dtrdep | Неотсортированное

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Подписаться на канал

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​#bilib_oling

Farmoyish hujjatlarining bir-biridan qanday farqi bor?

Farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabi hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar barchasi buyruq berishga asoslangan hujjatlardir, lekin o‘z ichida ma’lum farqlarga ega. “Davlat tilida ish yuritish” kitobida bu hujjatlar haqida shunday tariflar berib o‘tilgan:

Buyruq
muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadi. Mohiyat-e'tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.

Ko‘rsatma – idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega.

FarmoyishMuassasa ma'muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.

Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, buyruq asosiy va kundalik vazifalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, farmoyish amaliy masalalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ko‘rsatmada esa axborot-metodik tusdagi masalalar yuzasidan buyruq beriladi. Va yana ko‘rsatma mustaqil holatda tayyorlanmaydi, balki qaysidir hujjat asosida chiqariladi. Vazifa yuklash uchun buyruqda “Buyuraman”, ko‘rsatmada “Yuklayman”, “Tavsiya etaman”, farmoyishda esa “Tavsiya qilaman”, “Ruxsat beraman” kabi so‘zlardan foydalaniladi. Bu hujjatlar qolip jihatda bir-biriga o‘xshashdir.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

SANALAR IMLOSI

1. Hujjatlar odatda imzolangan kundan kuchga kiradi, shu bois ularga imzo qoʻyilgan sanasi yoziladi.

2. Sanalarni yozishda arab raqamlari ishlatiladi (yilni ifodalash uchun toʻrtta, oyni ifodalash uchun ikkita va kunni ifodalash uchun ikkita raqam), ular nuqta bilan ajratiladi: 2020.13.09, 2020.08.01.

3. Sanani raqamlar bilan yozganda, avval kun, keyin oy va yillarni yozish maqsadga muvofiq emas: 13.09.2020

4. Shunday yozilgan taqdirda, soʻnggida yil soʻzi yoki uning qisqartmasi (y.) qoʻyilmaydi: 13.09.2020-yil

5. Yilni ikkita raqam bilan ifodalash maqsadga muvofiq emas: 20.09.13

6. Sanani harf va raqamlar bilan ham yozish mumkin: (1992-yil 1-sentyabr/sentabr)

7. Vaqt oraligʻini ifodalovchi ikki sana orasiga chiziqcha (–) qoʻyiladi va ularning orasida boʻsh joy boʻlmaydi: 2015–2020-yillar, 12–13-sentyabr/sentabr.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Jarayon

QONUN IJROSI YUZASIDAN NAVBATDAGI MONITORING O‘TKAZILDI

📝O‘zbekiston Respublikasi "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunining ijrosi yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligi davlat tili masalalariga mas’ul ishchi guruh a’zolari tomonidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi.

📝Unda shahardagi markaziy Ipak yo‘li shohko‘chasi bo‘ylab tadbirkorlar tomonidan joylashtirilgan tashqi reklama vositalarining bugungi holati tahlil qilindi.

📝O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonun talablariga mos kelmagan, davlat tilidan boshqa tilga yozilgan, eskirib, yirtilib yaroqsiz holga kelib qolgan tashqi reklama vositalari tadbirkorlik subyektlarining shaxsan o‘zlari tomonidan olib tashlandi.

📝Bu kabi o‘rganishlar hududning boshqa manzillarida ham davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Batafsil

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

“Ulug‘ o‘quvchi bo‘lmaguncha, ulug‘ yozuvchi bo‘lmaydi, ulug‘ odam ham bo‘lmaydi”

O‘zbekiston qahramoni Ibrohim G‘afurov kitob o‘qish ahamiyati haqida.

📺“Olamning qalbi”

Kanalga ulaning👉 @mm_telekanal

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida hujjat ishlarini yuritishga doir targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Davlat tashkilotlarida faoliyat yuritadigan har bir rahbar yoki xodim hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari, yani, o‘zbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalari haqida bilimga ega bo'lmog'i lozim.

Yoshlar ishlari agentligi  Yakkabog' tumani bo'limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hujjat yuritish ishlari o'rganildi.

O'rganish jarayonida tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha  maslahatchisi D.Xushvaqtova agentlik mas'ullariga ish yuritishda davlat tili talablariga rioya qilish, bayonnoma, murojaatlar, yuqori tashkilotlarga jo'natiladigan hisobotlar, yig'ma jildlar ustidagi yozuvlar qonun talablari darajasida (lotin yozuvida) yuritish shartligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida tegishli mas'ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Dilafro‘z Xushvaqtova tuman hokimi maslahatchisi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_taʼrifi

Bir ezma topadi, bir — kezma

Odatda ezma odamni kishilar koʻpam yoqtirmaydilar. Ammo ezma odam har bir narsani ijikilanib soʻrab, to tagiga yetmagunicha qoʻymaydi. Shu ezmaligi, soʻrab-surishtirishdan erinmasligi orqasidan koʻp narsalarni bilib oladi.

Kezma odam ham koʻp joylarni kezib yurib, bilmaganlarini biladi, koʻrmaganlarini koʻradi.

Shu bois bu maqolni «Bilmagan narsangni ezma va kezma odamlardan soʻrasang, bilib olasan», degan maʼnoda ham qoʻllaydilar, ezma va kezma odamlar ustidan kulganda kinoya tarzida ham qoʻllaydilar.

Boshqa shakli:
• Soʻzni bir ezmadan soʻra, bir — kezmadan.

*Ijikilamoq — shevaga oid soʻz, bezovta qilib, ezmalanib soʻrayvermoq degan maʼnoda ishlatiladi.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan


Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

⚡️⚡️⚡️“TAVAKKAL” loyihasi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tayyorlangan.

⚠️Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

🔰"Habba" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

✅DAVR TALABI

💠 Koʻkdala tumani hokimining maslahatchisi Dilafro'z Haydarova tomonidan tuman tashkilotlarida muntazam oʻrganish va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
🔷 Maʻsullarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʻminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida belgilangan vazifalar haqida, shuningdek, barcha ish qogʻozlari va hududidagi ichki targʻibot vositalarining toʻliq lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosida boʻlishini taʻminlash yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

💐BUGUN TUG'ILGAN KUN

💐3-iyul Xorazm viloyati hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ravshan Yusupovich Xudoyberganovning tavallud ayyomi munosabati bilan Respublikamizdagi viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlarining maslahatchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

💐Xorazm viloyatida "Davlat tili haqida"gi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, davlat tilini rivojlantirish borasidagi keng ko'lamli ishlarni olib borayotganligingizni yuksak qadrlaymiz!

💐Shunday qutlug' kunda sizga sog'lik-salomatlik, tinchlik-omonlik, uzoq umr, mustahkam iroda tilaymiz!

Hurmat bilan,

Davlat tilini rivojlantirish departamenti

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​⚠️Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilini mavqeyini tushushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qisqa videorolik (montaj qilingan) tarqaldi.

Zo‘r TVning “Artist”
loyihasi lavhasidagi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov va loyiha ishtirokchisining so‘zlarini montaj qilgan holda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilgan.

Aslida ular ishlatgan so‘z “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (lotin alifbosi)da quyidagicha izohlangan:

JADAL — (bahs, munozara;) 1. Tezlik bilan, tez.
Fan-texnika jadal suratlar bilan rivoj lanmoqda. “O‘zbekiston qo‘riqlari”
Ergash lom-mim demay, ko'chaga qarab jadal yo‘l oldi. K.Yashin,Hamza.
Salimaxon jadal yurib, ko‘chaga chiqdi. R.Fayziy, Sen yetim emassan.

2. Kechiktirib bo‘lmaydigan, oshig‘ich, shoshilinch.
Elmurod jadal ishi borday chiqib ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar.

JADALLAMOQ
O‘z tezligini, sur’atini oshirmoq, tezlashmoq.
Sidiqjon... sekin burilib, ancha yergacha boshini quyi solgan holda bitta-bitta qadam tashlab bordi, keyin jadalladi. A.Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

JADALLIK
Tezlik, tezkorlik.
Inobat ertalab turib, dalaga chiqib ketdi va jadallik bilan paxta tera boshladi. J.Sharipov, Saodat.

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🔴Live
#Sessiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosi tumanda faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilot va muassasalarda o’rganildi va bir qator tashkilotlarda lotin yizuvida ish yuritish bo’yicha kamchiliklar aniqlandi...

Batafsil:👇
https://tayloq.uz/uz/node/2610

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🔰Xorazm viloyatida ilmiy-metodik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔰O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 117-son qarorining ijrosini taminlash bo‘yicha Xorazm viloyatida Markaz ilmiy-metodik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi tashkillashtirildi.

🔰Vazirlar Mahkamasining 662-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, Markaz va uning hududiy bo‘linmalari huzuridagi lingvistik ekpertiza komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida maslahat markazi tashkil qilindi.

🔰Kengashda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mas’ul xodimi Z.Ro‘ziyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov, Xorazm viloyati ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi R.Xudoyberganovlar ishtirok etdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

🎙Sherali Jo‘rayev: Dilda dardni to‘kmoq bo‘lsang o‘zbekona so‘ylagin!

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Saylov kuni ovoz berish tartibi

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturining 4-bandida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga toʻliq oʻtishni ta’minlash” deb belgilab qoʻyilgan.

Bu band ijrosi boʻyicha ancha ishlar amalga oshirildi. Alifboga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan takliflar tayyorlandi, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Muhokamada bildirilgan fikrlar tahlil ham qilindi. Alifbo islohi oʻz yoʻliga, lekin amaldagi ikki yozuvli masalasi jamiyatning savodxonligi masalasiga ham salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Shuning uchun birinchi navbatda, yagona yozuvga oʻtish masalasi kun tartibidagi asosiy masala boʻlib turibdi.

Hayriyatki, bu muammoga yana yurtboshimiz tomonidan e’tibor qaratildi. Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi: “Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.
Ayni paytda, oldimizda yangi, yanada muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.

Mustaqillikdan keyin 2001-yilgacha Ozarbayjon ham bizdagi hozirgi holatni boshdan kechirgan, ya’ni ikki yozuv amaliyoti (buni avval ham yozgandim). Prezident Haydar Aliyevning 2001-yil 18-iyunda “Davlat tilini tatbiq etishni takomillashtirish haqida”gi farmoni bilan 1-avgustdan mamlakat boʻylab lotin alifbosini joriy etish belgilab qoʻyilgan. 2001-yil 1-avgustdan Ozarbayjon hech qanday ikkilanishlarsiz toʻliq lotin yozuviga oʻtgan.

Endi bizda ham bir qarorga kelish payti keldi. Yurtboshimizning gaplaridan soʻng haligacha kirill yozuvidan voz kecha olmayotgan tashkilotlar rahbarlari ham fikrini oʻzgartiradi deya yaxshi umid qilib qolamiz.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori f.f.n., dots. I.Azimov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

SAYLOVNING REFERENDUMDAN FARQI.

Saylov va referendum tushunchalari farqli tushunchalardir. Bu haqida O.Turg‘unovning “Saylov huquqi” kitobida shunday fikr keltirilgan:

“Referendum
(lotincha “referendum” so‘zi – “umumxalq ishi” ma’nosini anglatadi) bevosita demokratiyaning muhim belgisi va instituti bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishidagi eng muhim masalalarni ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladigan jarayonni aks ettiradi.
Saylovlar referendumdan farq qiladi, ya’ni saylovlar davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni qonun, qonun loyihasi, konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi muammolarni o‘z ichiga olmasdan, u muayyan bir tuzilmani shakllantirish yoki mansabdor shaxslarni tegishli organ yoki ma’lum bir lavozimga saylashdan iboratdir”.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida esa,
“Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, Referendum oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha ham aniqlanishi mumkin boʻlsa, R. natijalari faqat majoritarizm (mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin” deya ma’lumot berilgan.

Yana bir muhim jihat borki, saylovda aniq nomzodlar bo‘lib ularning biriga yoki hech biriga ovoz berish va bermaslik huquqi mavjud. Referendumda ma’lum bir muammo yozilib, unda so‘ng “Siz bunga rozimiz” deya savol qo‘yiladi va “Ha” yoki “Yo‘q” javoblaridan birini tanlash lozim bo‘ladi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#onatilimfaxrim

"Qadring baland bo'lsin, ona tilim!"

ONA TILIGA QASIDA
Zebo MIRZO she'ri

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#etimologiya

🤔 IXCHAM so‘zining etimologiyasini bilasizmi?

🔎 IXCHAM ‘tuzilishi, bichimi yig‘noq va qulay’. Shu kunlarda ixcham chamadon ko‘tarib yurish odat bo‘libdi. Bu sifat eski o‘zbek tilida ‘to‘pla–’ ma’nosini anglatuvchi yig‘– fe’lidan –(i)ch qo‘shimchasi bilan yasalgan otga –a qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan; keyinchalik so‘z boshlanishidagi y undoshi, ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan, g‘ undoshi x undoshiga almashgan, i unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan. {(yig‘ + ich = yig‘ich) + a = yig‘icha–} + m = yig‘icham > ig’icham > ig‘cham> ixcham.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Shavkat Mirziyoyev:

“Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yana-da muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

⚠️“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUNda belgilangangan me'yorlarni talab qilish millatchilik emas.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

XATIRCHI TUMANIDA QONUNLAR IJROSI TA’MINLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi Xatirchi tuman hokimligining Ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, mazkur qonunlarning mazmun-mohiyati aholiga hamda tadbirkorlik subyektlariga atroflicha tushuntirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

💐Bugun tug‘ilgan kun

💐3-iyul Shahrisabz shahri hokimining maslahatchisi Ahmedova Feruza Akbar qizi tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Ahmedova Feruzani Davlat tilini rivojlantirish departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

💐Ahmedova Feruzaga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Go‘zallik va latofat Sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan,
Davlat tilini rivojlantirish departamenti

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_taʼrifi

Doʻst hisobi — dilida

Bu maqolning maʼnosi quyidagicha: biror kim bilan har qancha qalin doʻst boʻlsang ham, oldi-berdi muomalangni toʻgʻrilab yur, doʻstingning haq(q)iga xiyonat qilma, toki ikki oʻrtada koʻngil qolarli, ajralib ketishga sabab boʻlarli ish voqe boʻlmasin.

Boshqa shakllari:
• Doʻsting doʻst boʻlsin, hisobing durust boʻlsin.
• Hisobli doʻst ayrilmas, qush qanoti qayrilmas.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan


Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

✔️“Artist” loyihasidagi so‘zlar aslida shu shaklda aytib o‘tilgan.

✔️ JADALLAMOQ O‘z tezligini, sur’atini oshirmoq, tezlashmoq.
Sidiqjon... sekin burilib, ancha yergacha boshini quyi solgan holda bitta-bitta qadam tashlab bordi, keyin jadalladi. A.Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

⚠️Ayrim ijtimoiy tarmoq vakillar(tik toker)idan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilmaslikni, qolaversa, o‘zbek tilini mavqeini tushuradigan hamda sofligiga zarar yetkazadigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Birpas

Bolalikdagi sheʼriy mashqlarimning birida, shabboda, toʻxta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri, oʻzbek adabiy tilida bir pas degan soʻz yoʻq, bir nafas deyish kerak, deb oʻzi qizil qalam bilan toʻgʻrilab qoʻygan.

Koʻp yillar oʻtib Navoiyning “Layli va Majnun”ida shunday baytni koʻrdim:
Bir pos chu tundin oʻtdi ul xayl,
Tushluq tushi qildi uyqugʻa mayl.

Lugʻatlarda Pos — tunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha часовой maʼnosidagi atama boʻlib chiqdi.

Ajabki, oʻz soʻzimiz boʻlgan pos jahon kezib, yana oʻzimizga post shaklida, qoʻriqlanadigan joy, soqchining oʻrni hamda lavozim maʼnolarini olib qaytibdi...

Demak, oʻzbekning bir pasi bir soat boʻlar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan soʻzning maʼnosini oʻzingiz tushunavering.

Erkin Vohidov, “Soʻz latofati”.

P/S.
Hozirgi til meʼyorlari boʻyicha bu soʻz qoʻshib yoziladi:
Bir pas ❌
Birpas ✅

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#inklyuziv_ta’lim

Eshitish va gapirishda nuqsoni borlar ham endi o‘zbek tilini o‘rganishi yanada oson bo‘ldi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida surdo tarjimonlik to‘garagi faoliyat yuritadi.

To‘garak a’zolari universitet talabasi bo‘lishi shart emas. To‘garak a’zolarining katta qismi eshitishda nuqsoni bor hamyurtlarimizdir. Ular o‘zbek tili savodxonligini oshirish barobarida adabiyotimizning nodir namunalari bilan tanishib bormoqdalar.

To‘garak rahbari: Ma’mur Axlidinov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_taʼrifi

Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur?

Bu maqol tulkining tilidan aytilgan. Tulki yogʻga oʻch boʻladi. Oʻtmishda ovchilar uni tutish uchun qopqonni tuproqqa koʻmib, ustiga bir parcha quyruq yogʻi qoʻyib qoʻyardilar. Tulki uni yeyman deb kelib, qopqonga ilinardi. Ammo hamma tulkilar ham osongina qoʻlga tushavermasdi. Negaki tulki boshqa hayvonlar ichida eng sezgir, ayyor va hushyordir. Mazkur maqol shuning natijasida yuzaga kelgan boʻlib, majoziy maʼnoda odamlarni hushyor, ehtiyotkor boʻlishga undaydi.

Boshqa shakllari:
• Bozordagi botmon quyruq, taroziga tortgan quyruq. Bir balosi boʻlmasa, nega shudgorda yotgan quyruq?!
• Bir balosi boʻlmasa, kavakda kabob na qilur?

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_taʼrifi

☘️Pul boʻlsa — changalda shoʻrva. Changal nima?

🌿Bu maqoldagi changal soʻzi odamning yo hayvonotning changali, yaʼni panjalari orasi maʼnosida emas, balki changalzor tikanakli butalar bilan qoplangan maydon maʼnosida keltirilgan.

🌿Demak, maqolning maʼnosi quyidagicha: agar pul boʻlsa, kimsasiz changalzorda ham shoʻrva topib ichsa boʻladi. Majozan esa quyidagicha mubolagʻa qilinadi: agar pul boʻlsa, "yoʻqni yoʻndirish", topishning imkoni boʻlmagan narsani ham topish mumkin va h. k.


Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал