#mutolaa
✔️“JADID” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!
📥Yuklab olish (2024-yil, 6-son)
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 115-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Ko‘rgim kelar" she'ri. Bobur Bobomurod
2. "Maftuni sari" qo‘shig‘i. To‘lqin Jabborov
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon
🔅Respublikamizning qator hududlarida shu jumladan, Sirdaryo, Xorazm, Buxoro va Namangan viloyatlarining shahar-tumanlarida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi yuzasidan idora-tashkilotlarda o‘rganish o‘tkazilmoqda.
🔅“Davlat tili haqida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasi tanishtirilib, talablarga javob bermaydigan reklama vositalari noqonuniy deb olib tashlanmoqda.
⚠️Eslatma o‘rnida:
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunida tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim
❓"Кружка" o‘zbek tilida nima deyiladi?
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
✔️O‘KCHA - shv. Оyoq kiyimining tоvоni оstiga qоqilgan qalin charm; pоshna.
Оyog‘ida o‘kchasi baland qizil etik, yelkasida miltiq... S.Siyoyеv, Avaz.
✔️О‘kchasidan urmoq ayn. yuragidan urmoq.
Gulgunaning dimog‘i shishib ketdi. -Voy, ordona!
Qamchilayverib otning sag‘risini qonatsak-da, kо‘ngil uchun qiyo boqmadingiz. Nima balo, Farida naqd о‘kchangizdan urganmi, oxirgi kunlarda о‘shaning soyasiga aylanib qoldingiz? I.Zoyir, Qismat о‘chi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan
Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Ona_tilim
📹 "ONA TILIM - JONU DILIM" (Muhammad Yusuf she'ri)
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#onatilimfaxrim
🔰“Oʻzbek tili nafaqat qadimiy til, u gʻoyatda nafosatga boy til, u har qanday maʼnoni eng inja qatlamlarigacha ochib bera oladigan, oʻzining goʻzalligi bilan odamga zavq-shavq ulasha oladigan, bahri dilini ochib, goʻzallik tuygʻusini qondira oladigan tildir”
✍️Ozod Sharafiddinov, Oʻzbekiston Qahramoni
Попкорн - BODROQ
Постаянно - DOIM, UZLUKSIZ
Потолок - SHIFT
Почти - DEYARLI
Права (водительская) - GUVOHNOMA
Практика - AMALIYOT
Приём - QABUL
Прическа - SOCH TURMAKI
Приятный - YOQIMLI
Пробка - TIRBAND
Просто - SHUNCHAKI
Простой - ODDIY
Пустой – BO‘SH
⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🇺🇿Jarayon
👉O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda shahar hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarning ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
🔰2024-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan o‘rganishda 200 dan ziyod qonun talablariga mos kelmaydigan reklama va axborotlar aniqlanib, joyida bartaraf etilmoqda hamda ularga kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Jarayon
“O‘zbek tili” kursi tashkil qilindi
🔰Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida koreyalik professor o‘qituvchilar ishtirokida o‘zbek tili mashg‘ulotlari boshlandi.
✨O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son farmoni ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetining prorektorlari, dekanlari hamda professor o‘qituvchilari ishtirokida an’anaviy shaklda “O‘zbek tili” kursi tashkil qilindi.
✨“O‘zbek tili” kursining o‘quv dasturi o‘zbek madaniyatidan xabardor bo‘lish hamda o‘zbek tilining boshlang‘ich darajasini egallashga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili
O‘ZBEK TILINI TARG‘IB QILUVCHI YORLIQ (STIKER)LAR ENDI SIZNING TELEFONINGIZDA
✨Navoiy shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Farhod Raxmonov tomonidan o‘zbek tilining ona tili va davlat tili sifatida nufuzini oshirish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari uchun ONA TILIM – FAXRIM🇺🇿 deb nomlangan maxsus yorliq (stiker)lar jamlanmasini yaratildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Yaylov – qishloqning antonimi
Tilimizda qishlaydigan joy maʼnosidagi “qishloq” degan soʻz bor. Demak, mantiqan “yozloq” degan soʻz ham boʻlgan boʻlishi kerak. Soʻzlarning xususiyatlariga eʼtibor bersangiz, bu soʻzni ham topasiz. “Qishloq” soʻziga aks maʼnini bildirgan “yozloq” soʻzi asli “yaylov” boʻlgan.
“Oʻzbek tilining etimologik lugʻati”da izohlanishicha, qadimgi turkiy tilda “yoz” (“yoz”) maʼnosini ifodalagan “yay” degan soʻz boʻlgan. “Yay”+”loq”dan “yayloq”, keyinchalik “yaylov” soʻzi hosil boʻlgan. “Yaylov”ning “yayloq” shakli ham bor. Demak, qishloq qishlash uchun boʻlsa, yaylov yozlash uchun.
Eshqobil Shukurning “Bobosoʻz izidan” asaridan
@oriftolib
Jumlani “va” bogʻlovchisi bilan boshlamagan maʼqul
Savol:
Oʻzbek tilida gap va bogʻlovchisi bilan boshlanmaydi degan qarash isboti bor narsami?
Javob:
Va soʻzi birikma va jumlalarda yordamchi vazifani bajaradi: soʻz va gaplarni bir-biriga bogʻlaydi. Shu sababli uni jumla boshida ishlatmagan afzal. Ikkita jumlani birlashtirish uchun va ishlatib, soʻng gapni ajratib yozish mantiqli emas:
U menga hayron qaradi va angraygan koʻyi biroz turib qoldi. ✅
U menga hayron qaradi. Va angraygan koʻyi biroz turib qoldi. ❌
Bu tartib boshqa bogʻlovchilarga, masalan, zidlov bogʻlovchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ularni bemalol gap boshida ishlatish mumkin:
U menga hayron qaradi, lekin indamadi. ✅
U menga hayron qaradi. Lekin indamadi. ✅
Va bogʻlovchisi baʼzi istisnoli holatlarda jumla boshida ham kelishi mumkin. Bunda matn talabidan kelib chiqiladi. Bunday hol koʻpincha sheʼriyatda kuzatiladi. Yangi satr va soʻzi bilan boshlanadi.
@oriftolib
#maqola
🔰Behbudiya kutubxonasi: 114 yil avval Samarqandda ochilgan, kuniga 14 soatlab ishlagan va… qarovsiz qolib yopilgan.
maqolani_oʻqish
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
ESKАDRОN - 20-аsr o‘rtаlаrigаcha mаvjud bo‘lgаn, bir nеcha vzvоddаn ibоrаt оtliq аskаrlаr bo‘linmаsi.
Jаngоvаr eskаdrоn.
▬ Hоv uzоqdаn to‘zоn ko‘tаrildi. Tuyoq tоvushi! Eskаdrоn chopаr. А.Muхtоr.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ona_tilim
🔰“Imtihon”
🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!
@ibratfarzandlari
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ona_tilim
🎬 "BEKAT"
🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.
🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
We Digital jamoasi o‘zbek tilini yaxshi tushunadigan, siz-u bizdek mutaxassislarga rosmana yordami tegadigan chat-botni ishlab chiqibdi.
«Uzbek Expert» o‘zimizni ona tilimizda biror hujjatni mazmunini chiqarib berishi, sizga biror kreativ g‘oya topishda ko‘maklashishi, internetdagi ma’lumotlarning orasidan biror bir izlanishga asqatadigan statistika topib berishi mumkin.
Denis Roman, Hikmat Ubaydullayev va shular kabi shijoatkor insonlar oramizda bor ekan, borgan sari bunday milliy innovatsion yechimlar ko‘payib boraveradi.
Ularga ko‘maklashish uchun esa yangi instrumentlardan iloji boricha ko‘proq foydalanishimiz kerak.
#jarayon
🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani hokimining maslahatchisi G.Sobirova tomonidan tumandagi ayrim tashkilotlarda navbatdagi tahliliy targ‘ibot jarayoni o‘tkazildi.
📝O‘rganish davomida me’yoriy hujjatlarning davlat tilida yuritilishi, tegishli tartibda chiqarilgan banner, peshlavha va targ‘ibot vositalar holatlari hamda ulardagi yo‘l qo‘yilgan xatolik va kamchiliklar o‘rganilib, mas’ul xodimlarga ko‘rsatmalar berildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Dildagi gaplar!
❗️ Jadidlar xalqi, tili va millat o‘zligi uchun boshini "kunda"ga qo‘ygan bir millat farzandi sifatida biz shunchaki ularga xiyonat qilmoqdamiz!
❗️Siz kim bo‘libsizki xalqaro daraja uchun milliy tilimizni qo‘shqo‘llab sarmoya uchun tikasiz?
❗️Til poydevori uchun bir cho‘p qo‘ya olmayotgan bir paytimizda til rivoji uchun ter to‘kayotganlarning go‘riga g‘isht qalashga haqqimiz bormikan!
❗️Ajdodlarining kitob va bilimlaridan dunyo foydalanayotgan xalq sifatida, tilimizni xalqaro til darajasiga ko‘tarish haqida gap ketganda ensasi qotadigan darajaga yetdikmi?
❗️Qachondan boshlab til muayyan bir tashkilotning yoki shaxsning mulki bo‘lib qoldi faqat ulardan talab qilamiz!
❗️Qonunlarni iddao qilasiz lekin o‘zingiz xavfsizlik kamarini yechib ulovda yurasiz. O‘zingiz tashabbus, namuna ko‘rsating.
❗️Imloviy xatolarga yo‘l qo‘ymang, so‘zlarni o‘zbekcha muqobilidan foydalaning va albatta lotinga butunlay o‘ting!
❗️Faqat internet degan narsani ortiga yashirinib, millat tilidan o‘z foydangiz, obunachilaringizni ko‘paytirish uchun foydalanmang!
❗️Ayni payt tilimiz uchun eng og‘ir payt chunki biz o‘zgadan emas o‘zimizdan himoya qiladigan davrga kelib qoldik!
⚠️ Yagona millat tili uchun aravani har tarafdan tortishni to‘xtatib, kamarbasta bo‘lish payti keldi!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#maqola
ZIYORAT VA ZIYOFAT CHEGARASI QAYERDA?
⚠️Muqaddas joyda turib uydagilariga necha kishilik dasturxon yozish, mahallasiga kiraverishdan to darvozasigacha gilam solishni, oyoqlari ostiga qo‘y so‘yishni, hamma qarindoshu tanish-begonalarga taklifnoma tarqatishni qayta-qayta tayinlashlar va hokazo...
✍️Obidin Maxmudov, Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi
👉davomi 👉 “XXI asr” gazetasi, 5-son, 6-sahifa.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#mutolaa
Diqqat!
⚠️Endilikda “JADID” gazetasining elektron shakldagi sonlari bilan sahifalarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin!
✔️1-son 2024-yil
✔️ 2-son 2024-yil
✔️ 3-son 2024-yil
✔️4-son 2024-yil
✔️ 5-son 2024-yil
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 114-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Ishq balladasi" she'ri. Orif To‘xtash
2. "Yomg‘ir" qo‘shig‘i. Kumush Razzoqova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Taqdimot
🔰To‘rtko‘l tumani hokimligida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “Kimyo atamalarining izohli lug‘ati”, “Joy nomlarining izohli lug‘ati” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.
Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#MTRK
⚠️Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardagi xatolarni to‘g‘rilab bo‘ladimi?
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon
📝Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida ish yuritish hujjatlari hamda targʻibot vositalari tuman hokimlarining maslahatchilari tomonidan oʻrganildi.
📝O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
📝Tahliliy targʻibotda joylardagi faoliyat olib borayotgan tegishli xodimlarga ish jarayonidagi tegishli hujjatlarda koʻzga tashlangan xatolar boʻyicha tushunchalar va koʻrsatmalar berildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 111-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Bobodehqonga qasida" she'ri. Muhiddin Omon
2. "Dunyo" qo‘shig‘i. Botir Qodirov
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Taqdimot
🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qanlikoʻl tumanida o‘zbek tiliga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.
Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram