Shaxsiy rivojlanishni xohlasang - kitob o'qi, jamiyat rivojlanishini xohlasang - kitob sotib ol!
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
“HAQ OLINUR, BERILMAS!”
Shu kunlarda jamoatchilik bir yonda Toshkent havosining o‘ta darajada ifloslanib boryotgani haqida gapirayotgan bo‘lsa, ikkinchi yonda huquq organlari xodimlarini rasmga oluvchilardan himoya qiluvchi qonun haqda bong urishmoqda. Uchinchi yoqda esa (bu voqeliklardan ancha yuksakda turib) ulug‘ bobomiz Behbudiy hamon: “Haq olinur, berilmas”, deyotir. Darvoqe, bugun 19 yanvar—Mahmudxo‘ja Behbudiyning tug‘ilgan kuni.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Toshkent havosi endi musaffo emasmi?
Soat 9-10 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havo sifati PM 2,5 zarrachalari miqdori bo‘yicha «nosog‘lom» darajada, deb xabar berdi O‘zgidromet ikkita avtomatik monitoring stansiyasi ma’lumotlariga asoslanib.
Datchik ko‘rsatkichlari Yunusobod tumanidagi O‘zgidromet hududida 56 mkg/m3 (JSST tavsiyasi — 5 mkg/m3), Chilonzor tumanidagi Xalqlar do‘stligi maydonida 59 mkg/m3 ni ko‘rsatdi. Toshkentdagi AQSH elchixonasi hududidagi datchikdan esa texnik muammolar tufayli ma’lumot olish vaqtincha ilojsiz bo‘lib turibdi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Diqqat! Telefoningizdagi videoda ko‘rsatilgan funksiyalarni yoqib qo‘ying.
Bunda zilzila sodir bo‘lgan taqdirda sizning telefoningizga bu haqda xabar keladi va signal chalinadi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bir paytlar "Yoshlar ittifoqi" degan tashkilot bo'lardi.
Endi uyg'onib ishlashni boshlar yoki yaxshiroq stimul kerakmikan
Bayram kunlari yonimizda qanday dorilar bo‘lishi kerak?
Hammaga ma’lum biz mehmondo‘st xalqmiz. Bayram kuni oling-oling avjida bo‘ladi va bir-biridan mazali ovqatlarni koʻrib, nafsimiz hakalak otib ko‘proq yeyishga majbur bo‘lamiz. Bu holatni hazm tizimiga tushuntirib boʻlmaydi, isteʼmol qilingan ortiqcha ovqat esa hazm jarayoni uchun qo‘shimcha yuk. Noxush holatlarni oldini olish uchun choʻntagingizda pankreatin(kreon, mezim) tabletkasini olib yurishni tavsiya qilaman. Ovqatlangandan keyin preparatni ichib, hazm jarayoniga anchagina koʻmak bergan boʻlasiz. Yuborilgan "madad kuchlari" uchun fermentativ bezlar rahmat aytishi aniq.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
#Dahshat Genetik kodni o'zgartiramiz
Ayrim psevdopsixologlar o'zidan "psixogenetik" yasab olib, odamlarga DNKdagi genetik kodingizni o'zgartirib beramiz deb, soatiga 1500 dollar "soqqa" qilayotgan ekan.
Odamlarga ham hayronsan. Unda ko'ra kaminaning oldiga kel, 200 dollar ber, menga senga psixogenetika nima? DNK nima? genetik kod nima? 20 minutda tushuntirib qo'yaman. 1300 dollar puling va vaqting yoningga qoladi. Olam guliston!
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bilasizmi? Platsebo nima?
📌Platsebo - ta’mi, hidi, rangi va shakli doriga o‘xshash bo‘lgan, lekin ta’sir xususiyatiga ega bo‘lmagan moddalardir.
📌Bunday moddalar odamlarni ruhiy jihatdan ishontirish yo‘li bilan davolashga asoslangan.Ya’ni juda katta yo‘lgon bilan bemorni aldab, unga platsebo beriladi.
Masalan, oddiygina suvga tuz qo‘shib, "ming dardga davo" deganday gap!
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bolasiga chet tillarini o'rgatayotgan ota-onalar hushyor bo'lishi kerak manimcha. Chunki ko'pchilik bolalar chet tillarini o'rganish oqibatida milliy g'urur va vatanparvarlik hislarini yo'qotib boryapti.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bir dengizchidan ahvol qalay deb so'rashganida. Yomon emas lekin cho'kyapmiz deganakan...😊
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Tibbiyot "o'yinchoq" emas...
Kun yoki kunora telegramda tibbiyot yo'nalishidagi yangi bir kanalga ko'zim tushyapti. Buning nimasi ajablanarli deyishingiz mumkin. Ajablanarli tomoni shundaki ko'pchiligida birorta ham pichoqqa ilinarli post ko'rmaysiz, kanal oldi-qochdi gaplar bilan to'lgan. Tibbiyot yo'nalishidagi bunday saviyasiz telegram kanallar "soqqa qilish" argumentiga aylanib qolgani odamni xavotirga soladi. Inson salomatligining zig'ircha qadri qolmadimi? Eng qizig'i shundaki bunday kanallarda 50 000 dan 500 000 gacha obunachisi bor. Odamlar oldi qochdi gapga o'ch bo'lib qoldimi yoki sog'ligi haqida qayg'urmay qo'ydimi? Masalaning yana bir achinarli tomoni shundaki bunday telegram kanal yuritayotganlarning ko'pchiligida tibbiy ma'lumot yo'q! Tushunyapsanmi Toshmat?
Xo'sh bunday saviyasiz telegram kanallarni qanday ajratib olsa bo'ladi:
-Juda ko'p imlo xatolar bilan yozadi;
-Kanalda juda ko'p reklama beradi;
-Davolash to'g'risida afsonaviy va'dalar;
-Tibbiy tahlillar ko'rmaysiz;
-Saviyasiz kanallardagi postlar deyarli bir xil.
Toshmat sog'lik senga ko'chada yotgan xashak emas, uning qadriga yetishing lozim. Tibbiyotni esa o'zining ustalaridan o'rgan, qayoqdagi "dordan qochgan"lardan emas!
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Ko’pchilik yoshlardan keladigan savollar aksariyati quyidagicha (va ularni bunday savol berishlari tabiiy va to’g’ri ham):
- qanday soha tanlay?
- motivatsiyani qanday ushlash mumkin?
- maqsadni qanday topish mumkin?
- biror ishdan zerikmaslik uchun nima qilish kerak? va hok
Yaponlarda Ikigai tushunchasi haqida eshitgandirsiz.
Ikigai ma’nosi ”bu dunyoda inson sifatida mavjud bo’lishga sabab” degani ekan.
Hayotda mazmunli yashab o’tishga sabab bo’luvchi kuch degani. Ma’noli hayot o’tkazish uchun sabab degani.
Asosi 4 qismdan iborat
1. O’z sevgan ishini qilish
2. O’zingiz usta bo’lgan ishni qilish
3. Insoniyatga kerakli bo’lgan ishni qilish
4. Xaq to’lanadigan ishni qilish
Ayrimlar yaxshi xaq to’lanadigan ishni qiladi ammo u ishni sevmaydi. Kimdir sevgan ishini qiladi, ammo u insoniyat uchun kerakli emas. Yana kimdir o’zi sevgan ishni qiladi va u insoniyatga kerak, ammo uni qadrlashmaydi va unga yetarli xaq to’lashmaydi va hok.
Agar kimdir ana shu yuqoridagilarni 4 tasini birlashtira olsa hayotida mazmun topa oladi. Hotirjamlikka erisha oladi.
Yaxshi xaq to’lanadigan ish qilish uchun avval odamlarga kerakli ish qilishni o’rganish kerak. Odamlarga kerakli ishni qilish uchun odamlarga sizga yordam so’rab kelishi kerak. Sizga yordam so’rab kelishlari uchun siz o’z ishingiz ustasi bo’lishingiz kerak. O’z ishingiz ustasi bo’lish uchun esa qilayotgan ishingizni sevishingiz kerak.
Qanday qilib bir ishni chin dildan sevish mumkin? U uchun avval bir nechta ishni qilib ko’rish muhim.
Bu kanal kuzatuvchilari hayotda maqsad topish borasida ancha omadlilardan. Chunki aksar qismi tibbiyot sohasidagilar. Demak kamida 3 va 4 allaqachon joyida. Ustasi bo’lish uchun esa mehnat va vaqt kerak. Sevadigan sohani topa olmayotganlar esa turli sohalarga bosh suqib ko’rishlari kerak. Buni yomon tomoni yo’q. Muhimi foydali bo’lishga intilish.
Bek Olimjon
09.12.2023
Norvegiya
Naqadar go'zal bu Changkent!
Bu holatni ko'rgan chumchuq qaytib kelishni xohlamasa kerak.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Jannat kabi go‘zal yurting yig‘lab sendan ish kutadir,
Senda ko‘rgan ishsizlikni hasrat chekib qon yutadir,
Tur o‘rningdan, och ko‘zingni,
Ayt yovingga so‘z so‘zingni!
Munavvarqori Abdurashidxonov
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
🧠 Tadqiqot: Uyqu paytida xushbo’y hidlar ta’sirida miya faoliyati 226 foizga yaxshilanadi.
Ma’lum bo’lishicha, hid hissi va nevrologik funksiyalar o’rtasida kuchli bog’liqlik bor.
Tadqiqot shuni isbotladiki, atirgul, apelsin, evkalipt, yalpiz va lavanda aromatik moylarining hidi xotira va qaror qabul qilish bilan bog’liq kognitiv funksiyalarni olti oyda 226 foizga yaxshilaydi.
Uyqudan oldin atrofga xushbo’y hidli oddiy atir sepib uxlash ham demensiya kasalliklari rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Budjet tashkilotlarida maoshlar kechikayotganiga izoh berildi
Maoshlar to‘lanishidagi kechikish UzASBO-2 tizimiga o‘tishda yuzaga kelgan texnik nosozliklar bilan bog‘liq. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) to‘lab berish choralarini ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Manba: kun.uz
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Кучли зилзила кучини максимал камайтирадиган япон инфраструктурасининг кечаги 8-9 баллик силкинишда "ўзини тутиши"...
Японияда 7.6 магнитудага тенг кучли зилзила қурбонлари сони 55 кишига етди.
@uzb_meteo
2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
😴 Tadqiqot: Bir kechada uyquni hatto 1-2 soat yetishmasligi ham tashvish va tushkunlikni keltirib chiqaradi
Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasining yangi tadqiqoti, me’yordan hatto bir yoki ikki soat kam uxlash ham o’zingizni yomon va tashvishli his qilishingizga olib kelishi mumkinligini aniqladi.
Bunday xulosaga kelish uchun ular 1966-yildan 2022-yilgacha bo’lgan davrdagi 28 mamlakatda o’tkazilgan, 154 ta uyqu bo’yicha tadqiqotni tahlil qilib chiqishdi.
Tahlil qilingan 154 ta tadqiqotning deyarli barchasida, uyquni yo’qotish ishtirokchilarda quvonch, baxt va shu kabi ijobiy his-tuyg’ularning kamayishiga, shuningdek, tez yurak urishi va xavotirning kuchayishi kabi tashvish belgilarining oshishiga olib kelgani aniqlandi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bolalikka qaytaradigan musiqa
Musiqani eshitganingizda xayolingizdan nimalar yoki kimlar o'tdi?
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
#Motivation
Orzu qilishdan to‘xtamang. Orzularingiz ro‘yobga chiqishi uchun harakat qilishdan to‘xtamang. Shundagina umringiz so‘nggida hech qanday afsus-nadomatlarga o‘rin qolmaydi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Merrymed farmning boshqa brend preparatlarga qilgan "parodiya"lari:
💊Sinepar kid(Quramax) - Mer Sonyupar
💊Trimol(Ajanta) - Turmol
💊Spazmalgon(Sofarma) - Mersipazmalgon
💊Dikloberl(Berlin Chemie) - Diklobiril-MR
💊Trental(Sanofi) - MR Tirental
💊Ambrobene(Teva) - Mer Ambroben
💊Revmoksikam(Farmak) - MR Rivmoksikam
💊Ketonal(Sandoz) - MR Kitanal
Bunday misollarni juda ko‘p keltirish mumkin....
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
APLda qo‘rqinchli voqea. O‘yin vaqtida futbolchining yuragi to‘xtab qoldi
«Luton» va «Bornmut» o‘yini oxirigacha o‘ynalmay qoldi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
"Dunyodagi eng adolatli sudya" deya e’tirof etilgan, sud jarayonlari videosi butun dunyoga tarqagan sobiq sudya Frenk Kaprioga oshqozon osti saratoni tashxisi qo'yilibdi. Butun dunyodan u uchun duo qilishimizni so‘rabdi. 87 yoshli Frenkka faqat sog‘lik tilaymiz.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov