#bilib_oling
Qisqartmalar
Qisqartmalar — bu barqaror soʻz birikmalarining ixchamlikka erishish maqsadida qisqartirilgan shakli:
- Oʻzbekiston milliy universiteti — OʻzMU;
- Ommaviy axborot vositalari — ОАV;
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BМТ;
- Amerika Qoʻshma Shtatlari — АQSH;
- Turar joy majmuasi — TJM.
Qisqartmalarga qoʻshiladigan qoʻshimchalar ajratilmay qoʻshib yoziladi:
OʻzMUga, AQSHdagi, OAVning, TJMda.
Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ
#jarayon
✨Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Mamlakatda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ta’minlash maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
📝O‘rganish davomida o‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, kerakli tavsiya va takliflar berildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 141-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Salim Ashur she'rlari
2. "Muhabbat yolg‘onlari" qo‘shig‘i. Muhabbat Shamayeva
3. "Gang daryosining qizi" dramasi. Robindranat Thokur
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
"Davlat tilida to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Shahrisabz tuman "Oqdaryo" MFYda davlat tilida ish yuritish va tashqi targ‘ibot yozuvlarning "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 61-sonli qarori talablariga muvofiqligi o'rganildi.
O'rganish jarayonida tashkilotda ish yuritishda xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Tuman hokimi maslahatchisi SH.Jalilova tomonidan mahalla faoliga, yoshlar yetakchisiga, hokim yordamchisiga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
👇👇👇
/channel/Shahrisabz_tuman_hokimligi
#Viktorina
❗️❗️❗️Diqqat, savol!
❓Qushtepa yoki Qo'shtepa? Aholi yashash manzili nega aynan shu nom bilan atalgan?
Mazkur savolga birinchilardan bo'lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi viktorina g‘olibiga aylanadi. Javoblaringizni +998909809390 raqamiga yozma (telegram, sms ko'rinishida) hamda og'zaki tarzda yo'llashingiz mumkin.
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 140-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Men bulut bag‘riga bir sin solib boqsam..." she'ri. Omon Matjon
2. "Dilbargina" qo‘shig‘i. Og‘abek Sobirov
3. "Gang daryosining qizi" dramasi. Robindranat Thokur
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
UCHQUDUQDA DOLZARB 15 KUNLIK TADBIRLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
Uchquduq tumanida “Davlat tili haqida” va "Reklama to'g'risida"gi Qonunlar ijrosini ta'minlash, tashqi rеklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish bo'yicha joriy yilning 25-martidan 9-apreliga qadar o'tkazilayotgan "Dolzarb 15 kunlik" doirasida targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan Mustaqillik, Abay, Navoiy va Do‘stlik mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali, og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtirilishi va e’lon qilinishi hamda peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlarni to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlash bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh tomonidan olib borilgan targ'ibot tadbirlari natijasida qonunga zid bo'lgan 40 dan ortiq tashqi yozuv, reklama hamda axborot matnlari olib tashlandi.
Shu o'rinda, Uchquduq tuman hokimligi tashqi yozuvlarni joylashtirishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya etishingizni so‘raydi.
Zero, davlat tiliga hurmat nafaqat fuqarolik, balki insoniy burch hamdir!
Kanalimizni kuzatib boring
#mutolaa
✔️“JADID” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!
📥Yuklab olish (2024-yil, 14-son)
Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#ona_tilim
📹 "TIL MAJLIS"
Dunyoga kelganingda,
Noming qo‘yilganida,
Qulog‘ingga ilk marta
Azon chaqiriladi.
"Isming falonchi bo‘ldi" deb
O‘zbekcha aytiladi!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
🟢 Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan
yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari
(buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan
bo‘ladi.
✅ Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan
hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs,
birlik sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs
ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi:
«...ga ruxsat berishingizni so‘raymiz», «...deb hisoblaymiz»;
«ma’muriyat talab qiladi», «boshqarma so‘raydi» kabi.
Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Yoqqanda yoki yog‘ganda?
Bu savolga javob matn qaysi alifboda yozilishiga qarab turlicha bo‘ladi.
— Kirill alifbosida
O‘zagi ғ harfi bilan tugaydigan so‘zlarga -га, -ган, -ганча, -гунча, -гани kabi qo‘shimchalar qo‘shilsa, talaffuzda ham, yozuvda ham tovush almashishi (қ + қа) kuzatiladi:
Тоғ + га = тоққа
Ёғ + ган = ёққан
Оғ + гунча = оққунча
— Lotin alifbosida
O‘zagi g‘ harfi bilan tugaydigan so‘zlarga -ga, -gan, -gancha, -guncha, -gani kabi qo‘shimchalar qo‘shilsa, faqatgina nutqda tovush almashishi kuzatiladi (q + qa), yozuvda esa aslicha qolaveradi (g‘ + ga):
Tog‘ + ga = tog‘ga
Yog‘ + gan = yog‘gan
Og‘ + guncha = og‘guncha
— Talaffuzda
Aslida, talaffuzda ham tovushlar o‘zgaradi: boshi oqqan tomonga ketdi, qor yoqqanda boqqa boramiz.
Ammo so‘nggi paytlarda aslicha aytish ham urfga kiryapti. Balki, bir necha yillar o‘tib, so‘zlashuvdagi holat ta’sirida yozilganidek aytilishi (bog‘ga, yog‘ganda...) me’yorga aylanib qolar.
—
Demak, yozuvda:
Қор ёғганда ❌
Қор ёққанда ✅
Qor yoqqanda ❌
Qor yog‘ganda ✅
@xatoliklar_lotin
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Har tuning qadr o'libon,
Har kuning o'lsin Navro'z!
Alisher Navoiy
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti barchangizni mazkur hayotbaxsh ayyom bilan muborakbod etadi!
#maqola
Sarvatli millatlar milliyatlarini yo‘qotmas
✏️“Amerikalilar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar, yovrupolilar o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotub, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, sut oshiymiz, non o‘rniga kesak tishlaymiz. So‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas sa’y, bitmas g‘ayrat lozimdur”.
👉Maqolaning_davomi
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#yangi_nashr
📚 18-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
#diqqat #tanlov
💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali o‘tkazayotgan “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasida qatnashib, kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!
🔹1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
🔹2-o‘rin – Samsung planshet;
🔹3-o‘rin – Samsung smartfon;
🔹4-10-o‘rinlar – 5 tadan kitoblar to‘plami;
🔸“Tanlovning eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfon.
Tanlovda ishtirok etish👇
/channel/oyinatanlovbot?start=5089167159
#maqola
Tilim-tilim tilingan tilim. Koshg‘ariydan qolgan til sadolari
... “qo‘mita”ni – “ko‘mita”, “bog‘cha”ni – “bogcha” (yoki undan ham yomoni – “sadik”), “xo‘ja”ni – “xodja”, “haj”ni – “xadj” deydiganlar shundoq ham ko‘payib bormoqda. Agar singarmonizmni inkor qilib yuraversak, ziyolilarimiz orasida “qi”lab, “g‘i”lab, “ji”lab, “ng”lab gapiradigan; “ni” bilan “ning”ning farqiga boradigan odamning o‘zi qolmaydi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2147
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi
Holva degan bilan og‘iz chuchimaydi.
✔️Quruq gap bilan maqsad amalga oshmaydi.
Darhaqiqat, holva degan bilan og‘iz chuchimaydi-da... Xalq – omi... bizning ma’rifat haqidagi gaplarimiz ularning qulog‘iga kirishiga uncha ishonmayman. K.Yashin, Hamza.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili
Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun: xorijda qanday?
🇦🇿OZARBAYJON
✔️Konstitutsiyaga koʻra, davlat tili ozarbayjon tili hisoblanadi. “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Qonun talabiga rioya qilmaslik tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.
🇩🇪GERMANIYA
✔️“Maʼmuriy amaliyotlar toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, maʼmuriy amaliyotlar uchun rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar masʼul idoraga nemis tilidan boshqa tilda murojaat qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilishi kerak. Nemis tilidan boshqa tilda murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
🇶🇦QATAR
✔️2019-yilda qabul qilingan yangi qonunga koʻra, Qatarda barcha davlat organlari va rasmiy hujjatlarda arab tilidan majburiy foydalaniladi. Qonun talablariga amal qilmaganlik uchun 50 000 qatar riali (14 000 AQSH dollari atrofida) miqdorida jarima belgilangan.
🇹🇷TURKIYA
✔️Barcha yozishmalar, yozuv va hisob-kitoblar hech qanday istisnolarsiz turk tilida olib borilishi talab etiladi. Ushbu talabga rioya qilmaganlik maʼmuriy jarimaga tortilishga sabab boʻladi. Turk yuridik shaxslari oʻrtasida tuzilgan turk tilida boʻlmagan shartnomalar bekor qilinadi.
🇷🇺ROSSIYA
✔️“Davlat tili toʻgʻrisida”gi Rossiya Federal qonuniga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashda ham davlat tilidan foydalanishi belgilangan.
🇮🇪IRLANDIYA
✔️Davlat tili sifatida irland va ingliz tili qabul qilingan. Davlat organlarida davlat tillari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinayotganini tekshirish boʻyicha alohida organ mavjud. Agar davlat organi ushbu tashkilotga hujjatlarni taqdim qilmasa, ular bilan hamkorlik qilmasa, ushbu organ mansabdor shaxsi uchun 2000 yevrogacha jarima yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Bu tekshiruvlar natijasida til toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgani aniqlansa, davlat organi mansabdor shaxsi javobgarlikka tortilishi mumkin.
🇬🇪GRUZIYA
✔️“Davlat tili toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, davlat korxona va tashkilotlarida faqat gruzin tilida ish yuritiladi, zarurat tugʻilsa, hujjatlar boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin, ammo bu tarjimalar rasmiy hujjat hisoblanmaydi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
DUDBURON
1 Ship yoki devor orqali tashqariga chiqarilgan tutun yo‘li; mo‘ri, mo‘rkon.
Onam baland, dudburoni bor oshxonada kuymanar edi. Oybek, Bolalik.
2 Temirchilar ko‘rasi yoki kulollar xumdonining tutunni tashqariga tortadigan karnaysimon qismi.
Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#maqola
Olqindi so‘zining o‘z va ko‘chma ma’nolari – u bugun iste’moldan chiqish arafasidami? Oyina.uz
👉Maqolaning_davomi
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Qonun ijrosi ta’minlanmoqda
Joriy yilning 24-29-mart kunlari shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan Bustonsaroy, Rudakiy, Q.Rumiy, M.Ulug‘bek ko‘chalarida tashqi reklama vositalarini o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra 90 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi va "Reklama to'g'risida"gi Qonunning 6-moddasi talablariga mos kelmagan hamda yo‘lning qatnov qismiga, pyodalar yo‘lagiga, gazonlar ustiga noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.
Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#seminar
Davlat tilida ish yuritishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish asoslariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonov hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari Inomjon Azizov mamlakatimizda davlat tiliga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, qaror, farmon va farmoyishlarning ahamiyatiga to‘xtalib, bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/8452/
Bizni kuzating
“Nodir ovozlar” loyihasining 139-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Umr" she'ri. Enaxon Siddiqova
2. "Kishmish" qo‘shig‘i. Aziza Niyozmetova
3. "Gang daryosining qizi" dramasi. Robindranat Thokur
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Sumalak
Sumalak qadim davrlardan beri Navroʻz bayramida pishiriladigan turkiy va eroniy xalqlarning taomi sanaladi. Sumalak (sumaläk) soʻzi qadimgi turkiy tilda ham ishlatilgan boʻlib, Mahmud Qoshgʻariy Devonnidagi "ivitilgan bugʻdoy yoki arpa" maʼnosidagi suma otiga toʻgʻri keladi. Ushbu soʻzga kichraytirish maʼnosini anglatuvchi +lak qoʻshimchasi qoʻshilgan va bugungi kunda sumalak oʻlaroq ishlatiladi.
Bu soʻzning xalq tilida keng tarqalgan "se malak" ya'ni "oʻttiz malak" bilan hech qanday aloqasi yoʻq😊
Sumalak turkiy va eroniy tillarda quyidagicha ataladi:
Turkmancha: sümelek
Qazoqcha: sümelek;
Kirgizcha: sümölök (сүмөлөк)
Ozarbayjoncha: semeni halvasi
Forscha: samanū
Tojikcha: sumanak, sumalak;
Turkchada kelib chiqishi aynan Oʻrta Osiyoda pishiriladigan sumalakka toʻgʻri keladigan taom mavjud boʻlib, uni "uğut tatlısı" deyishadi.
Demak, sumalak turkiy xalqlarda deyarli bir xil nom bilan ataladi.
@shevashunos
“Nodir ovozlar” loyihasining 137-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Haqning dargohi" she'ri. Sirojiddin Rauf
2. "Yoshligimga" qo‘shig‘i. Xurshid Rasulov
3. "So‘nggi yaproq" hikoyasi. O'Genri
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
🔰"Jelak" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#monitoring
🏛Raqobat boshqarmasi hamda Ishchi guruh tomonidan Guliston shahrining Navoiy va Birlashgan ko'chalarida tashqi reklama va tashqi targ'ibot vositalarini tartibga solish yuzasidan monitoring o'tkazildi.
Monitoring davomida aniqlangan tashqi reklama vositalarini o'zboshimchalik bilan o'rnatish holatlari yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlariga tushuntirish va ogohlantirishlar berilib, bartaraf etish choralari ko'rildi.
✅Ishchi guruh tomonidan hududlarda tashqi reklamalarni monitoring qilish ishlari davom etmoqda.
Kanalga ulanish: 👉 /channel/Sirantimon