ecokomuz | Неотсортированное

Telegram-канал ecokomuz - Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

970

We-sayt http://ecokom.uz Youtube www.youtube.com/channel/UCyEtVwFWDvBYHqAjJQid2gA/ Facebook https://www.facebook.com/QREkologiyaministrlik Instagram https://www.instagram.com/eco_qr

Подписаться на канал

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Ustyurt sarhadlari keng va bepoyon bo‘lib, jonivorlarning erkin yashashlari uchun qulay hudud hisoblanadi

Jayron, kiyik, sayg‘oq, bo‘ri, tulki kabi jonivorlar Ustyurtni doimiy yashash manzillaridan biri qilishgan.

Soha vakillari, davlat inspektorlari hamisha ular hayotini kuzatib, o‘rganish ishlari olib borishadi. Tabiatda kam uchraydigan ayrim jonivorlarni aniqlash uchun Ustyurtning bir qancha joylariga fotoqopqonlar o‘rnatilgan va ular orqali hududning jonli tabiati ham monitoring-nazorat qilib boriladi.

Siz videoda ko‘rib turgan sayg‘oq ham Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining "Orolqum" tabiat bog‘i xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon kamera obyektiga muhrlangan bo‘lib, hududda yovvoyi jonivorlarni bu kabi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Bo’rsiqning oziqlanish jarayoni fotoqopqon kadrlarida

Orolbo’yi milliy tabiat bog’i hududidagi fotoqopqonlarga bo’rsiqlarning oziqlanish jarayoni muhrlandi.

Ma’lumot uchun bo’rsiqlar yirtqichlar oilasiga mansub bo'lib, asosan tunda faol hayot kechiradi. Shuning uchun kunduz kunlari kamdan-kam hollarda  ko'rinadi. Ular mayda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar, umurtqalilar, qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi.

Milliy tabiat bog’ida o'tkazilgan bahorgi sanoq paytida 20 boshdan ortiq bo'rsiq mavjudligi aniqlangan.
———
Процесс питания барсука зафиксирован на кадрах фотоловушек.

На территории национального парка Приаралье на фотоловушки зафиксирован процесс питания барсука.

Для справки, барсуки относятся к семейству хищников и как правило, ведут ночной образ жизни. Поэтому их редко можно увидеть днем. Они питаются мелкими грызунами, пресмыкающимися, позвоночными, птицами и их яйцами.

Во время проведенного весеннего учета в национальном парке было зафиксировано наличие более 20 барсуков.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Онлайн

Бүгин Тахтакөпир районы «Дәўқара» аўылы аймағындағы Бөршитаў етеги, Қаратерең көли бойында шөлкемлестирилген экотуризм орайының ашылыў салтанаты өткерилиўи мүнәсибети менен байрам илажлары болып өтпекте.

Байрам илажы шеңберинде түрли миллет ўәкиллериниң үрп-әдет, дәстүрлерин өзинде жәмлеген көринислер, жаслар сейиллери, соның менен бирге көркем-өнер тараўы атқарыўшыларының концерт бағдарламалары ҳәм басқа да бир қатар мәдений ҳәм кеўилашар илажлар өткерилмекте.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

BALIQCHI BRAKONERLAR “QARMOQQA” ILINDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Tezkor guruhi va Taxtako‘pir tuman bo‘limi tomonidan oʻtkazilgan reyd tabdiri natijasida fuqarolar M.A va A.G, O.S, hamda J.Mlar tomonidan “Qo‘ng‘irotko‘l” OFY hududida "Aqshadaryo" kollektoridan 70 dona zogʻorabaliq va 19 dona ilonboshbaliq, 6 dona tovonbaliq, 10 dona laqqa, 3 dona vobla, 2 dona marqa baliqlarin ovlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qism g-e-bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi “2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-155-son, 14.10.2024 й.) qabul qilindi

⚡️ Farmonga ko‘ra, 2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

🔹yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;

🔹o‘rmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;

🔹geologiya sohasida yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;

🔹mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo bo‘lgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;

🔹suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;

🔹qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini o‘rganish, ekinlarning turlari hamda suv iste’moli hajmlarini aniqlash.

🔍 2025 yil 1 martdan yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qozag'istonda shakllanayotgan antisiklonning ta'sirida O'zbekistonning shimoliy-sharqiy qismlarida harorat 0°C dan pastga tushgan.

Bugun tonda Antisiklonning markaziy qismida joylashgan Astanada -12°C qayd etilgan.

Antisiklon ushbu hafta oxirigacha mintaqada bo'lib turishi prognoz qilinmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

"Orol dengiz yoshlari" volontyorlar klubi 1 yoshning muborak bo'lsin

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining bosh binosida "Orol dengiz yoshlari" volontyorlar klubining yillik hisoboti va volontyorlik klubga kasting bo'lib o'tdi.

Unda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi ma'sul bo'lim boshliqlari tomonidan vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng turda ma'lumotlar berilib o'tildi va O'zbekiston ekologik partiyasi Nukus shahar bo'lim boshlig'i A.Ismaylova tarafidan partiya maqsadi va vazifalari, hozirgi kunda ekologik muammolar va ularning yeshimi va unda yoshlarning amalga oshirilayotgan tashabbuslari haqida aytib o'tishdi.

Klubda o'tgan bir yil davomida o'tkazilgan tadbirlar va aksiyalar haqida ma'sul xodimlar tarafidan tegishli fikirlar bildirilib, kelgusida amalga oshiriladigan ish rejalar belgilanib olindi.

Tadbirda quvonarlisi yoshlar faol bo'lganligi, kastingga 80 nafar ko'ngillilar ro'yxatidan o'tib, ulardan 60 nafarini eko volontyorlar sifatida tanlab olindi. Bu degani ekologiyaga befarq bo'lmaganlarning safi tobora kengayib bormoqda. Klub a'zolari, Nukus shahri Prezident maktabi, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning Nukus filiali va 1-sonli maktab o'quvchilari, yanada universiteti talabalari ishtirok etdilar.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

TUMANLARDA DЕBITOR QARZDORLIK HOLATLARI O‘RGANILMOQDA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining ishchi guruhi va Amudaryo tuman bo‘limi, Amudaryo tuman prokuraturasi va tumandagi OFY, MFY raislari bilan birgalikda aholining debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor tumandagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borildi.

Bundan tashqari, Amudaryo tuman DXSH tomonidan xarid qilingan 4 dona chiqindilarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan maxsus texnikalar topshirildi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Sho‘rlangan yerlarni qayta tiklash mumkinligini bilasizmi?    

1-usul: Tuzlarni o‘simliklar ildiziga nisbatan pastroq joylashgan yer qatlamlariga yuvib tushirish bo‘lib, bunga sho‘r yuvish orqali erishish mumkin. 

2-usul: 2 ta harakatni o‘z  ichiga  oladi,ortiqcha tuzlar yuviladi va ayni paytda ular  sunʼiy kollektor-zovur tarmoqlari yordamida daladan tashqariga chiqarib tashlanadi.

3-usul: O‘simliklarning hosildor qatlamidagi tuzlarni yuvib yuborish emas, balki bunday tuzlarni yerning past qatlamlarida, yaʼni bunday tuzlar o‘simliklarga zarar yetkazmaydigan chuqurlikda ushlab turishdan iborat.  

4-usul: Sho‘rga chidamli o‘simliklar ekish, masalan: jo‘xori, qizilmiya, indigoferra  (buyoq  olinadi), beda va boshqalar.

5-usul: Tuproqdagi sho‘rlanishni pasaytirish, uning p.H tarkibini neytrallashtirish uchun AK-SALINT suyuq o‘g‘iti qo‘llanilganda hosildorlik ortishiga ham sabab bo‘ladi. O‘simlik ekilganidan boshlab, faol vegetatsiya davrigacha ildiz ostidan va tomchilash tizimi orqali yuboriladi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

O‘zbekistonning ko‘p asrlik daraxtlari MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

🌳Mazkur elektron roʻyxatda dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan xalqaro ahamiyatga molik koʻp yillik, noyob va oʻziga xos daraxt turlari oʻrin olgan. MonumentalTrees.com ushbu milliy tabiiy meros obyektlarini jahon jamoatchiligiga keng tanitishda va milliy turizm salohiyatini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/24140

Вековые деревья Узбекистана в международном списке MonumentalTrees.com

🌳В предлагаемом электронном списке зарегистрированы многолетние деревья редкой и уникальной породы из различных стран мира. Таким образом, MonumentalTrees.com играет важную роль в широком ознакомлении мировой общественности с объектами национального природного наследия и развитии национальных туристических потенциалов.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/24140

Age-old trees of Uzbekistan in the international list MonumentalTrees.com

🌳The proposed electronic list contains perennial trees of rare and unique species from various countries of the world. Thus, MonumentalTrees.com It plays an important role in the wide familiarization of the world community with the objects of national natural heritage and the development of national tourism potentials.
https://gov.uz/en/eco/news/view/24140

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qorao‘zak tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri davomida "Qorao‘zak" OFY hududida fuqaro A.A tomonidan davlat zaxira yeridan noqonuniy ravishda foydali qazilmalar qum-shagʻal aralashmasini hech qanday ruhsatsiz qazib olib ketayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddaning, 1-bo‘limi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib jami 3 750 000 so‘m jarima belgilandi.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Nukus shahar boʻlimi tomonidan noqonuniy toʻplanib kolgan chiqindilar aniqlandi. Ushbu aniqlangan qattiq maishiy va boshqa turdagi chiqindilardan hosil boʻlgan noqonuniy chiqindixonalar uchun maxsus texnikalar jalb etilib bartaraf etildi. Xozirgi kunda axlat va chiqindilarni maxsus joylarga tashlash lozim, aksincha duch kelgan joyga tashlash odamgarchilikka toʻgʻri kelmaydi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Oʻz hududingizni ozoda, pokiza saqlang! Chiqindilarni belgilangan joylarga olib borib tashlang!

Unutmang, chiqindilardan tozalanadigan joy emas, balki chiqindilar tashlanmaydigan joy ozodadir!

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Orol_dengiz_yoshlari_klubi
#1_yoshda

Orol dengiz yoshlari volontyorlar klubi 1 yoshda!

Bundan, bir yil avval 21-avgust oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi huzuriga "Orol dengiz yoshlari" volontyorlar klubi bo'lib tashkillashtirilgan.

Shu kunga qadar, volontyorlar klubimiz ekologik tadbirlar, aksiyalar, eko-zakovatlar, seminar-treninglar va tanlovlar o'tkazib kelmoqda. Klub a'zolari 73 nafarga yaqin talabalar, maktab o'quvchilari va kollej o'quvchilari hisoblanadi.

Aynan, Chimboy tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida ekologik seminar bo'lib o'tdi. Unda ham yoshlari bilan klub haqida keng turda ma'lumotlar berildi va klub nima ish olib boradi, maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berildi.

Klub Qoraqalpog‘istonda eng birinchi ekologik jamoalardan biri bo'lib, unda vazirlik tomonidan va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etiladigan tadbirlarda va ekologik aksiyalarda faol qatnashib kelmoqda.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

“Yashil makon” loyihasi va obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Respublika prokuraturasi bilan hamkorlikda “Yashil makon” loyihasi va obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Sh.Dauletiyarov ishtirok etdi va boshqarib bordi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o’rinbosari F.Q.Radjapov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshliǵi O.X.Karimov, tegishli mutasaddi idora, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarining borishi, shahar va tumanlar atrofida yashil qoplamali belbog‘lar barpo etish, aholimizning yer bilan ishlash madaniyatini oshirish va har bir xonadonda tomorqa yeridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha qilingan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida tozalik va obodonlashtirish ishlari har bir mahallaga, har bir xonadonga kirib borishi kerakligi, shahar va tumanlarda yo‘l bo‘ylarida keng qamrovli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, barcha tuman hokimlari o‘rinbosarlari, tegishli idora, tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olinib, vazifalar taqsimlandi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumani «Juzim bog‘» OFY hududida “DANIYAR AVTO SERVIS” MChJ tomonidan asfalt aralashmasini ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish yuzasidan Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari bo'yicha 2024-yil 9-oktyabr kuni Davlat ekologik ekspertiza markazi  Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi xodimlari hamkorligida joyiga chiqqan holda o'rganildi.

O'rganish jarayonida ob’ekt faoliyatning amalga oshirish jarayonlari bilan tanishildi. Bundan tashqari korxona mutasaddi xodimlariga atrof-muhitga ko'rsatiladigan ta'sirlarni kamaytirish hamda aholi noroziligiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan holatlarning oldini olish yuzasidan ko'rsatma va tushunchalar berib o'tildi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📹 STORY FRANCE 2 ARAL SEA UZBEKISTAN

👇🏻👇🏻👇🏻
https://drive.google.com/file/d/1aoeVLJq8XDvq79lA-53mtoQHgFIURUPc/view?usp=drive_web

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

📺 OAV biz haqimizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan "Chang boranlarga qarshi kurashish va havo atmosfera havosini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlar to‘g‘risida" Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokanalining "Munosabat" ko‘rsatuvida.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Qo‘ng‘irot tuman bo‘limining davlat inspektorlari aholidan debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor tumandagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Xongul, buxoro bug‘usi | Buxarskiy olen | Bukhara Red Deer | Bactrianus Lydekker

Kuz fasli ko‘pchilik tuyoqli hayvonlarning urchish davri va mazkur davrdagi nikoh o‘yinlari kechadigan mavsum hisoblanadi. Tabiat ular uchun ushbu davrni bejiz tanlamagan, chunki urchish davri kuzda bo‘lib o‘tganligi sababli ularning bolalari bahorda, ya’ni hayvonlarning asosiy ozuqa manbai bo‘lgan yashil maysalar avj olib o‘sayotgan davrda dunyoga kelishadi.

Ayni damlarda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida yashovchi buxoro bug‘ulari – xongullar urchish davrini o‘tkazishmoqda. Bu davrda nar bug‘ularning baland ovozlarini bir necha chaqirimdan eshitish mumkin. Ular bunday paytda kuchli asabiy tarzda bezovtalanishadi, atrofidagi daraxt va butalarning shoxlarini o‘zlarining baquvvat muguzlari bilan suzib, sindirib tashlashadi, daraxtlarning po‘stloqlarini qo‘porishadi. Agar shunday paytda ikkita erkak bug‘u uchrashib qolishsa, albatta ular o‘rtasida yakkama-yakka jang boshlanadi hamda ular bir-biri bilan ayovsiz tarzda shoxlashishadi.

📱instagram | youtube
🕊telegram |📱facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Представители GIZ из Германии посетили Международный инновационный центр Приаралья для ознакомления с экологическими проектами

В рамках проекта GIZ «Экологически ориентированное региональное развитие Приаралья» состоялся визит представителей GIZ из Германии в Международный инновационный центр Приаралья. В состав делегации вошли представители Федерального министерства экономического сотрудничества и развития Kallweit Michael Gunter и Pfemeter Johannes, а также специалисты из головного офиса GIZ в Германии — Unsöld Rebecca и Julia Au.

Цель визита состояла в ознакомлении проектами, реализуемых на территории Республики Каракалпакстан в партнерстве с ECO ARAL и IICAS. Гости детально ознакомились с деятельностью Центра, его инфраструктурой и инновационными подходами в экологическом развитии региона Приаралья.

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

BRAKONERLARGA JINOYAT ISHI QO‘ZG‘ATILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi va Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda tungi reyd ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan reyd tabdiri natijasida fuqarolar U.O va B.Blar tomonidan Nukus shahrida joylashgan “Do‘stlik kanali”dan O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"ga kiritilgan 86 dona So‘zanbaliq (Орол мўйлабдори) va 4 dona oq amur, 3 dona oq sla, 1 dona laqqa baliqlarin ovlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qism g-e-j-bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

BALIQCHI BRAKONERLARGA NISBATAN JINOYAT ISHI QO‘ZG‘ATILDI

Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi va Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda tungi reyd ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan reyd tabdiri natijasida fuqarolar J.J va P.Klar tomonidan Nukus shahrida joylashgan “Do‘stlik kanali”dan O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"ga kiritilgan 35 dona So‘zanbaliq (Орол мўйлабдори) baliqlarin jilka ovi yordamida ovlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qism g-e-bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Nukus_shahar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Nukus shahar bo‘limining davlat inspektorlari aholidan debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor shahardagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#QonunchilikdagiYangiliklar
#НовостиЗаконодательства

🖥 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari yanada takomillashtiriladi
💬

O мерах по обеспечению прозрачности и дальнейшему совершенствованию системы управления в сферах экологии и охраны окружающей среды

Manba: PF-149-son, 26.09.2024-y.

🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Ekologiya sohasiga oid eng muhim yangiliklar "Ekologiya xabarnomasi"da!

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining faoliyati yuzasidan dolzarb mavzulardagi axborot beradigan vositalardan biri — "Ekologiya xabarnomasi" jurnalidir.

Jurnal 1 yilda 4 marta chop etiladi. Elektron shakli Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti telegram kanalida e'lon qilib boriladi.

🔗Batafsil videoda
https://gov.uz/oz/eco/news/view/24104
__

Самые актуальные новости в сфере экологии — в «Экологическом вестнике»!

Одним из средств информирования на актуальные темы деятельности Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата является журнал «Экологический вестник».

Журнал выходит 4 раза в год. Электронная форма опубликована на telegram-канале Научно-исследовательского института окружающей среды и природоохранных технологий.

🔗Подробнее в видеоролик
https://gov.uz/ru/eco/news/view/24104
___

The latest news in the field of ecology is in the "Ecological Bulletin"!

One of the means of informing on current topics of the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change is the journal "Ecological Bulletin".

The journal is published 4 times a year. The electronic form is published on the in the telegram channel of the Research Institute of Environment and Nature Protection Technologies.

🔗More details in the video
https://gov.uz/en/eco/news/view/24104

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Qorao‘zak tuman bo‘limining davlat inspektorlari aholidan debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor tumandagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Orolqum milliy tabiat bog'i qushlar olami

Orolqum milliy tabiat bog'i hududiga o'rnatilgan fotoqopqonlarga qushlar olam vakillari tossirchumchug'i hamda lochin qushi muhrlandi.

Ma'lumot uchun, Orolqum milliy tabiat bog'ida 11 turdagi qushlar mavjud bo'lib, bahorgi sanoqda har bir turdagi qushlarning umuimiy soni 115 ta ekanligi aniqlangan.
———
Птичий мир Национального парка Аралькум

На фотоловушки, установленные на территории Национального парка Аралькум, были запечатлены представители птичьего мира - кулик-перевозчик и сокол.

Для справки, в Национальном парке Аралькум обитает 11 видов птиц, по весеннему учету общее количество особей каждого вида составляет 115.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

#Tezkor_reyd

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Nukus shahar bo‘limi tomonidan tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd davomida fuqarosi I.X tomonidan noqonuniy ravishda belgilanmagan joyga chiqindilarni tashlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro I.Xga nisbatan MJtKning 91¹- moddaning 1-bo‘limi bilan ma’muriy jazo qo‘llanildi.

youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligining Qo‘ng‘irot tuman bo‘limining davlat inspektorlari aholidan debitor qarzdorliklarni undirish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida asosiy e’tibor tumandagi mavjud debitor qarzdorliklarni undirilishiga qaratilishi bilan bir qatorda, mahallalar aholisiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida tashib ketilishi hamda to‘lovlarni belgilangan muddatlarda to‘lab borishlari lozimligi to‘g‘risida ham alohida tushuntirishlar olib borilmoqda.

user-oy6jh5vt6x?si=koKOaO23Q7iiNNWb">youtube |📱instagram |
🕊telegram |📱 facebook

Читать полностью…

Qaraqalpaqstan Respublikası Ekologiya, qorshaǵan ortalıqtı qorǵaw hám ıqlım ózgeriwi ministrligi

COP16: dunyo davlatlari qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash uchun yana bir bor birlashadi

🌐2024-yilning 2-dekabridan 13-dekabriga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) taraflari konferensiyasining 16-sessiyasi (COP16) bo‘lib o‘tadi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/23975

COP16: страны мира вновь объединяются для борьбы с засухой и опустыниванием

🌐С 2 по 13 декабря 2024 года в г. Эр-Рияде (Саудовская Аравия) состоится 16-я сессия (COP16) Конференции сторон Конвенции Организации Объединенных Наций по борьбе с опустыниванием (КБО ООН).
https://gov.uz/ru/eco/news/view/23975

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал