“O‘zbekistonda dori vositalarining haqiqiy yovvoyi bozori shakllangan” – xorijda ishlayotgan mutaxassislar
https://kun.uz/uz/14930642
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Etilenglikoldan zaxarlanish
📌Belgilari
Yengil darajada:
-bosh og'rig'i
-nutq buzilishi
-kordinatsiya buzilishi
-og'iz qurishi
-ko'ngil aynishi
-qusish
-ich ketishi
-qorinda va belda og'riq
Og'ir darajada:
-ko'rishni buzilishi
-siydik tuta olmaslik
-tutqanoq
-tana harorati pasayishi
-og'izdan xarakterli hid kelishi
-yuzaki nafas
-aritmiya
-ipsimon puls
-hushdan ketish
📌Asoratlari:
-miya shishi
-infarkt
-bosh miyaning orqaga qaytmas zararlanishi
-buyrak yetishmovchiligi
-yurak-qon tomir kollapsi
📌Antidotlari:
-etanol
-fomepizol
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Dorilarning eng yangi avlodi
Ijtimoiy tarmoqlar uchun preparatlar. Yaqin orada shunday dorilarni ham yozishni boshlasak ajab emas.
Masalan:
Tab. “Instagram”
1 tab.dan 3 mahal
instagramdan tiyilish uchun😉
Yoki kompleks ta'sir qilishi uchun:
Tab."Ijtimoiy tarmoq"
1 tab.dan 4 mahal
Real hayotga qaytish uchun😁
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
❓Nima uchun shamollagan paytda ko‘proq suyuqlik ichish kerak?
Virusli infeksiyada organizmda intoksikatsiya(zaharlanish) bo‘ladi. Virusning eleminatsiyasini tezlashtirish va qondagi titrini kamaytirish uchun ko‘proq suyuqlik(qaynoq suv) ichish kerak bo‘ladi. Shunday ekan qancha ko‘p suv ichsak, virus organizmdan shunchalik tez chiqib ketadi.
Kasal bo‘lgan paytda kuniga eng kamida 3 litrgacha suyuqlik ichish kerak.
Suyuqlik sifatida nimalar ichish mumkin?
📌Quruq mevalardan qilingan kompot
📌Limonli choy
📌Zanjabilli choy
📌Na’matak nastoykasi
📌Malina murabbosi qo‘shilgan choy
📌Moychechak damlamasi
📌Klyukva damlamasi
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Xushbichim va sog‘lom bo‘lish uchun bir odam kuniga 10000 qadam yurishi kerak.
O‘tgan yili 1hls mobil ilovasi kuniga 10000 qadam uchun 3000 so‘mdan to‘ladi. Bu narsa yurish uchun odamlarga ozgina bo‘lsa ham motivatsiya bo‘lgandi. 10000 qadam yurish organizmga 3 ming so‘mdan ko‘ra ancha ko‘proq foyda keltiradi. Ayniqsa yurak-qon tomir tizimiga. Shunday ekan yurishdan to‘xtamang!
Ha, aytganday Google fit mobil ilovasi kuniga 10000 qadam uchun, Beeline abonetlariga 100 MB internet trafik beradi. Ilova orqali yana bir qancha ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bayram kunlari yonimizda qanday dorilar bo‘lishi kerak?
Hammaga ma’lum biz mehmondo‘st xalqmiz. Bayram kuni oling-oling avjida bo‘ladi va bir-biridan mazali ovqatlarni koʻrib, nafsimiz hakalak otib ko‘proq yeyishga majbur bo‘lamiz. Bu holatni hazm tizimiga tushuntirib boʻlmaydi, isteʼmol qilingan ortiqcha ovqat esa hazm jarayoni uchun qo‘shimcha yuk. Noxush holatlarni oldini olish uchun choʻntagingizda pankreatin(kreon, mezim) tabletkasini olib yurishni tavsiya qilaman. Ovqatlangandan keyin preparatni ichib, hazm jarayoniga anchagina koʻmak bergan boʻlasiz. Yuborilgan "madad kuchlari" uchun fermentativ bezlar rahmat aytishi aniq.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Matseratsiya nima?
Uzoq (va yoqimli) hammomdan yoki ayollarda kir yuvgandandan keyin paydo bo'ladigan barmoqlardagi bu ajinlar matseratsiya deb atalishini bilasizmi? Epidermisdagi bunday o'zgarish mutlaqo tabiiy jarayon, bu kasallik emas.
Aytgancha, matseratsiya sud ekspertizasida murdaning holatini baholash uchun so'nggi kategoriyadir. Uning yordami bilan cho'kib oʻlganlarning o'lim vaqti aniqlanadi. Yomon narsalar haqida gapirib qoʻrqitgan boʻlsam, uzr.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Nimaga aynan kechqurun uyqumiz keladi yoki qorung‘u xonada tezroq uyquga ketamiz?
Buning asosiy sababi epifiz(g‘urrasimon bez)da ishlab chiqariladigan melatonin gormonidir. Garmonning asosiy vazifalaridan biri - davriy uyqu yuza keltirishdir. Garmonning qondagi miqdori kechqurun kundugiga nisbatan 30 barobar ko‘p bo‘ladi, ya’ni yorug‘likka bog‘liq holda kechki payt ishlab chiqarilishi ko‘payadi. Tungi soat 2:00 da maksimum miqdorga yetadi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Olim kim?
Olim (inglizchasi - scientist; ruschasi - uchyonыy) bu ma’lum bir fan sohasidagi bilimlar (ma’lumotlar) ko‘lamini oshirish (kengaytirish) uchun ilmiy izlanishlar olib boradigan odam.
Ilmiy izlanish - ma’lum bir fan sohasidagi bilimlarni (ma’lumotlarni) kengaytirish uchun empirik tadqiqot asosida natija olish jarayoni.
Empirik tadqiqot - muayyan hodisani kuzatish, o‘rganish, tajribada tekshirish jarayoni.
Kishi mana shu yuqoridagi keltirilgan ta’riflarga tushsagina olim degan nomga da’vogarlik qilishi mumkin. Ya’ni olim ilmiy metodlar asosida empirik tadqiqotlar o‘tkazadi, o‘sha tadqiqot natijalarini xalqaro tan olingan ilmiy nashrlarda chop etadi. Uning faoliyati natijasida ilm-fan dunyosining u yoki bu sohasi rivojlanadi, ilgarilaydi.
Ma’lum bir sohaga doir ma’lumotlarni yodlab olgan, ularni boshqalarga yetkazadigan, ta’lim beradigan kishi olim deyilmaydi, maksimum pedagog/o‘qituvchi/ustoz deyilishi mumkin, lekin olim emas!
Baxtiyor Sheraliyev
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Quloq tozalayotganda ehtiyot boʻlishni maslahat beraman, yoʻqsa suratdagidek nogʻora pardadan kattagina teshik ochib qoʻyishingiz mumkin. Siz har kuni tozalashga harakat qilayotgan "oltingugurt" aslida eshituv yoʻli himoyasini taʼminlaydi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
#shunchaki
🟢Imom Al-Buxoriy 9 yoshdan hadis yodlashni boshlagan.
🟢Zahiriddin Muhammad Bobur 12 yoshda yurt boshqargan.
🟢Sulton Mexmet 21 yoshda Istanbulni fatx qilgan.
🟢Jaloliddin Manguberdi 21-22 yoshda moʻgʻullarga qarshi qahramonlarcha kurashgan.
P.S.: Bizning Soʻtaqoʻzi esa qirqqa kirsa ham, "Omad shou"da ishtirok etish uchun sok sotib olib yuribdi...
Manba
@Dr_antibiotic
Ba'zi shifokorlarimizni yozuviga tushunib bo'lmaydi.
😁Lekin hamkasblari tushunadi. Videoni ko'rsangiz tushunib olasiz.
Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Qashqadaryoda fuqaro 59 yoshli shifokorni bo‘ynidan bo‘g‘ib, ayovsiz kaltakladi
Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Uyshun oilaviy poliklinikasida xizmat vazifasini bajarib turgan 59 yoshli shifokor kaltaklandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poliklinikada 35 yildan buyon umumiy amaliyot shifokori (ayni paytda oilaviy shifokor) bo‘lib ishlab kelayotgan X.D. qabuliga 2022 yil 3 noyabr kuni soat 18:30 atrofida bir notanish erkak 2 nafar ayol bilan kelgan.
Erkak shifokorga turmush o‘rtog‘ining betobligini aytib, uni tekshirib qo‘yishini so‘ragan. Shifokor unga bemorni tekshirguniga qadar oyoq kiyimidagi loyni tashqarida yuvib kelishini aytgan. Shundan so‘ng erkak shifokorni haqoratlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, ayovsiz mushtlab, tepkilab tashlagan.
Olgan jarohatlari oqibatida shifokor hushini yo‘qotgan va tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga peshona, ikkala yonoq, yuz, burun usti, bo‘yin sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘kargan jarohatlari, tirnalmalar, bosh chayqalishi tashxisi bilan yotqizilgan. Ayni paytda davo muolajalari davom ettirilmoqda.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Somnilokviya (lotincha "somnus" - "uyqu" va "loquor" - "gapirish")
Uyqu vaqtidagi nutqiy faollik. Uyquda gapirish.
Olimlarning ta'kidlashicha, uyquda gapirish umuman zararsiz kasallik hisoblanadi. U yetkazadigan yagona zarar - sherikning oromini buzishdir.
Odatda bu jarayon 30 soniyadan uzoq davom etmaydi va biror ma'no izlab o'tirish shart emas. 3 yoshdan 10 yoshgacha bolalarning 50 foizi uyquda gapiradi hamda ularning 5 foizida bu odat yosh o'tgach ham saqlanib qoladi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Shikokorlar yozuvini o'qishga qiynaladiganlar uchun alifbo.
Rostdan shunday xunuk yozamizmi?😁
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Дунёнинг энг етакчи нашрлари ва ахборот агентликлари, Reuters, CNN, BBC, The Economic Times ва ҳоказо — ҳаммаси Ўзбекистонда болалар ўлимига сабаб бўлган сироплар ҳақида ёзмоқда.
@Kapgir
Sun'iy bachadon(EctoLife Lab)
Dunyodagi birinchi chaqaloq oʻstirish laboratoriya (sun'iy bachadon) konsepti taqdim etildi.
Bunday laboratoriya yiliga 30 000 tagacha chaqaloqni oʻstiradi, kelajakda ota-onalar esa mobil ilova orqali jarayonni kuzatib borishadi.
Ilgari bunday vazifani surrogat onalar bajarardi, endi esa sun'iy bachadon bajaradi. "Texnika mo'jizasini ko'rganman lekin bunaqasini..."
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bayram kunlari yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlardan biri.
Butilkani qopqog'ini tishingiz bilan ochmang. Ochsangiz suratdagidek sindirib qo'yishingiz tayin. Tishlaringizni asrang, chunki ular 3-marta berilmaydi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Tirnoqlardagi oq dog'lar nimadan dalolat beradi?
Tirnoqdagi bunday oq dog'lar leykonixiya deyiladi.
Bunga ko'pincha rux(sink) yetishmovchiligi sabab bo'ladi.
Boshqa sabablar:
-Tirnoq travmalari
-Kimyoviy moddalar ta'siri
-Oshqozon-ichak kasalliklari
-Davomli stress
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
🌡Odamda tana harorati qanday bo'lishi kerak?
Darhaqiqat, tana harorati 36,6 ° C bo'lishi kerak degan fikr aslida afsona. Har bir insonning o‘z shaxsiy normasi bor, o'rtacha 35,9 dan 37,2 ° C gacha. Bundan tashqari, ertalab odamlarning tana harorati yarim daraja pasayadi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Botqoqda turib yuvinib, poklanishga urinishdan naf yo‘q.
Tohir Malik
Haqiqatdan ham pok va yaxshi yashash niyatimiz bo‘lsa, avvalo o‘sha “iflos” “botqoq”ni tark etishimiz lozim.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
❓Energetik ichimliklarni qanday zararli tomonlari bor?
Energetiklardan birinchi effekt bu - tetiklik. Ichgan odam o‘zini bir necha soat tetik his qiladi, lekin keyin o‘zini yomon his qila boshlaydi.
Energetiklarni surunkali ravishda ichish hisobiga quyidagilar rivojlanishi mumkin:
▪️Uyqusizlik
▪️Tushkunlik
▪️Migren
▪️Oriyentatsiya yo‘qolishi
❗️Shunday ekan energetiklarni ichish yoki ichmaslik o‘zingizga havola!
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak - Erkin Vohidov
Istasang toza ko‘ngilga qo‘nmasin toza g‘ubor,
Pok so‘zu pok ish va pok dil, pok xayol bo‘lmoq kerak.
Jismu jonimga desang, begona bo‘lsin xastalik,
Ishq zavqu dardi birlan xastahol bo‘lmoq kerak.
Qalbga istarsan shifo gar, bo‘l yomon so‘zdan yiroq,
Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Be'mani va behayo hazillardan charchaganlar uchun ajoyib tavsiya!
Stand-up ixlosmandlari uchun konsert! Hayotiy hazillar va intelektual yumor!
Reklama emas, shunchaki tavsiya!
Chipta olish uchun havola👇
https://t.co/nwveJNImuV
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Biz qachondan kimning kimligini mol-dunyo bilan o'lchaydigan bo'ldik va bu qachongacha davom etadi. Qachon biz, ana u odam ixtirosini patentlagandi sotibdi, voy bechora! - degan kunlarga yetib boramiz.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Иқлим ўзгариши, атмосферик ҳодисалар, антропоген таъсир натижасида она табиат к нуқта т бўлиши, ҳаво ҳароратининг ўлчаш методикалари, экологик муаммолар, климат қуроллари, урбанистика ва экология каби кўплаб иқлим муаммолари ҳақида Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти докторанти Эркинжон Aбдулахатов билан суҳбатлашдик
https://youtu.be/W6Fv47mx5b8
O‘zbek-da u, qiziqqon-da! Qo‘rqmadi, Dekaningayam, Domlalaringayam dedi, shartda aytdi qo‘ydi! Barakalla!
3-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida talabalarni kredit-modul tizimida o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan seminarda.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov