dr_muxtorov | Неотсортированное

Telegram-канал dr_muxtorov - Doctor Muxtorov

578

Shifokor va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali Shaxsiy fikr-mulohazalar, tahlil va qiziqishlarim bilan o‘rtoqlashib boraman!

Подписаться на канал

Doctor Muxtorov

“Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

📹 OMMAVIY ONGSIZLASHTIRISH — Televideniya

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Janubiy Afrikada COVID-19 ning yangi “Eris” shtammi bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Bemorning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Bu haqda SABC News telekanali mamlakat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib xabar berdi. Holat Gauteng provinsiyasida qayd etilgan. Bemorning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Mazkur vaziyatdan kelib chiqib Janubiy Afrika Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni emlanishga chaqirdi. 

“Eris” shtammi bilan kasallanishning birinchi holati joriy yilning 17-fevralida qayd etilgan. Uning tarqalishi Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa va Osiyoning ba’zi mamlakatlarida kuzatiladi. Yangi shtamm jami 51 mamlakatda topilgan.

Manba: daryo.uz

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

JSST qo‘rqitmoqda: COVID-19 bilan kasallanganlar soni keskin oshdi

10 iyuldan 6 avgustgacha qayd etilgan COVID-19 holatlari soni oldingi 28 kunga nisbatan 80 foizga oshdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) haftalik epidemiologik xulosasiga ko‘ra , ayni paytda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 57 foizga kamaydi.

Dunyo bo‘ylab 10 iyuldan 6 avgustgacha deyarli 1,5 million yangi COVID-19 holati qayd etildi va 2,5 mingdan ortiq kishi infeksiya tufayli vafot etdi. 28 kun ichida 234 mamlakatdan 103 tasi (44%) JSSTga kamida bitta COVID-19 holati haqida xabar berdi. 2023-yil 6-avgust holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 769 milliondan ortiq tasdiqlangan holatlar va 6,9 milliondan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan.

Manba: aniq.uz

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Vitaminlar yetishmovchiligida qanday kasalliklar yuzaga keladi?

A vitamin - Shapko'rlik(tunda ko'ra olmaslik)
B1 vitamin - Beri-beri
B2 vitamin - Ariboflavinoz
B3(PP) vitamin - Pellagra
B5 vitamin - Paresteziya
B6 vitamin - Mikrotsitar anemiya
B12 vitamin - Megaloblastik anemiya
C vitamin - Singa
D vitamin - Raxit va osteomalatsiya
E vitamin - Jinsiy faollik pasayishi
K vitamin - Qon ivishining buzilishi

Kanalga ulanish 👉 Dorixona kanali

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Kattalarda tish chiqishini ta’minlovchi preparat yaratildi

🦷 Yaponiyaning Kioto va Fukui universitetlari olimlari katta yoshli insonlarda yangidan tish o‘sib chiqishini ta’minlovchi preparat yaratdi.

🔬 Mazkur o‘ziga xos vosita organizmdagi USAG-1 genini bloklovchi antitana ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki bu gen insonlar va sut emizuvchilar turkumiga mansub jonzotlarda tish o‘sishini cheklaydi.

🔎 Tadqitotchilar ushbu jarayonga to‘sqinlik qilish maqsadida USAG-1ning tanamizdagi boshqa genlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rgandi.

💊 Shundan so‘ng tahlil natijalari asosida ana shu o‘zaro ta’sirni bloklashga xizmat qiluvchi dori vositasi ishlab chiqildi.

🗓 Yangilik mualliflari 2024 yilda preparatni odamlarda klinik sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

‼️ Ularning fikricha, 2030 yilga borib, insoniyat sun’iy tish implantlarini qo‘ydirish ehtiyojidan xalos bo‘lishi mumkin.

Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

#mutolaa

📚 «Vatandoshlik dasturi» kitobining tarjima ishlari tugagandan keyin muallif Yulo Vooglayd bilan bog‘langanimizda, u kishi kitobning elektron nusxasi tekin tarqatilishi lozimligini ta’kidlagan edi. Biz ham kitobni iloji boricha ko‘proq odam o‘qishini istaymiz. Bugun kitobning elektron nus'hasini kanalga joylayapmiz. Marhamat, o‘qing va erkin fikrlash ko‘nikmalaringizni oshiring!

P.S
Aslida ushbu kitob vatandoshlik jamiyati harakatlari mahsuli, chunki u vatandoshlar ko‘magi bilan o‘zbek tiliga o‘girildi va chop etildi! Kitoblar tarjimasi va ularni tekin tarqatishda sizning moliyaviy ko‘magingiz o‘rni juda katta, chunki har bir mehnat va chop etish ishlarining moddiy tomoni bor. Shu kunlarda jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan kitoblar ustida ishlamoqdamiz va nasib qilsa bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yamiz. Sizning ko‘rsatgan moliyaviy ko‘magingiz esa bu turdagi ishlarning bardavomligi uchun sabab bo‘ladi!

9860010107718396 — HUMO (Sadikov Hamid)
8600510380192299 — UZKARD (Sadikov Hamid)
4231200009246454 — VISA (KHAMID SADIKOV)

Hurmat bilan Hamid Sodiq

👉 Kitobga buyurtma berish 👈

@Hamid_Sodiq

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

JSST: Toza ichimlik suvi taqchilligi yiliga 1,4 million kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, Yer yuzi aholisining yarmi hanuzgacha toza ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena vositalaridan yetarli darajada foydalanish imkoniyatiga ega emas.

Bu muammo yiliga kamida 1,4 million kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, xuddi shu omil tufayli kelib chiqqan diareya xastaliklari tufayli 2019 yilda 1 milliondan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Dunyo aholisi

Top o'nlik:
1. India 🇮🇳 1,428,598,765
2. China 🇨🇳 1,425,672,868
3. USA 🇺🇸 339,992,663
4. Indonesia 🇮🇩 277,529,799
5. Pakistan 🇵🇰 240,475,940
6. Nigeria 🇳🇬 223,793,955
7. Brazil 🇧🇷 216,419,321
8. Bangladesh 🇧🇩 172,950,908
9. Russia 🇷🇺 144,445,025
10. Mexico 🇲🇽 128,453,827

43.Uzbekistan 🇺🇿 36,372,311

Dunyo bo'yicha: 🌍 8,041,579,250

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

https://youtu.be/NBi7UHH_0jQ

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Hind kasalxonasiga kiraverishdagi yozuv:

• o‘lim eshik qoqib kelganida, kasal ko‘ziga shifokor Xudo bo‘lib;
• davolashga kirishganida farishta bo‘lib;
• bemorni davolab bo‘lganida, oddiy inson bo‘lib;
• mehnati uchun haq so‘raganida esa shayton bo‘lib ko‘rinadi.

Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

#kulgu_vaqti

Ajoyib qiziqchi, so'z ustasi Hojiboy Tojiboyevdan tibbiyotda uchrovchi ayrim holatlar haqida bir shingil!

Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Singapur onkologiya jamiyati tomonidan taqdim etilgan kreativ kuldon

Ko'p miqdorda sigaret chekuvchi insonlarga mana shu kuldondan sotib olishni tavsiya qilaman. Nega deysizmi? Chekayotgan paytingizda o'pkangiz qay ahvolga tushayotganini bevosita ko'rib turasiz. Toshmat bu holatni tanasida his qilgandan keyin chekishni tashlab yuborsa ajab emas.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Sog'lik va Toshmat

Bizni Toshmat juda ajoyibda! Nega deysizmi? Hozir tushuntirib beraman.

Toshmat to'yga sarflash 100 mln pul topadi, mashina va uy uchun ham xuddi shunday.Lekin sog'likka kelganda unda 100 ming so'm ham topilmaydi.

Go'yoki Toshmat uchun sog'lik 4-dajaralik. Eng qizig'i shundaki, uysiz, to'y qilmasdan va moshinasiz bemalol yashash mumkin. Lekin sog'liksiz yashab bo'lmaydi. Toshmat shuni tushunib yetmayapti.

Menimcha Toshmat bir shior bilan yashasa kerak: Sog'ligingiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, umringizni oxirigacha bemalol yetadi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

O’zbekiston boks bo’yicha jahonda birinchi

🏆 Toshkent shahrida o’tkazilgan boks bo’yicha jahon chempionatida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida medallar soni bo’yicha 1-o’rinni egalladi:

Jami - 9 ta medal:

🥇5 ta oltin
🥈2 ta kumush
🥉2 ta bronza

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Tashabbusli budjet lohiyasida eng aktual muammo - maktab bo'lsa kerak. Chunki yo'lsiz, chiroqlarsiz ham yashash mumkin, lekin sifatli ta'lim va bolalar o'qishi uchun yaxshi sharoit bo'lmasa bu jamiyat tanazzulga yuz tutishi aniq.

Kelajagimiz ya'ni farzandlarimiz uchun ovozingizni ayamaysiz degan umiddaman. Zero ta'limga qilingan investitsiya bu eng yaxshi investitsiya.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/e7b50be6-fe6e-42f4-aa3a-b04465004f93

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

SSV: Toshkent tibbiyot akademiyasining yangi bosh o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Inshootda 148 ta o‘quv auditoriyalari, 10 ta smart ma’ruza zallari, 60 nafar bolajonga mo‘ljallangan bog‘cha, 500 nafardan ortiq talabaning mustaqil tayyorgarligi uchun ijtimoiy zonalar hamda 520 o‘rinli ovqatlanish shoxobchasi mavjud.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

SSV: Xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va texnikumlari talabalari uchun stipendiya joriy etildi

2023/2024 o‘quv yilidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida tahsil oluvchi, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar rag‘batlantirib boriladi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 11-avgustdagi tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ta’lim oluvchi, kamida 7,5 ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga (IELTS Academic) hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi C1 xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga 2023 yil 1- sentyabrdan boshlab, ularning sertifikati amal qilish davrida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida har oylik stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

❗️«Dok-1 Maks» dori vositasini iste’mol qilish oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan — Oliy sud

👉 @kunonline

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Ilmiy podkastlarni ko'rishni yoqtiradiganlar uchun "Fancast"ni tavsiya qilaman. Ketgan vaqtingizga achinmaysiz.

https://youtu.be/YI1aVXBpHKc

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

“Sog‘lig‘ining qadriga yetmaydi!” Nima uchun Gippokrat odamlarni bepul davolashni maslahat bermagan?

Nahotki? Ammo faylasuf va tabib buni tushuntirgan edi. Endi biz uning falsafiy qarashlari mohiyatini qisqacha bayon qilamiz, deb yozadi Wday nashri.

Gippokrat tarixda “tibbiyotning otasi” sifatida qolgan. U yashagan davrda barcha kasalliklar la’natlardan kelib chiqadi, deb ishonishgan. Gippokrat esa bu masalada boshqacha fikrda edi.
U kasalliklarni afsun va sehr bilan davolash yetarli emas deb hisoblagan va ko‘p vaqtini kasalliklar, inson tanasi, xatti-harakati va turmush tarzini o‘rganishga bag‘ishlagan.
Va, albatta, u o‘z davrida shogirdlar yetishtirgan, shuningdek, turli mavzularda, jumladan, tibbiyot xodimlariga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga bag‘ishlangan tibbiy asarlar yozgan.
Xususan, Gippokrat shunday degan edi:

Har qanday ish adolat bilan taqdirlanishi kerak, bu hayotdagi barcha soha va kasblarga tegishli".

Tekin davolamang, chunki tekin davolanganlar o‘z sog‘lig‘ini, tekin davolaganlar esa mehnati natijasini qadrlamaydilar”.

Qadimgi Yunonistonda aholining barcha qatlami har qanday kasallik tufayli shifokorga borishga qodir emas edi. Shifokorlar ularga har doim ham yordam qo‘lini cho‘za olishmasdi. Tibbiyot hali nihoyatda zaif, inson tanasi o‘rganilmagan, kasalliklarning nomlari ma’lum bo‘lmagan va ular xalqona usullari bilan davolangan, ba’zan esa bemorlar umuman tuzalmasdi ham.

Gippokrat hech qachon shifokorlarga pul to‘lash haqidagi nuqtayi nazarini inkor etmagan, ammo muhtojlarga beg‘araz yordam berishdan ham bosh tortmagan.
U hayotda boylik yoki ortiqcha narsalarni qidirmang, ba’zan bepul davolang, buning uchun boshqalarning minnatdorchiligi va ehtiromiga sazovor bo‘lasiz degan umidda bunga jazm qilgan. Imkoningiz bo‘lsa turli holatdagi kambag‘al va musofirlarga yordam bering; chunki agar odamlarni yaxshi ko‘rsangiz, o‘z ilmingizni, mehnatingizni va minnatdorchiliksiz ham kasbingizni muqarrar ravishda sevasiz.

Manba: daryo.uz

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Sog‘liqni saqlash vaziri: "Tibbiyotda «superkontrakt»ni olib tashlash bo‘yicha hukumatga taklif kiritganmiz"

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyot yo‘nalishida «superkontrakt» to‘lab o‘qish masalasida ijobiy fikrda emasligini aytdi. Vazir, shuningdek, tibbiyot yo‘nalishida sirtqi ta’lim ochish rejada yo‘qligini ma’lum qildi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

TURKLIGINI UNUTGAN TURKLAR.

Arab, yunon, forslar-u kurdlar
Dunyoda ko‘p millatlar, yurtlar
Hammasidan g‘alati ammo
Turkligini unutgan turklar.

Temur mening bobomdir deydi,
Faqat qornin g‘amini yeydi.
Tarixini o‘qimay qo‘ydi,
Turkligini unutgan turklar.

Fayzullani qondosh deb bilmas,
Sog‘uniyni   yurtdosh  deb bilmas, 
Yurt g‘amiga  bag‘rini tilmas,
Turkligini unutgan turklar.

Dushmanlaring bilar kimliging,
Ular uchun kerak jimliging,
O‘zing ham bil endi kimliging,
O‘zligini anglagan ey turk!

Sulton o‘g‘li

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Valentina Yegorova. “Sag‘ir bola” (hikoya)

Izoh:
Ushbu hikoya bolalar uyidagi Kolya haqida. Bu yerdagi ko‘p bolalarni asrab olishadiyu, lekin kasalmand bo‘lganligi uchun Kolyani tanlashmayapti. Ammo Kolya umidini uzgani yo‘q, uni ham albatta kimdir asrab olishini, ota-onasi bo‘lishini orzu qilishdan to‘xtamayapti. U orzusiga yetarmikin? Hikoyani o‘qigach buni bilib olasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/valentina-yegorova-sagir-bola" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/valentina-yegorova-sagir-bola

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/GLjCQAedfA4

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

Kanalimiz👉 @Mutolaa_rakursi

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Qurbon Hayiti muborak bo'lsin azizlar!

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Dunyo statistikalari tvitter akkaunti bergan ma'lumot ko'ra, biz yurak kasalliklaridan o'lim bo'yicha dunyoda 3-o'rinda turibmiz. Ya'ni bizda 100,000 aholidan 354 kishi yurak kasalliklaridan vafot etadi.

Bu holatga 3 asosiy sababni keltirish mumkin:
▪️Noto'g'ri ovqatlanish (yog'li ovqatlarni ko'p iste'mol qilish)
▪️Adinamiya (kamharakatlilik)
▪️Tuz ko'p iste'mol qilish

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Uxlashga yordam beradigan musiqa

https://youtu.be/8wLwxmjrZj8

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Ўнг тарафдаги расмда бошига қуёшдан сақлайдиган кўзойнак тақиб юрган киши 15 йилдан ортиқроқ вақт ўз мамлакатида бўлмагандан сўнг уни шарафлаш учун Ироққа чақирилган Британиянинг Лондон шахридаги юрак касалликлари бўйича катта маслахатчи кардиолог доктор Зиё Камолуддин бӯлади.
Доктор фахрий залга кирмоқчи бўлиб турганида бир чолнинг йўлакка газеталарни қўйиб, газета сотаётгани уни тўхташга мажбур қилди. Доктор газета сотувчининг ёнида бир муддат турди-да, сўнгра залга кирди. Доктор залга оёқларини судраб, зўрға кирди. У ўтирди, лекин унинг фикри-хаёли газета сотувчисида эди.
"Ижодкорлик" нишонини тақиш учун шифокорнинг номи чақирилганда, у ўрнидан турди. Лекин у минбарга чиқмай, залдан чиқиб кетар экан, хамма хайрат билан докторга қараб қолди!!!
Доктор ўрнидан туриб газета сотаётган қариянинг олдига борди ва унинг қўлидан ушлаган эди, у қўлини тортиб олди.

Газета сотувчи қария:
Мени қўйиб юбор ўғлим, мен бу ерга бошқа газета ёймайман, деди.

Доктор бўғиқ овоз билан унга шундай деди:
Сиз бундан кейин асло газета ёймайсиз. Илтимос, мен билан бирга юрсангиз...

Газета сотувчи қаршилик кўрсатар, доктор эса унинг қўлидан ушлар эди. Қария доктор кўзларидан ёш оқаётганини кўргандан кейин қаршилик қилмай қўйди. Шунда қарияни залга олиб кирди.

Газета сотувчи:  - Ўғлим, сенга нима бўлди?
Доктор гапирмасдан у билан минбар сари юришда давом этди.
У ерда тӯпланганлар хайрон эди, лекин доктор йиғлар, газета сотувчисини қучоқлаб, бошидан ўпар экан, шундай дер эди:

Сиз мени танимадингиз-а, устоз Халил???
Газета сотувчи эса: - Йўқ, Аллохга қасамки, мен сени танимадим. Айбга буюрмайсан, бу ёғи қаричилик, дея жавоб берди.

Шунда доктор:
Мен марказий ўрта мактабдаги ўқувчингиз Зиё Камолуддинман, мен доим биринчи бўлганман, сиз эса мени рағбатлантириб, мени кузатиб турар эдингиз. Ӯшанда 1966 йиллар эди...
Ундан кейин сотувчи шогирдини бағрига босди. Шунда доктор ўзига берилган нишонни олиб, бир вақтлар араб тилидан ўқитувчи бўлган газета сотувчисининг кўксига тақиб қўйди. Кейин доктор катнашчилар олдида ўз нутқини сўзлади:

Мана шулар хурматга лойиқ зотлардир. Аллохга қасамки, бизнинг қолоқллик ва жахолатга юз тутишимиз қачон юз берди. Қачонки устозларни хорлаб, хуқуқларини поймол қилиб, уларни ўзларига муносиб  мавқеларга қўймай ва юксак даражаларига мос равишда хурмат-эхтиром кўрсатмай, қадрламай қўйганимиздан кейингина мана шундай қолоқлашиб, илмсиз ва нодон кимсаларга айландик...
@uzbeku

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Tish cho'tkasini har uch oyda almashtirish kerakmi

Toshmat tish cho'tkasini har 3 oyda almashtirish kerak ekanligini bilarmiding. Almashtirmasang "mikroblar makoni" degan film olishni boshlashadi.

❗️Hoziroq, cho'tkani qachon olganingni esla va almashtirish vaqtini biror joyga belgilab qo'y!

Sog'lik o'zingniki, u faqat senga kerak.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…

Doctor Muxtorov

Dori yaratishga serial turtki bo'lgan shekilli

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Читать полностью…
Подписаться на канал