dtrdep | Неотсортированное

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Подписаться на канал

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami e'lon qilindi

Guliston davlat universitetida tashkil etilgan “Til va imlo muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami nashr etildi. 

To‘plamni elektron shaklda yuklab olish uchun bu yerga bosing 👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

“Biz kitobdan boshqa hamma narsani reklama qildik. Oqibatda, odamlar kitoblar borligini ham unutib qo‘ydi”

Javlon Jovliyev kitob o‘qigan bilan kitob o‘qimagan hech qachon teng bo‘lmasligi haqida gapirdi.

📺“Olamning qalbi”

Kanalga ulaning👉 @mm_telekanal

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Marg‘ilonda "Xatosiz hamda lotin alifbosida yozamiz" shiori ostida o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davom etmoqda

2023-yil 20-iyun kuni Marg‘ilon shahar hokimliqi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosi yuzasidan shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan tashqi targ‘ibot vositalari, bannerlar, reklama va axborot matnlarini ko‘zdan kechirish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida tadbirkorlarga “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablari tushuntirildi, shuningdek, yo‘lning qatnov qismida turgan, yoki ma’nan eskirgan hamda yaroqsiz targ‘ibot vositalari bevosita vakillar ishtirokida olib tashlandi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

🔰Navbatdagi g‘oliblarga kitoblar to‘plami topshirildi.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dona” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda.

🔰Navbatdagi g‘oliblarga kitoblar to‘plami topshirildi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

🔰"Qaysa" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

🔰"Bulamiq" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺"Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Farg'onada qonun ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbirlari tashkil qilindi

📝"Reklama to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan Marg'ilon shahar hamda Yozyovon tumani hokimlarining maslahatchilari tomonidan markaziy ko‘chalardagi tashqi reklama vositalarining holati monitoring qilindi.

📝O‘rganish natijalariga ko‘ra qonun talablariga mos kelmaydigan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yirtilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi.

Hududlarda amaliy tadbirlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Davlat tilidagi yangi milliy standart
O‘zbekiston standartlar instituti mutaxassislari tomonidan, O‘z DSt EN 14867:2022 (EN 14867:2005, IDT) “Qadoqlash. Muzlatish uchun plastik qoplar. Texnik shartlar va sinov usullari” xalqaro standarti bilan uyg‘unlashgan davlat tilidagi milliy standarti ishlab chiqilib, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan ro‘yxatga olindi.
Ushbu standart oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatishda foydalaniladigan muzlatish uchun mo‘ljallangan plastik qoplarning o‘lchov xususiyatlari, mexanik talablari va yaroqlilik talablarini belgilaydi. Ushbu standartda qoplarning turlari va sinov usullari keltirilgan.
O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#etimologiya

ITOG‘IZ ‘guli itning og֥‘ziga o‘xshash bir yillik o‘simlik’. Hovlida itog‘izlar gullab yotibdi. Bu ot it ag‘zi birikmasi tarkibidagi -i egalik qo‘shimchasini tashlab, ag‘iz so‘zi tarkibidagi -i unlisini tiklab, bir so‘zga birlashtirish bilan yuzaga kelgan: it ag‘zi > itag‘iz.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

Shahrisabz tumanida ko‘cha nomlari va raqamlarini tayyorlash, osish bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Rustamov, davlat tili masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi Sh.Jalilova boshchiligida tuman ishchi guruhi bilan chora-tadbir yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Kanalga
ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Ortga chekindi: oldga chekinish mumkinmi?

Ortga chekinmoq, orqaga chekinmoq iboralarini qoʻllash juda urfga kirgan. Chekinish orqaga tisarilishni, dushman hujumi natijasida ilgarigi pozitsiyalarni tashlab, orqaga ketishga majbur boʻlishni anglatadi. Soʻzning oʻzida orqaga harakat maʼnosi bor. Shunday ekan, yana ortga, orqaga kabi soʻzlarni tirkash oʻrinsiz. Axir oldinga qarab chekinilmaydi.

Demak:

Dushman qoʻshini Xersondan ortga chekindi.

Dushman qoʻshini Xersondan chekindi.

@oriftolib

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Seminar

🔰“Navoiyazot” AJ sayyor seminar va yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

🔰Navoiy viloyati “Navoiyazot” AJda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxonalarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari, Xotin-qizlar va kasaba uyushma qo‘mitalari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi.

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6084-son Farmonining 2-ilovasi 9-, 12- bandlariga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan yangi kitoblarning taqdimoti o‘tkazildi.

👉Batafsil

Bizning manzil:

Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq To‘rtko‘l tumani hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan 1-son kasb-hunar maktabida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishi, tashqi va ichki yozuvlar, peshlavhalar, bannerlar va boshqa axborot matnlarining holatini o‘rganildi va yo‘l qo‘yilgan xat va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam berildi.

🔸Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Bugun, Guliston Davlat universitetida katta bayram! Adabiyot bayrami, jonajon Ona tilimiz bayrami, jadid bobolarimizning jon-u jahoni, Mustaqilligimizning ustunlaridan biri bo’lgan Lotin alifbosi bayrami! Universitetimizga davrimizning eng ulug’ fozil-u fuzalolari, olim-u ulamolari, akademik va fan doktorlari Nizomiddin Mahmudov, Qozoqboy Yo’ldosh, Baxtiyor Aslan (Turkiya, professor), Inomjon Azimov, Ravshan Jomonov, Boqijon To’xliyev, Nasimxon Rahmon, Ravshan Mahmudov, Ixtior Ermatov singari etuk olimlar yig’iladigan bayram. Olimlar ziyo tarqatadigan bayram! Barchangizni ushbu unitilmas tantanaga yuksak mehr va iltifot bilan taklif etaman. Tafakkurga, aql idrokka ozuqa beruvchi, qalbga quvvat bag’ishlovchi bunday bayramlar har kuni sodir bo’lavermaydi. Marhamat, azizlar! Biz, sizlarni kutamiz! Bugun, Guliston Davlat Universitetining bosh korpusi majlislar zalida, soat 10-00 da! Donishmandlar davrasiga marhamat!!

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Pistali mahallasi - Qashqadaryo viloyati Koson tumanining chekka hududlaridan. Bu yerda yashovchi aholi milliy urf-odatlarni asrash va eng bebaho qadriyat ona tilimizni qadrlash ishga alohida e’tibor qaratib kelishadi.

✅Kuni kecha mahallada "Ona tilimda kuylayman" nomli tadbir tashkil etildi. Unda milliy kuy qoʻshiqlar, laparlar, aytishuvlar, baxru bayt hamda "Onam allasida ulgʻaygan tilim" tanlovi tashkil etildi. Tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi "Ona tilim onajonim tili bu" mavzusida ma'ruza qildi.

✅Tanlovda ishtirok etgan 95 yoshli Mahkam momo, “Farzandlarim, nabira va evaralarimni maroq bilan alla aytib ulg‘aytirmoqdaman, kelinlarimga ham o‘rgatmoqdaman. Vatanga, ona tiliga bo‘lgan mehr ona allasidan yuraklarga kiradi”, - deydi.

✅Shuningdek, mazkur ma’rifiy tadbirda milliy taomlar, xalq amaliy san’ati namunalari hamda milliy liboslar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

https://telegra.ph/Davlat-tilida-ish-yuritishni-organamiz-06-20

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

✔️Obkash – Ikki uchidagi ilmog‘iga chelak osib, yelkada suv va boshqa narsalar tashish uchun moslangan yog‘och asbob.

📖Yigit yugurib borib kampirning qo‘lidan obkashni olmoqchi bo‘libdi. O‘.Hoshimov, "Dunyoning ishlari".

🔰
O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

QONUN VA QARORLAR IJROSI AMALDA

✅Gʻuzor tumani hokimining maslahatchisi I.Xalilov tomonidan tumandagi Elektr tarmoqlari korxonasi va Davlat kadastrlar palatasi tuman filialida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorining ijrosi o‘rganildi.

✅Hujjatlar imlo xatoliklar va krill yozuvida yozilganligi aniqlandi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan dalolatnoma tuzilib, mutasaddilarga ogohlantirish berildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

“Uyida chaksa uni yoʻgʻ-u”: chaksa nima?

“Mahallada duv-duv gap” filymi qahramoni Oyposhsha syurpriz haqida eshitgandan keyin biroz alam, biroz maqtanchoqlik bilan aytgan gap yodingizdadir-a? “Uyida chaksa uni yoʻgʻ-u, tom boshida qoʻsh tandir”.

Bu filymning ssenariysini Abdulla Qahhor tarjima qilib, baʼzi oʻrinlarini deyarli boshqatdan yozib bergan. Shu sababli ham unda xalqona iboralar, tesha tegmagan topildiqlarga koʻp duch kelasiz.

Xoʻsh, chaksa soʻzi nimani anglatadi? Chaksa – qadimgi oʻlchov birligi, u pudning uchdan bir qismiga teng boʻlgan. Bugungi oʻlchovga oʻgirsak, besh yarim kilogrammga toʻgʻri keladi. Demak, Oyposhsha aytgan maqol uyida besh-besh yarim kilo ham uni yoʻq, lekin hovlisiga ikkitadan tandir qurib olgan odamni tasvirlaydi. Gap imkonidan ortiq narsaga urinadigan, holiga yarasha ish qilmaydigan, yaʼni koʻrpasiga qarab oyoq uzatmaydigan kishilar haqida.

@oriftolib

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​ARIZA

✔️Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga
biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat.

⚠️Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi
asosida tuziladi.

✔️Arizaning zaruriy qismlari:
1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Ariza yozuvchining turarjoyi, vazifasi, ismi, otaismi va
familiyasi.
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb
topilsa).
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otaismi bosh harflari, familiyasi.
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).

⚠️Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari
barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan,
xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya.

✔️Shuningdek, ko‘pchilik arizalar
uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.

✔️Yuqorida sanab o‘tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi 1-ilovada ko‘rsatildi.

⚠️Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak.

📖"DAVLAT TILIDA
ISH YURITISH"
kitobidan

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Ochiq muloqot

DOLZARB MAVZULARDA

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#maqola

🔰Ikki ming tilli mamlakat, jadidlar millat ruhini ko‘rgan jabha va tillar qanday tanazzulga yuz tutadi

🔰Tillar tug‘iladi, yashaydi va rivojlanadi, kengayadi va tarqaladi yoki aksincha, so‘nadi va o‘ladi. Taxmin qilinishicha, hammasi boʻlib 30 000 ga yaqin tillar hozirgacha hech qanaqa iz qoldirmasdan yoʻq boʻlib ketgan.

🔰Ilgari epidemiyalar, urushlar yoki tug‘ilish darajasining pasayishi tufayli odamlarning jismoniy o‘limi natijasida til yo‘qolgan. Hozirda tillarning passiv tilga aylanishida shu tilda gapiruvchilarning u yoki bu tarzda ixtiyoriy ravishda boshqa, dominant tilda soʻzlashishga o‘tishi ham katta roʻl oʻynaydi.

🔰 Oʻtgan asrning boshlarida Fitrat boshchiligidagi “Chigʻatoy gurungi” til posboni sifatida maydonga chiqdi.

👉batafsil

✍️Inomjon AZIMOV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

✨O'zbek tilidagi "chaq" so'zining ajabtovur ma'no tovlanishlari.

✍️ Erkin Vohidov "So'z latofati".

🎤 Omonulla Madayev.

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

📜Xizmat safari guvohnomasi

✔️Xodim zimmasiga safar
vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradigan hujjatdir. Uning zaruriy qismlari:|

1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi).
2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otaismi.
3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.
4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari)
va tashkilotlar nomlari.
5. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam
olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi).
6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyishning tartib raqami, sanasi.
7. Guvohnomaning orqa tomonida: xizmat safarida bo‘lgan
joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi).

📖"DAVLAT TILIDA
ISH YURITISH"
kitobidan

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Bilib_oling

🔰Taniqli shoir Eshqobil Shukur o‘zbek tilidagi "FARTUK" so‘zining kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 "Bobo so‘z"

Kanalga
ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

https://telegra.ph/Til-va-imlo-muammolari-05-22-2

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

🔰"Gidir" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ilhom_mukofoti

"ILHOM" 2023

🔰Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

🔰Ushbu tanlov har yili OTMlarda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladi.

🏅Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga:

🥇1-oʻrin uchun — “Spark” avtomobili;
🥈2-oʻrin uchun — 30 mln soʻm;
🥉3-oʻrin uchun — 15 mln soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

📚Shu bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan nashr qilingan kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#nomlash

📖Toshkent shahar hokimligi kichik majlislar zalida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda Yunusobod va Chilonzor tumanlari toponimika komissiyalarining mas’ul kotiblari ishtirok etib, kun tartibidagi asosiy masala - har ikkala tumanda ham takroriy nomli “Oqtepa” mahallasi mavjudligi bois, ushbu holat Qonun hujjatlari talablariga zid bo‘lganini inobatga olib, bitta mahalla nomini o‘zgartirish muhokama qilindi.

✔️Mahalla nomini o‘zgartirishda ham butunlay yangi nom qo‘yish emas, balki kartografik, arxivga oid, statistik, tarixiy, ma’lumotnomaviy, ensiklopedik va boshqa materiallarni o‘rganib, natijalariga ko‘ra tarixiy “Oqtepa” nomini saqlab qolgan holda, shu nomga qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi nomni taklif etish ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

🔰"Badik" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал