dtrdep | Неотсортированное

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Подписаться на канал

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Narvondan yuqoriga koʻtarildi

👉 Narvon bilan yuqoriga koʻtarildik.

Bu iborada nima xatoligi yaqqol koʻrinib turibdi. Narvonga chiqish oʻzi yuqoriga harakatni ifodalaydi. Koʻtarilish soʻzi ham yuqoriga harakatni bildiradi. Demak, bu oʻrinda shunchaki narvondan chiqdik yoki narvondan koʻtarildik, narvondan yuqoriladik deyish yetarli.

Ammo narvondan pastga tushish mumkin. Deylik, biror oʻraga narvon qoʻyilgan boʻlsa, narvondan pastga tushdi deyish oʻrinli. Tomdan tushayotganda esa narvondan tushdi deyish yetarli. Agar harakat narvon orqali bajarilganiga eʼtibor qaratish zarur boʻlmasa, tomdan tushdi iborasini qoʻllash kerak.

@oriftolib

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

"Manhus" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"


Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

O‘rganishlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida tashqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘zgazmali boshqa axborot matnlarini “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiqlashtirish vazifasi belgilab qo‘yilgan.

💠 Bugun Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova, ishchi guruh a'zolari bilan tumandagi “Qushbegi” mahalla sining markaz ko‘chasida joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarning mas’ullariga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#etimologiya

ISSIQ {I} ‘harorati ma’lum me’yordan yuqori’. Qo‘llaring muncha issiq? Bu sifat qadimgi turkiy tilda ‘harorati ko‘taril–’ ma’nosini anglatuvchi “isi” fe’lidan -g‘ qo‘shimchasi bilan yasalgan, keyinchalik o‘zbek tilida bu so‘z tarkibidagi s undoshi qatlangan so‘z oxiridagi g‘ undoshi q undoshiga almashgan, unlilarning qattiqlik belgisi yo‘qolgan.

ISSIQ {II} ‘harorat’. Kasalning issig‘I baland edi. Bu ot issiq sifatidan ma’no taraqqiyoti yo‘li bilan o‘sib chiqqan: ‘belgi’ ➡️ ‘shunday belgiga ega narsa’.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.
Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Kun soʻzi

Navroʻz — kun va tun davomiyligi bir xil boʻlgan sana. Bu soʻzni toʻgʻri yozaylik.

Navruz ❌
Navroʻz ✅

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

“Nodir ovozlar” loyihasining 162-sonini e’tiboringizga havola etamiz.

1. "Eslab-eslab" she'ri. Mahmud Toir
2. "Bahor bo‘ladi" qo‘shig‘i. Yulduz Usmonova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

"Sovchi" so‘zining ma’nosini bilasizmi?

Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu so‘zning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 "Bobo so‘z"

👉 @mm_telekanal

👉 @mm_telekanal

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 161-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Vatan" she'ri. Muhammad Yusuf
2. "Qizg‘aldog‘im" qo‘shig‘i. Muhriddin Xoliqov
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​“Zero” nima degani?

Bu soʻzni asosan ilmiy, badiiy va publisistik matnlarda uchratamiz. Kitobiy uslubga xos.

Zero forschadan oʻzlashgan, oʻzbekchada chunki, negaki maʼnosiga ega.

Ergashtiruvchi bogʻlovchi vazifasida keluvchi bu soʻzdan soʻng vergul qoʻllash koʻp uchraydi. Hatto izohli lugʻat ham aksariyat oʻrinlarda vergul ishlatgan. Lekin bu xato.

⚠️ Nimasi xato?

Bogʻlovchilardan soʻng vergul qoʻyilmaydi. Masalan, zero soʻzining vazifadoshi chunki soʻzidan soʻng vergul ishlatmaymiz:

Ilmga intilishimiz kerak, chunki najot faqat ilm-maʼrifatda.
Chunki najot faqat ilm-maʼrifatda.

Birinchi jumlada vergul ikki sodda gapni ajratish uchun qoʻllanyapti.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Zero bogʻlovchisidan keyin ham vergul qoʻllamaslik kerak:

Ilmga intilishimiz kerak, zero najot faqat ilm-maʼrifatda.
Zero najot faqat ilm-maʼrifatda.

Hamma shunday yozyapti-ku, deyish yo koʻz oʻrgangan narsani maʼqullayverish dalil emas, xatoda davom etishga sabab xolos.

@oriftolib

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Аkademiya boshligʼidan "mahorat darsi"

Biz gohida ayrim amaldorlarimizning oʼz ona tilida tuzukroq gapirolmasligidan kuyunamiz. Eʼtiroz qilsang, oʼzbek maktabida oʼqimaganda, til bilsa nimasi yomon, shuyam gapmi endi, degan eʼtirozli munosabatlar ham boʼlib qoladi.

Hatto Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi baʼzi xalq vakillarida ham shu kamchilik koʼzga tashlanadi. Minbarga chiqib, salomlashadiyu, maylimi soʼzimni ruscha davom ettirsam deydi. Eh, attang deya boshni changallaysan.
Аslida til bilish, uchta-toʼrtta xorijiy tilda soʼzlasha olish judayam yaxshi fazilat. Lekin bu davlat tilini behurmat qilish evaziga boʼlmasligi shart.

Videoda Bosh prokuratura akademiyasi boshligʼi Yevgeniy Vyacheslavovich Kolenko ekan. Uning Konstitutsiyaviy sud majlisida sof oʼzbek tilida nutq soʼzlayotganiga eʼtibor bering. Toʼgʼrisi, bu chiqish hurmatga loyiq. Bahona qiladiganlarga haqiqiy "mahorat darsi" boʼpti.

Rahmat Sizga, Jenya aka!

Manba: @platformauzb

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 150-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Bahor" she'ri. Farida Afro‘z
2. "Yana bahor" qo‘shig‘i. Yulduz Usmonova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Maxsus reportaj | Davlat tiliga boʻlgan e'tibor

25.02.2023-yil

/channel/SamTvr

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

📌 Bank xodimlari savodxonligi oshirilmoqda

Tumanimizdagi korxona va tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida ish yuritish, sohadagi muammo va kamchiliklar mavzuida seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbir aksiyadorlik-tijorat “Xalq banki” tuman filiali jamoasi ishtirokida o‘tdi. Seminarda tuman hokimi maslahatchisi Asqarbek Qurbonov amaliyotda eng ko‘p kuzatiladigan imloviy va texnik xususiyatdagi xatolar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

“Maorif va oʻqutgʻuchi” jurnalining 1927-yil nashridagi xabardan bir qismini e’tiboringizga havola qilamiz
(Maarif va oʻqutgʻuchi. – Tashkent, 1927. – № 3-4. –B.61)

Matnning hozirgi yozuvdagi tabdili:
Xabarlar
Kallegiyaga berilgan axbaratdan ma’lum boʻldikim, oʻzbek alifbasini latinlashtirish toʻgʻrisida qilingʻan uch ayliq ish qanaatlanirliq darajadadir.
Oʻzbekistanda latin alifbasini tezdan amalga ashirish uchun kallegiya quyidagʻi charalarni koʻrishni lazim tapdi:
1. Yangi oʻzbek alifba kitabi tuzush ham basdirish.
2. Imla tartiblari tuzush.
3. Rahbarlar tayyarlash uchun markaziy qurs tashkil qilish va mahallalarda latinchilar tevaraklari tashkil etish.
4. Oʻzbek Jumhuriyatining hamma oʻrta maktablarida alifbani latinlashtirishning majburiy bir dars haligʻa kirgizilishi uchun reja tuzish.
5. Vilayat yangi alifba qoʻmitalarigʻa ishlash uchun tegishli qoʻllanma berib, yaqin arada ularni tartibga qoʻyish.
Oradan yuz yil oʻtib tarix qaytarilyapti. Yuz yil avvalgi muammo hozirgi kunda yana kun tartibiga chiqdi. Biz lotin alifbosiga oʻtish boʻyicha jadid bobolarimiz kabi harakat qila olyapmizmi? Jamiyatning bu masalaga munosabati qanday? kabi ogʻriqli savollarga yetarlicha ijobiy javob yoʻq, chunki lotin yozuviga oʻtish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining alohida qarori (2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli) boʻlishiga qaramasdan, bitta yozuvga oʻtishga shoshmayapmiz, afsuski. Buni ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari faoliyatini kuzatish orqali koʻrib turibmiz...
Hurmatli, hurmatlilar! Bir qarorga kelinglar endi, ikki yozuvlik mashmashasidan qutulaylik, lotinmi, kirilmi degan bema’ni savollar hech kimning boshini qotirmasin!

✍️ f.f.n., dots. I.Azimov

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

💐Bugun tug‘ilgan

💐18-mart Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Go‘zal Qodirova tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Go‘zal Qodirovani Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

💐Go‘zal Qodirovaga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Go‘zallik va latofat Sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 163-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Vatan" she'ri. Abdulla Oripov
2. "Sen bahorni sog‘inmadingmi" qo‘shig‘i. Zulayho Boyxonova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Chiroqchi tumani "Iftixor" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish o‘tkazildi.

Ishchi guruh a’zolari va tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Charos Ergasheva rahbarligida "Iftixor" mahalla fuqarolar yig‘inida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosi doirasida davlat tilida ish yuritishga doir hujjatlar, mahalla hududida o‘rnatilgan barcha turdagi reklama, e’lon, peshlavha va bannerlarning holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan xato va kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👇👇👇
/channel/chiroqchi_press

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

📜Urgut tumani hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh bilan Urgut shahri Pochvon ko'chasida joylashgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarida tashqi yozuvlar, reklama va boshqa targʻibot vositalarining "Reklama toʻgʻrisida" hamda "Davlat tili toʻgʻrisida"gi Qonunlariga rioya etilgan holda oʻrnatilishi, shuningdek, tozalik va obodonlashtirish ishlarining tashkillashtirilganligi oʻrganilib, bartaraf etildi.
🟢Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

📜Qiziltepa tuman hokimligi va tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan tumandagi Toshrabot bozori atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarida tashqi yozuvlari, reklama va boshqa targʻibot vositalarining "Reklama toʻgʻrisida" hamda "Davlat tili toʻgʻrisida"gi Qonun hujjatlariga rioya etilgan holda oʻrnatilishi, shuningdek, tozalik va obodonlashtirish ishlarining tashkillashtirilganligi oʻrganilib bartaraf etildi.

🔹Shuningdek tadbirkorlik subyektlariga aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Shahrisabz tuman "Chorshanbe" MFYda davlat tili hamda reklama to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Tuman hokimi maslahatchisi Sh. Jalilova boshchiligida tuman soliq inspeksiyasi xodimi, tuman IIB xodimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi xodimlari bilan birgalikda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tuzatish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Yakkasaroyda tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda

💠 Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🫥 Bugun Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tumandagi ichki ko‘chalarda joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rgandi.

Afsuski, tumandagi ayrim tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zi boshqarib turgan savdo do‘konlaridagi peshlavhalar, reklama va e’lonlar rus va xorijiy tillarda yozilganligini ko‘rasiz.

💠 Ayniqsa aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo rastalari, mahalla guzarlari, ko‘chalarda panno va bannerlar, lavhalardagi yozuv va tasvirlarning davlat tili qoida-me’yorlariga mos emasligi aniqlandi.

💠 O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilib, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

🫥 Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib o‘tamiz, “Davlat tili to‘g‘risi” dagi qonun talablariga ko‘ra, biron reklama yoki eʼlon, ko‘rgazmali yozuvlar bo‘lsa, oldin davlat tilimizda, yaʼni o‘zbek tilida, keyin boshqa tillarda yozilishi shart.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🔸 Olmazor tuman hokimligi, tuman IIO FMB, tuman Obodonlashtirish bo‘limi hamda Ishchi guruh a’zolari tomonidan “Davlat tili haqida”gi Qonunning hamda yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan tumandagi Qoraqamish ko‘chasi, hamda Nurofshon ko‘chalaridagi tashqi yozuv e’lonlari, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlarining qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida noqoniniy o‘rnatilgan stellolar hamda bannerlar demontaj qilindi.

🔸 Hurmatli tadbirkorlar sizdan “Davlat tili haqida”gi hamda yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida bo'lib o'tgan “Tilga hurmat – elga hurmat masalasi” deb nomlangan tadbirda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi "Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni 2 ilovasiga asosan nashr etilgan "Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati" va "Ona tilim - mangu makonim", "O‘zbekiston joy nomlari" kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi maslahatchisi Z.Aminova ta’kidlaganidek, mazkur to‘plamlarning chop etilishi albatta, davlat tilini rivojlantirish uchun muhim sanaladi.

Shuningdek, tuman/shahar hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilarining oldida turgan vazifalar, tashkilot, korxona, muassasalarda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari, ularning samaradorligiga ham e’tibor qaratildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 160-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Iqrorlari" she'ri. Shodmonqul Salom
2. "Navro‘z" qo‘shig‘i. Akram baxshi
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🔰Taniqli shoir, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo'linmasi rahbari Ismoilov Muhammad Rahmonqulovich (Ismoil Muhammad) ning "Lablaring ismimni aytsin" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov hamda Turkiyaning Bandirma universiteti professori, taniqli turkolog, adabiyotshunos olim Baxtiyor Aslan ham ishtirok etdilar.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Nega rasmga tushiladi, chiqilmaydi?

Ertalab “Subyektiv” ijodkorlari instagram hikoyasida savol berishdi: nega rasmga tushiladi, chiqilmaydi? Yaʼni shu jarayonga nisbatan nega aynan tushmoq feʼli ishlatiladi?

Demak, tahlil qilishga urinib koʻramiz. Bu mening tilshunos sifatidagi gipotezam: rasmlar dastlab va yaqin-yaqingacha qogʻozda boʻlgan.

Qogʻoz bilan bogʻliq harakat fotografiya paydo boʻlgunicha yozish edi. “Oʻz fikrlarini/hissiyotlarini qogʻozga tushirdi” degan ifoda bor tilimizda.

Demak, chiqmoq emas, tushmoq soʻzining avvalboshda yozish harakatiga nisbatan qoʻllanishi bu qogʻozning pastda turgani, siyohning qogʻozga, yaʼni pastga tushishi bilan bogʻliq boʻlgan. Shu bilan tushmoq/tushirmoq feʼlida ifodalash, aks ettirish koʻchma maʼnolari shakllangan.

Shu sabab rasmga tushiladi, chiqilmaydi.

Lingvist Iroda Azimova sahifasidan

@oriftolib

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Vobkentda qonun ijrosi ta’minlanmoqda.

Читать полностью…
Подписаться на канал