dtrdep | Неотсортированное

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Подписаться на канал

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

Olmazor tumani hokimligi, tuman IIOFMB, tuman Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mas’ullari bilan birgalikda tumanidagi avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va talablariga mosligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilganligi o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

O'zbek tili - ijtimoiy rolik

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Bayroq haqida

Bayroq har bir millatning eng muhim ramzlaridan biridir. Davlat paydo bo’libdiki bayroq bordir. Bayroqning mohiyatini, uning milliy gʻurur masalasi ekanligini har birimiz yaxshi bilamiz. Endi bayroq soʻzi haqida gaplashsak!

Eski turkiy tilda, jumladan Mahmud Qoshgʻariyning Devonida batraḳ [uchiga ipak parchasi osilgan nayza, tug’. Jang kuni otliq, suvoriylarning turgan joyini ko’rsatib turuvchi belgi] deb berilgan. batraq/batruq, nayzali bayroq, ushbu so’z eski turkiy tilda batur- nayza sanchimoq, botirmoq so’ziga k +(g)Ak qo’shimchasi qo’shib yasalgan. Eski turkiy tilda so’z oʻrtasidagi d lar keyinchalik y ga aylangan (adıḳ > ayıḳ; adaḳ > ayaḳ; adırmaḳ> ayırmaḳ kabi). Natijada batrak/ badrak/ batruk so’zlari bayraḳ (bayroq) shakliga oʻzgargan.

İzoh: G. Clauson bu so’zning Eroniy tillardan biriga oid bo’lishi mumkinligi haqida fikr yuritadi. Semih Tezcan esa Sog’d (= Sans paṭākā) ”bayrak” so’ziga bog’laydi. Ammo ilmiy izlanishlar bu so’zning Turkiy ekanligi haqidagi fikrlarni qo’llab quvvatlamoqda.

Ushbu so’z Usmonlilar Saltanati va Usmonlicha orqali Arabcha (Livan, Liviya, Misr, Sudan, Suriya, Yaman)ga va kurdcha, zazacha, forschaga hamda Bolqon davlatlari bo’lgan Serbiya, Romaniya (Ruminya), Bulg’oriston (Bolgariya), Arnavut (Albaniya) tillariga ham o’tgan.

Yana bir manbada shu fikrlar keltirilgan:
Bayroq so’zini asli nayza ma’nosida kelgan “batrak”dir. O’g’uzlar batrak shaklida ishlatgan bu so’z Uyg’urlarda, Qarluqlarda botirmoq, sanchimoq ma’nosida ishlatilgan batruq so’zi edi.

Eski Turkiy xalqlarda tuproqga sanchib qo’yilgan nayzaning uchiga o’sha urug’, xonadonning ramzini va rangini ifoda qiluvchi matolar ilinib qo’yilar edi. Nayzaning uchiga oltin yoki qimmatbaho ma’danlardan qilingan bo’ri kallasi kabi xoqonlik ramzlari ham osib qo’yilar edi.

Demak, “tuproqqa sanchilgan, botirib qo’yilgan” ma’nosidagi batrak/badrak so’zining ma’nosi keyinchalik "hilpirab turuvchi milliy ramz" bayroq soʻziga almashgan.

https://t.me/joinchat/WCWnkzH0KgxpkfZC

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🇺🇿 Olmazor tumanidagi Beruniy maydonida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#So‘z tarifi

🔰 ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"


Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​#bilib_oling

Dunyodagi eng qadimgi kutubxonalar

1. Ashshurbanipal kutubxonasi.

📘Dunyodagi eng qadimgi kutubxonasiga miloddan avvalgi VII asrda asos solingan. Ossuriya hukmdori Ashurbanipalning buyrug‘i bilan qurilgan. Ushbu kutubxona Iroqda joylashgan. Kutubxona 30000 ga yaqin mixxatlardan iborat. Unda arxiv hujjatlar, diniy afsonalar va ilmiy matnlar saqlangan. Shu jumladan 4000 yillik “Gilgamish eposi” ham saqlangan.

2. Aleksandriya kutubxonasi.

📗Miloddan avvalgi 323-yilda Buyuk Iskandarning o‘limidan keyin Misr ustidan nazorat uning sobiq generali Ptolomey I qo‘liga o‘tdi va u Iskandariya shahrida ta’lim markazini yaratmoqchi bo‘ldi. Natijada Iskandariya kutubxonasini qurdirdi. Ushbu kutibxona qadimgi dunyoning intellektual marvaridiga aylangan. Unda 500 mingdan ziyod papirus varaqlari saqlangan bo‘lib, unda adabiyot asarlari, tarix, huquq, matematika va boshqa fanlarga oid matnlar mavjud.

3. Pergamum kutubxonasi.

📕Kutubxona miloddan avvalgi III asrda qurilgan. U Turkiya hududida joylashgan. Unda 200 mingga yaqin kitoblar xazinasi joylashgan edi. Kutubxona to‘rtta xonani o'z ichiga olgan bo‘lib, uchta xona kutubxona tarkibi uchun, to‘rtinchisi esa ziyofatlar va ilmiy anjumanlar uchun uchrashuv maydoni bo‘lib xizmat qilgan.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

https://www.youtube.com/watch?v=GY6GWN-g4_0

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​Bolalik

Oʻttiz sakkiz yilim – oʻttiz sakkiz togʻ,
Ortimda qolmoqda oqlik, qoralik.
Kecha eng yaqinim, bugun eng uzoq,
Yillarim – bolalik, yoʻlim – bolalik.

Betashvish boladan gʻamga aylandim,
Balqigan hiloldan shamga aylandim.
Kechagina eding asalim, qandim –
Shiralari bosgan qoʻlim – bolalik.

Ostona hatlasam – koʻcha bechora,
Hamma oʻzi bilan oʻzi ovora.
Bugun qurgʻoq dala, kechagi bola,
Yomgʻirim – bolalik, doʻlim – bolalik.

Yoʻqsan, uzoqlarga uzoooq termulib,
Izlayman, xayollar ichra koʻmilib.
Bugun gʻamlarga gʻarq, kecha choʻmilib,
Ust-boshi shalobbo, hoʻlim – bolalik.

Alamlar suykalar quchogʻin ochib,
Quyosh ham nur emas qahrini sochib.
Oftobda qoldirib, ketding-a qochib,
Salqinim – bolalik, soʻlim – bolalik.

Rosti, tashvishlardan judayam toldim,
Uzr, birozgina vaqtingni oldim.
Kecha soyda edim, sahroda qoldim,
Daryo bolaligim, koʻlim – bolalik.

Katta boʻlmoq zavqi aylabon asir,
Ulgʻaymoqqa shoshib, yelibman zir-zir,
Qadringni bilmagan Botirni kechir,
Eh, oʻzimning sodda, goʻlim – bolalik.

#Sheʼriy_lahza

Botirjon Ergashev

@oriftolib

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Dunyo kezgan so‘zlarimiz – fartuk

📺“Boboso‘z”

@mm_telekanal

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#savollar

5-savol

Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u Abdullolar...
Sening qaytgan kuning tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas, Ona tilim!..

Ushbu she’rning muallifi kim?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

USHOQTEPA - KICHIK TEPA DEGANI

Batafsil: https://kosont.uz/hokimlik-yangiliklari/74-.html

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

O‘rganishlar o‘z samarasini bermoqda

💠 Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🫥 Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tomonidan tumandagi markaziy ko‘chalar hamda ichki ko‘chalarda joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rganilgan edi.

🟢 O‘rganishlar davomida tadbirkorlik subyektlarining mas’ullari bilan suhbatlashib, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilib, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.

➡️ Bugungi kunda o‘rganish olib borilgan tadbirkorlik subyektlarining e’lonlari, nomlari davlat tilida yozilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#savollar

4-savol

❓Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot xatiga nima deyiladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Taqdimot

🔰Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

🔰Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining direktori Azizjon Eminov va boshqalar ona tilimizni asrab-avaylash  dolzarb ekanini, bunda ustoz-pedagoglarga tayanish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

🔰Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ona tilimizdagi har bir so‘zni avaylash, uning ma’nolarini o‘rganish va targ‘ib etish borasida ko‘plab ma’rifiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

💐BUGUN TUG'ILGAN KUN

💐 O‘zbek tilining rivoji, boy til ekanligi hamda jozibasining to‘la namoyon bo‘lishiga, o‘zbek tilini davlat tili sifatida oʻrgatish uchun o‘zining sa’y-harakatlari bilan xizmat qilayotgan fidoyi inson Inomjon Mamasodiqovich Azimov ko‘p yillardan buyon ushbu sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

💐Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori f.f.n., dotsent Inomjon Mamasodiqovich Azimovning tavallud topgan kuni.

💐Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi jamoasi Inomjon Mamasodiqovichga sihat-salomatlik, ilmiy faoliyatiga cheksiz muvaffaqiyat, oilaviy totuvlik hamda xotirjamlik tilab samimiy qutlaydi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

SOLINCHAK

✔️Quloqning sirgʻa (zirak) taqiladigan pastki yumshoq qismi solinchak deb ataladi.

Solinchaklarda badomnusxa kumush gajaklar, oynador boldoklar halqa-halqa boʻldi.
T. Murod, "Ot kishnagan oqshom".

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Taqdimot

🔰2023-yilning 18-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamg'armasi direktori Azizjon Eminov boshchiligida Qoraqalpoq davlat universitetida "Қарақалпақ тилиниң тусиндирме сөзлиги”, "Oʻzbek tilining izohli lug‘ati”, “Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati”, "Ona tilim-mangu makonim", "Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug'ati"  kitoblarining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🔰Tadbirda kitob mualliflari, universitetning professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

🔰Taqdimot yuqori saviyada tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🇺🇿18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🇺🇿MKBANKda 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida intellektual tadbir o‘tkazildi.

✨Tadbir davomida bank xodimlarining bayrog‘imizni yasash mahorati sinovdan o‘tkazildi va tanlov g‘oliblari aniqlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

🥳Yurtdoshlarimizni davlatimiz bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🔷Keyingi paytlarda tashqi yozuvlarni bexato yozilishi yuzasidan Xiva shahrida tadbirkorlar bilan muntazam ravishda ishlar olib borilib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni hamda "Reklama to‘g‘risida"gi qonuni yuzasidan tushuntirishlar berib borilmoqda.
✅Olib borilayotgan tushuntirish targ‘ibot ishlariga qaramasdan hanuzgacha ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan bu borada eʼtiborsizlikka yo‘l qo‘yilgani sabab noto‘g‘ri yozilgan bannerlar uchrab turadi.
📌Xiva shahar hokimi maslahatchisi Sh.Abdullayeva boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tashqi yozuvlar o‘rganilib, noto‘g‘ri va boshqa tilda yozilgan bannerlar olib tashlandi hamda tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘risida" gi qonuni talablariga qatʼiy rioya qilishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Yangiliklar24| “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti

📺 Oʻzbekiston 24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

📈📉Ko'cha reklama matnlari bilan to'la. Matnlarni davlat tilida yozilishi qonun talabi hamda o'z tilimizga bo'lgan ehtiromdir.

🔖Ishchi guruhi Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari bo‘ylab joylashgan turli korxona, tashkilot va do‘konlardagi tashqi yozuvlarni o‘rgandi.

Jarayonlar – lavhamizda.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Tuproqqalʼa tumani hokimining maslahatchisi idoralar va tashkilotlarda Davlat tilida ish yuritilishi holatini o'rgandi

Tumandagi bir qator idora-tashkilotlarda tuman hokimining maslahatchisi Gulnoza Sobirova ma'naviy-ma'rifiy ishlar, davlat tilida ish yuritish holatini o‘rgandi.

Tadbir davomida idora va tashkilotlarda ichki va tashqi yozuvlar, peshlavhalar, rasmiy hujjatlarning yuritilishi ko‘rib chiqildi.

O'rganishlar davomida, ularning davlat tiliga muvofiqligi tahlil qilinib,muhokama qilindi.

Aniqlangan  kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan mutaxassislarga zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

O'rganish ishlari davom etmoqda.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#taqdimot

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰2023-yil 27-iyulda Milliy kutubxonada O‘zbekiston Respublikasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining frazelogik lug‘ati”, “O‘zbek xalq so‘zlari” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

batafsil

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#javoblar

✔️4-savolning javobi:

✔️ Bildirishnoma

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_taʼrifi

Osilmagan qozonga otilmagan quyon tushibdi

✨Baʼzan shunday ham boʻladiki, hech bir oʻylanmagan, xayolga keltirilmagan, kutilmagan vaqtda biror foydali holat yuzaga kelib qoladi. Bu endi tasodif boʻlib, hamma vaqt ham shunday boʻlavermaydi, albatta. Mazkur maqolni mana shunday tasodifiy omad kelib qolganda ajablanish, quvonish maqomida yo hazil-mutoyiba tarzida aytadilar.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#joy_nomlari_tarixi📍
BЕSHKALTAK–"Qorabuloq" mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Qishloq nomining tarixi bo‘yicha shu qishloqda yashovchi Ruxsora Sanayeva qiziq rivoyatni keltiradi. Emishki, osmondan beshta tug‘ kelib, tepalikka, qadalib qolgan. Odamlar tug‘larga qizil mato bog‘lab, belgi qilib qo‘yishadi va qishloqni Beshtug‘ deb atashgan. Vaqt o‘tib, qizil mato tug‘lardan uzilib, tayoqlarning o‘zi qoladi. Shundan qishloq nomini Beshkaltak deyishgan.

🟢Professor To‘ra Nafasov esa etnik mansublik qishloq nomi yaralishiga asos bo‘lgan, ya’ni, Beshkaltak–qo‘ng‘irotlar qo‘shtamg‘ali bo‘limiga mansub kal urug‘ining bir tarmog‘i, deydi. Kenagaslarda ham beshkaltak urug‘i bo‘lgan.

🟢Akademik K.Shoniyozovning tadqiqiga ko‘ra, beshkaltak qipchoqlarga xos urug‘ bo‘lib, kishi laqabi asosida paydo bo‘lgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬
Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#javoblar

✔️3-savol(Turkiy tilda yaratilgan ilk doston qaysi?)ning javobi:

✔️Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

🔰Oksford universitetida o‘zbek tili kursi ochiladi

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Birpas

Bolalikdagi sheʼriy mashqlarimning birida, shabboda, toʻxta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri, oʻzbek adabiy tilida bir pas degan soʻz yoʻq, bir nafas deyish kerak, deb oʻzi qizil qalam bilan toʻgʻrilab qoʻygan.

Koʻp yillar oʻtib Navoiyning “Layli va Majnun”ida shunday baytni koʻrdim:
Bir pos chu tundin oʻtdi ul xayl,
Tushluq tushi qildi uyqugʻa mayl.

Lugʻatlarda Pos — tunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha часовой maʼnosidagi atama boʻlib chiqdi.

Ajabki, oʻz soʻzimiz boʻlgan pos jahon kezib, yana oʻzimizga post shaklida, qoʻriqlanadigan joy, soqchining oʻrni hamda lavozim maʼnolarini olib qaytibdi...

Demak, oʻzbekning bir pasi bir soat boʻlar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan soʻzning maʼnosini oʻzingiz tushunavering.

Erkin Vohidov, “Soʻz latofati”.

P/S.
Hozirgi til meʼyorlari boʻyicha bu soʻz qoʻshib yoziladi:
Bir pas ❌
Birpas ✅

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…
Подписаться на канал