MONGOL DOG‘I
Mongol dog‘lari - bu terida ko‘p miqdorda melanin pigmentini(teriga rang beruvchi pigment) to‘planishi natijasida yuzaga kelgan, ko‘k-yashil tusdagi dog‘.
Dog‘ ko‘pincha bel, dumg‘aza, yelkada joylashadi. O‘lchami 6-10 sm va undan katta bo‘lishi mumkin.
Dog‘ soch bilan qoplanmagan, bosganda yo‘qolmaydi.
Davolash shart emas,xavfsiz, 4-10 yoshgacha yo‘qolishi yoki bir umrgacha saqlanib qolishi mumkin!
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bolalarda suvchechak kasalligining belgilari
▪️Isitma(37,5-38,5 °C)
▪️Ishtaha pasayishi
▪️Bosh og'rig'i
▪️Umumiy holsizlik(Tez charchash)
▪️Qichishish
▪️Toshma
Kasallik o'tkir, isitmalash va suvchechak toshmasi bilan boshlanadi. Toshma dastlab mayda pushti yoki qizil rangdagi dog'-papula bo'lib, bir necha soatdan keyin 5 mm diametrli vezikulaga(tiniq suyuqlik bilan to'lgan yumaloq yoki oval shakldagi pufakcha) aylanadi. Toshmalar sutka oxiriga kelib quriydi, bo'shashadi va jigarrang qatqaloqqa aylanadi(Rasmda toshma evolutsiyasi). Pigmentli dog'lar 2-3 oy saqlanadi, chandiq hosil bo'lmaydi.
Toshmalar bolaning yuziga, boshning sochli qismi, tana va oyoq-qo'llariga toshadi. Toshmalar bir vaqtda emas, balki turtkisimon(isitmadan keyin) toshadi. Shu sababdan bemorning terisida bir vaqtning o'zida toshmaning turli rivojlanish (dog', papula, vezikula, qatqaloq) bosqichlarini ko'rish mumkin. Bu holat soxta polimorfizm deyiladi.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Qizamiq kasalligining klinik belgilari
Kataral davri belgilari:
▪️konyuktivit
▪️isitma 37,5 dan 39,5 °C gacha
▪️holsizlik
▪️bosh og'rig'i
▪️tumov
▪️quruq yo'tal
▪️tomoq qizarishi
Toshma toshishidan 1-2 kun oldin lunjlar shilliq pardasida oq rangli qizil halqa bilan o'ralgan Koplik dog'lari(chapdagi rasm) paydo bo'ladi. Qizamiq kasalligini erta tashxislash uchun xos belgi hisoblanadi.
Toshma toshish davri:
Qizamiq toshmasi kasallikning 4-5 kunidan 3 kun davomida toshadi.
▪️1-kun toshmalar dastlab quloq orqalariga bir kecha-kunduz davomida davomida yuz, bo'yin va ko'krak yuqori qismi yelkagacha toshadi.
▪️2-kun tana(o'ngdagi rasm) va qo'llarning yuqori qismiga toshadi.
▪️3-4 kun qo'l va oyoqning barcha qismiga toshadi. Dog' va papulalar kattalashib bir-biriga qo'shilib ketadi.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!
Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov!
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | pediatric_uz">YouTube
Ba'zan odamlar konsultatsiyalar(shifokor ko‘rigi) qimmatligidan nolishadi.
Keling tahlil qilib ko‘raylik. Poytaxtda xususiy klinikalarda o‘rtacha konsultatsiya 100 ming so‘m atrofida. Sifatli futbolka sotib olaman desangiz 100 mingdan ko‘p sarflaysiz, bir marta choyxonada o‘rtoqlar bilan maza qilib o‘tiraman desangiz 100 ming dan ko‘p sarflaysiz. Haqli savol tug‘uladi. Sog‘ligimiz uchun 100 ming(so‘mda aytyapman) sarflay olmaymizmi? To‘y, mashina va uy-joy uchun 50-100 millionlab topgan, sog‘lik uchun 100 ming so‘m topilmaydimi?
Endi tangani ikkinchi tomoni qaraymiz. Bir inson yaxshi shifokor bo‘lish uchun qancha umrini sarflaydi deb o‘ylaysiz? Eng kamida 10 yil, konsultatsiya esa 100 ming so‘m(yiliga 10 ming so‘mdan to‘g‘ri kelar ekan). Endi sizga bir savol bermoqchiman. Bir kasbni egallash uchun 10 yil umringizni sarflarmidingiz? Ha desangiz siz qahramonsiz. Chunki ha deyishni o‘zi ham bir jasorat aslida.
Sog‘lik uchun vaqtida pul ajratmasangiz, keyin kech bo‘lishi va milliardlar(dollarda aytyapman) ham yordam bermasligi mumkin.
Bu dunyoda eng buyuk ne'mat bu sog‘lik. Shunday ekan uni ko‘z qorachig‘iday asraylik!
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Toshmat tajang nima deydi?
Mahallamiz "darakchisi" Toshmat tajangning aytishicha, azim Qo'qonda faylasuf va sehrgar "tabib" paydo bo'lgan emish. Tajangning aytishicha unda biotok bor emish, odamga qoramaldog'i bilan tegsa kifoya ekan. Nogironlar yurishni, so'qirlar esa ko'rishni boshlar ekan. Bilasiz bizda mish-mish yorug'lik tezligidan ham chaqqonroq tarqaladi. Bu borada tajangga o'xshaganlarning xizmati beqiyos.
Tom ma'nodagi mish-mishlardan keyin "tabib"ning uyi oldi tumonat odamga to'lishi tabiiy bir holdek. Najot ilinjida yurganlarni "boshini aylantirish", muammosiz odamni aldashdan ancha oson aslida. Bu sodda insonlar afsona va miflar qurboni edi. Agar vaqtida barham berilmaganda, kuni kelib "Otarchilikdan tabiblikka qadar" nomli kitoblar chiqsa ham ajablanmas edim.
Umringning o'n yilini tibbiyotning bir sohasini o'rganishga sarflasangu, lekin ba'zi odamlar senga ishonmasdan uchar tabiblar oldiga yugursa, dardingni kimga aytasan. Odamlarimiz rosa ishonuvchan, tajangga o'xshaganlar ko'tarib yurgan gaplarni rost deb ishonib ketaverishadi. Tekshirib ko'rish xayollariga ham kelmasa kerak. Bunday holatlarda bizda yagona najot, tibbiy madaniyatni ilm orqali sug'orishdir. Shundagina odamlarimiz(tajangga o'xshaganlar ham) bulbuli go'yo bilib sayraydigan lo'ttivozlarga emas, balki sohaning haqiqiy mutaxassislariga ishonishni boshlashadi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
DORI
Nevaralar bir tishlab tashlab ketgan olmaning u yoq-bu yog‘ini pichoqda kesib yeb o‘tirsam, nevaram kelib so‘radi:
- Doda, nimaga bizlardan qolgan olmani yeb o‘tiribsiz? – Keyin hosilining ko‘pligidan zo‘rg‘a shoxini ko‘tarib turgan olma daraxti tomon iyak qoqdi. – Ana, ko‘p-ku.
- Senlardan qolgani dori-da, bolam.
- Dori? Qanaqa dori?
Shunda rahmatli katta enamning: “Uvol qilmagin, bolam, ko‘r bo‘lib qolasan” degan gapi esimga tushib, jilmaygancha javob qildim.
-Ko‘zni ravshan qiladigan dori, qo‘zim...
© Sharof Boshbekov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
❓Ambidekstriya nima?
Ambidekstriya - ikki qo‘lda bir xil faoliyat olib borish qobilyati bo‘lib, tug‘ma yoki hayoti davomida orttirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda bitta qo‘l yetakchi bo‘lmaydi.
Bunday odamlar biror harakatni o‘ng va chap qo‘lda bir xil tezlik, aniqlik va kuchda bajara oladi.
Bunday odamlarda ikkala yarim sharlar bir xilda ishlaydi va ular shuning hisobiga istalgan kasb yaxshi egallay olishlari mumkin.
P.S.Yaponlar bekorga boshlang‘ich sinfdan ikki qo‘lda yozishga o‘rgatishmaydi. Shuning uchun ularda olimlar juda ko‘p.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Neuralink chipi birinchi marta inson miyasiga joylashtirildi
Tarixda birinchi marta odamga gadjetlardan fikr yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi.
Kompaniya asoschisi Ilon Mask o‘zining X(Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jarayon muvaffaqiyatli o‘tganligi va bemorning ahvoli yaxshiligi haqida yozib qoldirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-qo‘llari falaj bo‘lgan odamlarga o‘rnatiladi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 80 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabani issiq ovqat bilan ta’minlash uchun 264 mln so‘mlik tender e’lon qilibdi. Bu kabi ishlar boshqa OTMlarda ham bormi, bilmadik, ammo yaxshi narsa o‘ylashibdi.
@masofatalim
Nosir akani maqtaganida muqarrar tarzda “zalatoy” so‘zini qo‘llardi. Bugun qadar eslasam maza qilaman: ichida Nosir akaning zaharli tilidan cho‘chib turardi-yu, lekin suhbatdoshining “zolotoy” (tillo) odamligini eslatish barobarida soch rangi bahonasida chandib qolishdan o‘zini tiyolmasdi.
Nosir akaning oq-qizil yuzi va unniqqan mis tusidagi sochi haqida to‘qilgan yana bir mahobat shuki, go‘yo Said Ahmad domla yo‘lda ketayotib moshina tezligini me’yordan oshirgan chog‘ida melisa hushtak chalib to‘xtatibdi. Shoshyapmiz, debdi Said Ahmad, qara, ukamiz sariqqa chalinib qopti… Melisa moshina ichiga tikilibroq qarasa, orqa o‘rindiqda Nosir Fozilov o‘tirganmish. E, tezroq haydang, oka, debdi u qo‘lini shapkasining kezagiga qo‘yib, kasalni sal o‘tkazib yuborgan ekansizlar…
© Said Ahmad memuaridan - Murod Muhammad Do'st.
Kanalga ulanish:👉@Maqsud_Muxtor
Nega yapon yuz yil yashar-u
O’zbek buncha yoshga bormaydi?
Chunki yapon bizdek qorong'u
Sahar turib oshga bormaydi.
Motamida u obro' uchun
Elni chorlab ziyofat qurmas.
Bayramida bel bog’lab uch kun
Shamdek qotib ko’chada turmas.
Garchi bizdan yuz bor farovon,
Garchi bizdan yuz karra to'qdir.
To’y xarjida yuzta boy yapon
Bir kambag’al o’zbekcha yo’qdir.
Bu so’zimni yaponga aytsam
Dedi battar qisib ko’zini:
Yapon bundoq yasholmas hech ham,
Xarakiri qilar o’zini.
Xarakiri - yapon samuraylarining or-nomus uchun o’z joniga qasd qilishi.
Baxtli qo‘g‘irchoq sindromi
Angelman sindromi - shartli genetik patologiya bo‘lib, 15 juft xromasomaning delitsiyasi hisobiga yuzaga keladi.
Sindrom quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
-ruhiy rivojlanishdan ortda qolish
-diqqat yetishmovchiligi
-uyqu buzilishi
-ikkilamchi epilepsiya(tutqanoq)
-tartibsiz harakatlar(asosan qo‘lda)
-yuzdagi o‘zgarishlar: keng og‘iz, tilini chiqarish, tishlarning siyrak joylashishi
-doimiy kulgu yoki tabassum(sababsiz)
-strabizm(g‘ilaylik)
-skolioz(umurtqani yon tomonga qiyshayishi)
Sindromni 1965-yilda Britaniyalik pediatr Garri Engelman aniqlagan va uning nomiga qo‘yilgan. Bu sindrom yana Petrushka sindromi yoki “baxtli qo‘g‘irchoq sindromi” deb nomlanadi.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya
Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.
Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.
Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lom ekanligini qanday bilsa bo'ladi?
1952-yilda amerikalik shifokor Virjiniya Apgar tug'ilgan chaqaloqlarga baho berish taklifi bilan chiqadi. U yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini baholash va reanimatsion muolalajalarga ehtiyoj bor yoki yo'qligini aniqlash tizimini taklif etgan. Bu baholash usuli muallifga atalib APGAR shkalasi deb nomlanadi va u quyidagi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi:
A (appearance) - chaqaloqning teri rangi;
P (pulse) - pulsi;
G (grimace) - yuz ifodasi;
A (activity) - harakatlari, mushaklari tonusi;
R (respiration) - nafas olish qobiliyati, reflekslari.
Shkala 5 ta ko'rsatkich (har biri 0 dan 2 ballgacha, jami — maksimal 10 ball) tahlilini o'z ichiga oladi. U bola tug'ilishi bilanoq 1-5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Agar jami ball 3 dan past bo'lsa, chaqaloqning ahvoli og'ir deb baholanadi. 7 balldan yuqorisi esa yaxshi degani.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
"Sizlarda yo'q bo'lsa kerak deb, o'zim bilan doktor ham olib keldim"
Kulgi ortiga yashiringan dolzarb muammo.
Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
🗓Ramazon taqvimi (Toshkent vaqti bilan)
🤲SAHARLIK (OG‘IZ YOPISH) DUOSI:
Navvaytu an asuma sovma shahri romazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu Akbar
🤲IFTORLIK (OG'IZ OCHISH DUOSI):
Allohumma laka sumtu va bika amantu va aʼlayka tavakkaltu va aʼla rizqika aftartu, fag‘firliy ya G'offaru ma qoddamtu va axxortu
Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin📿
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Jonajonga kelgan turistlar hayratga tushib aytar ekan:
-Sizlarda "Doriksona(Dorixona)" brendi juda mashhur ekan - deb.
Eh turistlar qayerdan ham bilardi, bu brend tibbiy madaniyat "Everest cho'qqisida" ekanligining mevasiligini.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
🧠 Xitoyliklar yana Ilon Maskdan o’zib ketishdi: Xitoylik olimlar miya chipini allaqachon 2023-yil oktyabr oyida falaj odamga implantatsiya qilishgan — yaqinda esa natija bilan bo’lishishdi.
Neural Electronic Opportunity yoki NEO deb nomlangan chip odamga falaj qo’llarini ishlatishga yordam berdi! Bemor endi ularni yana harakatlantirib boshqara oladi.
Shu bilan birga, NEO chipi Neuralink'ga qaraganda xavfsizroq – u boshqacharoq implantatsiya qilinadi. NEO hajmi ikkita tangadek keladi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
“Qibray sanatoriyasi hududida ham nafas olish og‘irlashgan” – Ekologiya vaziri
Toshkent shahri atrofida filtrsiz ishlagan va ko‘mir yoqayotgan issiqxonalar sabab yashil emas, kulrang halqa paydo bo‘lgan. “Davlat xizmatchilari, hokimlar borib dam olib keladigan Qibray sanatoriyasi direktori telefon qilib, sanatoriya hududida ham nafas olishning iloji bo‘lmay qolganini aytdi”, – deydi Aziz Abduhakimov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Goooooollllll
Azizbek Turg'unboyevdan yana bir shedevr gol!
O’zbekiston milliy terma jamoa a’zosi Azizbek Turg’unboyev Tailand terma jamoasi darvozasiga ilk golni kiritdi. Barakalla, yigitlar!
O’zbekiston 1:0 Tailand
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogi chorak finaliga chiqdi. Eng qizig'i ular g'alabani O'zbekiston bayrog'i bilan ham nishonlashdi. Ularni tribunadan o'zbekistonlik muxlislar qo'llab-quvvatlashdi. Birligimizga, do'stligimizga ko'z tegmasin!
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Biror nimaning yoki kimningdir qadri u yo'qligida bilinadi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Odamlar va hayvonlarning rollari almashib qolganda...
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov