoyilarining hissasi beqiyosdir.
QADRLI USTOZLAR!
O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan. Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz kelajagi, ertangi kun istiqboli uchun qo‘shayotgan ulkan va mashaqqatli mehnatlaringizda barchangizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik va oilaviy baxt tilaymiz. Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘", degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi. Sizlarni 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!
Maqsud Djumaniyazov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vaziri
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Qoraqalpoq davlat universitetida Yosh ekolog hamda Yosh olimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
/channel/Ecokomuz
"Yashil makon" loyihasi doirasida Qoraqalpog'istonda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
/channel/Ecokomuz
Nukus tuman boʻlimi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida "Samanbay" OFY hududidagi davlat zaxira yeridan fuqaro A.Q tomonidan noqonuniy ravishda foydali qazilmalar qum-shagʻal aralashmasini hech qanday ruhsatsiz qazib olib ketayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib jarima belgilandi.
/channel/Ecokomuz
⚡️Buni barcha haydovchilar ko'rib, xulosa qilishi kerak: yuk mashinasi musodara etilmoqda!
Chiqindi tashlash unchalik katta huquqbuzarlikmas, shunga shunchami, deb o'ylamang! Ko'za kunda emas, kunida sinadi.
☝️Qonunga ko'ra bir yil davomida maishiy va qurilish chiqindisi takroran belgilanmagan joyga tashlansa, huquqbuzarlik ashyosi, yaʻni transport va boshqa vosita musodara etilishi mumkin.
Videodagi holatda shunday huquqbuzarlik qilgan shaxsning yuk avtomobili musodara etilmoqda.
Mana shu kabi huquqbuzarlarni aniqlash ishlari butun respublika bo'ylab davom etmoqda.
❗️Biz hech kim avtomobilidan ayrilishini istamaymiz. Ammo bu har kimning o'z qo'lida.
/channel/Ecokomuz
Samarqandda ekologik ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi
2023-yil 1-oktabrdan 5-oktabrgacha Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi va “Markaziy Osiyo yoshlarining ekologik taʼlim strategiyasi” xalqaro muloqoti tashkil etiladi.
➥ https://eco.gov.uz/uz/site/news?id=3627
-
В Самарканде обсудят вопросы международного сотрудничества в области экологического образования
С 1 по 5 октября 2023 года в Самарканде будет организован Центральноазиатский молодёжный экологический лагерь и международный диалог «Стратегия экологического образования молодежи Центральной Азии».
➥ https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=3627
-
In Samarkand, issues of international cooperation in the field of environmental education will be discussed
From October 1st to 5th, 2023, the Central Asian Youth Eco-Camp and International Dialogue "Strategy of Environmental Education for Youth in Central Asia" will be organized in Samarkand.
➥ https://eco.gov.uz/en/site/news?id=3627
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta Ustyurt tekisliklarida "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi hududida "Sanfa" tashkiloti tomonidan hayvonlarning suvga bo‘lgan ehtiyojin qondirish maqsadida geomenbranadan qilingan suniy suv havzasi yasadi.
Yil boshida "Coca cola" tashkiloti tomonidan yoshlar orasida plastik idishlarni yig‘ish ekochelendj musabaqasini otkazdi. Yig‘ilgan plastiklar natiyjasida suniy suv havzasi barpo etildi. Bu geomenbrana qayta ishlangan plastiklardan yasalgan, issiq va sovuqqa chidamli bo‘lib quyosh pannellarida ishlaydi.
/channel/Ecokomuz
Talabalarga ozon qatlami haqida ma’lumot berildi
16 sentyabr – “Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni” munosabati bilan QDU Chimboy filiali talabalariga “Ozon — ona zamin qalqoni” nomli seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida hozirda atmosfera havosidagi ozon juda oz qismni tashkil etsada, uning ahamiyati benihoya kattadir. U oqsil va nukleinli kislotalarni yemiruvchi qat’iy ultrabinafsha nurlanishni ushlab qoladi. Stratosfera ozoni – ob- havoning qisqa muddatli va lokal o‘zgarishlarini belgilaydigan muhim iqlimiy omildir. Quyosh nurlanishini yuta turib va energiyani boshqa gazlarga uzata turib, ozon stratosferani isitadi va bu bilan butun atmosferada sayyoraviy issiqlik va sirkulyar jarayonlarning xususiyatlarini tartibga solishi haqida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
/channel/Ecokomuz
"Green University"da 2023–2024-o'quv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda!
Toshkentda ochilgan "Green University" — Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universitetiga 2023–2024-o'quv yili uchun arizalar qabul qilish boshlangan!
➥ https://eco.gov.uz/uz/site/news?id=3619
-
В Green University открыт прием заявок на обучение в 2023–2024 учебном году
В Центральноазиатском университете по изучению окружающей среды и изменения климата (Green University) в Ташкенте открыт прием заявок на обучение в 2023–2024 учебном году.
➥ https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=3619
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
Qoʻngʻirot tumanidagi "Uz-Kor Gaz" Chemical qoʻshma korxonasida “Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni”ga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.
/channel/Ecokomuz
22 sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan Respublikamizning barcha tumanlarida turli aksiyalar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a tumani filiali talabalari bilan sana munosabati bilan seminar tashkil etildi.
/channel/Ecokomuz
✅Ushbu haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq va Amudaryo tumanlarida bo’lib o’tgan taqdimotlar doirasida biz mahalliy davlat va nodavlat tashkilotlari, davlat organlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan tabiatni muhofaza qilish va ko'llarni barqaror boshqarish bo‘yicha loyihamizning maqsad va rejalari bilan tanishtirdik.
ℹ️Loyiha Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va Global ekologik fond tomonidan moliyalashtirilmoqda.
🔗Loyiha haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada: https://bit.ly/3rlofQ1
/channel/Ecokomuz